O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Hayratul abror”. Uchinchi hayrat

“Hayratul abror”. Uchinchi hayrat
01 Aralık 2019 - 11:15 'da yuklandi va 367 marta o'qildi.

(Boshi)

“Haqdin o'lub toza vujude anga…”

Ko'ngil malak, malakut olamlarini sayohat qildi. Allohning zikrini har joyda ko'rdi. So'ng ajib bir dunyoga qadam qo'ydi. Bu – badan mulki edi. Inson jismi edi. Ko'ngil Allohning amri ila Odam tanasiga kirib bordi. Alisher Navoiy inson vujudini bir saltanatga qiyoslaydi. U erga kirgan Ko'ngil har bir uzv Qodiri mutlaq Alloh taolo yodi bilan ekanini ko'radi. Shu o'rinda shoir Baqara surasining 152-oyatini keltirgan:
ﻓَﺎذْﻛُﺮُوﻧٖٓﻰ اَذْﻛُﺮْﻛُﻢ
“Meni zikr eting, sizni zikr eturman!” (Baqara, 152)
Badan mulkining ahli shu buyruq ila zikrda bardavom edi. Shu bilan Ko'ngilni hayrat butkul ishg'ol etdi. Hayrat o't kabi uni yoqdi. Ko'ngil hayrat olovida yonib kul bo'ldi. Fano elida sovruldi. Shundan so'ng u ikkinchi fano maqomiga erishdi. Haqning amri ila budun mulkidagi xilofat taxtida qaror tutdi.
Uchinchi hayrat bobi ana shu voqealarni batafsil hikoya qilgan.

Quyosh mashriqdan porladi, jahonni egalladi. Olamga harorat soldi. Ko'ngil hayrat mayidan mast bo'lib uxlar edi. Quyosh qizdirib, uyg'ondi. Achchiq maydan mastu maxmur, bir qiziq o'tda haroratda mahrur edi. Har kuni u olamdan bu olamga sayr etish asnosida o'ziga bir vatan tutish xayoliga tushdi.

G'urbat o'ti hardam o'lub shu'lazan,
Tushti xayolig'a havoyi vatan.

Shuning uchun safar qilib, ranj chekishni qabul qildi va Er yuziga tushdi. Jahon ichida bir dengiz topgandek bo'ldi. U bir ajoyib shaharga duch keldi. Har yoni ajablanarli narsalar ila to'lgan va ajib narsalarning adadi yo'q edi. Alloh uni san'at ila loydan xamir qilib, yaratgan edi. Bu shaharni ikki ustun – ikki oyoq tutib turardi. Bu shaharda to'rt unsur – suv, havo, tuproq va olov jam bo'lgan. O'zaro qarshi bu to'rt unsur birikib, bu shahar asosiga aylangan. Bu shaharda masjid, bozor, mahallalarni, ko'cha, bo'stonu xarobalarni ham topmoq mumkin. Bu kishfarning taxti qalbda, ammo bo'sh edi. Bu taxt shundayki, jamiki iqlim unga taslim. Agar taxt egasi sog'lom bo'lsa, butun mulk sog'lom, agar xasta bo'lsa, butun mulk xasta!
Bu shaharning Me'mori uning tepasini bir gumbazli qilibdi. Falak gumbazida neki bor bo'lsa, barchasi shu gumbaz ostida ham bor ekan. Bu qasrninng bir eshigi bo'lib, uning ovozidan gavharlar sochiladi.

Alisher Navoiy inson tanasidagi boshni nazar tutadi. Boshni gumbazli qasrga qiyoslamoqda va og'izni gavhar sochuvchi eshikka mengzaydi. Shoirning talqinicha, ikki lab – ikki eshik. Aynan shu eshikdan badan mulkiga kiriladi. Neki kirsa, shahar elining rizqiga aylanadi. Ortiqcha kirgan narsalar esa ikki yo'l bilan chiqib ketadi. Ya'ni insonning axlat chiqarish a'zolari aytilmoqda:

Fuzlalari daf'i uchun ikki yo'l,
Jonibi asfaldin o'lub zohir ul.

Shahar eshigining tepasida ikki bodgir – shamol yo'li bor. Undan havo kirib havo chiqadi. Bu burundir. Nafas olish ila shahar shohiga ajib huzur etadi. Shohning o'rni qalbda bo'lsa, uning noibi bosh gumbazi ichidadir. Aqldir.

Bu qasrda besh yo'lboshlovchi bor. Biri ko'rish, biri eshitish, biri ta'm, biri sezgi, biri hid bilishdir. Bu besh narsa badan mulkida hamma narsaga yo'l boshlar edi.

Alisher Navoiy inson ichki a'zolarining vazifalariga to'xtalgan: biri jismga kirgan jamiki narsani ikkinchisiga etkazadi. U o'zida bu narsalarni to'playdi. So'ng parchalab kerakli nutqalarga etkazadi. Bu – oshqozon. Jismga kirgan taomlarning qaysi uzvga zarur ekanligini esa tan saltanatining vaziri – Miya aniqlab beradi. Miya o'ziga kelgan jamiki ma'lumotlarni qabul etadi va butun a'zolarning harakatlarini muvofiqlashtirib beradi:

To etib ul lahza nidoni qabul
Topibon ul tuhfa tariqi vusul.

Xoja – ko'ngil bu holdan yana hayratda qoldi. Ko'rganlari bir jahon edi. Zarrada butun olam yashiringan. Qatraga daryo berkitib qo'yilgan! Bu ishlarning siriga fikri ojiz bo'ldi. Ko'ngil go'yo fikr nahangi uchun bir emish bo'ldi – fikrga yutilib ketdi. O'zi esa hayratga cho'kdi. Ammo buning tubiga eta olmay fikrati o't olib yondi, tutuni ko'kka qadar etdi. Hayrati esa Ko'ngilni nobud qildi.

Fikrat o'ti ko'kka chekib dudini,
Hayrati nobud etibon budini.

Bu hayrat, bu ranj Xojani foniy qildi – yo'qlikka olib ketdi. Ko'ngil ulug' Alloh oldida, Uning qudrati oldida o'zini topdi. Hech kim ekanligini tushundi. Uning ham ishi butun olamdagi jamiki narsalar singari o'z Robbisiga hamdu sano aytmoq ekanligi ma'lum bo'ldi. Buni anglashi hamon unga qaytadan toza vujud nasib etdi, u qayta tirilgandek bo'ldi. Bu qayta tirilmoq endi shahodat ila, shohidlik ko'zi ila ro'y berdi. Edi avvalgidek betoqat, avvalgidek o'ziga begona emas edi:

Haqdin o'lub toza vujude anga,
Toza vujud ichra shuhude anga.

Ko'zlari olamni ko'rdi va u shu kirgani – vadan mulkida qolishi kerakligini bildi. Tan saltanatiga unga fath etildi va go'yo butun jahon unga itoat qildi:

Fath o'lub mulk ila kishvar anga,
Balki jahon mulki musaxxar anga,

Mulk o'ziyu taxt o'ziyu shoh o'zi,
Borcha o'zi, borchadin ogoh o'zi.

Ko'ngil nafsning orifiga aylandi. Nafsni tanidi. Nafsni tanigan onda Robbisin tanidi:

Nafsg'a chun orif o'lub mo'-bamo',
Foyiz o'lub “qad arafa rabbahu”.

Alisher Navoiy ko'ngilni xoja deb atadi. Ko'ngil malak, malakut olamidan o'tib, badan mulkiga keldi va shu erning shohiga aylandi.

Shu bilan hammasi tugadimi? Juda sodda. Ammo tushunish-chi? Biz ko'rayotgan narsaning mohiyatida nima bor? Shoir inson Ko'nglining Buyuk Hodisa ekanligini oydinlashtirmoqda. Nima uchun ko'ngil dastavval badan mulkidan malak olamiga ko'tarilmadi? Ko'ngil olamlarni aylanib kelib, badan mulkida halovat topdi. Buning zamirida haqiqatni inson o'zida kashf etadi degan ma'no bor. Buni Alisher Navoiy boshqa bir o'rinda: “Har ne istarsen – o'zingdin istagil!” – tarzida bayon etgan.

Ko'ngil azaldan badan mulkiga tegishli etib yaratildi.

Biz, aksari hollarda, o'zimizga taskin beradigan haqiqatni tashqaridan izlaymiz. Kimlargadir havas ila qaraymiz. Kimlar bilandir o'zimizni solishtiramiz. Kimlarningdir ustidan hukm chiqaramiz. Kimlarnidir muhokama qilamiz. Kimlarnidir qabul qilamiz. Kimlarnidir rad qilamiz. Shu tariqa, o'zimizdan uzoqlashgandan uzoqlashib boramiz. Bir kuni oynaga qarab, o'zimizni taniy olmay qolamiz. Aslimizni yo'qotib qo'yamiz. Hali uning ko'ziga, hali buning ko'ziga yoqimli ko'rinish uchun intilib, mutlaqo g'alati va yoqimsiz tusga kirib qolamiz.

Hozirgi kunda yuzni plastik operatsiya qilish urf. Puli ko'p, badavlat ayollar, artist xotinlar oyday chehralaridan nuqson topib, terini torttirishadi va hokazo. Oynaga qaraydilar, yana shu ish. Yuz seniki bo'lsa, boshqa birov uchun uni qiynab nima qilasan?.. Oyday chehra ado bo'lib, qisqa vaqt ichida tanib bo'lmaydigan darajada boshqa bir bashara paydo bo'ladi. Sovuq, hissiz, odamning etini seskantiradigan bashara bo'ladi bu.

Jamoat oldida o'zini ko'z-ko'z qilishni sevadiganlarning ichi shaldiragan bir idish kabidir. Ular tashqi tomonini bezab, ichini unutadi. Balki, ichi sasib yotgandir?!

Karimov davrida yo'l yoqasiga qurilgan uylarning old fasadi bo'ya, ziynatlab qo'yilardi. Orqasi esa qo'rqinchli – har narsani topish mumkin. Axlatni ham, boshqani ham.

Nega shuncha misollarni keltirmoqdaman? Chunki odamzod o'zining ichidagi haqiqatni kashf etmasa, ana shunday xarob ahvolga tushadi.

Changalzordasiz. Balchiqqa tushgan ko'zguni topib oldingiz. Bu ko'zgu nihoyatda muhim. Unda o'z aksingizni ko'rmoqchisiz. U orqali juda muhim ishlarni bajarmoqchisiz. Shundan bo'lak ko'zgu yo'q. Siz bor kuchingiz bilan ko'zguni tozalashga kirishasiz. Har qancha vaqt, har qancha kuch ketsa-da, erinmaysiz. Nihoyat, ko'zgu balchiqdan xoli bo'larkan, uni yanada toza, yanada sof qilishga va yanada tiniqlashtirishga urinasiz. Unga qaraysiz. O'zingizni ko'rasiz. Agar xira bo'lsa, yana tozalashga tutinasiz.

Ko'ngil ham shunday. Undan bo'lak ko'zgu yo'q bizda. Uni tozalash, yaltiratish kerak. Biz faqat u orqali o'zimizni ko'ra olamiz. Ammo uni qanday qilib, tozalaymiz?

Alisher Navoiy ana shu masalaga diqqat qaratgan. O'zimizni topishimiz, tanishimiz mumkin bo'lgan yagona imkoniyat – o'zimizning qalbimizdir.
Agar qalb uyg'oq bo'lmasa, agar u tirik bo'lmasa, hech bir mo''jiza bizni larzaga solmaydi. Ta'sir etmaydi. Uyg'oq qalb esa har zarradan mo''jiza topadi. Hayratga tushaveradi.

Alisher Navoiy ko'ngilning foniy bo'lgani haqida gapirgan. Foniylik nima? Foniylik – yo'q bo'lish. O'z iddaolaridan voz kechish, o'zini yo'q qilib, haqiqatga taslim bo'lish. Bu yo'lda yo'q kabi o'zini bilish. Ko'ngil Allohning qudrati qoshida o'zini yo'q deb bildi. Ana shu fano bilan u qayta tirildi. Bu ikkinchi hayotdir.

Inson hayotida ikki hayot bor. Birinchi hayot – bolaligidan boshlab ongiga singdiriladigan dogmatik qarashlar, buzish mumkin emas deb uqtirilgan streotiplar. Ikkinchi hayot – ana shu qarashlarning chil-parchin bo'lishidan so'ng boshlanadigan hayotdir. Odam bolasi ana shu lahza ko'rib turganlaridan bo'lak olam borligini idrok etadi. Bu olam aslida haqiqiy olam bo'lib, ko'rib yurganlari ro'yo ekanligini tushunadi. Alisher Navoiy Ko'ngilning foniy bo'lishi deganda shuni nazarda tutgan.

Holbuki, ko'pchiligimiz ikkinchi hayotni ko'rmay o'tib ketamiz. O'lganimizda uni topamiz. O'lmasimizdan avval o'lishni eplay olsak, ko'p narsa o'zgarardi. Ko'ngilning foniy bo'lib, Haqdan vujud topishi aynan o'lmasdan avval o'lishdir.

Alisher Navoiy asarlarini harfma-harf tushunish mumkin emas. Albatta, u taqdim etayotgan shakl ostida ulkan ma'no pihon saqlanadi. Siz shaklni – matnni o'qiganingizda ma'no ajdaho kabi uyg'onib, olov sochadi. Ko'ngil haqida ham o'qirkanmiz, uning tagidagi uxlab yotgan uyg'onsa, albatta, olov sochib qalbni kuydiradi.

Men matnni o'qidim. Kechirasiz, kuygan qalbning isini sezmayapsizmi?

Akrom Malik
16.11.19

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube