O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

OTAMUROD RAHMON: “AXMATJON OTAJONOV NEGA YoLG'ON GAPIRYaPTI?”

OTAMUROD RAHMON: “AXMATJON OTAJONOV NEGA YoLG'ON GAPIRYaPTI?”
01 Aralık 2019 - 19:31 'da yuklandi va 847 marta o'qildi.

“Dunyo O'zbeklari”da Ahmatjon Otajonov da'vo qilayotganidek 1992 yil 16 yanvarda talabalarni ko'chaga Muhammad Solih olib chiqmagan.

Uning Talabalar shaharchasidagi namoyishdan xabari ham bo'lmagan.

Bu voqealar xususida o'sha voqealar guvohi bo'lgan Muhammad Solihning “Yo'lnoma” kitobidan quyidagi parchani e'tiboringizga havola qilaman:

16 YaNVAR

Soat kechqurun taxminan sakkiz edi. Shoir Omon Matjonning uyida bir-ikki do'st bilan mehmonda edik. Dasturxon yozilib, choy qo'yilgandi, telefon jiringladi va meni chaqirishayotganini aytishdi.

– Assalomu-alaykum, – dedi, ruscha talaffuz bilan tanish ovoz, – siz bilan Islom Abdug'anievich gaplashmoqchi, telefonni ulasam bo'ladimi?

– Ulang, – dedim.

– Yaxshimisiz, – dedi prezident va qisqa hol-axvol so'rashgandan keyin:

– Bu odamlaringizga aytib qo'ying, to's-to'polon qilishmasin, boshqalarga ham o'zlariga ham zarar beradi ammo, – dedi o'pkali ohang bilan prezident.

– Qaysi odamlar, men tushunmadim, – dedim men.

– Eshitganingiz yo'qmi, VUZgorodokda talabalar sizning nomingizni plakatga yozib, namoyish qilishayapti, milisaga hujum qilishdi, qattiqroq chora ko'rishga to'g'ri keldi, agar yana davom ettirsalar, yomon bo'ladi lekin aytib qo'yay… Men bu voqealarni birinchi marta eshitayotgandim. Talabalar bilan ishlayotgan bo'lim ham menga namoyish haqida hech narsa demagandi. Ammo Prezidentning ovozidagi tahdid ohangi menga yoqmadi, javobim dag'alroq chiqdi:

– Kechirasiz-u, butun ko'chaga chiqqanlardan men mas'ul bo'lolmayman, biz agar namoyish qilmoqchi bo'lsak, ijroqo'mga ariza bergan bo'lardik, – dedim.

– Iltimos, shuni tinch yo'l bilan hal qilaylik, bizga yordam bering, qon to'kilmasin, – dedi Karimov, – hozircha ularni izolyatsiya qildik, ammo ertaga yana ko'tarilishi xavfi bor…

Prezidentning «qon to'kilmasin,» degani voqeaning ancha jiddiy ekanligidan darak berardi. U paytda qonning allaqachon to'kilgani va uni xaspo'shlash uchun prezident menga va boshqalarga telefon qilayotganini, albatta, bilmasdim. Biznikilarga telefon qlib vaziyatni aniqladim. Janjal oshxonada chiqibdi. Nonning bahosi oshganiga norozilik bildirib, bir guruh ko'chada to'plangach, milisa uni tarqatmoqchi bo'lgan, lekin olomon kattayavergan.

Kechqurunga qarab talabalar namoyishi siyosiy tus olgan, shiorlar hukumatning g'azabini qo'zg'agan va «omon»chilar talabalarga o't ochgan, oqibatda ikkita talaba shahid tushib, o'nlarcha kishi yarador bo'lgan. Lekin talabalar isyoni davom etgan. Shaharcha tun bo'yi milisa kordoni bilan o'rab turilgan.

Ertalab «Erk» partiyasining kotibi Abdulhay Abdurahmonovni yonimga olib Talabalar shaharchasiga jo'nadik.

Soat o'nlar chamasi edi, talabalar shaharchasi ichidan o'tgan markaziy ko'cha odamga to'la edi. Yo'l chetida tiklangan panjara ustiga chiqib olgan ikki-uchta kishidan bittasi «birlik»chi Abdumannop Po'latov edi, u talabalarga qarata nimadir deb gapirayotgandi. Meni ham shu «panjara-minbar»ga taklif etishdi.

«Minbar»dan olomonga kechasi shahid bo'lganlar uchun ta'ziya izhor qildim. Shikoyatlarini tingladim. Talabalar hibsga olingan bir guruh safdoshlarining qo'yib yuborilishini talab qildilar. Biz «omon»chilar qarorgohiga bordik. U erda Toshkentshahar hokimi Adham Fozilbekov va Jumhuriyat Prokurori Mustafoev bor edilar. Talabalarning talabini aytdim. Ular qabul qilishdi, faqat olomonni tinchlantirish kerak, dedilar.

Men, sizlar bu erda bekinib o'tirsangizlar tinchlanmaydi, talabalarning muammolarini o'z og'izlaridan eshiting va chora ko'ring, dedim. Biz boramiz-u, faqat talabalar agressiv, kecha ikkita odam o'ldirildi, janjal yana boshlanmasa, deb qo'rqayapmiz, dedi Fozilbekov. Men talabalarning yoniga bordim va ularga hokimiyat vakillarini olib kelaman, faqat ur-qir qilmaysizlar,dedim. Olomon «xo'p» dedi. Fozilbekov, Jumhuriyat Prokurori Mustafoev, Abdumannop Po'latov navbatma-navbat gapira boshladilar. Biz, notiqlar, hali ham o'sha «panjara-minbar»da omonat turib daraxt shoxlaridan ushlab, nutq qilardik. Manzara kulgili edi.

To'ladan kelgan Prokuror «minbar»ga zo'rg'a pishillab chiqqandi, og'zidan chiqqan har so'z minbardan qulash xavfini tug'dirar va shu bois ovozini sekin chiqarardi. Pastda turgan yoshlar esa «qattiqroq gapiring,» deya baqirishardi. Fozilbekov ham Prokuror ham shlyapalarini ensasiga surishgan, terlagan manglaylaridan bug' ko'tarilardi.

Namoyishchilar erda o'tirib tinglashayotgandi. O'tirgan odam tikka turgan odamdan sokinroq bo'ladi, deb o'ylardik va qayta qurish yillarida o'tkazilgan yig'inlarning aksariyatida bu usulni qo'llagandik.

Muloqot yaxshi ketayotgandi, hokimiyat vakillarining va'dalari olomonni ancha tinchlantirdi. Bu olomon ichidagi provakatorlarga yoqmadi. Men aniq ko'rdim, boshiga qimmatboho savsar telpak kiygan 40 yoshlar chamasidagi bir kimsa biz tomonga xuddi hazillashayotganday, yuzida tabassum, kichik bir tosh otib yubordi. Bir necha soniya so'ngra xuddi shunday kichik toshcha ikkinchi bir nuqtadan otildi, keyin uchinchi, to'rtinchi va borgan sari bu toshlar kattaya bordi.

– Bizning yigitlarni o'ldirishga shu Mustafoev buyruq berdi! – dedi bir vahshiy ovoz.

Olomon oyoqqa qalqdi. Toshlar yomg'ir kabi yog'a boshladi. Yonimda turgan notiqlar o'zlarini tappa-tappa erga tashlab juftkani roslashdi. Olomon tosh otishni to'xtatib bizga tomon yugura boshladi. Mening o'ng oyog'imga tosh tegib g'azabim junbushga kelgandi.

– Bas qiling, hayvonlar!, – deya baqirganimni bilmay qoldim.

Bu so'kinch xuddi qamchi kabi ta'sir qildi, olomon to'xtadi. Ammo 50-60 kishi qochayotgan notiqlarni quvalab borayotganini ko'rdim.

Olomonni qaytadan o'tirtirdik. Talabalarga «sizlar janjal qilmaymiz, deb so'z berdingizlar, ammo ahdingizga vafo qilmadingizlar,» dedim. To'g'ri, to'g'ri, ichimizda ig'vogarlar bor edi, deya baqirishdi yoshlar. Olomon g'alati bir hilqat. Ichida ig'vogar borligini biladi, uning niyati yomonligini biladi, ammo u ig'vosini boshlasa, olomonjon bu ig'voga uchib, buzishga, sindirishga, mayib qilishga, hatto o'lidirishgacha borishi mumkin.

Albatta, talabalardan ikkitasini o'ldirgan hokimiyat o'z jazosini tortishi kerakdi.

Ammo olomonning linch qilishni istayotgani – na Fozilbekov, na Mustafoev buni haq etgandi. Jazoni haq etgan davlat edi, davlat esa, bitta odam edi. U odam 1991 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin o'z xalqi bilan uchrashishni bas qilgandi. Va ortiq hech qachon uchrashmayajak edi. Ertasi kuni «Komsomol'skaya pravda» gazetasi 17 yanvar haqida «birlik»chilar ma'lumotiga tayanib yozilgan bir maqola chop etdi. Maqola «studenty zabrosali kamnyami nedavnego svoego kumira Muxammada Salixa,» deya xabar berardi. Bu «Birlik» harakatidagi «Erk» muxoliflarining ilk dezinformatsiyalaridan biri edi. Keyinroq bu kichik guruh muxoliflikni yanada ashaddiy alamzadalik bilan yuritajagini, rejim chetda qolib, butun faoliyatini «Erk» va kaminaga qarshi soxta xabar tarqatishga qaratishini hech kim tasavvur qilmagandi.”

Ko'rib turganingizdek, Muhammad Solih shaharchaga borib vaziyatni qo'lidan kelgancha yumshatishga harakat qilgan.

U shu yo'lni tutmaganda edi, o'nlagan yigit-qizlarni Alimatovning kallakesarlari prezidentning ishonchini qozonish uchun otib tashlagan bo'lardi.

O'shanda, Ichki ishlar vaziri prezident Karimovning ishonchini qozonish uchun kuyib pishayotgan zamonlar edi.

Talabalar shaharchasidagi noroziliklardan ustalik bilan foydalanishni ko'zlagan Alimatov Shavqiddin Jo'raev, Sadriddin Qurbonov singari o'nlagan talabalar ichidagi xufiyalarini ishga solib, tartibsizlik chiqarishning payida bo'ladi.

Uyushgan jinoyatchilar bilan hukumatning boshini birlashtirishga mafiya tomonidan mahkum qilingan Alimatov, albatta har bir qadamini Karimovning xohish-istagi va uning ruhiy holatidan kelib chiqib bosardi. Xullas, Bosh Jallod prezident Karimovning roziligini olgach yaqin kishilari orqali zimdan talabalarni otishga ko'rsatma beradi.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli bo'linma boshlig'i Subanov Baxtiyor buyruqni amalga oshirishga kirishadi. Qo'li ostidagilari uning amridan bo'yin tovlagach Subanov Baxtiyor to'pponchasini chiqarib yuqori qavatda bolkonda turgan talabaga o'q uzadi. O'q egan talaba bolkondan erga qulab tushadi.

Bu O'zbekistondagi terrorning ilk boshlanishi edi. Ishni shaxd bilan davom ettirgan Alimatov Andijon fojealaridan keyin bayroqni SNBboshi Rustam Inoyatovga oldirib qo'yadi.

Ha, o'shanda o'zbek xalqi butun inon-ixtiyorini, bor sarvatini iqtidorsiz va jinoiy to'daga boy bergan edi.

Bu holat Karimov o'lgan kungacha davom etdi. Bu orada qanchadan-qancha yigit-qizlar qurbon bo'lgani birgina Allohga ayon. Qanchadan-qancha insonlar e'tiqodi uchun qamoqxonalarda o'lib ketmadi. Ishsizlik va adolatsizliklardan qanchadan-qancha oilalar porakanda bo'lmadi, qanchadan-qancha o'zbek bolalari tirik etim qolmadi.

Ahmatjon Otajonov nima uchun gapirmaydi?

Chunki, u ham Karimovning yalog'idan yuvindi egan yaloqxo'rlardan biri edi. U hozir ham eski ishini davom ettirib, Mirziyoevning nazariga tushishni istaydi.

Ertaga SSSR tiklanadigan bo'lsa, u SSSRga xizmat qiladi. Xullas, bunaqa kimsalar har doim hukumat tomonda bo'ladi.

Hukumatning qaysi tarafda ekani uni qiziqtirmaydi.

Uni xalq emas, hukumatdan mansab olish ilinji elitgani sabab, nafsi ko'proq qiziqtiradi. Qaysi yo'l bilan bo'lmasin bunaqalar deputat bo'lishga yo biror lavozim olishga tirishadi. Ular vaziyatning shaffof va sog'lom bo'lishini hech zamon istamaydi. Chunki, ochiq kurashda yutolmasligini unaqalar yaxshi biladilar. Yaltoqlik, pora va tanish-bilishchilik ularning asosiy quroli.

Ammo, Karimovning ishonchini qozonish yo'lida uni ham boshlig'ini ham ikkinchi jinoiy to'da majaqlab tashladi.

Avval ham, hozir ham DXX va IIVligida vatanparvar, halol va qo'rqmas yigitlar ko'p bo'lgan. Ahmatjon Otajonovlar ming jiblajibonlik qilmasin, hamma ma'lumotlar aslicha saqlanyapdi. Vaqti kelib haqiqat yuzaga chiqadi. Xalq barchasidan xabardor bo'ladi.

Yana, bola-chaqasi bilan sovuqda gazsiz, elektrsiz, ishsiz, pulsiz uyida diydirab o'tirgan bir millatni hashamatli uylar va saylovlar qiziqtirmasligini u yaxshi bilmaydimi?! Saylovda ovoz berishi kerak bo'lgan ommaning qariyib yarimisi xorijlarda bola-chaqa deb qora mehnat bilan ovoraligidan ham u bexabarmi?! U hammasini yaxshi biladi!!!

Avvalo, biz rost va to'g'ri gapiraylik.

Haqiqat aytilmas ekan, hech qachon yolg'onlar bitmaydi!

OTAMUROD RAHMON

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube