O’zbekiston Xalq Harakati

POYKENTNING QISQAChA TARIXI…

POYKENTNING QISQAChA TARIXI…
02 Aralık 2019 - 6:50 'da yuklandi va 977 marta o'qildi.

Poykend, Poykand — qad. karvon yo'li ustida qad ko'targan shahar harobasi (miloddan avvalgi 4—3—milodiy 11-asrlar). Buxorodan 44 km jan.-g'arbda, Jondor va Qorako'l tumanlari tutashgan xududda joylashgan. O'rta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari “Quyi shahar” ma'nosini anglatadi. POYKENT tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan shahar ilk o'rta asrlarda “Shahristoni Ro'in”, ya'ni “Jezdan qurilgan shahriston” (Jez shahar) nomi bilan shuh-rat topgan.

POYKENT o'tmishda 4 qism: 1) darvozali ark (maydoni 1 ga); 2) darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga); 3) darvozali tashki shahriston (maydoni 6 ga); 4) sharq, g'arb hamda jan. tomonlarida qad ko'targan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan ra-bodlardan iborat bo'lgan. Arqsa qad. ibo-datxona, podshoh saroyi, 9—10a.larda qad ko'targan koshinkor mehrobli jome maejidi, ichki va tashki shahristonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-ko'ylari, ichki bozor, us-taxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joylashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxonasi)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha (Narshaxiyning ko'rsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, ya'ni karvonsaroylar qad ko'targan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida ham POYKENT nauslari ochiqbo'lgan. Otashparastlar o'z marhumlari ustuxonlarini hatto, Buxoro shahridan POYKENT nauslariga eltib dafn etganlar.

Ayrim ma'lumotlarning guvohlik berishicha, POYKENT qadimgi Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo'lgan. Har bir podsho o'zi uchun bu shaharda o'rdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davrida (5-asrning 2yarmi va 6-asr boshlari) u poytaxtga aylantirilgan. Nar-shaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar bo'lib, ular Xitoy va dengiz bo'yi mamlakatlari bilan savdo qilganlar va juda davlatmand bo'lgan. Shu boisdan arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-Faqihlar POYKENTni “Madina at-tujjor”, ya'ni “Savdogarlar shaxri” nomi bilan ta'rif etadilar.

POYKENT o'z tarixi jarayonida Buxoro vohasining nafaqat yirik savdo markazlaridan biri sifatida, balki tutgan geografik o'rni jihatidan G'arbiy Sug'dning siyosiy hayotida strategik tomondan muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Vohaning jan.-g'arbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan POYKENT ilk o'rta asrlarda Buxoro viloyatining atrofi yagona mudofaa inshooti — Kan-pir devor bilan o'rab olingunga qadar u jan.g'arb, dasht hududlaridan mutta-sil sodir bo'ladigan ko'chmanchi qabilalarning chopkunlarini qaytarish va tashqi dushman hujumlarining yo'lini to'sib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qaror-goh vazifasini o'tagan. Uning mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan bo'lib, zamonasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan.

POYKENT arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5– 5 m) va baland devorlar halqasi bilan o'ralgan. Devor bo'ylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5—12,5 m ) 2 qavatli burjlar o'rnatilib, darvoza atrofi mudofaa inshootlari (labirint) bilan mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oralig'i bo'ylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (tirkash) o'rnatilgan.

674 yilda POYKENT Arab xalifaligi lashkarboshisi Ubaydulloh ibn Ziyod tomonidan fath etiladi. 707 yilda esa POYKENT xalifalikning Xuroson voliysi Kutay-ba ibn Muslim tomonidan qamal qilinadi. POYKENTliklar qattiq turib arablarga qarshilik ko'rsatadilar. Qamal 50 kun davom etadi. Kuch bilan POYKENTni qo'lga kiri-ta olmagan arablar shahar devori os-tidan lahim (tunnel) qazib ichkariga bostirib kiradilar. POYKENT arablar kuliga o'tadi. POYKENTliklar kattagina boj to'lab Qutayba bilan sulh tuzadilar. Biroq shaharliklarning qo'zg'oloni oqibatida POYKENT qayta egallanib, vayron etiladi. Juda katta miqdorda oltin va kumushdan yasalgan but va jomlar bilan bir qatorda ko'plab qurol-yarog' hamda harbiy anjomlar o'lja tarzida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalarning bir qismi bilan qurollanib oladilar. Tabariyning yozishicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Xatto, eritilgan oltin-kumush anjomlar va butlarning tosh qolipidan 150 ming misqol miqdorda yombi ajratib olingan.

9-asrning oxirgi choragi va 10-asr mobaynida POYKENT va uning dehqonchilik vohasi ravnaq topadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlari kengayib kulollik, shishasozlik, koshinkorlik, misgarlik va binokorlik taraqqiy etadi. Ilm-fan, ayniqsa, fiqhshunoslik rivojlanib, bir guruh POYKENTlik fiqhshunos olimlar etishib chiqadi. Ammo somoniylar hukmronligi barham topgach, 11-asrda POYKENTning sug'orish tarmoklari suvsizlikdan qurib qoladi. Oqibatda shahar bo'shab, harobaga aylanadi. 12-asrning 1-choragida Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida POYKENT qayta tiklanib va uning atrofi qayta obodonlashtiriladi. Shahar aholisi yana gavjumlashib, kurkam turar joylar, podshoh uchun esa muhta-sham saroy quriladi. POYKENTning suv ta'minotini yaxshilash maqsadida Qo-rako'l daryosidan uz. 1 farsaxli kanal qazib chiqarish uchun harakat qili-nadi. Biroq, kanal qazilib tugatilmay qoladi. POYKENT suvsizlikdan 12-asrning 2 yarmida butunlay qurib yana vayronaga aylanadi.

POYKENT shahri harobalari arxeologik jihatdan dastlab 1903 yilda R.Pampelli, 1913—14 yillarda L.A.Ziminlar tomonidan o'rganilgan. Buxoro vohasi shaharsozlik madaniyatining yuzaga kelishi va rivojlanish tarixini o'rganish munosabati bilan o'tgan asrning 80—90 yillarida POYKENT harobalarida keng ko'lamda muttasil arxeologik qazish ishlari amalga oshirildi. Arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida 1980 yilda O'zbekiston FA Arxeologiya instituti va Rossiya Davlat Ermitajining maxsus qo'shma arxeologik ekspeditsiyasi (A.Muhammadjonov rahbarligida) tashkil etildi. Bu ekspeditsiya a'zolari (G.L.Semenov, J.Mirzaahmedov, Sh.Odilov va boshqalar) ko'p yillarga rejalashtirgan arxeologik qazishlarni to hozirgi kunga qadar davom ettirmoqdalar . I.tlar va arxeologik qazishlar natijasida POYKENT yodgorligining umumiy tarixiy topografiyasi o'rganilib, rejalari chizmalarga tushirildi. Unda qad. ko'targan ilk chegara istehkomi, so'ngra shahar qiyofasini shakllantirgan baland va qalin mustahkam mudofaa devorlar bilan o'ralgan ark, 4 tomonida bir nechta darvozalar (eni 3,5 m) o'rnatilgan va qator burjli devorlar qad ko'targan ichki va tashqi Shahriston hamda saxn bo'ylab ko'plab karvonsaroy va nausli nekropol joylashgan ulkan rabodlarning yuzaga kelishini tarixiy bosqichlari va madaniy qatlamlarining qalinligi belgilandi. POYKENTning qad. qismi — arkning os-tida madaniy qatlam qariyb 18 m ga borsa, ichki va tashqi shahristonlari ostida esa uning qalinligi 4—4,5 m dan oshmaydi. Arkning quyi qatlamida qavd etilgan topilmalar miloddan avvalgi 4—3-asrlar, ichki shahristonning ostki qatlami topilmalari milodiy 3—4-asrlar va tashqi shahristonning quyi qatlami va topilmalari esa 4—5-asrlar bilan sanaladi. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, POYKENTda hayot miloddan avvalgi 4-asrdan to milodiy 11-asrgacha, ya'ni 1500 yil davomida kechgani ma'lum bo'ldi.

Arkda qad. ibodatxona, jome masjid va podshoh saroyi harobalari, ichki shahristonda dorixona (8-asr), bir qancha ulkan tandirlar o'rnatilgan shahar nonvoyxonasi, tashqi shahristonda kulollik, shishasozlik kabi hunarmandlarning mahalla-ko'ylari, 4 tomoni supali markazida sandali bor yotoqxona, oshxona, omborxona va tashnobli tahoratxonali mo''jazgina bir qavatli hovlijoylarning harobalari qazib ochildi. POYKENTning rabod qismida kulollik, shishasozlik va temirchilik us-taxonalari-yu xumdon va qo'ralari hamda 50 dan ortiq nauslarning qol-dikdari bilan bir qatorda POYKENTdan Buxoroga tomon yo'nalgan karvon yo'li (kengligi 20 m)ning 2 yoqasi bo'ylab joylashgan 20 dan ortiq karvonsaroylarning vayronalari qayd etilib, ulardan bir nechtasi qazib ochildi. 8— 10-asrlarga mansub bunday mehmonxona va qo'noqxonalar murabaa (75x75m) shakdda xomg'ishtlardan bino qilingan. Tashqi devorning 4 burchagi doira shaklida burjlar bilan mustahkamlangan. Hovlisining markazida tuyalarga ortilgan yuklar tushiriladigan 1 yoki 2 uzun supa ishlangan. Karvonsaroy qaramaqarshi tomonlarida 2 darvoza (3–5 m) o'rna-tilgan. Mehmonxonaning 4 tomoni bo'ylab 60 dan ortiq supali, sandalli 1 yoki 2 xonali yotoqxonalar, o'chokli yoki tandirli ovqatxona, tashnobli tahorat yoki g'uslxona va omborxonalar joylashgan. Saroyning shim.-g'arbiy burchagida otashparastlarning otashkadali ibo-datxonasi bino qilingan. Xonalarning tomi ravoqsimon shaklda yopilib, markaz qismida sopol quvurlardan mo'rkonlar o'rnatilgan.

Arxeologik qazishlar jarayonida POYKENT yodgorligidan turli xil topilmalar: sirli va sirsiz sopol ko'za va tovoqlar, shisha idishlar, jez va temir bu-yumlar, qurolyarog'lar, shuningdek, turli sanalarda zarb etilgan chaqa tan-galar (Xitoy, Sosoniy, Umaviy va Ab-bosiylarning fuluslari; Buxoro, Samarqand, Marv, Farg'ona, Axsikat va Isfijob zarbxonalarida zarb etilgan Somoniy va Qoraxoniylarning tangalari hamda Hirotda zarb etilgan G'aznaviylarning 1 dona oltin dinori) topildi. Topilmalarning kattagina qismi hozirgi vaqtda POYKENT yodgorligi yaqinida tashkil etilgan “Arxeologiya muzeyi” zallarida namoyish etilgan.

Shohista Uljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube