O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

OLOY MALIKASI

OLOY MALIKASI
02 Aralık 2019 - 6:30 'da yuklandi va 781 marta o'qildi.

O'sh shahri. Chor Rossiyasi mustamlakachilari tomonidan jazo hukmi ijro etiladigan qatl maydoniga yog'iy tazyiqi ostida har galgidanda ko'proq olomon yig'ilgan. Bosqinchilar Oloy malikasi deya e'zoz etilgan Qurbonjon dodxohning kenja o'g'li Qamchibekni osib o'ldirishga hukm etgan.

Barcha vahimada, barchaning nigohi dor ostidagi yosh yigitda. Dushmanlarga aynan shu kerak. Ya'ni mustamlakachilarga qarshi isyon ko'tarishning oqibati shafqatsiz bo'lishini, ularga qarshi kurashish befoyda va dahshatli ekanini ko'rsatish. Bosqinchilarning rejasi faqat bu emas. Engilmas isyonchilarning boshlig'i – Qurbonjon dodxohni shu orqali qo'lga olish. Jonfido ona, albatta, bolasi bilan vidolashish uchun kelishi tayin. Maydon atrofidagi va xalq orasidagi dushman ayg'oqchilari bu borada hushyor. Oloy malikasi ham buni yaxshi biladi.

Shu payt uzoqdan chang ko'tarilib, bir otliq – Qurbonjon momo uchib kela boshladi. U nafasi ichiga tushgan olomonni yorib o'tib, to'g'ri dor ostiga keldi. Bolasiga yuzlanib: «O'g'lim, dadil bo'l. Yurt uchun shahid ketish bizga merosdir, sendan roziman», dedi-yu, ot jilovini ortga burdi-da, qanday kelgan bo'lsa, maydonni shiddat ila shunday tark etdi. Dushman, hatto chora ko'rishga imkon topa olmadi…

Ona er, qalblar ko'shkidagi – bebaho Vatan. Kindik qonimiz to'kilgan jonlarga tutash zamin. Seni asrash uchun ne botiru bahodirlar, fozilu fuzalolardan tortib, g'aribu g'urabolarga qadar jon olib, jon bergan. Tarixda buyuk Turon davlati, deya nom olgan qudratli mamlakat xalqlari asrlar davomida bosqinchilarga qarshi elkama-elka kurashib kelgan. Alplikda, oriyatda, kuch-qudratda o'zini ko'rsata olgan. Besh panja birlashib, musht bo'lgani kabi, besh og'a-ini botirlar – o'zbek, tojik, qirg'iz, qozoq, turkman millatlari bosqinchi yovlarga yon bermagan, goh enggan, goho engilgan. Ne-ne fotihlar kelib ketmasin, o'zligini, asriy qadriyatini asrab qolgan.

Ha, asriy istibdod zulmi ostida ham turkiy millatlarga tayanch bo'lgan ona Vatandir bu, jon rishtasi bu. Shoir kuylaganidek:

To'marisning ko'ksida qudratga ingan titroq,

Ming yovga bas kelmoqqa shid dati etgan Shiroq,

Fotihlar taloshida taxtin bermagan tuproq –

Vatandir bu, Vatandir bu, jon Vatan.

Yurtga yog'iy bostirib kirdimi, unga qarshi turmoq uchun barcha barobar oyoqqa qalqiydi. Yoshu qari, erkagu ayol. Negaki, Vatan oyog'osti bo'ldimi, istibdod zulmi ostida millat toptaladi, qadriyat va or-nomus toptaladi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati Turkistondagi milliy ozodlik kurashlarini yuzaga chiqardi. Bosqinchilar kelishi barobarida o'z eri va erkidan mahrum bo'lgan xalq orasida ocharchilik, qashshoqlik avj oldi, turli kasalliklar ko'paydi. O'g'rilik, talonchilik, yulg'ichlik xalq boshiga og'ir savdolar soldi. Zulm ostida ezilgan el o'zining erki, qadr-qimmati, yurt ozodligi uchun tinimsiz kurashlar olib bordi. Bu kurashlar Turkiston o'lkasining deyarli barcha hududlarida muttasil davom etdi. Tarix guvohlik berishicha, 1887 – 1897 yillarda Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona viloyatlarida mustamlaka idoralariga qarshi jami 663 marta hujum uyushtirilganligi ham fikrimiz dalilidir. Hukmron tuzumga qarshi qo'zg'olonlar asosan kambag'al dehqonlar, kosiblar, hunarmandlar tomonidan amalga oshirildi. Mahalliy xalq tomonidan o'tkazilgan yuzlab qo'zg'olonlar orasida Sulton Sodiq, Botirxon To'ra, Po'latxon hamda Qurbonjon dodxoh boshchiligidagi milliy ozodlik harakatlarini alohida ko'rsatib o'tish lozim.

Qurbonjon dodxoh! Yurt ozodligi, xalq dardi etti farzandning onasi bo'lgan bu ayolni jangchi suvvoraga aylantirgan bo'lsa, ajabmas. Oloy malikasi deya nom olgan bu zabardast ayol haqida qo'shiqlar, rivoyatlar to'qilgan. Negaki, xalq o'z qahramonlarini hamisha e'zozlaydi, ulug'laydi, unutmaydi. Uning mo''tabar nomi hamon asrlarni ortda qoldirib kelmoqda. Buning siri nimada? Istibdod zulmiga qarshi yuzlab xalq qo'zg'olonlariga rahbarlik qilgan yuzlab fidoyi vatanparvarlar orasida Qurbonjon dodxoh bu qadar e'zozga qanday erishgan?

1811 yilda O'sh yaqinidagi Modi qishlog'ida tug'ilgan Qurbonjon Mamatqizi Qo'qon xonligi vaziri Olimbek dodxoh Hasanboy o'g'lining rafiqasi bo'lgan. Umr yo'ldoshi uni xon saroyiga olib kelib, Nodirabegimga tanishtiradi. Nodirabegim va Uvaysiy kabi o'zbek shoiralari ta'sirida Qurbonjonning dunyoqarashi shakllanadi.

Olimbek dodxoh hokimiyat uchun kurashlarda saroy fitnasi oqibatida o'ldirilgach, u erining o'rniga ma'lum muddat Andijon hokimi bo'lgan va o'zining tadbirkor, elparvar, jasur va dovyurakligi bois, Qurbonjon dodxoh unvoniga erishgan. So'ngra, ma'lum sabablarga ko'ra, besh o'g'il va ikki qizini olib, o'z ovuliga qaytadi.

Qo'qon taxtini qayta egallagan Xudoyorxon Qurbonjon dodxohni Oloy vohasining hokimi qilib tayinlaydi va u Oloy malikasi sifatida nom chiqaradi. Uning katta o'g'li Abdullabek O'sh hokimi etib tayinlanadi. Qurbonjon dodxoh bilan Qashqardagi Ettishahar uyg'ur hukmdori Yoqubbek o'rtasida yaxshi munosabatlar o'rnatilgan. Yon atrofdagi qo'shni o'lkalar bilan do'stona aloqa bog'lagan. Mustamlakachilarning yovuzligi, xalqning milliy va diniy qadriyatlarini, insoniylik qadr-qimmatini poymol etayotgani Oloy malikasini ham kurashga chorladi. U o'g'illari Abdullabek, Mahmudbek, Hasanbek, Botirbek va Qamchibek bilan Po'latxon qo'zg'olonida ishtirok etadi. Qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragach, Farg'ona vodiysidagi barcha vatanparvar kuchlar istiqlol uchun kurashchi mashhur qirg'iz ayoli Qurbonjon dodxoh qo'shinlari safiga kelib, qo'shila boshlaydi. Vodiyda yashovchi o'zbek, tojik, qirg'iz xalqlari birlashib, umumiy dushmanga qarshi kurashni davom ettiradilar.

Qurbonjon dodxoh Evropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan Chor Rossiyasi generali D. Skobelevga qarshi kurashlarda uni mag'lubiyatga uchratadi. 1876 yilning yozida bo'lib o'tgan jangdan so'ng, mag'lubiyatga uchragan general sulh so'rab, Qurbonjon dodxoh huzuriga ofitserini yuboradi. Biroq mag'rur sarkarda ayol uni qabul qilmaydi va mansab pog'onasi jihatidan o'ziga teng bo'lgan sarkarda bilangina muzokara olib borishini bildiradi. Muzokara amalga oshmagach, mustamlakachilar yana jangni davom ettirishga majbur bo'ladi. Qurbonjon dodxohning o'g'li Abdullabek o'z ukalari bilan birga onasini qo'llab-quvvatlaydi, bosqinchilarga qaqshatqich zarbalar bera boshlashadi. Ular mustamlakachilar har qanday kelishuv va bitimni hech qachon halol bajarmasliklarini anglab etgan edilar. Shundan so'ng, general Skobelev bilan Qurbonjon dodxoh Oloyda shaxsan uchrashib, o'rtada sulh tuziladi. Bu orqali Oloy vohasidagi ichki boshqaruvda Qurbonjon dodxoh o'z mustaqilligini saqlab qolgan. Uning dovrug'i, hatto Sankt-Peterburgga imperator saroyigacha etib borgan.

Yurt ozodligi, millat hurligi, dini va qadriyati yo'lida bosqinchilarga qarshi er yigitlar qatorida kurash olib borgan Qurbonjon dodxoh haqida uzoq to'xtalish mumkin. Ha, u hokim bo'lib, yurt boshqargan zabardast arbob, erk va ozodlik yo'lidagi kurashlarga boshchilik qilib, dushmanni qo'rquv va hayratga solgan yovqur xalq qahramoni, dor ostidagi bolasining ko'ziga qarab turib, rizolik berolgan mushfiq ona, jovdirab turgan farzandiga orqa o'girib ketolgan, yuragini faryod kuydirsada, ko'ziga chiqarmagan ayol.

Asrlar o'tsada, Farg'ona vodiysi aholisi o'rtasida u haqida ko'plab qo'shiqlar, rivoyatlar aytiladi. Shuningdek, u qirg'iz xalqining tarixiy qahramoni hisoblanadi. Rejissyor Siddiq Sherniyoz tomonidan suratga olingan, Oloy malikasi hayotidan hikoya qiluvchi «Qurbonjon dodxoh» fil'mi AQSh kinoakademiyasi «Oskar» mukofotining «Xorijiy tildagi eng yaxshi fil'm» yo'nalishi bo'yicha nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan. «Kurash ancha qizg'in bo'ladi, biroq biz kurashamiz. Fil'm Qirg'izistonda muvaffaqiyatli namoyish etildi. Shu kunlarda fil'mni N'yu-Yorkda namoyish etamiz. Yaqin vaqt ichida esa Rossiya kinoprokatiga chiqamiz», – deydi Siddiq Sherniyoz.

Uch yil davomida suratga olingan, etti yuz nafar aktyor ishtirok etgan fil'm jahon miqyosida e'tirof topsa, ajabmas. Oloy malikasi Qurbonjon dodxoh – erksevar momomiz haqidagi maqolamizni esa she'riy satrlar bilan tugatishni lozim topdik:

Alp o'g'lonlar berding dunyoga,
Zafarlarda buyuk hissang bor.
Sen qo'l ochsang, ezgu duoga,
Har insonga omad bo'lur yor.
Farzandlari millatga poydor,
Bashariyat kamoli – Ayol.

Zulfiya YuNUSOVA
Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube