O’zbekiston Xalq Harakati

Chidamli chayon

Chidamli chayon
02 Aralık 2019 - 23:12 'da yuklandi va 1296 marta o'qildi.

ChIDAMLI ChAYoN

Ming asr muqaddam qalam tebratgan Yusuf Xos Hojib hukmdorga qarata “biron bir o'lkani lashkaru qilich bilan zabt etish tabiiy hol. Biroq xalqni qalam, ya'ni adolatli qonun-qoidalar bilan boshqarish zarur” deya maslahat bergan.

Yusuf Xos Hojibdan to'rt yuz yil keyin ijod qilgan Navoiy hazratlari yurt obodligi, xalqning shodu xurram hayotining yagona sharti quyidagicha ekanini alam bilan aytgandi:

To hirsu havas xirmani barbod o'lmas,
To nafsu havo qasri baraftod o'lmas.
To zulmu sitam jonig'a bedod o'lmas,
El shod o'lmas, mamlakat obod o'lmas.

Asrlar shitob o'tdi. siyosiy tuzumlar, ijtimoiy tartiblar o'zgardi. Odamzod ilmu ma'rifat, balog'at davrida yashay boshladi. biroq mustabidlik, zo'ravon xalqlarning kamsonli xalqlarni qul qilishi; o'zini davlat egasi va xalqning hukmroni hisoblovchi bir to'da qaroqchilarning xalqqa zulmi, uning qonini ichishi, erkini oyoq osti qilishi barham topmadi.

Yuz yil muqaddam, XX asrning boshlarida mumtoz salaflarga hamohang ohangda Cho'lpon ham mardona xitob qildi:

Ko'ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do'stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
Xaqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksen, o'lmagansen,
Sen-da odam, sen-da insonsen.
Kishan kiyma,
Bo'yin egma,
Ki sen ham hur tug'ilg'onsen!
..
Toshkent, 1922

XX asrning oxirlariga kelib Rauf Parfi jabru sitamlardan shikoyat qildi:

Ummonlar yo'lingda, jangal yo'lingda,
Noma'lum har joyda qurilgan doring.
Olamning kalidi sening qo'lingda,
Jafo habibingdir, xiyonat – yoring

Zulm va zo'ravonlikdan zada Muhammal Solih:

Men bu erlik emasman asli,
Men orzuning fuqarosiman!
deya armonlar, orzular yurtiga bosh olib ketdi.

Zulm davom etayotgan yurtda Muhammad Solih hamon mazlum maqomida:

“Begona”
Yurtimda adolat bo'lmasa boqiy,
Robbim, men qulingga huzur buyurma.
Zulm davom etarkan yurtimda toki,
Mazlum maqomidan meni ayirma.
Tilim biyron etma yaratgan Egam,
Haqiqatni mumkin bo'lmasa aytish.
Toki xalqim oyoq ostida ekan,
Menga harom bo'lsin yurtimga qaytish.
2019

Sofokol davridan buyon ikki yarim ming yil o'tdi.

Biroq barcha balolarga chidamli chayon singari zolimlarning jabru sitami, zolimligi va zulmi hamon yashab kelmoqda.

ABDULHAMID PARDA

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube