O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mirziyoev olib tashlattirgan yo'l-patrul' postlari qayta tiklanmoqda

Mirziyoev olib tashlattirgan yo'l-patrul' postlari qayta tiklanmoqda
03 Aralık 2019 - 8:25 'da yuklandi va 809 marta o'qildi.

“Ozodlik radiosi”ning xabar berishicha, Farg'ona-Vodil, Farg'ona-Avval yo'llarida avval mavjud bo'lib, keyinchalik prezidentning farmoyishi bilan olib tashlangan nazorat postlari qayta tiklandi. Bu haqda Farg'onada xususiy avtobus qatnovini tashkil qilgan tadbirkor Ozodlikka ma'lum qildi.

Shuningdek, ma'lumotlarga qaraganda, Xorazmning Xazorasp, Surxondarëning Denov,. Andijonning Shahrixon tumanlaridagi yo'l-patrul' postlari qayta tiklangan.

Ushbu tumanlardagi haydovchilarning Ozodlikka bildirishicha¸ bu postlarda yo'l harakati xavfsizligi inspektorlarining yana mashinalarni to'xtatib tekshirishi avvalgi shaklda davom etmoqda.

Farg'onalik tadbirkorning aytishicha¸ joriy haftada Farg'ona tuman markazi Vodilda 5 taga yaqin blok-postlar qayta ochilgan. Uning yana aytishicha¸ yana bir qanchasini ochishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Farg'ona tuman hokimligi kapital qurilish bo'limi xodimining Ozodlikka bildirishicha¸ bundan maqsad “respublika hududiga kontrabanda tovarlarini olib kirishni cheklashdir”.

Lavozimida matbuotga gapirish huquqi bo'lmagani uchun ismi sir qolishini so'ragan IIB zobitining Ozodlikka bildirishicha, Qirg'izistondan taqiqlangan tovarlar kirib kelishining oldini olish uchun qayta ochilgan:

– Farg'ona shahridan Vodilga chiqishdagi post qayta tiklandi.. Yonida shahar GAI binosi ochildi. Chunki Vodil orqali Qirg'izistonining Botken viloyat, Qadamjoy tumaniga yul ketgan. Farg'ona tumani Chimyon kishlog'idagi post ham qayta ochildi. Chunki aynan u erdan O'zbekistonga Qirg'izistondan taqiqlangan tovar o'tkazilmoqda. Taqiqlangan mollarning kirib kelishini to'xtatish uchun postlar qayta tiklandi.

Xorazm viloyat yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasining Ozodlik bog'langan mulozimi postlarning paxta terimi paytida xavfsizlikni oshirish va paxta hosili talon-toroj bo'lishining oldini olish maqsadida vaqtincha qayta tiklanganini aytish bilan kifoyalandi.

Xazorasp tuman Muxomon qishlog'ida yashovchi taksichi Ozodlik bilan suhbatda 2 yil oldin yil ëpilgan postning qayta ishga tushganini aytdi:

“Men Toshkentga odam tashiyman. Yana oldingiday to'xtatib, hujjat tekshirib ëtibdilar. Mashina bagajini ochib ko'rishdi.”, deydi muxomonlik taksichi.

Toshkentlik haydovchi aëlning aytishicha¸ Toshkent viloyatidagi uchta blok-post qayta tiklangan.

– Qoramurt blok-posti. Limonariya va Bayjigitga kirishdagi postlar tiklandi. Shu postlardagi tekshiruv bois dahshat probka bo'ladi tor yo'lda. Mantiqsizlik bu!

Andijonlik haydovchi esa, Shahrixon tumanidagi blok-postlar qayta tiklanganini aytdi:

– Har-xil tadbir va tekshiruvlar: qamoqdan zeklar qochibti, saylovoldi tozalovi, yana qandaydir tadbirlar bahonasida ko'pchilik postlarda yana IIB xodimlari paydo bo'ldi.

Buxoro viloyatining Navoiy viloyati bilan chegaradosh qismidagi yo'l-patrul' postlari qayta tiklanganidan tashvishlangan qiziltepalik haydovchi¸ “bu tekshirishlar bois yo'lga ko'p vaqt ketib qolaëtganidan” nolidi.

Buxoro viloyat yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasining Ozodlik gaplashgan mulozimi Qiziltepa tumanidagi yo'l-patrul' posti shu kunda doimiy rejimda ishlaëtganini aytdi. Mulozimga ko'ra¸ bu xududda jazoni ijro etish maskani borligi bunday nazorat posti mavjud bo'lishini taqozo qiladi.

Ozodlikning o'rganishicha, 1 dekabrdan boshlab Surxondarëning Jarqo'rg'on va Qiziriq tumanlarida avval olib tashlangan postlarning barchasi qayta tiklangan.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi 2017 yilning 25 dekabr' kuni Ozodlikka bergan interv'yusida viloyat bo'yicha 15 dan ortiq postdan 6 tasi qolganini aytgan edi.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida (2017 yil, 22 dekabr') behisob yo'l-patrul postlari turizmni rivojlantirishga to'siq bo'layotgani va oddiy odamlarni qiynab yuborayotgani haqida gapirgan edi:

“Hozirgi vaqtda viloyatlar o'rtasida yo'l-patrul' postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. O'zingiz o'ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo'lsa, yo'lda 17 ta postdan o'tadi. Farg'ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi” degan edi Shavkat Mirziyoev .

O'zbekiston IIV matbuot xizmati bilan bog'lanib respublika bo'ylab yo'l-patrul' postlari qayta tiklangani borasida izoh olishning iloji bo'lmadi. Matbuot xizmatida hech kim telefonni ko'tarmadi.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube