O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Yolg'on aytish to'g'ri so'zni aytishga qaraganda xavfsizroq”

“Yolg'on aytish to'g'ri so'zni aytishga qaraganda xavfsizroq”
03 Aralık 2019 - 20:44 'da yuklandi va 848 marta o'qildi.

(Ustoz Muhammad Solihning 70 yilligiga)

Erksevar shoir Muhammad Solih qayta qurish yillarida o'zining publitsistik maqolalari va o'tli she'rlari bilan xalq orasida mashhur edi. O'zbek yoshlari qatori, mening ham sevimli shoirim edi.(Ustozning she'rlari va publitsistik maqolalari bugun ham eng o'qimishli va zamonaviy asarlardan sanaladi).

Shoir “Nimaiki yozgan bo'lsam vaqt o'tgach boshimga tushdi” deb aytadi. Urfiyatda har gapga “Farishta omin deydi” degan naql yuradi. Ustoz Muhammad Solih ham she'riyat haqida gapirarkan: “She'r menimcha hikmat emas. Shoir ataylab aforizmlar bitmaydi. U she'r yozadi. Aforizmlar odamning idrokini yuksak muvozanatga chorlaydi, uning yagona quroli muvozanat. She'r aksincha, bizni muvozanatdan chiqaradi, junbushga soladi. Ruhimizni tinimsiz harakatga keltirib turadi”- degan edilar bir suhbatida. Ustozning xuddi shu suhbatda bildirgan quyidagi fikrlari ham e'tiborga molik: “She'riyat faqat boyib, o'zgarib boradi. Yo'nalishlarning ko'pligi, shakllarning rang-barangligi haqiqiy adabiyotga xos belgidir”. (“Poklanayotgan umid”, 1981 yil).

Shoir mustabid tuzum zulmi avj olgan davrda xalqimizning haq-huquqi uchun kurashdi, og'ir sinov pallasida xaq va adolat talashdi, istiqlol g'oyasini olg'a surdi, ammo yurt mustaqil bo'lgach, o'z Vataniga sig'madi.

Muhammad Solih 1988 yilda «Yosh leninchi» gazetasiga bergan interv'yusida ibratli fikrlarni izhor etgan edi: «Yolg'on aytish to'g'ri so'zni aytishga qaraganda xavfsizroq. Zotan, insoniyat tarixida yolg'on so'zi uchun aziyat chekkanlarga nisbatan, to'g'ri so'zi uchun jabr tortganlar ko'proqdir. Ammo vijdoni butun odam yolg'on gapirib qutilishdan ko'ra, to'g'risini aytib tutilishni afzal ko'radi. Bu, albatta, telbalik emas, bu – uning tabiati. O'sha o'jar toifaga mansub zotlar tarixda ko'p uchraydi. Ularning ko'pligini ko'rib, eng tushkun kimsaning yuragida ham kelajakka umid uyg'onadi: shunday odamlar yashagan ekan, demak, bugun ham yashayapti, bundan keyin ham yashaydi, deb o'ylaydi u. Ularni dorga osgandilar, o'tda yoqqandilar, suvga cho'ktirishgandi, ammo bugun qarasak, hammasi tirik ekan. Ular ma'naviyat qasrining ustunlari, ular o'z yurtlarining haqiqiy grajdanlaridir».

Muhammad Solihning o'zi ham yuqoridagi toifaga mansub ekanliklarini vaqt ko'rsatdi. Muhammad Solihdek xalqning fidoyi farzandi, quvg'inda yurishi hech kimga obro' keltirmaydi. Xalqimizning sharafli farzandi Vataniga qaytishi uchun imkon berish vaqti keldi deb o'ylayman.

«Hurlik xaqida» nomli she'rimda shunday misralar bor edi:

Hurlik, ozodlik deb kurashib o'tgan
Azaldan millatning zo'r o'g'lonlari.
Biri g'olib bo'lib maqsadga etgan,
Biri quvg'in bo'lgan Vatandan nari.

Bundan bir necha yil avval, tinchlik va birlik Asoschisi millat Peshvosi, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tojik ziyolilari haqida shunday degan edilar:
«Mo''min Qanoat, Bozor Sobir va Gulruxsor kabi shaxsiyatlar ona tili muhitidan tashqarida o'zlarini rohatda his qila olmasliklarini men chin yurakdan his etaman».

Davlatimiz rahbarining dilso'zligi va g'amxo'rligi tufayli ustoz shoir Mo''min Qanoat, shoira Gulruxsor va Bozor Sobir Tojikistonga qaytib keldi.

Prezident ushbu xayrli amali va bag'rikengligi bilan jahon hamjamiyati va eng avvalo halqning olqishiga sazovor bo'ldi. Nomlari yuqorida zikr etilgan shoirlar nafaqat shoir sifatida, balki, ozod fikrli shaxs sifatida ham xalqning hurmat-etiboriga loyiq insonlardir. Men nomlari zikr etilgan ustozlar bilan yaqindan tanishman va ularning suhbatlaridan bahramand bo'lganman, ularga havas qilaman.

Hasanboy G'oyib

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube