O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Natal'ya Zimyanina: “Muhammad Solih hayotimda uchratgan eng buyuk insonlardan biri”

Natal'ya Zimyanina: “Muhammad Solih hayotimda uchratgan eng buyuk insonlardan biri”
04 Aralık 2019 - 7:00 'da yuklandi va 823 marta o'qildi.

Muhammad Solihning 70 yillik tavallud ayyomiga bag'ishlanadi

Men huquq himoyachisi emasman, bu yig'ilishga uncha mos kelmayman. Bilamanki, Muhammad Solih buyuk inson, men o'z hayotimda uchratgan eng buyuk insonlardan biri. Va bu erda uning hayot bosqichlari haqida gapirildi. Men Solihga shuni aytmoqchimanki, bu erda, Moskvada uning sodiq do'sti bor. Mening Solih bilan tanishishim tarixi esa juda ajoyib, u darajada romantik-ekzotik emas, balkim siz uchun qiziqarli bo'lar. Men chex tili bo'yicha mutaxassisman, Chexoslovakiyada voyaga etganman. Keyin ham mening butun hayotim shu til va ushbu mamlakat bilan bog'liq bo'ldi. Men muntazam ravishda Praga shaxriga yozgi Bogemistika kurslariga borar edim. Balki yigirma yil avval, nechanchi yil ekanligi esimda emas, bu maktabga, frantsuz, italyan, amerikan qizlar bilan gavjum bo'lgan shu xalqaro maktabimizga kutilmaganda bir xushbichim yigit keldi va universitetning bu yozgi maktabi hayratdan «yiqildi». Uning ko'rinishi o'zgacha edi!

Men u haqda hech narsani bilmas edim. Albatta u falsafiy fikrlaydigan inson. Solihning she'rlari barcha tillarga hayratlanarli darajada yaxshi tarjima qilinadi. Uning tasvirlashi shu darajada aniq va evropalik insonga shu darajada kutilmaganki, xamma bir ogizdan: “Buyuk shoir keldi!”,dedi. Va biz u bilan mana shunday do'stlashdik… Keyin biz Moskvada ko'rishganimizda men albatta hayratda qoldim. Solih qo'ng'iroq qildi va: «Men senikiga boraman», dedi. Va u kelganda men eshikni ochdim, ostonada ehtimol Moskvaning eng elit shoirlari bo'lgan o'ntacha kishi turardi!

Men buncha “yulduzlar” sonidan dovdirab qoldim: agar adashmasam bular Ivan Jdanov, Nina Skrenko, Parщikov, Bunimovichlar edi. Ulardan biri: «Bitta Prigov etishmayapti», dedi va shu payt eshik qo'ng'irog'i chalindi, «Mana Prigov ham keldi», deyishdi. Men eshikni ochdim, haqiqatdan ham u – eshik oldida Dmitriy Prigov turardi. O'sha paytlari u juda ham mashxur shoir edi.

Men esa, Solihning ushbu guruhdan ekanligini, uning Moskvadagi Adabiyot instituti qoshidagi Oliy adabiyot kurslarini bitirganini xech bilmas edim…

Men uchun Solih unchalik ham O'zbekiston bilan bog'liq emas edi. U haqiqatdan ham o'sha paytda ruschada a'lo darajada gapirardi. Umuman, unda dohiyona shoirlik uchqunlari bor, ammo uning 1994 yildan buyon she'r yozmayotgani bu dahshatli. Men Solihga shuni tilayman: kechirimlilik va bag'ri kenglik xar narsadan ustun, sen bilan qanday holat yuz bersa ham. Solih, men senga shuni tilab qolaman va senga ishonaman. Rahmat.

Natal'ya Zimyanina
«Vechernyy klub» gazetasi sharhlovchisi, sobiq KPSS Markaziy qo'mitasi ideologiya sekretari Mixail Zimyaninning qizi

(1999 yil 20 dekabr kuni “Memorial” uyushtirgan tadbirda chekilgan videodan olindi)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube