O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Begona”, 4-qism

“Begona”, 4-qism
04 Aralık 2019 - 22:13 'da yuklandi va 805 marta o'qildi.

Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih shu yilning 20 dekabrida 70 yoshga to'ladi.

Muhammad Solih hayoti haqidagi sizga taqdim etilayotgan fil'm o'zbek yozuvchisi va dramaturgi, muxlislariga “O'zbekfil'm” kinostudiyasida suratga olingan “Oq bino oqshomlari” fil'mi va “Bu kunlar” romani bilan tanilgan Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurilla Otaxonov) loyihasi asosida tayyorlandi.

“Eltuz” nashri ko'p qismdan iborat suhbatning 4-kismini taqdim qiladi.

SAHRODIR KO'ZIM
Kurash –
Bu so'zning ma'nosin
Bolaligim biladi faqat.
Qo'llarimga qarayman:
Qalamga ko'nikkan qo'lning
Qalamni sindirmoqqa kuchi etar xolos.
Hamma yozganlarimni yig'ishtirib yoqsa,
Uch odamga gulxan bo'lmaydi.
Kurash.
Bu so'zning ma'nosini mendan so'ramang.
Men yig'lamoq istayman faqat,
Ko'zim esa cahro,
Sahrodir ko'zim.
1984

MAXLUQ
U bir maxluq dunyo bog'ida
Uning turgan-bitgani qayg'u –
Kishan yo'q-ku qo'l, oyog'ida
Ammo erkin, erkni istar u.
U bir maxluq, yurgan bir daydi,
Yo'q, yo'q, yurmas, ko'klarda uchar,
U o'zining nafratin eydi,
U o'zining g'azabin ichar.
Shunday maxluq, uning yonida
Har bir ayol ko'rinadi tul.
«Kelgindi»mish o'z vatanida,
O'z uyida «nomahram»mish ul…
Bas qil, maxluq! Bas kil, dedim, bas!
Muzlamasin yuzingda qahr –
Bu dunyoda mumkin-ku yashash,
Vatansiz xam mumkin-ku, axir!
1985

M.S. Bu she'rlar hammasi bosilgan. Bu 1985 yilda yozilgan she'r.

QO'POL SO'Z

Realizm so'zi garchand teran, boy,
Dag'alroq ko'rinar she'riy satrda.
Lekin tirik bo'lsa edi Julqunboy
Bizga uni ravshan ko'rsatardi.
Qo'lin muzga tiqib – mag'rur boshi xam –
«Yozmayman hech qachon, yozmayman endi!»
Deya baqirayotgan Usmon Nosir ham
Bu so'zning neligin anglatar edi.
Realizm so'zi qo'pol so'z, chidang.
So'z yo'q bu so'zdan ham chuqurroq, boyroq –
Bashariyat og'ziga tiqilgan chitdan
Tikilar dunyoda eng odil bayroq!
1985

TARAQQIYoT VA MAQOL

Qrimlik qardoshlarimga

Mana, taraqqiyot quyoshi balqdi –
Bizlar har narsaga qodirmiz bu kun.
Agarda istasak, butun bir xalqni
Boshqa sayyoraga ko'chirish mumkin.
Taraqqiyot yonida ojizdir maqol:
El og'ziga elak topish ham mumkin,
Agar biz istasak bugun, bemalol
Oyni etak bilan yopish ham mumkin.
1986

N.M.R. Endi siyosat bilan shug'ullanish uchun alohida bilim, tayyorgarlik, tajriba kerak deb o'ylaysizmi?
M.S. Kerak. Albatta, agar sizda siyosiy bilim, tajriba bo'lsa yaxshi. Biroq sizni tarixiy sharoit qamchilab turgan bo'lsa, bu tayyorgarlikka vaqt ham topolmaysiz va siyosatga sho'ng'ib ketganingizni o'zingiz ham bilmay qolasiz. Men aytayapman, men opponitik inson edim, ya'ni men siyosatni yomon ko'rgan inson edim. Mening butun maqolalarim siyosatchilarga qarshi yozilgan, siyosatga qarshi yozilgan, adolat talab qilingan, u erda butun romantik xayollar himoya qilingan. Siyosatga qarshi yozilgan maqolalarim meni siyosatga olib kirdi. Siyosatni yomon ko'rib, siyosatga qarshi kurasharoq, siyosatchi bo'ldim. Shunday bir tarixiy davr keldiki, o'zimizning iogomizdan, o'zimizning orzu-xayollarimizdan voz kechdirdi siyosat. Ya'ni biz uchun xalqning dardi birinchi planga chiqdi. Va mana shu to'lqinda biz o'zimizni siyosatga kirganimizni bilmay qoldik.
N.M.R. Baribir Sizda shoirlik ustun. Ha, shoirligingiz ustun kelyapti. She'rlarni sog'inib o'qiyapsiz, men ham sog'inib eshitayapman. (Xalqimiz ham buni bilishini istayapman.) So'ramoqchimanki, shoir Muhammad Solih bilan siyosatchi Muhammad Solih bir-biriga qanchalik uyg'un keladi? Hech bir-biri bilan zidlashganmi, bir-biriga qarshi kurashganmi, hech bir-birin enganmi, qaysi biri g'olib, qay biri mag'lub, yoki ikkisi ham g'olibmi?
M.S. Balki yuzaki shunday ko'rinishi mumkin, biroq aslida she'r bir ruh mahsuli o'laroq siyosatdan biz o'ylagan darajada uzoq emas. She'rdagi rakurs, she'rdagi egallangan fikrning pozitsiyasi bir san'at sifatida ko'rilishi mumkin. Ammo siyosatda ham bir pozitsiya, bir g'oyaning himoyasi, uning shakli – uyam bir san'at aslida. Fikr tamalida san'at ikkoviyam. Boshqa tarafdan men bu masalada ikkilanganman, ba'zan ichimda shoirlarga qarab xafa bo'lardim, kimdir onangni so'kib turganda qanday qilib bular she'r yozadi, sevgi haqida yoza oladi, deb xafa bo'lganman. Ko'proq amaliy harakat tarafdori bo'lganman. Bugungacha, ya'ni men ayni paytda 70 yoshga kiryapman. Agar ayni shu damda xalqning ozodligi uchun eng radikal shaklda kurashish imkoni bo'lsa, men hech ikkilanmay maydonga chiqaman. Bugun ham men bilamanki, xalqimiz ozod bo'lgani yo'q. Siz O'zbekiston ichida yashaysiz, balki sizning tushunchangizda boshqacha bo'lishi ham mumkin. Ammo mening fikrim, haliyam xalqimiz qullikda davom etyapti. Mirziyoevning kelishidan men juda katta umid qilganman. Hatto o'yladimki, bu odam ishlarni yaxshi qilib olib ketsa, men muxolifatni tashlayman, degan o'yga bordim. Nima keragi bor menga muxolifatning? Men muxolifatni zulm bo'lsa qilaman. Xalqimizning orzularini bittasi amalga oshirsa, biz unga yordamchi bo'lamiz, biz uni duo qilamiz. Xalqning orzusi ushalishiga hozirgi iqtidor yordamchi bo'lsa biz, albatta dastaklaymiz. Dastakladik ham, uch yil jim turdik. Qo'lladik, ochiqchasiga qo'lladim, gapirdim. Faqat jimlik bilan emas, so'z bilan ham qo'lladim Mirziyov siyosatini. Mana oqibatini ko'rdik, mening nafaqat o'zim, hatto kitoblarim ham kirolmayapti ichkariga.
N.M.R. Xalqimizda haliyam umid bor. Saroy intirigalari deymizmi, ichkarida bo'layotgan siyosiy kurash yomon ko'rinishlarda deb o'ylayman. Kitobingiz masalasida bir shoirni hibsga olnishi, undan keyingi voqealar va bularning yarim-bir yildan buyon cho'zilib kelayotgani va oxirida hatto bir blogerning jinnixonaga tashlanishi, juda yomon holatdir. Mana hokimlarga munosabatlar ham, biroz masxarabozlikka ham o'xshaydi mening nazarimda: bir qilg'ilikni qilib qo'yadi, keyin kechirim so'raydi. Haqoratlaydi va biroz o'tib orden oladi. Jiddiyat yo'q, bu normal jamiyatga xos emas.
M.S. Agar rahbarning so'zi bir necha marta o'zining kuchini ko'rsatib, amalga aylanmasa, to'rtinchi-beshinchi marta takrorlanganda xalq uning so'ziga ishonmay qo'yadi. Mirziyoev bundan bir yil oldinmi-ikki yil oldinmi, bir mamlakatga eshikni ochib, bir mamlakatga yopib turdi. Bitta qaror chiqardi va keyin uni bekor qildi. Bu uning imijiga birinchi zarba bo'ldi. Chunki odamlar bu rahbar o'zining so'zini tutmaydi degan fikrga kelishlariga sabab bo'ldi. Hokimlar masalasida bu narsa ko'proq takrorlana boshladi. Ya'ni Mirziyoevning bergan so'zi xalq ichida o'zining obro'sini yo'qotdi. So'z obro'sini yo'qotdimi, demak, prezidentning o'zi ham obro'sini yo'qotgan bo'ladi. Agar Mirziyoev buni ko'rmayotgan bo'lsa, bu juda yomon narsa. Agar buni ko'rib-bilib qilayotgan bo'lsa, demak, Mirziyoev odamlar umid qilgan lider emas yoki Karimovdan farqli odam emas. Mirziyovning vaqti oz qoldi, deyarli vaqti yo'q. Limit bitdi. Yo radikal, o'sha xalq kutgan tarafga siyosat yurita boshlaydi, yoki xalq nazaridan tushadi va undan keyin bo'ladigan voqealarni siyosiy jarayon ko'rsatadi.
N.M.R. Endi yomon tomonini Alloh ko'rsatmasin, biz eski kadrlar dedik, baribir qarshilik qilish kerak, ularning manfaatlari katta.
M.S. Kechirasiz, biz eski kadrlar deb uch yildan beri doim ularga yuklayapmiz. Nega ularni o'zgartirmaydi, birorta yangi kadrni ko'rdingizmi? Nega o'zgartirmaydi, hammasi Karimovning kadrlari turibdi. Kadrlar o'zgarmaguncha hech narsa o'zgarmaydi.
N.M.R. Chunki ularda eski zehniyat turibdi, ularni o'zgartirmasa bo'lmaydi. Men o'yladim, prezident oxirgi nutqlaridan birida bizda asosiy muammo, kadrlar masalasi dedi. Xo'p shuni bilgan odam, men bunda bir ishora ham ko'rganday bo'ldim, kadrlar masalasi deganda men bir ilojsizlikni ko'rdim. Lekin mening nazarimda bunaqa o'tish pallada, katta maqsadlar yo'lida xalqqa suyanish kerak edi. Endi bu mavzuga qaytadigan bo'lsak, mana shu holatlarning o'zi ham Sizni ham bir shoir, ham siyosatchi o'laroq, tuyg'ularingiz ichkaridagi odamdan ko'ra bir necha barobar o'tkir bo'ladi, hafsalangizni pir qilgan nuqtalari bormi? E-e bekor aralashibman, she'rimni yozib yuraversam bo'larkan, deganga o'xshash o'ylar kechadimi?Aslida bundan oldingi gapingiz bu savolga javob bo'ldi: “Xalqim to zulm ko'rar ekan, men faol bo'laman”. Bu Sizni g'oya odami ekaningizni ko'rsatadigan ajoyib narsa. Lekin Siz radikal degan so'zni ishlatdingiz. Bu bizda boshqacha tushuniladi. Men faol degim kelyapti. Baribir, bilgim kelyapti: e-e bu bo'lmas ekan, bekor aralashibman, deb tushkunlikka tushgan vaqtlaringiz bo'lganmi?
M.S. Tushkunlik emas, ammo, ginaga o'xshash bir tuyg'u paydo bo'lgan. Shuncha harakat qilapmiz, shuncha gapirayapmiz, hech bir natija yo'q, aks-sado yo'q. Xalqning avangardi bo'lgan ziyolilardan hech bir sado yo'q. Ammo ziyolilar ko'rib turibdi: haq qaerda, nohaqlik qaerda. “Hoy, adolatli bo'linglar. Mana bu nuqtada muxolifat to'g'ri aytayapti” qabilida 25 yil ichida biror aks-sado eshitganim yo'q. Doim qulog'im ding tingladim, ammo bitta sas chiqmadi. Faqat Rauf Parfi, bizning atrofimizda bo'lgan shoirlar aytib turdi, bular to'g'ri aytayapti deb. Biroq asosiy qatlam mum tishlab o'tirdi, chorak asr mum tishladi bu xalq. O'zbek ziyolilariga qaratilgan mana shu gina ahyon-ahyonda paydo bo'ladi. Bu shuur ostida paydo bo'ladi, ongli ravishda emas. Ongli ravishda men bilaman, sen buni ular tushunishi uchun qilyotganing yo'q-qu, sen buni o'zing uchun qilayapsan. Xalqning dardi mening dardim deyapsizlar, shikoyat qilishga haqqim yo'q, deyman. Va Allohga shukur shikoyat qilganim yo'q. Ukalarim o'tirdi u erda. Uchta ukam o'tirdi. Hatto Maqsud ham o'tirdi. Men biror marta ukalarim qamoqda o'tiribdi, deb shikoyatimni aytdimmi, men xalqimni aytdim doim. Boshqalarni gapirdim, ukalarimni gapirganim yo'q. Chunki men bilamanki, bu da'vo mening shaxsiy da'vom. Shaxsiy dardimni aytib turib, mening dardimni nega tinglamayapsiz, deyish uyat. Xalqimni sevaman degan so'zni aytish ham uyat aslida. Shuning uchun ham men “Sevaman” degan so'zni sevmiyman. Hatto qizlarga yozganlarimda sevaman degan so'z oz. Chunki bu sevgi bilan maqtanayotgandek. Xalqingni sevish bilan maqtanib bo'ladimi, odam?! Hozir men xalqimning dardi bu mening dardim edi, deyayotgan bo'lsam, bu maqtanish emas. Bu haqiqatan shunday. Buni men shaxsiy ishim o'laroq qabul qilayapman, bu uchun na mukofot istayiman, na birovdan olqish istayotganim yo'q. Ammo ziyolilardan, o'zbek oydinlaridan gina tuyg'usi paydo bo'ldi, deyapman. Buyam ba'zan undan so'ng o'zimga kelaman: “Sen nima deyapsan, sen ular uchun qilayotganing yo'q-ku bu ishni” deb o'zimni koyiyman.
N.M.R Bu hayronlik bizda ham bor. Yozuvchilar uyushmasi degan tashkilotimiz bor. Har bir a'zosi bir shaxs. Ammo tashkilot sifatida ham rasmiy maqomga ega. Ammo hammasini tushunadigan, xalqqa etkazadigan toifaning mum tishlab turishi yumshoq qilib aytganda odamni hayron qiladi…
M.S. Endi yana bir xususiyat bor bu gapingizda, hozir bizning do'stlar u erda o'tirib “Muhammad Solih avval biz uchun shoir, keyin siyosatchi, ammo men uning siyosatchiligini bilmayman, ammo yaxshi shoir” deydi. Shu erda ham men ijtimoiy ikkilamchilik ko'raman, siyosatchi bo'lsa, aytmaysanmi, “Bu odam nima qildi siyosatchilik qilib, xalqini gapirdi gapirsa, kitoblarining hammasida xalqining dardi yozilgan”. 1999 yilda Rauf Parfi ichkarida turib “Muhammad Solihga tuhmat qildingiz” deb ayta olibdi. Audiosi endi chiqdi mana. Biz ziyolilar maydonlarni to'ldirgan edik, qaerda bular? Yozuvchilar uyushmasi, rassomlardan nega hech kim “Ey to'xtanglar, nega shoirdan siyosatchini ajratib olish kerak?” demayapti. Lekin unday bo'lmasligi kerak. Men mana shu taktikaga qarshiman. Ya'ni to'g'ri gapni aytadigan bo'lsang tamomini ayt, yo bo'lmasa, hech aytma. Birinchi bosqichini aytaylik, qolgani keyin deyishyapti.
N.M.R Go'yoki bu siyosatchilikda biror ayb qilgan deya tan olganday bo'layapti.
M.S. Tan olayapti. Bu terrorist, ammo yaxshi shoir deydi.
N.M.R. To'g'ri ta'kidladingiz buni. Ba'zilar “Yozuvchilar uyushmasi nega kerak?” deyishyapti. Paxtani manakultura qilgandek, fikrni ham, ma'naviyatni ham yakkahokimi bo'lishga, ya'ni siyosatga xizmat qildirishga, shunday niyatda tashkil qilingan bu tashkilot. Stalin zamonida tashkil qilingan va siyosatning katta bir quroliga aylantirilgan. Bu doiradan chiqib ketolmayapti, Yozuvchilar uyushmasi hech bo'lmaganda bu ko'rinishda kerak emas. Shoir-yozuvchilarimiz o'zaro suhbatlarda pichirlamayotgan bo'lsa ham, oshkora aytayotgan bo'lsa ham, adolatni gapirshyapti, minbarda emas, albatta, o'zaro suhbatlarda. Biroq bu minbarga chiqmayapti. Hozirgi gapingizda aytganday minbarga chiqib aytsa, hech kim hech nima qilmaydi. Qilolmaydiyam. Yo bo'masam o'nta adib chiqib, mana o'sha paytda biz ham bor edik. Biz qanaqa buzg'unchi g'oyani ko'tarib chiqibmiz, “Birlik” bo'lib chiqqandayam, “Erk” bo'lib chiqqandayam, yo mitinglarda mustaqillik shiorlarini o'rtaga tashlaganda mana biz ham bor edik. Biz hammamiz o'shaning ro'yobi bo'lgan zamonda yashayapmiz-ku deb aytolmadi, ayta olmayapti…
M.S. Bu qadar ochiq bizning faoliyatimiz. Biz qo'limizga qurol olib kurashganimiz yo'q. Bugun Mirziyoev O'rta Osiyo uchun eng katta dushman sanalgan Tolibonlar bilan gaplashyapti ekan, hatto Suriyada qo'liga qurol olganlar va ularning oilasini qaytaryapti. Biroq hech qachon qurol tarafdori bo'lmagan demokratik tashkilot bilan nega gaplashishni istamayapti? Nega ularning Vatanga qaytishiga to'siq bo'layapti? Mirziyoev deyapman, chunki u yurityapti o'sha siyosatni. Kechirasiz, Mirziyoevni sizlar oqlayapsizlar, men ham hali qoralayotganim yo'q. Men to'g'risini aytishga harakat qilayapman. Agar Mirziyoev bugun Prezident sifatida muxolifatga izn berdik desa, hammamiz sevina-sevina ketamiz. Men aytdim hatto, izn berilgan muxolifatni men qilmayman. Muxolifatga izn berilsa, men muxolifatdan chiqib ketaman. Chunki, men muxolifatni izn berilmagan paytda qilaman. Zulm avjiga chiqqan paytda muxolifat qilaman. Zulm yo'q bo'lsa, gul-guliston bo'lsa nega va kimga kerak muxolifat? Tashlayman muxolifatni. Men hayron bo'layapmanki, bugun Tolibon bilan o'tirgan stolga bizni ham chaqiring. Bizga hech nimaning keragi yo'q. Bizga Konstitutsiyada yozilgan haqlarimizni bering, bo'lgani. Biz sizdan yo'lga pul so'rayotganimiz yo'q. Hatto musodara qilingan uyimizni ham so'rayotganimiz yo'q, garchi so'rashga haqqimiz bo'lsa ham. Biz aytyapmiz, bizga Konstitutsiyada yozilgan haq-huquqimizni bering, biz o'sha istagan – yo ko'chada yurishga, yo uyda o'tirishga buning qarorini biz beramiz. Balki men uyda o'tirarman, hech muxolifat qilmasman, ammo menga siz bunday qilasiz deb hech aytmang. Amr bergan oningizdan biz muxolifatga o'tamiz. Chunki biz hur mamlakatning hur fuqarosi o'laroq yashaymiz.
N.M.R. Zotan muxolifat so'zi yomon ma'noda gapirilaverganiga quloqlarga ichkarida juda xunuk eshitiladigan qilib qo'yilgan. Lekin buning hech yomon tomoni yo'q. Bu tabiiy holat, o'zgacha fikr degani. Menam bir qanoat hosil qilganim, nasib qildi, bir ikki yil yashashga yangilar bilan tanishdik, o'zim mulohaza qildim. Muxolifatning u diniy muxolifat bo'ladimi, u siyosiy muxolifatmi, ularning mamlakatga kirishi davlatning kuchayishiga sabab bo'ladi, deb o'ylayman. Hozir tepada o'tirgan boshliqlarimiz masalaga teran qarasa, o'zlarining mavqei ham kuchayadi, dunyoda obro'lari ham oshadi va davlatimiz kuchayadi. Katta kuchlar har doim davlat bilan xalqni bir-biri bilan urishtirib qo'yishdan manfaatdor. Unda mamlakatni boshqarish oson bo'ladi, chekkada turib boshqaraveradi. 2003 yilda bir maqola yozgan edim, chiqmagan-u, lekin men Prezident devoniga berganman. Katta kuchlar kelib turib, mana bu radikalni yo'qot deydi, Islom terrorizmi, Islom radikalizmi kuchayyapti senda deydi va hatto pul beradi. Ikkinchi qo'li bilan kelib, seni davlating ezayapti, seni biz himoya qilamiz deydi. Xalq bilan davlatni urishtirishning oddiy mexanizmi bu. Eski mexanizm. Muxolifatni olib kirib, jamiyat taraqqiyoti uchun boshqacha fikr bo'lishi shart va bu ichkarida bo'lsin. Ahillik bilan davlat miqyosida bo'lsin. Mana boshqa davlatlarda ko'ramiz-ku, bugun u partiya hokimiyat tepasiga keladi va u partiya muxolifatga aylanadi. Ya'ni bularning ikkalasiyam davlat manfaati uchun kurashyapti. Mana Kolumbiyani misol keltirdim, ellik yil urishibdi. Davlat bilan partizanlik harakatida bir partiya ellik yil urishish jarayonida bir yuz yigirma beshmi, bir yuz ellikmi odam o'lgan. Mana natija nima bo'ldi, davlat ham hech nimaga erishmadi, o'rtaga Kuba tushib turib, yarashtirdimi, kelishtirdimi, natija shu. Natijani biz ellik yoki yuz yil kutishimiz shart emas. Men demoqchimanki, hatto Afg'onistonga chiqib ketganlarni ham qaytarish mumkin. Tashqarida doimiy dushmaningni yaratgandan ko'ra mamlakatga qo'y, nima demoqchisan, kel birgalikda bosh qotiramiz, deyish kerak, zidlashish kerak emas…
M.S. Qisqasi, bu Karimovning politikasi edi, Karimovning siyosati, ichki siyosati edi. Shu ichki siyosat hozirgacha davom etayapti, afsuski. Uni tubdan o'zgartirish kerak edi. Qo'porib tashlash kerak. Yangi rejim, yangi demokratik rejim qurish kerak, zehniyatni o'zgartirish kerak. Kadrlarni yuz foiz o'zgartirish kerak, ellik foiz emas. Qaerdan topadi, deyish mumkin, topiladi agar istasa. Xohish bo'lsa, istak bo'lsa, orzu bo'lsa, ideal bo'lsa qiyin emas. Mana Saakashivili kelib turib, chirib ketgan Gurjistonni yarim demokratik davlatga aylantirib ketdi. Uniyam haydavordi yana. Ana uning o'tkazgan radikal islohotlari haliyam ishlayapti. Hozir u erda pora olish degan narsa yo'q. Sal telbanamo lider ko'rindi. Biroq radikal islohotlarni qildi. O'zbekistonda ham o'ttiz yildan keyin bo'ladi, deb ertak aytmasin bizga, Karimov aytgan ertagi u. Avval iqtisod, keyin siyosat, derdi, yo'q, avval siyosat, keyin iqtisod. Bu shiorni o'zgartirmaguncha, bular odam bo'lmaydi, O'zbekiston hech qachon ro'shnolik ko'rmaydi, agar Karimovning siyosati davom etadigan bo'lsa.
N.M.R. Karimov davrida, o'sha rejim deyayotganimizning mohiyati shu ediki, mahalla oqsoqolidan tortib, Karimovning tevaragidagi davlat maslahatchilarigacha hammasi o'sha MXX ning odami edi, ya'ni Inoyatov nazoratidagi odam edi. Davlatni norasmiy tarzda MXX boshqarardi. Deylik, bitta zavodning direktori mutaxassis bo'lsa, o'rinbosar qilib MXX odamini qo'yib qo'yardi. Bu narsa oqlamadi-ku, u zamonda. Men Mirziyoev tushundi, deb o'yladim. Mirziyoev o'sha kuratorlarning hammasini yo'qotdi, yo'qotdirdi ham. Hatto diniy sohada imomlarga biriktirilgan kuratorlarni hammasini oldi. Yarim yillar davron surdi bu erkinlik, xolos.
M.S. Kechirasizu, men bu ma'noda juda pessimistman. Menda ishonch yo'qoldi. Ammo siz O'zbekiston ichida turgan bir ziyoli o'laroq, ishonishga haqqingiz bor. Men tashqarida bo'lgan ziyoli o'laroq ishonmaslikka haqqim bor. Inshoolloh, Sizning o'ylayotganlaringiz, Sizning orzularingiz ro'yobga chiqar, ro'yobga chiqsin, deb duo qilamiz. Hayotida juda ko'p aldangan odam sifatida bu aldovni ham men normal qabul qilaman va mujodalamga men albatta, avvalgiday davom etishga qaror olganmiz.
N.M.R. Bir gapingizda ham aytdingiz, odam o'zini men xalqimni sevaman, men xalqim uchun kurashaman deyish uyat, chunki bu sizning elkangizga tushgan burch. Odam burchi bilan minnat qilmaydi. Boshiga qanday mushkul tushsa, o'sha mushkul uning taqdiri. Ko'tara oladigan odamga tushar balki bu mushkul.
M.S. Albatta, Alloh ko'tara olmaydigan yukni bermaydi. Tomas Manning bir gapi bor: “Haqiqiy qahramonlik zaif insonlarning qahramonligidir”. Kuchli insonlar uchun bir narsa qilsa u kuchi etgancha qiladi va u qahramonlik emas. Tashqaridan ko'p ishni bajarib qo'ydingiz deb olqish qilsa, u odamlar uchun shunday. Ammo u ishni qilgan odam o'zining kuchi etganicha qilgan bo'ladi. Biz ham bu muxolifatda, deputat bo'ldik va boshqa bo'ldik, biz kuchimiz etganini qildik. Kuchimiz etmaganini qilmadik. Buning uchun biz na uyalamiz, na kechirim so'raymiz, na mag'rurmiz. Ya'ni Alloh bizga shuni nasib qildi. Alloh bizga u erda imkon berdi, qo'limizdan kelguncha yozdik-chizdik, xalqimizni himoya qildik, zulmga qarshi o'zimizcha kurashdik. Alloh bizni u erdan chiqardi va bu erda ham shukur qilib, qo'limizdan kelgan ishni qilayapmiz. Siz ham men ham Alloh bergan bu taqdirni o'zgartirmoqchi emasmiz, nega bunday bo'ldi, degan bir o'kinch ham yo'q. Men sizga bu suhbatda emas, shaxsiy suhbatlarda aytganman, men doim bitta duo qilaman, shukr duosini qilaman, boshqa hech bir narsa so'ramayman Allohdan. Alloh menga nima kerak bo'lsa, hammasini mendan so'ramasdan berdi. Buni bersam, shu qulimga xayrli, deb bergan. Menga qoladigan duo, faqat shukr qilaman. Qamoqda o'tirganimda ham shukr qildim, prezident qabul qildi, u erda ham shukr qildim. Qamoqda o'tirib qilingan shukr bilan, prezident tantanali qabul qilgan paytda qilingan shukrning bir-biridan hech farqi yo'q. O'shaning uchun men hatto o'ylaymanki, men juda omadli insonman, meni bir zolim chiqardi. Pul qilay deb Vatandan ketganim yo'q, yoki pulimni asrab qolay deb ketganim yo'q. Shuning uchun ham aytamanki, Ollohga shukr! Shukr, shukr, shukr – bizning qiladigan boshqa duomiz yo'q. Qo'limizdan keladigan ishni va shukr qilamiz. Bu juda oson!
N.M.R. Siyosiy faoliyatingiz, adabiy faoliyatingiz tushunarli. Ko'p shoirlar ergashadi, o'qiydigan, biladiganlar haliyam qadrlaydi. Mana ijtimoiy tarmoqlarda ko'rib turibmiz, ba'zan Siz emas, boshqalar tashviq qilib yotibdi, she'rlaringizni qo'yyapti, bu boshqa masala. Lekin siyosiy faoliyatingizda ham biror natijaga erishdim deb o'ylaysizmi yoki o'sha erishgan natijalaringiz nima?
M.S. Bu Rafoq partiyasining Arboj Narbahon degan lideri bor, buni bilasiz. Yigitlar fil'm qilishdi: “Muhammad Solih faoliyati haqida fil'm qilayapmiz, u haqida gapiring”deyishdi, u: “Muhammad Solih qardoshimiz juda katta siyosiy muvaffaqiyatlarga erishdi” deb aytyapti. Men interv'yudan keyin aytdim “Juda ko'p siyosiy muvaffaqiyatlarga erishdi” deb aytdingiz, buni eshitib, o'zbeklar o'ylaydi, nima muvaffaqiyatlarga erishibdi, o'zi qochib yurgan bo'lsa va umri surgunda o'tdi. Prezident bo'lolmadi. Ular o'ylaydi deydi, Prezident bo'lish uchun emas, bir maqsad uchun, g'oya uchun kurashyapti inson. Agar shu erda besh nafar inson shu g'oyaning orqasida bo'lsa, buyam bir muvaffaqiyat. Ya'ni g'oyaning oxirigacha ushlash muvaffaqiyatdir. G'alaba Allohdan. G'oziylik, biror nimani qo'lga kiritish bu Allohdan, biroq bu emas muvaffaqiyat. G'oliblik oxirigacha harakat qilish va chekinmaslikdir. Turklarni o'ldirish mumkin ammo engish mumkin emas, deydi. O'ladi turk va uning ustiga chiqib o'tiradi, ammo uni engolmadi. Muxolifat qilar ekan, biz ham millatimiz da'vosi uchun yo'lga chiqar ekan, mana shu turk xarakteriga taqlid qilishga harakat qildik. Mayli biz o'lamiz, biroq zolimga hech qachon sen haqsan, deb aytmaymiz. Va o'lishga men hozir ham ertaga ham tayyorman, shuningdek kurashishga ham! Qaytish yo tushkunlik degan narsa yo'q, aksincha doim ko'tarinki ruhdaman. Doim ko'tarinki ruhda yurish ham charchatadi aslida. Buyam kulguli ko'rinadi. Biroq shunday. Agar ko'tarinki ruh va o'z e'tiqodiga ishonch bo'lmasa edi, men siyosatni allaqachon tashlagan bo'lar edim. Va agar asosiy maqsad Prezident bo'lish bo'lsaydi, allaqachon men siyosatni tashlagan bo'lardim. Chunki men bilaman, borib turib u erga prezident bo'lmayman hech vaqt. Mening e'tiqodim, mening ishonchim xalq toki mazlum ekan men bir erkak sifatida, shoir yo siyosatchi emas, xalqining nomusini o'zining nomusi deb idrok qilib kurashmasa, men o'z erkakligimdan shubha qilgan bo'laman va Alloh ko'rsatmasin, men nomussiz odam maqomiga tushaman. O'shaning uchun ham xalqim uchun kurashayapman deganda men o'zim uchun kurashayotgan bo'laman. Ya'ni avvalam aytdim, tinch uxlashim uchun, yana takrorlayman, musulmonning hayoti oson, chunki musulmonning printsiplari oson. Islom printsiplarida musulmon amalda yashasa eng, oson hayot musulmon odamnikidir. Eng boy inson musulmondir. Eng aqlli inson ham musulmondir, chunki kadarni Allohga berishni eng yaxshi yo'l degan inson eng aqlli insondir.
N.M.R. 2010 yillarmidi, ijtimoiy tarmoqlarda yangi she'rlaringizni o'qib qoldim. Diniy motivlarda, diniy motivlarda bo'lganda ham o'z uslubingizga solgan holda bu yo'sinda ifodalash, juda g'aroyib! Men Muhammad Solihni qaytadan kashf qila boshladim, ya'ni Islom aqidasini mahkam ushlagan shoirni kashf qildim. Menda ko'rishish istagi paydo bo'la boshladi. Chunki biz musulmonmiz, musulmonlik birdan qalblarni bir-biriga bog'lab qo'yadi. Oldin she'rlaringizdan eshitsak, undan keyin yana so'yraydiganim bor.

MISh-MISh

“O'sha sizlar bilgan shoir M.Solih
allaqachon o'lgan, yo'q bo'lgan, singan!
Dunyoni tark etib darvish misoli
berilgan emish u tamoman dinga!”…
Qani, to'gri bo'lsa avomning gapi,
avvalgi M.Solih o'lgan bo'lsaydi,
yuragi darvishlar yuragi kabi
dinga, faqat dinga to'lgan bo'lsaydi!

2003
N.M.R. Ha, men birinchi o'qigan she'r shu edi. Bu menga birdan ta'sir qildi.

MAHShAR KUNIDA

Orzu etmakdaman: hisob kunida
Rabbim ko'rar ekan mening ishimni,
menga “qulim Solih” deyish o'rniga
“solih qulim” deya saslanishini..
2003

HAYo

Ollohim, avliyolar jannatni sendan
hayo etgani-chun so'ramadilar.
Men esa so'radim, so'ramaslikdan
hayo etganim-chun so'radim, yo Rab.
2003

QO'RQUV

Bu dunyo mastlikdir. Qo'rqyapman qarab:
hech kimdan qo'rqmasmish inson mastlikda –
sendan qo'rqmaslikdan qo'rqyapman, yo Rab,
senga sig'inyapman sig'inmaslikdan!
2003

BOR
Och endi, ko'zingni Ochish Faslida
Kiprigingda Dunyo ishqi g'ubordir.
Ko'rib turganing olam – Yo'qdir aslida
Ko'rolmay turganing – yagona Bordir.

2009

TEJAM

Alanglama, isrof bo'lmasin bu ko'z,
dunyoga so'nggi bor boqayotganday boq –
tejab gapir, toki aytganing har so'z
Vido so'zi kabi bo'lsin qisqa, pok!
2009

UMURTQA

Yosh ekan, bu odam to'g'riydi g'oyat,
keksayib, to'g'riroq bo'ldi yanada,
chunki umurtqasi bo'lgan She'riyat,
umrining so'ngida Shariat bo'ldi.
2010

(Davomi bor)

1-qism: https://youtu.be/E3c6s4QMRKA

2-qism: https://youtu.be/M0G4eIMjnHY

3-qism: https://youtu.be/BTerDgeKa2g

Manba: youtube.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube