O’zbekiston Xalq Harakati

Begijon Ahmedov: SAYYoH (6)

Begijon Ahmedov: SAYYoH (6)
05 Aralık 2019 - 15:13 'da yuklandi va 1331 marta o'qildi.

(boshi)

(voqeiy qissa)

Real voqealarga asoslangan ushbu qissada O'rta Osiyodagi davlatlardan birida istiqomat qiluvchi tadbirkor olim kishining boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Asar qahramoni atrofidagi ikkiyuzlamachi odamlarni tark etib, sog'ligini tiklash, o'zligini va Xudoni anglash, ziddiyatlarga to'lib ketgan qalbi bilan tanholikda suhbatlashish maqsadida olti oy davomida yolg'iz Pomir-Olay tog' tizmalarida ayiq va boshqa mahluqotlar qurshovida yashaydi. Ekstremal tog' sharoiti, yirtqich hayvonlar, radikal jihodchilar va hatto jinlar asirligidan omon chiqqan Sayyoh bu safardan iymoni sayqallanib, jismonan yosharib, ruhan poklanib qaytadi.

Ushbu falsafiy asarda ko'tarilgan olamshumul muammolar, odamlarning pul topishga huruj qo'yib, ma'naviy inqirozning kuchayib borayotgani, ayrim musulmonlarning o'z dini ahkomlarini noto'g'ri tushunishlari natijasida jahon miqyosida islomofobiyaning avj olishiga qisman sababchi bo'layotganlari, hamda vujudga kelgan ma'naviy bo'hrondan chiqish yo'llari haqidagi fikr va mulohazalar o'quvchini teran fikrlashga chorlaydi. Keng kitobxonlar ommasiga mo'jallangan.

Allohning cheksiz karami bilan 92 yoshni qarshilayotgan mehribon onajonim Hayrixon hoji ayaga ta'zim bilan bag'ishlayman.

***

6-BOB

Odam qanchalik joxil bo'lsa, o'zi haqida shunchalik yuqori fikrda bo'ladi. Uning o'ylari qandaydir bo'ysunmas, ko'r-ko'rona ichki ishonchdan paydo bo'ladi. Ikkilanish va sabr faqat madaniyatli insonlarga xosdir.
Erix Mariya Remark.

Bir kuni Anvar o'zining hashamatli ofisida o'tirgan chog'ida AQShdagi biznes hamkorlaridan biri Maykl qo'ng'iroq qildi. U Buyuk Britaniya qirolichasining qarindoshi, Avstraliyadagi bir gubernatorning Uil'yam ismli jiyani Anvarning shahriga katta loyiha bo'yicha sarmoya bilan kelganini, unga ishonchli mahalliy mutaxassis maslahati kerakligini aytib, Uil'yamga yordam berishni iltimos qildi. Ertasi kuni bo'lib o'tgan tanishuv va muloqot ikkala suhbatdoshda ham yaxshi taassurot qoldirdi. Ma'lum bo'ldiki, Uil'yam 20 million dollar pul sarflab, tog'li, baland, olis hududdagi ko'mir konlaridan ko'mir tashish imkonini beradigan asfal't yo'l qurilishini bo'yniga olibdi. Evaziga to'qqiz milliard dollar foyda ko'rish mumkin bo'lgan ko'mir konini sotib olgan mahalliy tadbirkorlar o'z daromadlariga sherik qilamiz, deyishibdi. Uil'yam rozi bo'lib, yo'l qurilishi boshlanibdi. Tog'li qishloqlardagi ishsizlarga Uil'yam mahalliy o'lchovda juda katta – 300-400 dollardan maosh tayinlab, texnik jihozlarni keltiribdi. Masalan, birgina traktorni bir yarim million dollarga Yaponiyadan sotib olib kelibdi. Lekin ish sust ketar, eng zamonaviy toshkesar va boshqa zarur texnika olib kelingani bilan Pomir tog'i etaklarida boshlangan ish sira jadallamayotgan ekan.

Uil'yamning iltimosiga ko'ra Anvar qurilish bo'layotgan joyga shaxsan etib bordi va barcha ikir-chikirlar bilan tanishdi. Harajatlar o'ta oshirib yuborilgani, jumladan, sotib olinayotgan ashyolar narxi juda qimmat qilib ko'rsatilgani, o'g'irlik rosa avjiga chiqqani ma'lum bo'ldi. Chet ellikni enidan ham, bo'yidan ham o'marishayotgani oyday ravshan bo'ldi. Yo'l qurayotgan mahalliy ishchilarning so'zamol, soqol qo'ygan peshvosi bor ekan. Anvar o'sha odamni chekkaga tortib, insofga chaqirdi: yo'l qurilib, ko'mir koni ishga tushsa, chekka qishloqlarning kelajagi uchun, bu joyda yashovchilar uchun yangi ish o'rinlari tuzilib, infratizim rivojlanishini tushuntirdi. Chet ellik sarmoyadorni qo'llab-quvvatlash kerakligini, kerak bo'lsa, uni qo'lda ko'tarib olib yurib, yo'lni qurdirib olish lozimligini, ingliz millioneri ketib qolsa, yo'l hech qachon qurilmasligini kuyunib tushuntirdi. “Peshvo” ayyorona yarim ochiq ko'zlari bilan Anvarga sassiz: “Sen aytayotgan gaplarning haqligi bizga ham ayonligini bilmaysan-da, qani gapiraver-chi”, ma'nosida qarab turar edi.
– Sen musulmonmisan? – kutilmaganda savol berdi “Peshvo”.
– Buning gapimizga qanday daxli bor?
– Javob ber! “Ha”mi yoki “Yo'q”mi?
– Xudoning borligiga ishonaman.
– Unday bo'lsa, nega kofirning tarafini olyapsan?
– Birinchidan, Uil'yam kofir emas, g'ayridin, ikkinchidan, men undan ko'proq sizlarning kelajagingiz haqida qayg'uryapman…
– Musulmonmasmi, demak, kofir! – cho'rt kesdi “Peshvo”.
– Kofir emas!
– Kofirning tarafini olgan ham kofir!
– Og'zingizga qarab…
– Gapimni bo'lma! – ko'zlari hunuk olaydi hamsuhbatning. – Bilmasang, bilib ol: kofirlarning mulkini tortib olish biz musulmonlarga farz! Aslida o'ldirishimiz kerak uni. Jon desin, tirik yurganiga! Kitoblarda shu hukm yozilgan, he sani…
– Uil'yam nasroniy, ya'ni u g'ayridin, kofir emas!
Ko'rsat, Qur'oni Karimning qaysi oyatida shunday deyilgan?! – dedi sensirashga o'tib Anvar ham. – Qaysi hadisda aytilgan, yurtingni obod qilayotgan ajnabiyni alda, tala, o'g'irla, o'ldir deb?! Ko'rsat! Shumi islom dini degani? O'ylab gapiryapsanmi, o'zing?
– Qaysi oyat ekani esimda yo'q. Arabchani yaxshi bilmayman. Biz o'qigan kitobda aniq bor. Sen ham kofir ekansan, murtad! Bilib qo'y, jihodning nishonisan bugundan boshlab!
“Peshvo” mushtini ko'tarib Anvarni urmoqchi bo'lganda uning yonida o'tirgan yoshgina, siyrak soqollik yigitcha: “Birodar, qo'lingizni kofirga tegizib tahoratingizni buzmang”, deb hamlachining tirsagidan ushlab qoldi. To'nining peshini asabiy qoqqan bo'lib, changini suhbatdoshiga silkib, soqollik odam uni kutib turgan olomon tarafga yurdi. Yosh sherigi unga ergashdi. Anvar ahvolning bu darajada murakkab ekanini tasavvur ham qilmagan, hozirgina eshitgan gaplaridan, mehmonning nomiga va o'ziga nisbatan aytilgan ochiq tahdiddan biroz karaxt bo'lib qoldi. Lekin u qo'lini uzatsa ancha joyga etadiganlardan bo'lgani bois darrov zarur choralarni ko'rdi. Qisqa vaqt oralig'ida bu hududda nufuzi baland bo'lgan shaxs orqali Anvarga va chet ellik sarmoyadorga qo'l tekizmaslik haqida soqollik odamga jiddiy aytildi. Ehtiyot chorasini ko'rishlik o'sha yillarda jiddiy zarurat edi…

Begijon Ahmedov
(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube