O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

AJDAR OG'ZIDAGI XALQ

AJDAR OG'ZIDAGI XALQ
07 Aralık 2019 - 21:34 'da yuklandi va 943 marta o'qildi.

Bu inson Zominlik fermer Aliqul Sarimsoqov. O'zbekistonning bugungi prezidenti Shavkat Mirziyoevni hali bosh vazirlik kezlaridayoq ilk bor sudga bergan shaxs bo'ladi…. Avvaliga, Sarimsoqovni O'zResJKning 159-moddasida ayblab, sudlashgandi. Esimda, Aliqul akaning sudiga o'shanda Urlaeva. Rustamov va men birga Zominga borgandik.. Biroq, sud o'xshamagach, bir kuni Toshkentning Chorsu bozori biqinidagi Huromad oshxonasi ro'parasidan, adashmasam, Sarimsoqovni itni tutgandek tutib, IIB mashinasiga bosib, Jizzaxga o'g'irlab ketishgandi va Jizzaxdagi ruhiy kasalxonalardan biriga joylab qo'yishgandi. Shu-shu Aliqul aka bilan aloqa uzilib qolgandi…

2019 yilning 11 iyun' kuni meni o'g'irlab Jizzaxga elitishganlarida, Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi tergovchisi Bobomurod Erkinov ism-sharifli yigit kutilmaganda “Aliqul Sarimsoqovni taniysizmi?” deb so'rab qoldi. Savol qo'qqisidan berilgani uchunmi, eslay olmadim. “Bilmadim, nima edi, ustimdan ariza yozganlardanmikin?” debman… Tergovchining javobidan karaxt ahvolga tushdim. Bobomurod Erkinov menga ma'noli qaradi va “U kishi olamdan o'tganlar” desa bo'ladimi? “E-e-e…? Qachon? Hali yosh edi-ku?” dedim hayratimni yashirmay… Savolimga suhbatdoshimdan “To'rt yillarcha bo'lib qoldi… O'g'illari hammomdan jasadini topishibdi… Cho'milayotganida yuragi pristup berib qolganmi?…” degan javob oldim. O'sha paytda “Tergovchi Bobomurod Erkinov (1991 yilda tug'ilgan ekan!) nima uchun mendan aynan Aliqul Sarimsoqov haqida so'radi ekan?” deya bir bora ham o'ylab ko'rmagan ekanman…. Qiziq, bu bilan Erkinov menga “Bundan to'rt yli oldingi qadamlaringizning ham qarichi bor bizda?” demoqchi bo'ldimikin? Yoxud, “Davlat tepasidagilarga qarab sapchiydigalarning barchasini qismati shu?” degani bo'ldimikin bu? Xullas, bu bilan tergovchi nimaga ishorat bermoqchi bo'lganini hecham tushunmadim…. Qarang-a, ota bu dunyoni tark etibdi-yu, biroq bu haqda na xotini, na farzandlari tanish-bilishlariga, maslakdoshlariga xabar ham berishmasa…. Men Sarimsoqovning vafoti haqida aytganimda Shuhrat Rustamov ham xuddi men kabi hayratda qoldi…. Nima bo'lgani bandasiga gumon, yolg'iz Xudogagina ayon… Biroq menda Sarimsoqovning o'z ajali bilan o'lganiga negadir juda katta shubha bor….

Kimki hoh Karimovning bo'lsin, hoh Mirziyoevning bo'lsin saltanatiga “soya” tashlagan bo'lsa, aksariyati yo u, yo bu ma'noda “lat” edi… Ayrimlar chorak asrlik umrini qamoqda o'tkazishga mahkum etildi, Urlaeva, Nafosat kabilar, Jamshid Karimovlar ruhiy kasalliklar shifoxonasida “mehmon” qilindi… Davlatnazar kabilar sirlik o'lim topdi….

Yaratganim, menga qilgan inoyatingmi, qudratingmi bu, qanday qilib ajdarning og'zidan omon chiqqanimga haligacha ishongim kelmaydi…

Malohat Eshonqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube