O’zbekiston Xalq Harakati

Tariximizni soxtalashtirishning salbiy oqibatlari yohud“Jaloliddin Manguberdi qabrtoshi” risolasiga sharh

Tariximizni soxtalashtirishning salbiy oqibatlari yohud“Jaloliddin Manguberdi qabrtoshi” risolasiga sharh
09 Aralık 2019 - 14:04 'da yuklandi va 1111 marta o'qildi.

Tariximizning yorqin siymosi, davlat arbobi, ulug' sarkarda, xalq qahramoni va Chingizxonning yovuz maqsadlariga qarshi mislsiz ozodlik kurashi yo'lboshchisi Jaloliddin Manguberdi bilan bog'liq ba'zi chalkashtirilgan masalalarga oydinlik kiritish niyatida qo'lga qalam oldik. Xalqimizning tarixiy ongini haqqoniy shakllanishiga to'siq bo'ladigan sohta qarashlarni haqiqat jabhasidan turib tahlil etish va bundan keyin tarixiy manbalar to'g'risida fikr yuritilganda faqat asl manbalarni xolisona tilga kiritib, tariximizning ochilmagan qirralarini sahifalarga tushirish maqsadga muvofiqligini ta'kidlaymiz.

Biz tilga olmoqchi bo'lgan “Jaloliddin Manguberdi qabrtoshi” deya nomlangan mo''jazgina risola Samarqand iqtisodiyot va servis institutining olimlari Murodxon Hoshimov va Mirvohid Daminov tomonidan hammualliflikda yozilgan. Adadi 10 nusxa va hajmi 0.75 bosma taboq bo'lgan ushbu kitobcha Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bosmaxonasida 2014 yilda chop etilgan.

Risolada qayd etilishicha, uning yozilishiga turtki bo'lgan manba – Xatirchi tumanida o'lkashunos sifatida faoliyat yurituvchi Isroil Karamovning “Ko'k tosh bobo” Jaloliddin Manguberdining qabrimi?” qo'lyozma matni asosiy adabiyot tarzida qayd etilgan. Mualliflarning risolasini sayozlikka eltib tashlaydigan holat aslida ana shu shoshmashosharlik va risola yozishga mas'uliyatsiz yondashuvdan boshlangan. Hammuallif tarixchi olimlar buyuk tarixiy shaxsimiz, jahonga mashhur sarkarda haqida shunchalar engil – elpi fikrlarni ilgari suradiki, xatolar xatolarni etaklab risola sahifalarini to'ldira boradi. Bunday asar bitishning foydasidan ko'ra zarari ko'pdir. Barcha kitobxonlar arosat ko'chasida qoladigan, ertak sifat hodisalar yig'indisidan cho'pchaklar mujassami hosil qilingan. Voqealar to'qib bichishdan boshlanib, shunday holatda risola yakunlanadi. Bularni kitobchaning o'z sahifalaridan matn va dalillarni keltirganimiz holda sharhlashni lozim topamiz.

Hammuallif olimlar risolasi quyidagi voqelikni keltirish bilan uning ilk sahifasini ochganlar: “Navoiy viloyati Xatirchi tumani Navandak qishlog'i oldida 25-30 gektar joyni egallab yotgan eski Navandak qabristoni joylashgan. Qabristonda ko'plab eski arab yozuvida bitilgan qabr toshlari bor. Lekin afsuski ko'plarida yozuv o'chib ketgan yoki toshlar boshqa joyga ko'chirib olib ketilgan. Lekin ulardan biri shakli va hajmi bilan Amir Temur qabri ustidagi nefrit toshiga o'xshatib ishlangan va mahalliy aholi “Ko'k tosh” deb atagan serhasham qabr toshi saqlanib qolgan. Hozir bu tosh mahalliy aholi uchun ziyoratgoh joyga aylangan. Toshning aylanasi bo'ylab arabcha yozuvlar o'yib bitilgan. Navandak qishlog'ining vafot etgan tabarruk insoni Burxonxon Eshon bu yozuvni yozib olgan. Unda “Anbar Amir Jaloliddin binni Molik Dushoxiy, 850 xijriy “ ya'ni milodiy 1446 yil 30 iyun' degan satrlar bitilgan. Bu satrlar ko'pchilikni hayron qoldiradi. Nahotki u Xorazm elining sheryurak o'g'loni Jaloliddin Manguberdiga taalluqli bo'lsa. Chunki keksa qo'lyozmalarda(bu so'zni mualliflar qo'llar ekanlar, uning qaerda, qanday qo'llash lozimligini ham o'ylab ko'rmaganlar holbuki keksa so'zi qo'lyozmaga nisbatan aslo qo'llanilmaydi) masalan Nizomiy Jomiyning “Zafarnoma”sida Jaloliddin Manguberdining vafot etgan sanasi 1231 yil emas, 1446 yil yozilgan. Bu savollarga Navandak qishlog'ida faoliyat ko'rsatayotgan o'lkashunos Karamov Isroil javob topa olgan”. Ushbu yarim sahifada keltirilgan sharh va tahlillar shunchalar yuzaki bitilganki, yoqa ushlamay hech iloj yo'q. Chunonchi, unda qo'llanilgan ushbu matnga diqqat qilamiz: “Anbar Amir Jaloliddin binni Molik Dushoxiy, 850 hijriy “ ya'ni milodiy 1446 yil 30 iyun'” bu kabi qabr toshdagi yozuv va keltirilgan sananing Jaloliddin Manguberdiga nima dahli bor?

Bu erda olimlar amir bilan sulton kabi siyosiy va harbiy atamalarda osmon bilan ercha farq bo'lsada, zarracha uning farqiga bormaganlar, asl manbalarda hech qachon buyuk sarkarda Jaloliddin binni Molik Dushohiy nomi bilan atalmaydi va atalmagan ham. Shuningdek, risolada qayd etilgan: “Nizomiy Jomiyning “Zafarnoma”sida, Jaloliddin Manguberdi nomi boshqacha Jaloliddin ibn Malikshoh deb atalgan” degan mualliflarning so'zlari ikki karra xatodir.

Aslida Jaloliddin Manguberdiga otasi Muhammad Xorazmshoh, bobosi Takash, umuman anushteginlar nomi qo'shib aytilgan, bu so'zlar uning muhrida ham, farmonlarida ham o'z ifodasini topgan.

Endi kitobxonlar diqqatini risolaning 3-sahifasida bayon qilingan qaydlarga qarataylik. Mualliflar kitobxonga huddi Amerikani Kolumbdan keyin qayta kashf etgandek “yangilik”larni berib ularni yolg'on va uydirmalar maydoniga (bu aslo tarix emas) boshlamoqchi bo'ladilar: “O'ndagi (matnda shunday beriladi, aslida undagi bo'lishi lozim) qabr toshidagi yozuvga kelsak, u (bu erda mantiq yo'q) haqiqatan ham Jaloliddin Manguberdi qabr toshi bo'lishi mumkin. Chunki Jaloliddin Manguberdi bizning davrimizdagina Manguberdi deb atala boshlangan, qadimiy qo'lyozmalarda u Jaloliddin ibn Molikshoh (mualliflar dastlab Malikshoh, keyin esa Molikshoh deya beradilar) deb atalgan. Toshdagi “Dushohiy” qo'shimchasiga kelsak, Buyuk Xorazmshohlar Qutbiddin, Muhammad Otsiz, Elarslon, Alouddin Takash, Sulton Muhammad (Jaloliddinning otasi) va Jaloliddinning o'zi o'zlarini “Dushohiy”, ya'ni Iskandari Soniydan keyingi ikkinchi podshoh deb atashgan”. Ushbu matnlarda grammatik, stilistik (so'z tuzilishi va qurilishi)dan tashqari tarixiy hadisalarni izohlashdagi uslubiy va ilmiy xatolar safma-saf turganligiga guvoh bo'lamiz. Tarix shunchalar xor bo'ladimi, degan fikrga bormay iloj yo'q. Bu mulohazalar olimning fikri emas, tarixdan xabarsiz avomning fikridan ham zaifroq, ko'chaning oldi-qochdi so'zlari chang-chungi bilan aralash birikmasi bo'lib, ziyolilarcha tahlildan asar yo'q, hayoliy uydirmalar yig'indisidir.

Avvalo, Xorazmshohlar sulolasidan hech bir hukmdor o'zini Dushoh siyosiy tahallusi bilan atamagan. Faqat Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylarni mag'lubiyatga uchratib o'ziga Iskandari Soniy nomini berib farmonlar chiqargani haqiqatdir. Boshqa Xorazmshohlardan hech biri bu iborani faoliyatlari davomida biror marta qo'llamagan.

Muallif olimlar yuqoridagi voqealarni sahifalar bayonida davom qildirar ekanlar yana grammatik va tarixni soxtalashtiruvchi inqirozga mahkum xatolarni g'ij-g'ij kashf etishga intilaveradilar: “Jaloliddinning qabri nima uchun u halok bo'lgan Kavkazda yoki yurti Xorazmda emas, Xatirchi tumanidagi Shahri Bar-barda yotibdi? Bu savolga hammuallif. “jaloliddinshunos olimlar” faqat Jaloliddin halok bo'lgan davr va sharoitni tahlil qilgan holda fikr yuritish bilan javob berish mumkin, deya fikrlarini jarlik tomon yo'naltirishda davom qildiradi. Ma'lumki, Jaloliddin 1231 yilda mog'ol (matnda shunday yozilgan) istilochilariga qarshi jang olib borayotganda Kavkaz hududida qurdlar tomonidan o'ldirilgan.

“O'ning (matnda shunday berilgan) qabri qaysi joyda ekanligi hozircha nama'lum, (aslida noma'lum deb yozishi zarur edi) har holda Kavkazda ham, Xorazmda ham topilmagan. Lekin Jaloliddinning jangdosh do'sti va tarixchisi Nisoviyning “Jaloliddin tarixi” kitobida yozilishicha Jaloliddin kurdlar tomonidan o'ldirilib Turkiyada dafn etilgan, ma'lum muddat o'tgandan keyin suyaklarini yurtdoshlari yurtiga olib ketdi” degan fikri mavjud. Bu erda mualliflar tarixni va tarixchi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviyning aytmagan so'zini uning nomidan keltirib tarixni soxtalashtirishga kirishadilar. Nasaviyning mazkur asarida “Jaloliddin suyaklarini ma'lum muddat o'tgandan keyin “yurtdoshlari yurtiga olib ketdi” qabilidagi fikr mutlaqo yo'q.

Bu olimlarning Nasaviyga qilgan jiddiy xurmatsizligi bo'lsa, ikkinchi tarafdan tarix ilmiga zo'rma-zo'raki uydirma olib kirishga qilingan salbiy harakatdan o'zga narsa emas. Holbuki, muqaddas kitoblarda olimlar yaratganning erdagi va omma orasidagi amin insonlari, haqiqat, faqat haqiqatni targ'ib-tashviq qiluvchlar, deya ta'rif etiladi. Tarixni soxtalashtirish og'ir gunoh hisoblanadi. Zero, u haqiqat chirog'i va qurolidir.

Risolaning to'rtinchi sahifasi xato fikrlar xirmonidan iborat, tarix ilmidan yiroq turuvchi to'qima va afsonalar, chalkashliklar zanjiri bilan mustahkamlangan. Undan bir lavhani kitobxonlar diqqatiga havola qilamiz: “Tarixdan ma'lumki, Jaloliddin Xorazmdan chiqib ketgandan so'ng Kavkaz hududi mo'g'ullarga qarshi jang olib bordi” (Bu fikr noto'g'ri, dastlab Jaloliddin Niso orqali Nishopur, undan G'azna tarafga qo'shin yig'ish uchun ketgan edi, so'ngra Parvon va Nilabda mo'g'ullar bilan savashib, so'ngra shimoliy Hindistonda jang olib bordi. Kavkaz tarafga esa oradan olti yil o'tib kirib bordi).

Uch nafar afg'on sardorlari – Sayfiddin Ag'roq, Malik A'zam va Muzaffar Maliklar Nilab janggi arafasida 1221 yil yozi oxirlarida Jaloliddin qo'shinini tark etib tashlab ketgan edilar, aslo Kavkaz hududida emas. Mualliflar risolasida voqealarni mutloq oyog'ini osmon qilib chalkashtirishda davom etgani etgan.

Xo'jand xokimi Temur Malikni Jaloliddin bilan birgalikda mo'g'ullarga qarshi oxiriga qadar jang qildi tarzida yoritadilar. Temur Malik Jaloliddin Manguberdi qo'shini safida oxirigacha jang qilmadi. U tushkunlikka tushib uzoq yurtlarga bosh olib ketadi va keksaygan chog'ida yurtiga qaytib keladi. Mo'g'ullar uni tanib qolib chopib tashlaydilar. U o'zining Temur Malik ekanligini mardona tan oladi. Jasadi o'z yurtida abadiy qo'nim topishini istab, o'limiga tayyor bo'lib Vataniga qaytadi va o'zi istaganidek o'lim topdi.

Mualliflar risolasida uydirma ustiga uydirma, cho'pchak ustiga cho'pchak to'qib Jaloliddin Manguberdi hokini Temur Malik yurtiga keltirib, Navandak qabristoniga dafn qildi tarzida to'qima to'qib tashlaydilar. Holbuki Temur Malik Iroq va Suriya, Kichik Osiyo shahar va viloyatlarida darbadar umrguzaronlik qilib, eng keksaygan chog'ida Vataniga holdan toygan holatda zo'r-bazo'r tarzda kirib keldi. Ana shu uydirmalardan so'ng Temur Malikning Jaloliddin Manguberdi jasadini qanday qilib Navandak qishlog'idagi qabristonga olib kelinganligini isbotlashga zo'rma-zo'raki urunaverishda davom etib to'qib bichishga erk beraveradilar. Natijada asossiz tahminlar buluti risolani qamrab, o'zgalar tugul o'zlarini ham ishontira olmaydigan mavhumlik maydonida javlon urganlar.

Xulosa shuki, bunday risolani ikkovlon bo'lib yozib, soxta narsani xalqqa taqdim qilgandan ko'ra olimlik xurmatini saqlab nochor ilmini elga tortiq qilishdan tiyilib jimlik maydonida turgan o'n chandon afzal. Har kim o'z holini bilib shunga yarasha harakat qilsa, beliga og'irlik tushmaydi. “Holini bilgan kishi donodir” matali ham shundan kelib chiqqan haqiqatdir.

Jumaboy Raximov,
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Harbiy-texnik instituti ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi dotsenti, jaloliddinshunos olim

Bekzod Abdirimov,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo'limi rahbari

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube