O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Akrom MALIK: XALQ IShONChI – DAVLAT QUDRATI MANBAI

Akrom MALIK: XALQ IShONChI – DAVLAT QUDRATI MANBAI
09 Aralık 2019 - 14:07 'da yuklandi va 671 marta o'qildi.

Muhtaram Prezident! Shunday yoniq qalbli, imon-e'tiqodli,
fikri teran yoshlarimizning joyi qamoqxona bo'lishi kerakmi?
Alisher Nazar

Konstitutsiya bayramida Prezident Shavkat Mirzieyov xalqning qalbidagi gaplarni aytdi. Uning qonun ustuvorligi, inson huquqlari, so'z erkinligi haqidagi qat'iy ta'kidlari olqishga sazovor. Muhimi, Prezident o'tmishga qaytilmasligi haqida gapirdi. Boshlangan islohotlar oxirigacha olib borilishini ma'lum qildi. Ayniqsa, rahbarlarda bilim pastligi, ularda xalq bilan muloqot qilish sa'viyasi mavjud emasligi haqidagi so'zlar ayni haqiqatdir. Prezidentning blogerlar, jurnalistlarning oshkoralik va shaffoflik yo'lidagi jasoratlariga tahsin o'qigani va ularni qo'llab-quvvatlashi jiddiy siyosiy pozitsiya hisoblanadi.

Prezident ishonch haqida to'xtaldi. Xalqning ishonchi – davlatning qudrat manbaidir. O'z xalqidan qo'llov ololmagan davlat kuchli bo'lolmaydi. Davlat rahbarining xalq ishonchiga suyanishi – eng to'g'ri yo'nalishdir.

Jamoatchilik nazorati, prokuratura, sudlar faoliyati jamiyatimizda hamon islohga muhtoj bo'lib qolyapti. Jamoat nazorati, jamoat talabi asosida bir qancha ishlar amalga oshdi. Prezident jamoatchilik fikriga tayanib, Farmonlar imzoladi. Bularning hammasi Shavkat Mirziyoev nutqida aks etdi va mazkur hol Prezident xalq hayoti, jamiyat muammolaridan to'la xabardor ekanligini bildiradi. Shavkat Mirziyoev xalqning ichiga kirib borib, xalq dardini tinglab siyosat yuritishni maqsad qilgani uning nutqlaridan anglashilmoqda.

Men so'z erkinligi sohasiga daxldor inson sifatida Prezidentning bu boradagi yondashuvini sidqidildan ma'qullayman. Televidenie orqali ba'zi ko'rsatuvlarda shu choqqacha aytish tugul eshitish mumkin bo'lmagan haqiqatlar haqida tinglayapman – jonli efirlarda yuz berayotgan bahslar samimiy va ishonarli.

Siyosiy partiyalar ishtirokidagi debat va hokazolarda hamon ibtidoiylik, sun'iylik, zo'rakilik va pozitsiyasizlik yaqqol ko'rinsa-da, bu ochiqlik va siyosiy kontseptsiyaga bo'lgan bir talpinish o'laroq odamlarga, bir oz bo'lsa-da, siyosiy erkinlikni, hurriyatni his etishlarida yordam beradi deb umid qilgim kelyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoevning so'zlagan nutqi yurtimizda ro'y berayotgan islohotlarning hujjatidir. Shu hujjatga tayanib, xolis har bir inson davlat taraqqiyoti, jamiyat rivoji, xalq hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishga intilishi lozim. Ayniqsa, Prezident rahbarlar va xalq o'rtasidagi muloqotda ikki tomonga ham madaniyat zarur deb juda muhim nuqtaga diqqat qaratdi. Haqiqatni bayon qilayotgan har bir shaxs chindan madaniyat va axloq normalarini saqlashi zarur. Maqsad poymol bo'lgan huquqni tiklash, qonunga rioya qilish ekan, shaxsiyatga tegish, qo'pol so'zlarni qo'llash axloq normasiga mos emas.

Bu yo'nalishda asosiy mas'uliyat ziyoli qatlam zimmasidadir. Olimlar, jamoat arboblari, o'qituvchilar, shoir, yozuvchilar, jurnalistlar va intellegentsiyaning boshqa barcha vakillari jamiyatimizda yuz berayotgan jarayonlar, voqealarning har biriga xolis, qat'iy, sa'viyali munosabat bildirishlari, albatta, shart. Bunda hadik va qo'rquvni, jizzakilik va betgachoparlikni yig'ishtirib qo'yib, bosiqlik va sobitlik bilan gapirish maqsadga muvofiqdir. Ortiqcha maqtov, maddohlik qanday kulgili bo'lsa, haddan oshgan va asossiz tanqid ham xuddi shunday foydasizdir. Har bir munosabat aniq axborotga, rad etib bo'lmas faktga hamda qat'iy tutumga tayanishi lozim. Aks holda, keraksiz shovqin, jo'shqin va yolg'on emotsiyalar ko'pchilikning obro'sini tushiradi, ishonchsizlik va hurmatsizlik muhitini paydo qiladi.

O'zim 2016 yil 22 iyuldan buyon O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159- va 244-moddalari bilan ayblanib, qamoqda o'tirgan siyosiy mahkum sifatida so'z erkinligidan foydalanayotganimni va bunga hech qanday to'sqinlik bo'lmayotganligini aytishim o'rinli. Advokatlarim mening oqlanishim va reabilitatsiya qilinishim masalasida Oliy sudga bir qator murojaatlar bilan yuzlanmoqdalar. Ularning haqli vajlariga e'tibor berilsa, talablari qondirilsa – kamina ozodlikka chiqarilsam, Konstitutsiya kuni arafasida Prezident Shavkat Mirziyoev so'zlagan nutqning amaliy ifodasida o'z hayotimda yana bir karra ko'rgan bo'lardim, inshaAlloh.

Akrom Malik,
2019 yil, 8 dekabr

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube