O’zbekiston Xalq Harakati

“Begona” 5-qism

“Begona” 5-qism
09 Aralık 2019 - 18:13 'da yuklandi va 957 marta o'qildi.

Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih shu yilning 20 dekabrida 70 yoshga to'ladi.

Muhammad Solih hayoti haqida hikoya qiluvchi bu fil'm o'zbek yozuvchisi va dramaturgi, muxlislariga “O'zbekfil'm” kinostudiyasida suratga olingan “Oq bino oqshomlari” fil'mi va “Bu kunlar” romani bilan tanilgan Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurilla Otaxonov) loyihasi asosida tayyorlandi.

“Eltuz” nashri ko'p qismdan iborat suhbatning 5-qismini taqdim qiladi:

BEGONA 5-qism matni

M.S: Men O'zbekistonda yashayotgan paytimda, o'sha Sovet Ittifoqi paytida dengiz haqidagi yozgan she'rlarimni protatipi Qora dengiz ekan, endi bildim. O'shanda hali dengizni ko'rmagandim, ammo dengiz haqida yozganman. Dengizni bo'yida turgan bir muhojir, vatanidan ayrilgan bir bechora odam haqida she'rlar yozganman. Bu 80-, 83-yil boshlarida va bunga farishtalar amin, degan ekan. Nega buni yozayapman, nega bu mavzu menga qiziq, buni hech qachon o'ylab ko'rmaganman. Alloh dilimizga solgan – yozganmiz. Keyin bu aynan harfma-harf Allohni yozgan qadari urg'ulandi. Ya'ni qadar qiziq o'zi. Haqiqatdan, oldindan bitilgan Lavhi-mahfuz, avval sirli bo'lib ko'ringan narsalar, mana, 70 ga kirib birin-ketin ifsho bo'la boshladi men uchun, ya'ni men o'zimni kashf qila boshladim. Yoshlikda aytilgan gaplarning hammasi keyinchalik, mana, 50 yil yoki 40 yil so'ngra voqelikka aylandi. Aslida, bizga Alloh yanayam ko'rsatayapdi, ya'ni Allohni hikmati bu. Ba'zi olimlar Allohni axtaradi, Allohni borligini isbot qilishga harakat qilishadi. Holbuki, Alloh har erda.

N.M: Qora dengizni bir paytlar kitoblarda o'qirdik – tarix kitoblarida. Bu dengizda Rus-Turk urushlari bo'lgan, 70 yillik urush. 100 yillik urush – tarixda shunaqa mavzular bor, ularda Qora dengiz tilga olingan. Dengiz uchun ham, qirg'og'idagi Qrim uchun ham jang bo'lgan-da.
M.S: Qrim shu erda, shu tomonda. Ya'ni Qrim ham bizning vatanimizning bir parchasi. Yaqinda bu erga og'amiz Mustafo Jamil O'g'li kelganda, shu tarafga qarab qo'lingizni uzatib rasmga tushing, chunki vataning u erda, dedim. Qaerda, dedi. Shu tarafda, dedim. Keyin shu qo'lini uzatib rasmga tushgan. Hazillashdik. Ammo, bilasiz, u vatan ham hozir ishg'ol ostida va Mustafo og'a bilan bu mavzularda dardlashdik va InshaAlloh Qrim ham ozod bo'ladi. Shu hududni ismi Ag'layan Qaya, ya'ni Yig'lagan Qoya o'zbekchada. Va bu suvlar bu erdan oqib turibdi, bu tog'ning ko'z yoshi.

N.M: Bu doimiy bor, a?
M.S: Ha, doim shunday oqib turadi. Bu er sokin, sukunatni faqat to'lqinlar buzadi. Ko'p qo'shiqchilar kelib qo'shig'ini shu erda aytishadi. Ammo eng g'amgin qo'shiqni men aytaman, indamasdan. Sukunat ichida aytaman. Vatan sog'inchi. Men bu erga kelib O'zbekistonni sog'inaman, hamma joyda sog'inaman. Bu erda O'zbekistonni sog'inish boshqacha bir ruh beradi insonga. Sukunat va dolg'alar (to'lqinlar).

N.M: Mana taqdir haqida gaplashdik, ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Shu joylarga kelib qolish ham taqdiringizda bor ekan. Bu erlarga qanday kelib qolgansiz?
M.S: 93-yil, esingizda bo'lsa, meni aprel oyida Ichki Ishlar Vazirligi hibsga oldi. U paytdagi Ichki Ishlar Vaziri Almatov shaxsan xonasiga chaqirib, go'yo bizga maslahat bergan bo'ldi. “Karimov bilan kelishib yashasangiz yaxshi bo'ladi, bo'lmasa qiyin ahvolga tushushingiz mumkin”, deganday muloyim tahdid shaklida gap aytdi. Men aytdim: “Karimovdan men uy-joy talab qilayotganim yo'q, pul ham talab qilayotganim yo'q, men faqat konstitutsiyaga binoan, muxolifat bo'lmoqchiman. Karimovga qarshi hech qanday xusumatim ham yo'q, deganimdan keyin, pastda sizni Ergashev degan prokuror kutib turibdi, o'sha bilan maslahatlashib, keyin ketishingiz mumkin, dedi. Pastga tushib prokuror Ergashev bilan gaplashdik, ikki soat deyarli so'roqqa tutdi, siz milliy majlis qurayapsiz, parallel davlat qurayapsiz va hokazo degan hech qanaqa asosi bo'lmagan so'zlar bilan ayblab, sizni bugun bu erda olib qolamiz, dedi.

N.M: Birdaniga…
M.S: Ha. Va ikkita militsiyaga aytdi, ular meni podvalga tushurishdi. Mashhur Yahyoev degan vazir qurib ketgan mashhur dahshatli podval, IIV ning podvali. U erda ko'p qolmadim, menimcha, 4 kun qoldim. Meni qotillar bilan bir kameraga qo'yishdi. Ammo qotillar Karimovning odamlaridan ham insofliroq ekan, darrov hurmat bilan bizni qabul qilib, biz qotillarmiz, ammo sizni taniymiz, siz millatimiz uchun kuyinib yuribsiz, deb eng to'riga – yaxshi joyga o'tqazib qo'yib, juda ko'p hurmat ko'rsatishdi. 4-kun, menimcha, jahon baynalminal jamoatchiligining tayziqi bilan, o'zbek jamoatchiligining emas, xususan, chet eldagi senatorlar, prezident saylovida qatnashgan Dekinsini degan senator bor edi – uning yordamchilari, kongressmenlar O'zbekistonga bosim qilib, tayziq qilib meni qamoqdan chiqarishdi.

N.M: Bu qaerni senatorlari? Amerikami?
M.S: Amerikaning senatorlari. Ular saylovni ko'rdi va muxolifatning katta bir potensialga ega ekanligidan hayron bo'ldi. Sizlar qachon bunday siyosiy voyaga etdingizlar, bu qadar xalq siz tarafda, pulingiz ham yo'q, iqtidorda emassiz, lekin shunga qaramay shu qadar tarafdorlaringiz ko'p ekan, deya bizning 12.7 % ovoz olganimizdan hayratga tushdi. Bu, ya'ni kommunizmdan endi chiqqan muxolifatning 12.7 % olishi mumkin emas, dedi. Holbuki, bu soxtalashtirilgan raqam edi. Ozaytirilib eng qolgan qismi edi bu. Shundan keyin meni chiqarishdi 4 kundan keyin, chiqib ketmaslik, uyni tark etmaslik, Toshkentni emas uyni tark etmaslik haqida tilxat olishdi. Uyda qoldik va kelgan kunimning ertasi kuni tush ko'rdim, tushimda qorong'u ikki qavatli uyda KGB chilar bilan men otishayapman, qo'limda to'pponcha, KGB chilar uyga hujum qilgan – meni o'ldirishmoqchi, men otishayapman va birdan o'qlar tugadi va to'pponchamni tashlab 2 qavatdan pastga sakradim. Qarasam hech erga tushmayapman, uy havoda osilib turgan uy ekan va pastga shiddat bilan tushayapman, hozir parchalanaman, erga tushib o'laman, deb o'limga hozirlanib tushayapman. Lekin erga yaqinlashganda birdan parashyutda tushgan kabi sekin tushdim. Tushgan makon yam-yashil bog', gullar ochilib turibdi, bulbullar sayrayapdi. Xuddi ertakdagiday bir makon va bog'ning to'rida xachir ustida, eshshak emas, xachir ustida nuroniy siymo chol o'tiribdi, uning bu yog'ida mening xachirim bor emish, xachirning yonida 20 yashar yigit bor ekan, u meni xizmatkorim emish. Keyin borib shunaqa egilib salom berdim, bildimki, bu Mavlano Rumiy Hazratlari, ya'ni Jaloliddin Rumiy. Men hayotimda Jaloliddin Rumiyga biroz ginaxonlik bilan qaraganman. Chunki bir turk o'laroq nega turkcha yozmadiyu forscha yozdi, degan qizg'anchlik bor edi. Forscha ham go'zal til, u ham bizni tilimiz, ammo u paytda men juda qattiq milliyatchi edim, o'shani uchun turkcha yozishi kerak turk degan deb, uniyam xuddi Chingiz Aytmatovlarni qanday tanqid qilgan bo'lsam, O'lja Sulaymonlarga ichimda qanday gina bo'lsa, nega turkcha yozmay ruscha yozyapdi deb, Mavlano Hazratlariga ham, aslida kelib chiqishi xorazmlik – O'G'UZ. Nega turkcha yozmagan deya ichimda bir gina bor edi. Ammo hech qachon oshkora aytmaganman.

Ammo tushumda bu gina yo'q edi, qiziq. Tushimda buyuk bir hurmat, buyuk bir sevgi his etdim va tushumda kibr yo'q edi. O'shanda juda kibrli paytim edi va hech kibrsiz ta'zim qildim, shunday egildim va salom berdim, alik oldi, telepatik bo'layapdi dialoglar. Aytdi: o'g'lim, yaxshimisiz. Men aytayapman: Ha hazrat, biz shunaqa Allohga shukur, ko'rib turibmiz, gaplashayapmiz. Xachir ham gapiradi, xachir gapiryaptiki: Xo'jayin, shu xizmatkor yigitni siz xafa qildingiz. Qachon, dedim. Kecha, dedi, sal qo'pol gapirdingiz. Qalbi injidi shundan bir kechirim so'rang, deb hachir menga maslahat berayapti. Darrov kechirim so'radim, sen meni kechir, men ba'zan jaxldor bo'laman, deb o'zimni tanqid qilayapman. Ammo hech bir kibr yo'q yana. Ya'ni bir gormoniya bor, ya'ni bir mutanosiblik, muvozanat va umrimda, hayotimda ko'rilmagan bir gormoniya bor tushumda. Ya'ni kibr yo'q bo'lgandan keyin bu butunlay boshqa odam , lekin bu menman, ya'ni men qo'rayapman bu tushni. Shunaqa bir hayrat ichida, shunaqa bir muvozanat ichida, ilohiy bir mutanosiblik ichida uyg'ondim. Darrov Oydin Xonimga tushimni aytdim. U siz Turkiyaga ketasiz, dedi.

N.M: Turkiya deb aytdimi aynan?
M.S: Turkiya dedi. Turkiya xayolimda ham yo'q edi meni. Avropa bo'lishi mumkin xayolimda, ammo ketish umuman yo'q edi hayolimda. Chunki partiyani tashlab ketish, tashkilotni tashlab ketish – bu qo'rqoqlik. Mening nomusim bu narsani ko'tara olmaydi. Holbuki, ungacha qamoqdan chiqqan kunim Oydin xonimga aytdim, eng ko'pi bilan 5 yil qamoqda o'tiraman, dedim. Sen bolalarni olib Xorazmga ketasan, chunki bu erda provakatsiya qilib bolalarni nimadir qilsalar, men qamoqda o'tira olmayman, dedim. Oydin Xonim rozi bo'ldi – Alloh rozi bo'lsin. Planimizni qildik, u ketadi. Meni, dedim, baribir qamoqqa oladi, chunki ular muxolifatning kuchini, potentsialini qo'rdi. Karimov taklif qilgan butun ne'matlarini men rad qildim, uning bergan lavozimidan voz kechdim, shuning uchun meni faqat qamaydi bular, dedim. Shunga tayyor bo'lib o'tirganimizda bu tush ko'rilayapdi ertasiga. Uch kun o'tib uyimizga Mamadali Mahmud boshchiligida Aqif Ozarbayjon degan yigit, ukam Maqsud, Olimjon Sharafov degan podpolkovnik – u Ichki Ishlarda ishlar edi, yana bitta-ikkita odam kelib, shu hozir biz Ichki Ishlar Vazirligidan xabar oldik, sizni qamaydi. Ammo qamoqda o'ldirishadi sizni, mutlaqo yuzda-yuz, ya'ni aniq bu xabar, dedi. Men: bormayman dedim, men bunga ishonmayman, o'ldirishdan Karimov qo'rqadi, chunki meni tashqarida, chet ellarda qo'llaydigan odamlar bor.Yo'q dedilar, sizni aniq o'ldirishadi. Keyin ularga: iltimos, ketinglar dedim, chunki men yurtdan bosh olib chiqib ketsam, qo'rqib tashlab ketdi, degan gapni nomusim ko'tara olmaydi. Xalq bizga ishonib shuncha ovoz berdi, shuncha ishongan xalq bor. Men uyalaman, tashlab qochdi, degan isnodga chidolmayman, dedim.

Ular ketdi. 2 soatdan keyin yana kelib, bu safar Maqsudni yuboribdi Mamadali aka. Juda iltimos qildi, bizni kutib o'tiribdi, dedi. Men aytdim: atrofdagilar bizni chiqarmaydi ham, qo'ymaydi ham. Atrofda doim bizni kuzatadigan 4 mashina turardi. Yo'q, aka, ko'ring, dedi. Haqiqatdan ham yo'q, dedi Maqsud. Qarasam yo'q ular, ichimda bir shubha keldi, bular maxsus tayyorlab meni yubormoqchi degan. Maqsudga aytdim. Yo'q, unday bo'lmasa kerak dedi, bularni aytganiga men ishondim, dedi. Olimjon juda samimiy gapiryapti, chunki u erda bir polkovnik buning xabarini berdi: biz akamizni hurmat qilamiz, yurtdan chiqib ketsin, bo'lmasa akamizni o'ldirishadi, dedi. Shundan keyin men Xonim bilan gaplashdim. Qozog'istonga borib besh kundan keyin qaytaman, vaziyat sal tinchisin, dedim. Pasportimizni olib qo'yishgandi, ammo diplomatik pasportim bor edi. Ular buni unutishdi. Qarasam, diplomatik pasportim turibdi, uni darrov olib cho'ntagimga solib ketdim. Olimjon meni mashinada Qozog'istonga olib bordi, Qozog'istonda Rustam Jangujin degan professor do'stimiz bor, uning uyida men 2 kun qoldim. Keyin u erga Orif O'jal degan Ozarbayjon prezidentining yordamchisi telefon qildi, chiqibsiz deb eshitdim, bu erga keling, sizni prezident Abdulfayz Elchibey kutayapdi, dedi. Ozarboyjonning yangi prezidenti edi. Keyin men Qozog'istondan qaytmoqchi bo'lib o'tirgan odam, Ozarboyjonga ketdim.
Keyin Elchibey bilan ko'rishdik, avvaldan bir-birimizni yaxshi tanirdik, ammo shaxsan birinchi ko'rishishimiz o'sha bo'ldi. U meni she'rlarimni o'zbek tili haqida, turkcha gapir degan she'rlarimni yod olib Ozarbayjonlarga aytib yurardi o'sha paytda. Mana bunday bo'lish kerak turkchi odam, mana Muhammad Solihni she'ri deb, bir-birimizga juda katta ixlosimiz bor. Keyin aytdi: Qardoshim O'zbekistonga ketma, dedi. Men yaqinda Turgut O'zal bilan gaplashdim, dedi. Turgut O'zal o'sha paytda O'zbekistondan qaytgan edi va Karimovni juda yomon ko'rib qolganini aytdi, dedi. Bu odam u erdan ketishi kerak. Biz unga qarshi Muhammad Solihni dastaklaylik, deb ikkimiz gaplashdik, dedi. Orqangda ikki davlat bor dedi – Ozarbayjon va Turkiya davlati. Seni dastaklaymiz, ya'ni qo'llab-quvvatlaymiz. InshaOlloh bu ketadi u erdan, dedi. Keyin shunaqa qilib u erga 1993-yil 10- yoki 12-aprelda keldim. Keyin 17-aprelga menga taklifnoma berdi Turkiyaning prezidenti Turgut O'zal: kel kutayapmiz, deb. Men 16-aprelda Bakudan Istanbulga keldim. Ozarbayjonning bosh konsolu Abbas Abdulla, u ham shoir meni kutib oldi. Eski dissidentlardan. U qardoshim bugun otelga ketma, bizning uyda qolamiz, dedi. Sen bilan gaplashadigan ko'p mavzu bor, dedi. U ham milliyatchi edi. Sevindi, uyida qolib, tonggacha gaplashdik Men bugun uchrashuvim bor, biroz uxlab olay, chunki uchrashuvga uyqusirab borib bo'lmaydi, dedim. Yo'q, gaplashamiz, dedi. Shu bilan ertalabgacha dardlashib chiqdik. Turk dunyosini muammolarini gaplashdik, tabiiy. Ertasiga soat 11 da samolyotga chiqdim va Anqarada tushlik paytida meni kutib olishdi Esenbog'a aeraportida. Demirel o'sha paytda bosh vazir edi va prezidentlikdan ham bitta odam, ikkovining ham qovog'i soliq. Nima bo'ldi dedim, quchoqlashib ko'rishdik. Ammo hech gap yo'q. Soat 10 da prezidentimizni yo'qotdik – o'ldi, dedi. 17-aprel soat 20:00 da bizning Turkiya prezidenti bilan uchrashuvimiz bor edi.

N.M: O'zi Bakudan kaytgandan keyin hech qancha o'tmay vafot etibdi-da?
M.S: Ha-ha, shu kuni vafot etdi. O'rta Osiyo safaridan qaytib ikki xaftadan keyin o'ldi va juda ko'plar uni O'rta Osiyoda uni Rus KGB si zahar berib o'ldirdi, deb hozirgacha shubha qilishadi. Chunki Turgut O'zal Turk Dunyosining birlashishi uchun azimli bir shaklda harakat boshlagan edi. Shunday deb buni Elchibey ham ta'kidladi. Turgut O'zal hozir Turk Dunyosi uchun qattiq kurashadi, so'z berdi, dedi. Shuning uchun uni rus KGB si o'ldirdi, degan gap hozir ham bor. O'sha paytda katta umid bilan kelgandik. Keyin Demirel qabul qildi. Sen xafa bo'lma, Turgut O'zal senga dastak so'zi bergan bo'lsa, Elchibey so'z bergan bo'lsa, biz ham seni dastaklaymiz, dedi va biroz vaqtdan keyin u prezident bo'ldi. Ammo Demirel bergan so'zida turmadi. 93-yilda Turkiyada qolib men harakatni boshladim. Bir yil ichida Karimov juda qattiq notalar berdi va uning tayziqi ostida Demirel bizni bu erdan chiqardi. Bizning yigitlarning hammasi Ukrainaga ketdi, men ham Germaniyaga ketishga majbur bo'ldim. Zulm tugadi, degandik. Afsuski, zulm boshlanayotgan ekan u payt. Alloh bizni taqdirimizni shunday yozgan.

N.M: Turkiyada o'sha paytda ikki ming talabamiz o'qir edi. O'sha Turgut O'zalni bitimlari bilan o'qishga kelgan va Muhammad Solih shu talabalarni to'plabdi, degan gap chiqdi-da, shu bahona bo'ldi deb eshtganmiz.
M.S: Aynan shunday. Karimovning bahonasi o'sha talabalar bo'lgan . Talabalar Muhammad Solihni tarafdorlari sifatida O'zbekistonga qaytib isyon ko'taradi, chunki u tarbiyalab, u yuborayapdi, degan provakatsiya qildi. Holbuki, talabalarning juda ko'pchiligi bizning partiyamizga aloqasi yo'q edi, lekin eng aktivlari albatta o'sha saylov paytida bizga ovoz bergan talabalar ham bor edi, shulardan bittasi Pahlavon Sodiq. O'sha Vuzgorodokda ochlik e'lon qildi bizni partiyani nomidan. Xayrullo Fayz ham. Lekin Karimov ikki mingta dushmanni men yana O'zbekistonga kiritmayman, deya shantaj qildi Keyin, albatta, Demirel ham aloqalarini yaxshi tutishga harakat qildi. Bu ham normal narsa, men ham O'zbekiston bilan Turkiyaning aloqalari men sababli buzilishini istamadim. Agar men sababchi bo'ladigan bo'lsam darrov ketaman, dedim va xonim bilan ketdik. Ammo o'g'lim Temur litseyda o'qir edi Anqarada va Qizim Universitetda edi. Ular bu erda qoldi, biz ketdik. Ammo rasmiy o'laroq 2005-yil keldim. O'zbekistonning aloqalari Turkiya bilan hech yaxshalanmadi. Demak, faqat baxona edi Muhammad Solih.

N.M: Ya'ni siz sabab emas ekansiz?
M.S: Hech qanday sabab emas. Turkiyaning demokratik davlat ekani – birinchi sabab. Turkiyadagi demokratiya, hurriyat, millatsevarlik O'zbeklarga yuqmasligi uchun Karimov Turkiya bilan yaqinlashishni istamadi.

N.M: Talabalarni ham qaytarib olish Muhammad Solih bilan uchrashgani uchunmas, u erni muhitini o'rganib qolmasin….
M.S: Albatta. Bular bu erda yurib Turklarni birligini u erga borib tashviqot qilmasligi uchun Turk dunyosi birlashmasin degan Rusyaning strategiyasini Karimov ham urg'uladi. Ya'ni Turklarni birlashuvini ruslar hech qachon istamagan. O'shani uchun ham Stalin davridan boshlab bizni sen turk emassan, sen O'zbeksan, sen Qozoqsan, sen Turkmansan deb parchalagan. Bu siyosatning davomchisi Karimov. Va butun turk davlatlari ichida eng katta turk dushmani Karimov edi. Va o'shani uchun ham bu erdan butun talabalarni qaytarib chaqirib oldi.

N.M: Bu endi keyin isbotini topdi, deb o'ylayman. U nafaqat olisdagi Turkiya bilan, balki qo'shni turkiy davlatlar bilan ham urushdi-ku!
M.S: Aynan shunday. Buning zamirida ham turk dushmanligi yotadi. Ya'ni sen O'zbek, ha biz O'zbek alohida xalqmiz, hech qanaqa aloqamiz yo'q turkiy til falon degan, o'zining yonidagi olimlargayam shuni yuqtirdi va ko'pchilik biz O'zbek millati bo'lib shakllanganmiz, turkga aloqamiz yo'q deb. Holbuki, 20-yillargacha bu er Turkiston edi. Ya'ni Turklar yashagan diyor edi. Ya'ni 20-yillarda sen boshqa millat bo'lib qoldingmi.?

N.M: Atilladan voz kechish prezident paytida edi, a? Katta minbarda bizga aloqasi yo'q uni, Ovropaday joyni bosib olgan vahshiyning avlodlari emasmiz, degandi-ku?
M.S: Albatta, turklarga qarshi, bizning bobokalonimiz Temur sizlarni himoya qildi, sizlarga yaxshilik qildi, turklarni yanchdi, deb gapirgan shuursiz turk dushmani Karimov edi.

N.M: Xo'p, Turkiyadagi hayotingiz boshlanishi haqida gapirib turgan edingiz…
M.S: 72-yildan boshlab O'zbek milliyatchiligi emas, o'zbekchilik emas, Turkchilik g'oyasi mening shuurimda ustun bo'lgan. Zehniyatim turkchilik bilan yo'g'rila boshladi. Ya'ni 200 millionga yaqin turk bor dunyoda, bular hammasi birlashishi kerak degan g'oya. Ya'ni turkchilarning qizil olma degan g'oyasi o'sha paytda 72-73-yillarda mening shuurimga kirdi va bugungacha bu davom etayapdi. Qizil olma butun turklarni birlashuvini ramzi va eng kuchli davlat, dunyoga adolat keltiradigan yagona davlat ramzi bu. Va butun turkchilar qizil olma xayoli bilan yashaydi. 72-yilda birinchi marta esimda bor. Toshkent Davlat Universitetining Falsafa fakultetida o'qiydigan bizning hamyurt xorazmlik Tohir Karim bir kuni keldi, dediki: Amerika ovozidan men bir programmada eshitdim. Turkiyalik bir polkovnik ismi Alparslan Turkash dedi: Xitoyga borib Uyg'ur turklarining haqlarini talab qilibdi Mao Tszedundan. Uning yoqasidan ushlabdi, turklarning haqqini ber, bo'lmasa Kurshodni sizga xotirlatamiz. Kurshod xitoyliklarga qarshi kurashgan eski qaxramonlardan biri, ya'ni o'sha Pekinni olganlardan biri. U paytda turklar juda kuchli edi. Bilasiz: Xitoy, Xitoy devorini turklarga qarshi qurgan. Ya'ni turklardan qo'rqqanidan qurgan.

U shunday bir odam chiqibdi, dedi. Panturkist ekan Alparslan Turkash degan polkovnik. Men tadqiqot o'tkaza boshladim Alparslan Turkash va boshqalar haqida rus do'stlarimizdan so'rab. Ular ham yaxshi yordam berdi. O'sha paytda Ziyo Ko'kalpni topdim, Ismoil Gasprinskiy bilan qiziqa boshladim. Va butun turkchilar, u paytda Jadidlarning ham men qiziqqan narsalar bilan qiziqqanini bilmas edim ammo. Jadidlar ham o'zi butun turkchi ideologiya bilan yashagan, ya'ni ruslar ularni shunchaki o'ldirgani yo'q, ular haqiqatan ham rus imperiyasiga, sovetlarga tahlika bo'lgani uchun o'ldirdi. Ular dushman edi haqiqatan ham. Men 70-larda o'sha dushmanlikni boshladim. Universitetda deyarli hamfikrim yo'q edi. Adabiyotni o'qirdik. Ovro'pa adabiyoti, o'sha Jan Pol Sartr, Jems Joys va boshqa hammasiga o'sha paytda qiziqa boshladik. Keyin Lotin Amerikaga o'tdik. Adabiyot borasida hamfikrlarim bor edi. Ammo turkchilik masalasida, siyosiy masalada hamfikrlarim Miraziz A'zam, Cho'lpon Ergash, Rauf Parfi edi, ya'ni men 86-yil Turkchilik Asoslarini tarjima qilganimda, 8 ta odam uchun qildim bu tarjimani. 8 ta odamdan boshqasiga berish tahlikali edi. Ziyo Ko'kalpni tarjima qilish davlat jinoyati hisoblanardi o'sha paytda, chunki pantukizmning asoschisi u. Lekin men uni tarjima qilib avval Miraziz akaga berdim. U matnni mashinkada ko'chrishga yordam berdi, sog' bo'lsin. Keyin ko'paytirib o'z oramizda tarqatdik buni.

N.M: Esimda, biz ham ko'rgan edik, o'qigan edik. O'sha mashinkalangan holatini sal kichkina broshyuracha holatini o'qigandik…
M.S: Ya'ni bizning samizdatimiz Turkchilik Asoslari edi. Ruslarniki Soll Jenissinning kitobi bo'lsa, bizning kitobimiz Ziyo Ko'kalp kitobi edi.

(Davomi bor)

1-qism: https://youtu.be/E3c6s4QMRKA
2-qism: https://youtu.be/M0G4eIMjnHY
3-qism: https://youtu.be/BTerDgeKa2g
4-qism: https://youtu.be/H9R7rFYBExg

Manba: Eltuz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube