O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Begona” 6-qism

“Begona” 6-qism
11 Aralık 2019 - 14:52 'da yuklandi va 610 marta o'qildi.

Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih shu yilning 20 dekabrida 70 yoshga to'ladi.

Muhammad Solih hayoti haqida hikoya qiluvchi bu fil'm o'zbek yozuvchisi va dramaturgi, muxlislariga “O'zbekfil'm” kinostudiyasida suratga olingan “Oq bino oqshomlari” fil'mi va “Bu kunlar” romani bilan tanilgan Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurilla Otaxonov) loyihasi asosida tayyorlandi.

“Eltuz” nashri ko'p qismdan iborat suhbatning 6-qismini taqdim qiladi:

BEGONA 6-qism matni:

N.M: Birinchi marta Turkiyaga 1997-yili rahmatli akamiz Tohir Malik bilan kelganman. Birinchi kelishim edi shu. Istanbulga tushdik, Anqaraga olib ketishdi. Anqarada bir mehmonxonada turdik va erta bilan tursak gazetalar turgan ekan, gazetalarni o'qiy boshladim, shu gazetada siz haqingizda maqola bor ekan. Qaysi gazetaligi esimda yo'q. Ya'ni bu jurnalist Turkiyani o'sha paytdagi hukmdorlariga ta'naomuz, ginaomuz maqola edi. Nega chiqarib yubording, sen chiqarib yuborgan odamning kimligini bilasanmi? Bu odamni sen Germaniyaga chiqarib yubording, Germaniyaga borib qo'ndi va jurnalistlar unga aeroportda savollar berdi, mikrofon tutdi. “Sen turkchi eding, Turkiyani sevar eding, lekin seni Turkiya haydadiku”, degan savolga bilasanmi qanday javob bergan: “sizlar meni urushtirib qo'yaolmaysizlar. Men baribir Turkiya bilan birgaman, Turkiyani sevaman” dedi. Shu esingizda bormi?
M.S: Albatta, haqiqatda shunday interv'yu bo'lgan edi. Frankfurtdagi qaysidir gazetalarga men shunday interv'yu berganman. Turkiya mening vatanim deganman hatto. Qanday vataning? Chunki u erda ham turklar yashaydi, biz ham turkmiz, shuning uchun Turkiyaga qarshi hech bir narsa ololmaysizlar mendan, Turkiyaga qarshi gapirmayman. Chiqarib yuborgan bo'lsa, meni o'z mamlakatim, o'zimni davlatim chiqarib yubordi, bu ichimizdagi gap deganman.

N.M: Germaniyani o'zi ham, menimcha, demokratik davlat va sizni vatandan chiqmagan paytingizdan biladi sizni. Bizdagi jarayonlarni kuzatib turgan edi, ular ham joy va sharoit yaratib berar edi, lekin siz baribir bu yoqga talpindingiz.
M.S: U erda, tabiiy, yashash yaxshiroq. U erning standartlari Ovro'pa standartlari. O'tirib-turish boshqa, lekin insonlari, u erdagi xalqning zehniyati, u erdagi muhit, u erdagi iqlim boshqa. U mening iqlimim emas, u Ovro'pa iqlimi. Bu erda esa bir xalq bor – shunday yuzimizga qarab bir-birimizni tushunadigan bir xalq va nima o'ylasak, bir xil o'ylaymiz va bir Allohga duo qilamiz, bir Allohga yolvoramiz. Bitta tilda gaplashamiz, zehniyatimiz bir va sevgi bor – hech tushuntirib bo'lmaydigan. Buni faqat men emas, Oydin Xonim ham gapirar edi. Biz ilk Istanbulga kelganimizda Oydin Xonim aytar edi, xuddi men bu erda doim yashagandayman, bu menga begona davlat emas, begona bir o'lka emas, derdi. Kelgan zahotimiz Toshkentga tushganday bir havo edi, men shunday his qilganman va bu hozir ham shunday. Ya'ni hech qachon begonalikni ko'rganim yo'q. Insonlari ham go'zal insonlar, tabiiy soxtakorlar har erda bor, bu erda ham bor. Ammo turk millati dunyoda eng marhamatli, eng diyonatli deb bilaman. Bu maqtash emas, haqiqatdan shunday.

N.M: Tabiiy, men ham ta'sirini o'zim ham hayotimda ko'rdim. Ikki yil bu erda turdim, orada sayr qilamiz, ko'chalarda yuramiz, bir asr namozini kutayotganda Umraniya Chorshida kichik bir tarixiy masjid bor, maydonda kutib o'tiribmiz, bir keksa odam bilan gaplashib qoldik. Turk edi, yurtimizni so'radi, men uning hayotini so'radim, nafaqaga chiqqan ekan, ularni so'radik, shunday gaplashib o'tirdik. Sen bu erga nimaga kelding, dedi. Men o'g'illarim o'qiydi bu erda, ularning oldiga keldim, dedim. O'qishni bitirsa-chi, dedi. Ketamiz, dedim. Nima qilasan ketib, dedi. Vatanim-ku desam, “bu er ham sening vataning!” dedi. Shunaqa ekan-da.
M.S: Va ular samimiy aytadi, mulozamat emas.

N.M: Ya'ni bir turk odami u yozuvchimas, shoirmas oddiy bir inson. O'zim bu erga kelib begonasiramadim, lekin ular ham begonasiratmas ekan. Seni ham vataning bu, deydi, turaver, deydi.
M.S: Erdog'an ham: biz 7 ta davlat bitta millatmiz, deydi. Bu balandparvoz so'z emas, bu haqiqatdir. Ya'ni buning shuuriga biz etishimiz kerak, bizning rahbarlarimiz bilmasa xalqimiz buni bilishi kerak. Bizlar barchamiz turkmiz va juda kuchli bir millatmiz. Biz tarix yozgan millatmiz va eng marhamatli millatmiz. Masalan, dunyoni fath qildi, 21 million kvadrat metrlik mintaqada o'tirdi turk Usmonli Imperiyasi. Birorta millatga o'zining tilini suqushtirib Inglizlarga o'xshab turk tilida gapir demadi, hamma o'zini tilida gapirdi. Ammo imperatorlikning bir fardi edi. Va hech qachon biz zulm o'tkazmaganmiz – na tilimiz bilan na dinimiz bilan. Dinida qoldi, tilida qoldi. Mana Bolqonlar hammasi o'zini tili, o'zini dini, nega ularga qo'shila boshladi. Chunki Usmonlilar dunyoga o'zining adolatini ko'rsatdi. Shuning uchun ham ular o'zining Knyazlaridan yuz o'girib Usmonlining tarkibiga kirdi.

N.M: Boshqa mustamlakachi o'lkalardan eng katta farqi adolat olib keldi deyapmiz. Odamlarni o'z dinida qoldirdi, keyin joy nomlariga men hayron qolaman, agar haqiqiy mustamlakachi bo'lsa, yovuz bo'lsa, hammasini o'zgartirgan bo'lardi, turklashtirib olardi. Hozir ko'plab nomlar, eski Bizansdan qolgan nomlar. Bu narsalar qiziqtirmagan ham boshqalarni, nomlari ham qolgan. Hush ko'ruvchi millat ekan.
M.S: Hush ko'ruvchi millat, boshqaning diniga hurmat ko'rsatgan millat. Payg'ambarimiz naqadar boshqalarning dini, tilini hurmat qilgan bo'lsa, turk millati ham shunday. Bu Musulmonlikdir. Ya'ni Islomning bayrog'ini ko'targan ham turk millati bo'ladi. Arablardan yuksakroq ko'tardi bu bayroqni. Arablarning bugun 70 foizi musulmondir, ammo turklarning 100 foizi musulmon. Bir qismi bor, albatta, ammo juda oz. Ya'ni bu degani Islomning bayroqdori turk millatidir.

N.M: Hayotingizni katta bir qismi desa bo'ladi, chorak asrdan o'tib qoldi – hijratda kechayapti. O'sha hijratni katta qismi Turkiyada kechayapti. Turkiyadagi hayotingiz baribir qiziqtiradi, ko'pchilik buni bilmaydi.
M.S: Faqat shukur qilaman – Alloh meni Turkiyaga chiqardi. Aynan kerak bo'lgan joyga, men uchun xayrli bo'lgan joyga chiqardi. Va ham dinim nuqtai-nazaridan, ham tilim, ham millatim nuqtai-nazaridan Turkiya men uchun ideal makon. Allohga tinmasdan shukur qilaman Turkiyaga chiqargani uchun. Turkiya ham vatan bo'ldi men uchun. Va butun oilamiz bu shukur ichida yashayapti. Faqat men emas, masalan, Oydin Xonim, Alloh rahmat qilsin, biz Norvegiyada yashaganda, Turkiya hasrati bilan yashadik. O'zbekiston hasrati bilan emas, ochiq aytaman, Turkiya hasrati bilan yashadik. Chunki O'zbekiston bizga noreal bir narsaga aylandi, bir zulm davlati o'laroq hech qachon qaytib bo'lmaydi, deganday his bo'ldi bizda. Shuning uchun bizga faqat Turkiya qoldi. Turkiya bizga yangi bir vatan edi. O'shani uchun Oydin Xonim aytar ediki, men Norvegiyada o'lishdan qo'rqaman. Bey, Alloh bizni Norvegiyada o'ldirmasin. Men Turkiyada ko'milishni istayman, O'zbekistonga ketishdan umidim yo'q, ammo Turkiya mening vatanim – shu erda ko'milishni istayman, deb duo qilaman derdi. Va Alloh shu duoni qabul qildi va bizni Turkiyaga qaytardi. Ya'ni hozir ham Oydin xonim o'sha Qoraja Ahmad qabristonida yotibdi va u erni o'limidan bir yil avval borib u mozorni tanladik, ikkimizga tanladik mozorni-erni. Hozir uning yonidagi bo'sh er – mening mozorim. Agar Alloh vatanga qaytishni nasib qilmasa, men u erda ko'milaman, InshaAlloh.

N.M: Nasib qilsin.
M.S: Nasib qilsin, albatta va xonim u erda. U o'zi borib erni tanlab tayyorlab, kafanni ham o'sha paytda oldik. Bizni kafanimiz doim yonimizda edi. Ammo yana bir niyat qilib, o'sha erda qanday istagan bo'lsa, shunday ko'mildi bizning xonim – Alloh rahmat etsin.
Demak, biz kelgan mavzumiz – o'sha 85-yildagi Politbyuroga maktub voqeasi. Haqiqat ham, yuqorida siz ham aytib ketdingiz, adabiy jamoaga, umuman ziyolilar jamoasiga katta ta'sir ko'rsatgan katta bir faktor edi. Bu voqeaning dolg'alari tinmasdan turib ikkinchi bir voqea, ya'ni adabiy jamoada va umuman ziyolilar o'rtasida aytishga arzigulik, bugun uzoqdan qaraganda ham bir voqea – turklarning kelishi bo'ldi. Turk oydinlarining O'zbekistonga tashrifi bo'ldi. Esingizda bo'lsa 86-yil oktyabr oyida Toshkentda dunyo turkologlarining konferensiyasi o'tdi. O'sha Akadem Gorodokda katta bir zalda bu konferensiya o'tkazildi va bu konferensiyaga ilk bor turk hay'ati qo'shildi. Ilgari ham konferensiyalar bo'lgan, lekin Turkiyadan hech hay'at kemagan va Turkiyadan 10 kishi qo'shildi, ishtirok etdi, ya'ni eng katta hay'at Turkiyadan keldi. Chunki turklar o'sha Turkiston hasrati bilan yashagan turkchi turklar hammasi to'planib konferensiyaga keldi va biz buni eshtib juda sevinchlarga to'ldik va Turkiya hay'tining boshida professor Oysha Xonim, Ahmad Bijon Erjilasun domla bor edi. U domla keyin juda katta mansabga ko'tarildi, til qurumiga prezident bo'ldi va Turkiyada hozir ham juda obro'si katta olim. Biz, turkchilik bilan qiziqqan insonlar, ya'ni turk dunyosining taqdiri bilan qiziqqan yozuvchilar, shoirlar tomonidan katta bir taajjub bilan qarshilandi bu hay'at. Esimda bor, biz bu konferensiyaning har bir seminariga qo'shilishga harakat qildik va bu uzun davom etdi va biz xar kun Akadem Gorodokda edik. Keyin bu uyga chaqirish tashabbusi bilan ilk men chiqdim, bir banketdan aytish mumkinki, o'g'irlab ketdik turklarni. Bu turklarini ichida Ahmad Bijon Erjilasun, Osman Sart degan Izmirli bir turkolog bor edi, yana bitta turk va Brendamon degan bir norveg va 4 yoki 5 kishini biz u erdan olib taksiga o'tkazib bizni uyga keldik. Ularni orqasida KGB a'zolari yuribdi, lekin qanday qilib ular kelishdi. Bizning uyga olib keldik va o'sha erda ular so'ray boshladi shu hozirgi zamonaviy shoirlardan kimlarni bilasiz, biz aytdikki, Nozim Hikmatni juda yaxshi bilamiz, nosirlardan Aziz Nesin bizga juda tanish, dedik. Yo'q, bular qizil, deyishdi. Biz esa oqlarini siz ayting, dedik. Zohir A'lam oqlarini siz ayting, dedi. Men Zohir A'lamni chaqirdim, Miraziz A'zam biz bilan edi, Rauf Parfi – butun mana shu turkchilar bizni uyda to'plandi. Va Nejip Fozil Qisakurak haqida biz ilk marta eshitdik, ularni she'rlaridan o'qidi, keyin men Nozim Hikmatning Moskvada qanday taksida ketayotgan paytda militsiya to'xtatib ularni tergab, keyin militsiya qo'yib yuborganidan keyin taksining shafyori “A etot militsioner xuju tol'ko” deb so'kingan paytda Nozim Hikmat g'azablanib nima deyapti bu, nima deyapsan men turkman deganini aytib berganimda, ular juda sevingan. Chunki Nozim Hikmatni kelgan turklar hammasi milliyatchi, So'lchi Kommunist, shuning uchun shunday deganmi, deb sevindi. Nozim Hikmat inson ekan, albatta, dedim men. Nozim Hikmat buyuk shoir baribir ham, kommunist bo'lsayam buyuk shoir. Shunday suhbatlashib o'tirganimizda men bulardan orzu qilib yurgan kitobimni so'rashga harakat qildim-da, Ahmad Bijonni chaqirdim. Kutubxonamga kiritib, u erda menga Turkchilik Asoslari kitobi kerak dedim, u dong qotib qoldi. Sen qaerdan bilasan bu kitobni dedi, bilamiz biz, dedim. Shuni men “Yo'lnoma” kitobida siz ham o'qigansiz, shu erda xotirasida yozadi. Ammo Ahmad Bijon bu safarni bir roman qildi, chunki sarguzashtli voqealar bo'ldi. 90-yillar saylovdan keyin Karimov bizga juda qattiq tayziq o'tkaza boshladi va orada juda ko'p narsalar bo'ldi. Bu kitob, ular 86 da kelib ketdi, mana bu Erjalasunning yozgan romani 92-yilgacha hammasini qamraydi. Chunki 92-yilda bu bilan bog'liq bo'lgan bir ayol, ya'ni KGB tarafidan bizning uyga yuborilgan agent turk hay'atida 86-yilda kelgan bittasiga oshiq bo'lib qolib sarguzasht boshlanadi, bu bo'lgan voqeadir. Buni roman qildi.

N.M: Mana, boshidan ham bilsa bo'lardi, Ahmad Bijon Erjalasun keyin Turkiya til akademiyasi prezidenti bo'ldi, o'shani xotiralaridan, bu xotira ERK gazetasida 1-sonida 2000 – yil e'lon qilingan ekan. O'qimaganlar uchun qiziqarli bo'ladi, deb o'ylayman.
M.S: O'zini romanida ham bor bu xotira.

N.M: U kishini xotiralaridan 1986-yilning sentabr oyini hech unuta olmayman, ming yil avval ayrilganimiz tuproqlarga ilk qadam bosgan kunlarni, Turkiyadan 10 ilm odamining Turkiston safarini baynanminal turkshunoslar konferensiyasi Toshkentda bo'lgan edi. Toshkent va Samarqandda kechgan 8 kunning har biri boshqa-boshqa go'zalliklar kasb etardi. U kecha shunday boshlangan edi, u kechaning eng diqqatga sazovor jumlasi “bizga Turkchilikning Asoslari” kerak degan jumla edi. Bog'chadan uyining kutubxonasiga chiqqan edik, Muhammad Solih bizdan Turkchilikning Asoslarini so'ragan edi. To'g'risi, biz quloqlarimizga ishonmadik, sotsialist bir o'lkaning poytaxtida, hali temir parda dunyoni ikkiga bo'lib turgan bir zamonda, bizdan Ziyo Ko'kalpni so'rashlari mumkinmidi? Ha, mumkin ekan, bir mard odam, bir turkchi odam bizdan bu kitobni so'radi. Ikki oy so'ngra unga bu kitobni etkazgan edim, aziz do'stim Tursun Yildirim vositasi ila. Bu voqealardan so'ng oradan yillar o'tdi. U yulduzli kecha, u nurli yuzlar, yolqinli suhbatlar yuragimda ulg'aya bordi va nihoyat 1998-yili Gulnor ismli bir romanga aylandi. Hech shubham yo'qki, uchinchi ming yillikda turk dunyosi dostoniga mavzu bo'lajak voqealar 19- va 20-asrlarda ro'y berdi. Balki bir muddat ro'y berishda davom etajakdir, xuddi er kurrasini paydo qilgan mayma qatlamidagi ma'danlar bir otash ichida qaynab ko'pirib uchinchi ming yilning turk dunyosini yaratajakdir. Yangi ming yillikning mayma qatlami Bolqonlardan Xitoygacha uzangan Turk jo'g'rofiyasidir. Qaynagan olovlar esa bu jo'g'rofiyada tepgan yuraklardir, Ismoil G'asprariylar, Husayinzoda Alilar, Ziyo Ko'kalplar, Abdulhamid Sulaymon Cho'lponlar, Ahmad Boytursunlar, Nihol Otsizlar, Usmon Botirlar, Najdod Qo'choqlar, Abulfayz Elchibeylar, Muhammad Solihlar.
M.S: Butun umrini turk dunyosining birligi uchun va turk dunyosining baqosi uchun kurashgan insonlardan bittasi Ahmad Bijon Erjalasun. Turkiyada juda katta e'tiborga ega. Hali ham bu idealdan voz kechmagan, balki yoshlari bizdan 5,6 yosh katta, 80 ga yaqinlashib qolgan professordir. Afsuski, jadidlardan keyin bizda bunga o'xshagan insonlar paydo bo'lmadi, jadidlar bilan Fitrat, Cho'lponlarni yo'q qilgandan keyin. Fitrat, Cho'lponlar ham mana shu insonlarga o'xshagan va bu bular ularni ustozlari deb biladi. Biz o'rtadagi o'sha sahro 70 – yillargacha keldi deb o'ylayman va bizning avlod buni sal jonlantirishga intildi. Lekin Karimovning repressiyasi bu harakatni ham to'xtatdi va hozirgi bizning suhbatimiz ta'sirida bu harakatni bugungi yoshlar davom ettirishi kerak. O'sha jadid otalarining merosini olib, ularning bayrog'ini ko'tarib, millatni millat qiladigan o'sha g'oya bilan yashashni, faqat pul topish yoki boshqa tijorat emas, xalqning yuragini tamsil etadigan, xalqning o'sha orzu-umidini tamsil qiladigan bir hovuch ziyoli bugun haliyam bor bo'lsa, bular bu g'oya bilan bugun xalqni tanishtirishi kerak va bu g'oyaning bayrog'ini ko'tarishi kerak.

N.M: Havas bilan, sog'inch bilan gapirayotgan bu so'zlaringiz, real voqelikka qarasak-da, aytaylik turkchilik. Buni ruscha aytganda, panturkizm bizga 70 yil deganida juda bir olabo'ji g'oya sifatida singdirildi, chunki bu bizni ildizlarimizdan qo'porish uchun….
M.S: Panslovislar bemalol gapiradi, panarabislar biz Arabmiz deb g'ururlanadi. turklar biz faqat qirg'iz emasmiz, o'zbek ham bizning qardoshimiz, bizning millatimiz, Qozoq ham bizning bittamiz, Turk hammamiz bittamiz desa, sen Panturkizmni nega aytayapsan-nega targ'ib qilayapsan, bu juda zararli g'oya, bu dunyo uchun juda tahlika, bu…

N.M: Buni ildizi, ayb bizni xalqimizni o'zida emas, sababi biz mustamlaka bo'ldik, qul bo'ldik va bizni qul qilgan davlat Chorizm Rusya va undan keyin Sovet tuzumi davrida ham ular an'anaviy dushman bo'lgan millat edi, bizni boshimizga kelgan millat turklar bilan an'anaviy dushman, umuman turklar bilan, faqat Turkiya emas, umuman turklarga qarshi, bizni ham Turkistonga bekorga bosib kelmadi-ku, do'st qilib yoki bizni…
M.S: Chunki Turklar tarix bo'yicha doim bularga tahlika bo'lgan. Bitta qilich ko'tarib qarshi tura oladigan kuch, mug'ulga qanday qarshi turgan bo'lsa yoki aslida mog'olning ham avangardida turklar bor edi, ya'ni mug'ullarning ham butun sarkardalari turklar edi. Ya'ni dunyoga doim tahlikali ko'ringan etnik guruh – bu Turklar edi. Xitoylar uchun ham, Ruslar uchun ham, boshqasi uchun ham turklar edi, o'shani uchun ham birinchi o'sha …

N.M: O'shangga bizni, Turkistonni egallaganidan keyin ham o'zlarini mafkurasini, ya'ni o'zlarini dushmanlik mavqelarini bizga ham singdirishdi-da. Shuning uchun ham xalqimizning afsuslanarli xoli shuki, turk desa yoki turkchi desa, xuddi begona narsani aytayotgandek qo'rqadi. O'shani uchun biroz turkchilikni asli ildizimiz birligini, ildizimizga qaytishga bo'lgan harakat boshqa ekanligini anglatishimiz kerak, shekilli, deb o'ylayman millatimizga.
M.S: Yo'q.Turklar bilan biz shunchaki do'st emasmiz, turklar bilan qon qardoshmiz. Ya'ni nainki do'stmiz, balki biz bittamiz, bir millatmiz. Tilimiz, qonimiz ham bir, dinimiz ham bir – hammasi bir. Buni bugun xalqimizga tushuntirishimiz kerak, chunki xalqimizning juda katta qismi haliyam o'z tarixini bilmaydi, afsuski. Bilsayam xato biladi, ruslarning talqini bilan, ruslarning yozgan kitoblari orqali o'zining millatini tanidi, biz endi o'zimizning yozgan, ajdodlarimizning yozgan kitoblaridan va haqiqiy tarixni endi taqdim qilishimiz kerak. Shu suhbatimizni men bitta she'r bilan bitkazay, bu she'r 83-yilda yozilgan. Ya'ni Sovet tuzumiga qarshi qo'limizdan kelganicha butun majozlar bilan doim kurashganmiz. Bu erda qurolli kurash haqida gap ham bo'lishi mumkin emas, ammo shu majozlar yordamida o'zimizning orzu umidlarimizni she'r orqali ifoda qilishga harakat qildik. Bu “Tush, RO'Yo” deb ataladi. Ya'ni bu erda o't bilan o'ynashayotgan odamlar, o'sha paytda men aytdimku hali Cho'lpon Ergash bilan biz suhbat qilarkan, Cho'lpon Ergash aytardi: E, bilasizmi, deydi, men ba'zan xayol qilaman – uyda o'tirsam eshik taqillasa ochsam. Bizning o'zbek partizanlari ruslarga qarshi erostida kurashayotgan odamlar: Cho'lpon aka, bizni yashiring, ruslar kelayapti, bizni o'ldirmoqchi, desa. Ularni yashirib o'tirsam, ruslar kelsa taqillatib, “hey, qani ular!” desa, men: yo'q bu erda, deb tishimni qisib o'tirsam. Shuni orzu qilaman men, biz ham shuni orzu qilar edik. Ruslarga qarshi, ishg'olchilarga qarshi partizan hayotini orzu qilardik. O'sha orzulardan keyin tug'ilgan narsalar shu – “Tush, RO'Yo”.

TUSh, RO'Yo

Bugun mening uyqum buzildi bevaqt,
Devorda soyalar lopillar ulkan.
Ko'zim qamashtirib yuborar nogoh ,
Olis mintaqadan yongan bir gulxan.

Charsillab ketadi olov damo-dam,
Zulmatda chirildoq chirildar nolan.
Gulxan tegarasida ettita odam,
Soqollari o'sgan etti qo'zg'olon.

Ular suhbat qurar jimgina, ammo
Ularning dunyoga tushgandir ishi.
Guxanni quchoqlab olgandir go'yo,
Chordana qurgan bu ettita kishi.

Olov uzra parvoz etar bezavol,
Qanotin kuydirmay uchadi shu top:
Mening qo'rquvimga o'xshagan savol,
Sening umidinga o'xshagan javob.

Mana tun ham darrov yarmidan og'di,
Suhbat davom etar gulxan yasharar.
O'ynar ettovining yuzida yog'du,
O't bilan o'ynaydi etti bashara.

83-yildagi romantik nimalar.

N.M: Bu etti nimaga?
M.S: Ya'ni raqami etti, ettita isyonchi chiqib ketdi va u erda Sovetlarga qarshi ettita qo'zg'olon tayyorlayapdi, ya'ni go'zal bir raqam, islomda ham, boshqada ham. Ya'ni biz ettita, sakkizta edik o'zi. Shuni ifodasi, ya'ni o'sha paytda. Buning ichida hozir tirk qolganlardan Miraziz aka bor, masalan, ammo Miraziz aka bu she'rning qahramoni bo'lganini bilmaydi. Lekin bizning suhbatdoshlarimizdan, bizning ishg'olchilar haqida. Cho'lpon Ergash buning ichida mutlaqo bor, Rauf Parfi bor Omon Aziz bor – hozir Amerikada. Shu vaqtdan foydalanib Omon Aziz haqida ham gapirib ketaylik. Omon Aziz 90-yillar boshida chiqib ketgan Amerikaga, hozir vataniga qayta olmay o'tiribdi. Nyu Jersida menimcha, u bir ziyoli inson va rassom. Hozir islomni juda teran tushunadigan, Qur'oni karimni tafsir qiladigan, ham musulmon tarafi ham intellektual tarafi bilan – juda noyob inson. O'shani vatanga qaytarish kerak. Men hatto o'zimdan ham ko'proq uning qaytishini istayman, hech kimi yo'q, bitta o'zi yashaydi. Hozir ham uylamangan. Hozir qayta olmayapti, murojaat qilsa ham pasport bermayapdi unga. Pasporti yo'q. Ya'ni shu insonning holidan xabar oladigan do'stlari ham yo'q. Biz telefonlashib turamiz, faqat dardlashamiz, qo'limdan boshqa yordam kelmaydi. Va hozir vaqtdan foydalanib, inshaOlloh bizning bu suhbatimiz chiqadi va men O'zbekiston hukumatiga shu bahona bilan murojaat qilaman:
Bizni kiritmasangiz ham mana bu hech qanaqa muxolifatga aloqasi yo'q odam, shu ziyoli bir insonni chaqirib oling. U shuncha yilni hijratda kechirdi, uning uyini qaytaring hech bo'lmasa, insof qiling, mana shu inson uchun.

Ba'zi odamlar menga achinishadi, ya'ni samimiy achinishadi. Shuncha yil nima uchun butun hayotingni sarf qilding deb. Shuni foydasi tegadimi, degan ma'noda. Ammo men bilaman tegadi, tekkani uchun ham shunday. Chunki men boshqacha yashay olmas edim, chunki mening xarakterim shu. Men judayam baxtiyorman, Alloh menga shu yo'lni berdi. Xusravsiz musulmonning hech qachon iymoni bo'lmaydi, o'shaning uchun, aksincha, Allohga ming bor shukur – menga shu taqdirni berdi. Shu ma'noda bitta she'r bilan tugataylik.

SIZDAN FARQLI O'LAROQ

Sizdan farqli o'laroq har xil
Yo'llarini bilaman ovunishning men.
Sizdan farqli o'laroq, meni
Voyaga etkazar etishmovchilik
Uzoqda miltillayotgan shamchiroq – nafrat
Ko'proq yoritadi mening yo'limni
Mehr quyoshiga ko'ra do'stlarning.
Agar meni hech kim erga urmasa,
Ko'kka qanday sakray olardim?
Oddiy o'simlikman, xullas:
Qancha ko'p suv quysalar tagimga
Men shunchalik gullab yashnayman.

(1983)

(davomi bor)

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube