O’zbekiston Xalq Harakati

RTdan va'z: Mirziyoev populizmi

RTdan va'z: Mirziyoev populizmi
13 Aralık 2019 - 16:04 'da yuklandi va 1304 marta o'qildi.

Taniqli muxolifatchi Muhammad Solih prezidentni populizmda aybladi. Populizm nima o'zi? Populizm lotincha populus, ya'ni xalq degan ma'noni beradi.

Xalqning oldiga chiqib, ularning og'ir muammosi va ijtimoiy muammolarini tez va engil yo'l bilan echishga va'da berish populizm deyiladi. Ya'ni xalqning qulog'iga lag'mon ilish.

Ayni paytda populizm yo'q narsasi bilan maqtanishning ham bir turi.

Yigirma yillarcha oldin Mang'it taraflarda bir hikmatli gap eshituvdim. Do'mbirasi yo'q bir kishi odamlarni o'ziga qaratib¸ “Men do'mbirani bunday ushlaydirman, bunday chaladurman”, deb yarim soat gapiribdi.

O'shanda odamlar orasidan biri chiqib, “Barcha sha'ning kelishdi, qani sening do'mbirang?” debdi.

Qarang, do'mbira chalaman degan odam umrida do'mbirani qo'lida ham ushlamagan ekan.

Mirziyoev prokurorlarni korruptsiyada ayblarkan, ularni MXX kalamushlari deb ataydi. Bu gap xalqqa yoqishini u yaxshi biladi – bu populizm, buni u odamlarga yoqish uchun qiladi. Biroq kalamushlar deya ataganlarning boshlig'i Inoyatovni u o'z maslahatchisi etib tayinladi.

Ayni populizm haqida tag'in xabarlardan keyin to'xtalamiz.

MAHALLIY XABARLAR

11 dekabr' kuni Xalqaro matbuot markazidagi tadbirida Ekologik partiya vakili Ulug'bek Pirmuhammedov Toshkentga viloyatlardan keluvchilarning propiska bilan bog'liq muammosini hal qilishga oid yangi taklifni ilgari surdi:

“Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin o'zining hududidagi inspektordan ro'yxatdan o'tishi maqsadga muvofiq. Shunday tizim joriy etilsa, Toshkentda muammolarga uchrashining oldi olinadi”, dedi u.

Bu taklif amalga oshsa, viloyatliklar uchun krepostnoy tuzum joriy etilgan bo'ladi, deya fikr bildirdi tarmoqda bunga javoban siyosiy tahlilchi Alisher Ilhomov.

Yaqinda “Arman Dikiy” o'zining instagram sahifasida “G'ofir Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan G'ofir Rahimov bilan quchoqlashib, qor qoploni pozasida tushgan suratini joylashtirdi.

“Arman Dikiy” laqabi bilan tanilgan bu “fraer” Qozog'istonda muxolif fikrdagi insonlarni yo'q qilish bilan nom chiqargan Arman Jumageldievdir.

2019 yili AQSh vizasi uchun ariza yozgan o'zbekistonliklarning 68,06 foiziga rad javobi berildi. Bu sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yomon ko'rsatkichdir.

ChET EL XABARLARI

AQSh Moliya vazirligi banklardan 100 million AQSh dollarini o'margan Evil Corp xakerlik guruhiga aloqador 6 ta rus shirkati va 17 nafar shaxsga sanktsiya kiritdi. Guruh rahbarlarining Rossiya maxfiy xizmatlariga yaqinligi ochiqlangan. Jinoyatchilar ro'yxatiga o'zbekistonlik 29 yashar Azamat Safarov nomi ham kiritilgan.

Yoqut shomoni Aleksandr Gabishev “Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kremldan haydab chiqish uchun” Uzoq Sharqdagi Yoqutiston Respublikasidan Moskva sari yurishini 8 dekabrdan boshlab davom ettirdi.

Esingizda bo'lsa, yoqut shomoni kabi yo'l tutgan xorazmlik shoir Mahmud Rajabning Toshkentga “Adolat yurishi” uch kunga bormay to'xtatilgan, qatnashchilar 10 sutka qamoqqa tashlangan, voqeani yoritgan bloger Nafosat Olloshukurova jinnixonaga yotqizilgan edi.

POPULIZM

Endi e'tiborimizni mana bu rasmdagi odamga qaratsak. Kuni kecha konstitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbirda bu odamni janobi oliylari deb atashdi (video) Bu odam bugungi kunda O'zbekistonning bosh populisti. Uning ishi odamlarni populistik va'dalar bilan aldashdan iborat. Ikki yil oldin Populist Namber Van tovuq tuxumi va achchiq qalampir, limon sharbatidan keladigan daromadlar haqida og'iz ko'pirtirib, odamlarni tovuq boqish va qalampir etishtirishga da'vat qilgan edi.

Undan keyin: “Orqaga, Karimov davriga yo'l yo'q! U yoqqa oboradigan barcha ko'priklar yoqib yuborildi!” – dedi.

Lekin o'zbek na tovuq boqib va na qalampir etishtirib daromad ko'rmadi. Karimov davriga eltadigan ko'priklar ham yondirilmagan ekan. Mirziyoev janoblari shu ko'priklardan shunday orqaga o'tdi-yu, Karimovdan qolgan patrul' postlarini yana tiklashga, Karimovga o'xshab tanqidchi jurnalistu blogerlarni qamashga va jinnixonaga tashlashga kirishib ketdi.

Mirziyoev populizmi boshqa populizmlardan farq qiladi. Bu populizmning tormozi yo'q. Boshqa populistlar bir-ikki qadamlari sharmandalikka uchrasa yoki o'xshamasa, bu ishni to'xtatishadi. Lekin Mirziyoev o'z populizmini to'xtatmayapti, to'xtatish niyati ham yo'q, shekilli.

Mana, kuni kecha Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan yig'ilishda Bosh populist yana odamlarning qulog'iga lag'mon osmoqchi bo'ldi. “Blogerlar va jurnalistlar! Qo'rqmay tanqid qilaveringlar! Orqangizda men turibman!” – dedi.

Zukko odamlar Mirziyoevning bu gapini: “Haaa! Demak, qo'rqmay tanqid qilgan bloger va jurnalistlarni Mirziyoev jinnixonaga tashlaydi ”, deb tushunishdi. Aytilgan gaplarga teskari ishlar qilinsa, hamma shu fikrga borishi tabiiy hol.

“Gaping rost bo'lsa, adolat va so'z erkinligi tarafdori bo'lsang, Nafosat Olloshukurovani chiqar jinnixonadan, ey, janobi oliylari!”

KONSTITUTsIYa

Yaqinda O'zbekistonda Konstitutsiya qabul qilinganining 28 yilligi tantanali nishonlandi. Hech kim e'tibor bermaydigan bu shiorlar to'plami haqida bilsangiz kerak.

Konstitutsiya yiliga bir marta eslanadi, shu kuni prezident va televizordagi to'tiqushlar otashin so'zlar aytishadi.

Garchi hamma buni ibtidoiy qabilalarning olov atrofidagi jazavali sakrashiga o'xshash bir ritual ekanini bilishadi. Sakrashadi, sakrashadi va unutiladi.

Aslida esa bizning hech qachon ishlatilmaydigan Konstitutsiyamizda juda ko'p yaxshi so'zlar yozilgan.

Masalan, uning birinchi va ikkinchi moddalarida O'zbekiston demokratik respublika ekanligi, davlat organlari va mansabdor shaxslar xalq oldida javobgar ekanligi aytilgan!

U yog'ini o'qishdan ma'no yo'q, chunki bugungi kunda O'zbekiston mamlakatning Bosh qonuni deb nomlangan ushbu hujjatda yozilgan gaplardan qanchalik yiroq ekani ayon bo'ladi.

Har qanday qonunga faqat uni amalga oshirish mexanizmi mavjud bo'lsagina amal qilinadi.

Masalan, Germaniyada Konstitutsiyani himoya qilish idorasi deya atalgan maxsus organ mavjud.

Ushbu bo'lim doimiy ravishda barcha davlat organlari va mansabdor shaxslarning Konstitutsiya moddalarini buzmasligini nazorat qiladi.

Bundan tashqari, deputatlarning Konstitutsiyani buzadigan qonunlarni qabul qilmasligini nazorat qiluvchi Konstitutsiyaviy sud ham mavjud.

Adolat yuzasidan aytish joiz, ettita sud'yadan iborat Konstitutsiyaviy sud O'zbekistonda ham bor. Ammo bu haqda kimningdir eshitgan bo'lishi ham dargumon. Chunki O'zbekiston Konstitutsiyaviy sudi mamlakatdagi boshqa barcha davlat idoralari singari ko'r va kardir.

Konstitutsiyaviy sud aslida qanday ishlashi kerak? Masalan, bugungi kunda Toshkentda propiskasi yo'q O'zbekiston turg'unlari ikkilamchi bozorda Toshkentdan kvartira sotib olisholmaydi. Ya'ni ular faqat yangi qurilgan binolardan oddiy kvartira narxidan bir necha baravar yuqori narxda uy sotib olishlari mumkin.

Endi Konstitutsiyani ochib o'qiymiz – uning 18-moddasida barcha fuqarolar teng huquqlarga, erkinliklarga ega va qonun oldida tengdirlar, deb yozilgan.

Huquqlar teng

Ammo nima uchun Toshkentda propiskasi yo'qlar va propiskasi borlarning huquqlari teng emas? Ana shu payt, azizlar, Konstitutsiyaviy sud kelib, qurilgan yangi uylarni Toshkentda yashash huquqi bo'lmaganlarga qimmat narxda sotmoqchi bo'layotganlarga, “Bu mumkin emas, chunki bu mamlakatning Bosh qonuniga xilof”, deb aytishi kerak. Konstitutsiyaning himoyachisi yo'qmi, demak u qabul qilingan ma'lum bir sanadagina eslanadigan shiorlar uyumi bo'lib qoladi.

O'zbekistonda “parlament saylovi”

Kelasi yakshanba, 22 dekabr kuni O'zbekistonda parlament saylovi bo'lib o'tadi. Beshta siyosiy partiyadan 150 deputatni saylashadi. Keyin bu deputatlar mamlakat rioya etishi lozim bo'lgan qonunlarni qabul qilishadi.

Eslatish joiz, bu Mirziyoev prezidentligi davrida o'tayotgan birinchi parlament saylovidir.

Parlament saylovining ushbundoq turi Karimov davrida o'ylab topilgan.

Ehtimol, qari diktator taxtda o'tiraverib zerikkanidan, turli partiyalarga bo'lingan odamlarning bir-birlari bilan bahslashuvlarini ko'rishni xohlab qolgan.

Bu ehtimol unga go'yo suvaraklar poygasi kabi maroqli bir tomosha bo'lgandir. Birinchidan, bu qiziq. Ikkinchidan, tomosha tugashi bilan barcha hasharotlarni yana gugurt qutichasiga qaytarib solib qo'yishingiz mumkin.

Shunday qilib, O'zbekistonning beshta siyosiy partiyasi rollarni o'zaro bo'lib olishdi.

1. O'zini “tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati” deb ataydigan Liberal-demokratik partiya biznes manfaatlarini himoyalashni da'vo qilmoqda. Aynan shu partiyadan prezident Mirziyoev nomzodi ko'rsatilgan edi.

2. “Milliy tiklanish” partiyasi vatanparvarlik, milliy g'urur va vatanni sevishga da'vat etmoqda.

3. “Adolat” partiyasi. Nomidan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda adolatni himoya qilish uchun jonbozlik qilishi kerak. U, shuningdek, ijodkor va texnik ziyolilarni birlashtirib, “huquqiy demokratik davlat” yaratishni qo'llab-quvvatlayotganini aytadi.

4. Xalq demokratik partiyasi Sovet Ittifoqidan meros qolgan eng qadimgi partiya. U kompartiyaning ayanchli qoldig'i bo'lib, endilikda o'zini chap qanot partiyasi sifatida ko'rsatmoqda va “Biz dunyo tinchligi tarafdorimiz” qabilidagi ichi bo'sh shiorlarni ko'tarib chiqmoqda.

5. O'zbekistondagi eng yangi siyosiy partiya – bu 2019 yilda tuzilgan Ekologik partiya. Nomidan ayonki, bu atrof-muhitni yaxshilash uchun kurashadigan bir partiya.

Xo'sh degandek, yomon emas. O'zbekistondagi real voqelikni bilmagan odam jamiyatning turli guruhlari manfaatini qamragan partiyalarning parlamentga kirish istagidan quvonishi ham mumkin.

Qanday qo'rqinchli so'z bu – muxolifat

Ushbu beshta siyosiy partiyani birlashtirgan narsa nimaligini bilasizmi? To'g'ri, iqtidordagi prezidentga muhabbat va sadoqat.

Haqiqiy saylovda har doim siyosiy muxolifat qatnashadi. U hozirgi hukumatga noto'g'ri ishlar qilayotgani va o'z joyini bo'shatib qo'yishi kerakligini aytishga jur'at etadi.

Sobiq kommunistik partiya vakili Hotamjon Ketmonovga nisbatan ozroq ovoz olsa ham, a'zolari soni ancha kam bo'lsa ham siyosiy muxolifatga saylovda qatnashish uchun izn berilishi kerak.

Chunki odamlar noroziliklarini nafaqat Yutub kanalidagi ushbu video ostidagi izohlarda, balki muxolifatdagi siyosiy partiyaga ovoz berish orqali ham bildirishga haqlidirlar.

O'zbeklarga doimo siyosiy muxolifat yomon deb uqtirib kelishgan, muxolifatning yomonligini esa uning hokimiyatni egallashga intilishi bilan asoslashga urinishgan. Masalan, 1993 yilda Karimov tomonidan yakson qilingan “Erk” partiyasi lideri kabi.

Biroq shuni biling, hokimiyatga intilish dunyodagi har qanday siyosiy partiyaning asosiy maqsadidir.

Saylov haqiqiy bo'lgan demokratik mamlakatlarda siyosiy muxolifat hokimiyat tepasiga kelib uni boshqarish istagida amaldagi hukumatni tanqid qilish bilan shug'ullanadi va bundan odamlarga naf bo'ladi, deya hisoblaydi.

Siyosiy partiyalar boshqa partiyalardagi o'z muxoliflarini ham tanqid qilishadi, biroq ularning asosiy nishoni iqtidordagi partiya va mamlakatni boshqarayotgan uning lideri bo'ladi. Demokratiya aynan shunday ishlaydi.

O'zbekistonda mutlaq hokimiyatga ega bo'lgan prezident, butun hayotimiz gapi va ishiga bog'liq bo'lgan shaxs, o'zining muqaddas sigir emasligini bilishi kerak. Siyosiy partiyalar, birinchi navbatda, mavjud hokimiyat nimalar qilayotganini nazorat etishi, iqtidordagi prezident va uning komandasi boshqaruviga tanqidiy baho berishi lozim.

Buning o'rniga bizning deputatlar futbol fanatlari kabi bo'yinlariga partiyalari ramzi tushirilgan sharflarni osib, qaror qabul qilayotganlarni emas, mutlaqo bir-birlarini tanqid qilishmoqda, orada Mirziyoevga hurmatlari qanchalik baland ekanini izhor qilishni ham unutishmayapti.

Masalan, ekologik partiyalar dunyo bo'ylab toza alternativ energiya manbalarini yaratishga chaqirishadi, quyosh va shamoldan energiya olishni targ'ib qilishadi. O'zbekistondagi ekologlar partiyasi esa aftidan o'z atom elektr stansiyasiga ega bo'lishning afzalligiga odamlarni ishontirish uchun tuzilgan ko'rinadi, chunki prezident Mirziyoev bunga qaror berganida hech kim bilan maslahatlashmagan edi.

Oralaringizda ba'zilaringiz ehtimol aytishingiz mumkin, siyosiy muxolifat qaerda unda, nega u saylovda qatnashmayapti?

Ha, u 22 dekabr kuni bo'lajak saylovda ishtirok etmaydi. U yo'q, chunki so'nggi 25 yil ichida siyosiy muxolifat tuzmoqchi bo'lgan odamlarni muttasil va maqsadli ravishda mamlakatdan siqib chiqarishdi, qochishga ulgurmaganlar qamoqqa tashlandi.

Shuni biling, o'z maslakdoshlaringizni birlashtirish va Mirziyoevga bo'ysunmaydigan haqiqiy siyosiy partiyani tuzish uchun So'z erkinligi kerak. Ya'ni buning uchun turma yoki jinnixonaga tashlanmasligingizga kafolat kerak.

«Erk» gazetasi jurnalisti Muhammad Bekjon kabi 18 yil qamoqda o'tirishni hech kim istamaydi. Holbuki, O'zbekistonda sizni qamoqqa yoki ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tashlanishingizni aniq kafolatlashlari mumkin. Shu bois, siz uchun tanlov ham, saylov ham yo'q va 22 dekabr' kuni siz bemalol uyda qolishingiz mumkin.

Assalom, O'zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube