O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston va dunyo: Abdulhamid Ismoil yangi romani va eski taqiqlar haqida

O'zbekiston va dunyo: Abdulhamid Ismoil yangi romani va eski taqiqlar haqida
13 Aralık 2019 - 17:50 'da yuklandi va 885 marta o'qildi.

Londondagi “Pushkin uyi” (Pushkin House) da taniqli o'zbek yozuvchisi Abdulhamid Ismoil (Hamid Ismoilov)ning ingliz tilida chop etilgan navbatdagi romani taqdimoti bo'lib o'tdi.

“Of strangers and bees” (“Musofirlar va asalarilar xususida”) adibning ingliz tilida dunyo yuzini ko'rgan ettinchi romanidir.

Roman o'zbek tilida 2001 yilda “Hayi-ibn-Yakzon yo Musofirlar va asalarilar xususida” nomi bilan Parijda nashr etilgan.

Tilted Axis Press nashriyoti veb sahifasida aytilishicha, ilk bor shu yilning 24 oktyabrida chop etilgan kitobning barcha nushalari bir oy ichida sotib bo'lingan va nashriyot noyabr oyi oxirida kitobni qaytadan nashr qilgan.

Britaniyadagi qator nufuzli nashrlar, jumladan, “Gardian” ro'znomasi kitobga taqriz chop etgan.

Zamonaviy Ibn Sino haqida hikoya qiluvchi roman amerikalik tarjimon Shelli Feyrvezer-Vega tomonidan ingliz tiliga o'girilgan.

Unda o'quvchi Ibn Sino hanuz hayot deb ishonadigan roman qahramoni yozuvchi Shayxov bilan birga zamon va makonlar osha Buxorodan Parijga, Toshkentdan Londonga, Usmonli Turkiyasining “Lola davri”-yu Italiyaning “Uyg'onish” davrlariga sayohat qiladi.

Muallif romanda so'fiylar ta'limoti tasavvuf bilan asalarilar hayotidagi o'xshashlikni qahramonlarning o'ziga xos hayot yo'li misolida ko'rsatib beradi.

O'zbekistonda taqiqlangan yozuvchi

“Hozirgi kunda Ismoilov G'arbda keng nashr qilinayotgan yagona o'zbek yozuvchisidir”, – deb yozdi kitob taqdimotida ishtirok etgan London SOAS (Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari)Universiteti tadqiqotchisi Alisher Ilhomov.

“Aytish joizki, o'z vaqtida Brodskiy va Soljenitsin kabi, Hamid aka ham quvg'indagi yozuvchi hisoblanadi. Mirziyoev davriga kelib, ko'pchilik siyosiy iliqlik davri boshlanishini kutib turgan bir paytda uni mamlakatga qo'yishmadi. Bu O'zbekistonni hanuz Karimov rejimida shakllangan guruhlar boshqarayotganini ko'rsatadi”, deb yozdi Alisher Ilhomov Feysbuk sahifasida.

Shu yil martida Abdulhamid Ismoilning “Jinlar bazmi” romani (tarjimon Donal'd Reyfil'd) 2019 yilgi Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki adabiy mukofoti g'olibi bo'lgandi.

Mukofotning umumiy qiymati 20 ming funt sterling (26 mingAQSh dollari).

O'zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va u asarlarida tasvirlagan xonlar davri qalamga olingan roman o'zbek tilidan ingliz tiliga o'girilgan birinchi yirik asar bo'lgan.

Londondagi Mustaqil hakamlar hay'ati “Jinlar bazmi” romanini “o'zbek taxtlar o'yini” deb ta'riflagan.

Abdulhamid Ismoil o'zbek, rus, ingliz, frantsuz va nemis tillaridagi o'nlab she'riy va nasriy kitoblar muallifi.

U asarlari xorijiy tillarga eng ko'p o'girilgan o'zbek yozuvchisi bo'lishiga qaramay, O'zbekistondagi o'quvchilar ommasiga unchalik yaxshi tanish emas.

Hamid Ismoil 1992 yilda professional faoliyati tufayli O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lgan va shundan buyon Londonda yashab, ijod qiladi.

U 2010-2014 yillarda Londondagi Bi-bi-si Jahon Xizmatining faxriy yozuvchisi (Writer in Residence) bo'lgan.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube