O’zbekiston Xalq Harakati

Mustaqillik davri saylovlari tarixidan..

Mustaqillik davri saylovlari tarixidan..
18 Aralık 2019 - 21:22 'da yuklandi va 977 marta o'qildi.

“Erk Demokratik partiyasi”

30 aprel 1990 yili Toshkentda tashqil topgan tepadan buyruq-qarorsiz faol fuqarolarni birlashtirgan, demokratik g'oyalarni olg'a surgan O'zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan rasmiylashtirilgan mustaqil O'zbekistonning birinchi partiyasidir..

U 3 sentyabr 1991-yilda rhyxatdan o'tkazilgan edi. KPSS a'zolaridan tashkil topgan Xalq demokratik partiyasi esa undan keyin – noyabr' oyida ro'yxatdan o'tdi. 1994-yilda Siyosiy partiyalar haqida qabul qilingan yangi Qonunga muvofik , “ERK” demokratik partiyasi ro'yxatdan qayta o'ta olmadi. Uning o'rniga tepadan moddiy ta'minlangan QO'G'IRChOQ partiyalar vujudga keldi va xozir faoliyat ko'rsatib, parlament kreslolarini egallashmoqda. O'sha paytda “Erk” partiyasining raxbari Muhammad Solih yozuvchilar Uyushmasining Kotibi lavozimida ishlagan edi. U birinchi Prezident saylovlarida I.Karimovning yagona raqibi bo'lgan va rasmiy bayonot bo'yicha 12,7 foiz olgan. Bu ko'rsatgich, endigina shakllanayotgan partiya uchun, yuqori ko'rsatgich xisoblanadi. Shunisi qiziq-ki radioda e'lon qilinishicha 33 % deyildi, keyin esa matbuotda 12,7 foiz, deb axborot berildi. Mustaqil kuzatuvchilarning ma'lumotlariga qaraganda bu ko'rsatgich 50% dan oshiq bo'lishi kerak deyilgan edi.

“Erk” partiyasi raxbarlari va a'zolarini bilmay-netmay “xoinlar” deyayotgan ko'pchilik yoshlar bilishmaydi: “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qonun loyihasini xuddi mana shu “ERK” partiyasi deputatlari taklif qilishgan. Aslida Sessiyaning kun tartibida bu masala bo'lmagan ham. Sessiya o'tkazilishiga ikki kun qolganda “Erk” deputatlari bu masalani kun tartibiga kiritishga muvaffaq bo'lganlar. Xuddi shu paytda O'zbekiston Kompartiyasi ikkinchi sekretari A.S. Efimov M. Gorbachev bilan telefonda maslahatlashib turgan… I. Karimov ham ular tarafida bo'lgan , ammo Sessiya “Erk”chilar guruxining bosimi ostida Deklaratsiyani kabul kilishga erishgan. “Erk”ning deputatlari mamlakatimizning birinchi bayrog'ini ham olib kelishgan va Sessiyaga taqdim qilishgan . U bayroq o'zgacha qizil rangda , oy va yulduz rasmi bilan bo'lgan.”Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilinishida ham, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishida ham “Erk” chilarning xizmatlari katta.

“Erk” partiyasi tez sur'atlarda o'sib borgan. Ro'yhatdan o'tgan paytda, ya'ni 1991-yil sentyabr oyida partiya a'zolari 4000 bo'lgan bo'lsa ( qonun bo'yicha 3000 kifoya edi) , 1993-yilda esa a'zolar soni 54.000 ga etgan! MANA SIZLARGA AYTSAM, DIKTATURA DAVRI RAHBARIYaTI VA AMALDORLARI VA XOZIRGI SIYoSIY BILIMSIZ BA'ZI YoShLARIMIZ TOMONIDAN “XALQ DUShMANLARI” DEYaYoTGANLARNING SONI QANChA BO'LGAN !!!

Muhammad Solihga davlat boshqaruv tizimidan yuqori lavozim taklif qilingan , ammo u muxolifat saflarida qolishni afzal ko'rgan. Ayting-chi qaysi bir amaldor yuqoriroq lavozim taklif qilinganda bunday qila oladi? Partiyaning V s'ezdi 2003-yil oktyabr' oyida o'tgan. Bu paytga kelib partiya a'zolari soni qancha bo'lgani haqida, afsus , ma'lumot topa olmadim. Bilganlar yozishar.. Ushbu s'ezdda , surgunda bo'lishiga qaramay , yana Muhammad Solih partiya raxbarligiga qayta saylangan. Muhammad Solih uni oldin qamab, keyin qamoqda o'ldirishga maxfiy buyruq berilganini bilib qolganidan keyingina , mamlakatni tark etishga majbur bo'lgan.

Xalqimizning o'zi tashkil qilgan haqiqiy demokratik partiyasi “Erk”ning raxbari, atoqli o'zbek shoiri MUHAMMAD SOLIH 20 dekabrda 70 yoshga to'ladi. TABRIKLAYMIZ! Umringiz uzoq bo'lsin, qaytish Sizga nasib qilsin, VATAN SIZNI HAMON KUTMOQDA! “Xalqimga xizmat – menga sharaf!”, degansiz doimo. Charchamang, sog'-omon bo'ling!

Muhammad Solih : “Millatim, ko'zingni ochishing uchun, Tayyordir ko'zini yumishga o'g'ling!”

Gulsara Shermetova

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube