O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

So'z erkinligi muxolifatning o'rnini to'ldirolmadi – EXHT

So'z erkinligi muxolifatning o'rnini to'ldirolmadi – EXHT
24 Aralık 2019 - 16:47 'da yuklandi va 817 marta o'qildi.

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining kuzatuvchilar hay'atiga ko'ra, O'zbekistonda yakshanba kungi parlament saylovlari avvalgilaridan erkinroq o'tgan, ammo saylov tizimidagi o'zgarishlar muxolifatning o'rnini to'ldira olmagan.

Dushanba kuni Toshkentda o'tgan brifing chog'ida EXHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari Tana de Zulueta tashkilot tomonidan tavsiya etilgan yangi Saylov Kodeksining qabul qilinishi O'zbekistonning saylov qonunchiligini jahon andozalariga yaqinlashtirganini aytgan.

Ayni paytda u saylovlarda raqobatning etishmaganini ta'kidlagan.

“O'zbekiston saylov qonunchiligining takomillashtirilishi va so'z erkinligining kengayishi maqtovga loyiq, ammo ular muxolif partiyalarning yo'qligi, tamal inson haqlarini mensimaslik va saylov kunidagi jiddiy qonun buzilishlarini kompensatsiya qila olmaydi”, deya Tana de Zuluetaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Frans Press xabar agentligi.

Ayni paytda EXXT missiyasi rahbari ayol nomzodlar sonining ko'payganini olqishlagan.

“Yangi muhit, yangi mamlakat. Biz so'z erkinligini his qildik”, degan XXT kuzatuvchilar missiyasi rahbari.

Toshkentda brifingda qatnashgan EXHT Parlament assambleyasi prezidenti Georgiy Tsereteli “hukumat tomonidan yumshash va toqatlilik kuzatilgani, ammo cheklovlar saqlanib qolganini aytgan.

Tsereteliga ko'ra, saylovdan so'ng ovozlarni hisoblash jarayonida qoidalarga rioya qilinmagan.

“Ovozlarni hisob-kitob qilish jarayoni uchun belgilangan aniq qoidalar mavjud. Lekin bu qoidalarga hurmat bilan munosabatda bo'linmadi. Ovozlarni hisoblash jarayonida bu haqida kuzatuvchilar tomonidan ko'rsatmalar berilgan. Lekin shunga qaramay, xulosa salbiy bo'lib qolmoqda”, deya Tseretelining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz nashri.

EXHT missiyasiga ko'ra, ovozlarni hisoblash jarayoni bo'yicha xulosaning 42 foizi salbiy xarakterga ega.

Kun.uz nashrining de Zuluetadan iqtibos keltirishicha, hisoblash jarayonlari oxirigacha silliq o'tmagan.

“Qonunda belgilangan protseduralarga to'liq amal qilinmagani, natijalar o'zgargani ko'rindi. Ba'zi joylarda raqamlar kamroq edi”.

22 dekabr kuni saylovda jizzaxliklar kimlarga ovoz berdi? Jizzaxliklar yangi deputatlardan nimalarni istashadi?

Muxbirimiz Ibrat Safo 22 dekabr kuni Jizzax shahrida saylovchilarning fikrlari bilan qiziqdi.

Jizzax va'dalarga ishonadimi? Bi-bi-si xalqqa so'z berdi – O'zbekiston

Yakshanba kuni O'zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomov birinchi marta muxolifatdagi “Erk” va “Birlik” tashkilotlari nomini tilga olgan va ularning ro'yxatga olinishi mumkinligiga ishora qilgan.

Abdusalomovning aytishicha, muxolifat partiyalariga to'siq “avval bo'lgan bo'lishi mumkin, hozir yo'q”.

Ayni paytda MSK raisi xorijdagi o'zbek muxolifatining parlament saylovlariga qo'yilmagani haqidagi bayonotlarini rad etgan.

“Mana hozir chet eldan bizning partiya qatnashmadi… u partiya bormi o'zi? Siz (muxbirga-tahr.) tug'ilmagan bo'lsangiz kerak “Erk”, “Birlik” degan tashkilotlar paydo bo'lganda?.. Balkim kelishib (O'zbekistonga kelish, ma'nosidami yoki qurultoy o'tkazish va yo qarorga kelish ma'nosidami, anglashilmaydi-tahr.) ro'yxatdan o'tib, yangitdan agar harakatga kirishsa, balkim boshqa siyosiy oqimlar, siyosiy partiyalar paydo bo'lishi mumkin, degan fikrdamiz”, deb aytgan Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomov.

Abdusalomov agar Xalq demokratik partiyasi – XDP o'zini muxolifat sifatida ko'rsa, buning uchun qulay huquqiy va siyosiy vaziyat mavjudligini aytgan.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi rahbari Muhammad Solihning fikricha, Mirzo-Ulug'bek Abdusalomovning bayonotida muxolifatga qat'iy mujda yo'q.

Agar MSK raisi “Erk” partiyasini tasodifan tilga olmagan bo'lsa, bu bayonot rahbarlarlar bilan kelishib qilingan bo'lsa, buni keskin va aniq bir shaklda e'lon qilish kerak. O'zbekistonda siyosiy muxolifatga taqiqning bekor qilingani rasman e'lon qilinishi kerak. Ana shunda buni O'zbekiston uchun “yaxshi xabar” deyish mumkin”, deb aytdi Muhammad Solih Bi-bi-si bilan suhbatda.

Yakshanba kuni o'tgan parlament saylovlarida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ko'pchilik o'rinni saqlab qolgan.

22 dekabr kungi ovoz berish jarayonlarining dastlabki natijalari Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomov tomonidan dushanba kuni Toshkentda o'tgan brifing chog'ida e'lon qilindi.

Ovozlarni sanash natijalariga ko'ra, O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O'zLiDeP) 43, O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 35, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 21, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi 18, Ekologik partiya esa 11 o'rinni egallagan.

22 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish jarayonlari o'tkazilishi aytilmoqda. Agar uning natijalari partiyalarning o'rinlariga ta'sir ko'rsatmasa, joriy saylovlarning oldingidan yagona farqi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining uchinchi o'ringa ko'tarilishi bo'ladi.

Bu yilgi saylovlarda saylovchilarning ishtiroki ham 2014 yildagidan ancha past bo'lib, 67,8% foizni tashkil etgan.

2014 yilda bu ko'rsatkich 88,94 foizni tashkil etgan edi.

‘Sharmandali holat’

Ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berish jarayonlaridagi qonunsizliklar, ovozlarni soxtalashtirishga doir ko'plab xabar va videolar tarqatilgan.

Eng ko'p tarqalgan qonun buzilishi bir kishining bir necha, ba'zi holatlarda yigirmatalab byulletenni saylov qutisiga tashlash holatlari bo'lgan.

Markaziy Saylov Komissiyasi va Bosh prokuratura qonun buzilishlariga doir qator holatlarni tekshirayotganini aytgan.

“Adolat” partiyasidan Toshkent shahar kengashiga nomzod Obidjon Latipov saylov uchastkasi xodimlarining byulletenlarni “pachkalab” saylov qutisiga tashlaganiga oid dalillar borligini aytgan.

Toshkentdagi brifing chog'ida Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomov Obidjon Latipovning ovozlarni soxtalashtirish bilan bog'liq holatlar haqidagi savoliga javob bera turib, ularni “sharmandali” deb atagan.

Bloger Nozim Safari Toshkentning Sergeli tumanidagi saylov jarayonida tuman hokimining ovoz berish jarayonlariga qo'pol ravishda aralashganini iddao qilgan.

U saylov uchastkasida xodimlarning kuzatuvchilar faoliyatiga to'sqinlik qilgani aks etgan videoni e'lon qilgan.

“Adolat” partiyasidan Xalq deputatlari tuman kengashiga nomzod bo'lgan bloger Sergeli tumanidagi 426-saylov uchastkasidagi o'qituvchi xodim uning “qo'lini tishlashgacha borgani”ni aytgan va suratlarni Telegram kanaliga joylagan.

O'zining so'zlariga ko'ra, hodisa Safari xodimlardan “protokolni qonun doirasida kuzatuvchilar ko'z o'ngida to'ldirish”ni so'rashi ortidan yuz bergan.

Bosh prokuratura Sergeli tumani saylov uchastkasidagi holat tekshirilayotganini ma'lum qilgan.

Bosh prokuror Nig'matilla Yo'ldoshev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 450ga yaqin qonun buzilishi holatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani va ularni tekshirish uchun maxsus guruh tuzililganini aytgan.

Uzreport kanaliga interv'yusida Bosh prokuror barcha holatlar chuqur o'rganilishi va qonun ustuvorligi ta'minlanishini aytgan.

Bosh prokuror shuningdek, Sergeli tumanidagi bir necha uchastkalarda qonunbuzarliklar aniqlangani va jinoiy ish ochilganini ma'lum qilgan.

Uchtepa va Olmazor tumanlaridagi holatlar bo'yicha jinoiy ishlar ochilgani aytilmoqda.

Birinchi saylov

Yakshanba kungi ovoz berish jarayonlari Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan buyon parlamentga ilk saylovlar bo'lgan.

Unda qatnashgan beshta partiyaning hammasi Prezident Mirziyoevga sadoqatli partiyalardir.

Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarda haqiqiy raqobatning yo'qligini tanqid qilishgan.

Human Rights Watch tashkiloti muxolifatning saylovlarga qo'yilmaganini kamchilik deb atagan va Mirziyoev islohotlar ruhini saylovlarga yuqtira olmaganidan taassuf izhor qilgan.

Ayni paytda ovoz berish jarayonlarini Islom Karimovning o'tmishdagi avtoritar boshqaruvidan yana bir qadam oldinga ketish sifatida ko'rayotganlar ham bor.

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti saylovlargi birinchi marta o'zining to'laqonli hay'atini yuborgan.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube