O’zbekiston Xalq Harakati

Chekayotgan qiz

Chekayotgan qiz
05 Ocak 2020 - 13:35 'da yuklandi va 1656 marta o'qildi.

 

ChEKAYoTGAN QIZ

Ayoz parchalaydi qo'shiqlarimni,
Ovozimni bo'g'ar qishning hovuri.
Isyon osiladi misralarimga,
Shafqatsiz mavzular she'rning og'iri.

Ko'z yoshim muzlaydi yashil hijrondan,
Sirpanib uchadi daftarimda kuz.
Ushoq lablariga tamaki tutib,
Burqsitib chekadi yomg'irda bir qiz.

Bugunning egniga tashlanar shov-shuv,
Kecha tanish gaplar urgandi aksa.
Ertaga taqilar qizning sochiga,
Tongda “inga”lagan yangi safsata.

Hadik aralashgan ruhim oriqlar,
Qaxvaga yonboshlar qog'ozning uchi.
Bug'lanar, ko'llanar, yalang'ochlanar
Bosinqi g'ovurning shiddatli kuchi.

Lashkar tortiladi yangi gaplarga,
Darz ketgan sukunat boladek ho'ngrar.
Hiqillab, hiqillab o'taverar kun,
Faqat chekayotgan qizgina ingrar.

Ko'z yoshim muzlaydi yashil hijrondan,
Sirpanib uchadi daftarimda kuz.
Ushoq lablariga tamaki tutib,
Burqsitib chekadi yomg'irda bir qiz.

Umida Nurmuhammad

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube