O’zbekiston Xalq Harakati

Ittifoq degan qamoqxonada o'zbekka nima bor?

Ittifoq degan qamoqxonada o'zbekka nima bor?
08 Ocak 2020 - 19:10 'da yuklandi va 1404 marta o'qildi.

ITTIFOQ DEGAN QAMOQXONADA O'ZBEKKA NIMA BOR?

Evro-Osiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirish-kirmaslik masalasi bo'yicha O'zbekistonda boshlangan qizg'in muhokamalardan chetda tura olmayapman. Vijdonim yo'l qo'ymayapti.

O'zbekiston Evro-Osiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (EOIIga) kirishi kerakmi yoki yo'q?

“Ha!”, – deydiganlar o'zbek xalqiga, O'zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligiga qarshi qadam qo'yishlari kerak bo'ladi. “Yo'q!” – deydiganlar esa Kreml' va Vladimir Putinga qarshi qadam bosishlari kerak bo'ladi. Xullas, masala kimga qarshi borishda: Rossiyadagi Kreml'gami yoki O'zbekistondagi xalqqami?

EOIIing rasmiy xujjatlarini o'rganib hamda Ittifoqqa kirgan Qirg'iziston va Armanistonning ohirgi yillardagi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini tahlil qilib, men ham: “Bu Ittifoqqa kirib bo'lmaydi” – degan fikrga kelganman.

Maqolani fikrimga muxolif bo'lganlarga, ya'ni EOIIga kirish tarafdorlariga qarata yozdim. Quyida EOIIga kirish tarafdorlariga qator savollar yo'llab, ularga o'zimning izlanish va tahlillarim asosida o'zim javob berdim.

O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Turkiya, AQSh, Gruziya, Ukraina va hattoki qo'shni Turkmanistonga (EOIIga kirmagan mamlakatlarga) “Made in Uzbekistan” belgisi bilan emas, “Made in EAEU” belgisi bilan eksport qilishni istaysizmi? Unday bo'lsa, EOIIga kiring!

Chunki EOII Shartnomasining 41-moddasida Ittifoq o'z hududidan tashqariga eksport qiladigan tovarlarni “Evro-Osiyo Ittifoqi tovari” sifatida taqdim qilishni hamda Ittifoq hududida ishlab chiqarilgan har qanday tovar yoki mahsulotni yagona markirovka qilishni ilgari surishi belgilangan.

O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, qurilayotgan yo'llarni va boshqa komunikatsiyalarni o'zimizda, Toshkentda sertifikatsiyalash joningizga tegib, ularni Moskvada sertifikatsiyalashni istaysizmi? Unday bo'lsa, EOIIga kiring!

Chunki EOII Shartnomasining 53-moddasida Ittifoqqa a'zo mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan Ittifoq Texnik reglamenti (talablari) joriy etilishi ko'zda tutilgan. Shu moddaning 2-bandida: “Ittifoq Texnik reglamentining ta'sir doirasiga kiritilgan mahsulot Texnik reglament tomonidan o'rnatilgan talablarga muvofiqlik tekshiruvidan o'tgandan keyingina sotuvga chiqariladi” – deyilgan.

Bugun o'zining mo''jaz tsexida 100 foiz paxta matodan futbolka ishlab chiqarib, Qozog'iston yoki Rossiyaga bemalol eksport qilib o'tirgan o'rtahol Shermatvoy ertaga (O'zbekiston EOIIga kirsa) huddi shu mahsulotni eksport qilish uchun alohida muvofiqlik sertifikati olishi kerak bo'ladi. Toshkentga ariza beradi, javobini Moskvadan, EOII Iqtisodiy Komissiyasidan oladi. Chunki EOII Shartnomasining talablariga ko'ra, Ittifoqning Iqtisodiy Komissiyasiga ayrim tovar va mahsulotlarni EOII hududi va undan tashqariga eksport yoki import qilish sertifikatlariga bo'lgan talablarni qabul qilish vakolatlari yuklangan. Shu “ayrim tovarlar”ning ichida tekstil' mahsulotlari ham bor!

Shermatvoy bir amallab o'z mahsulotini Turkiyagami yoki AQShgami (EOIIdan tashqariga) eksport qiladigan bo'lsa, uning mahsuloti, yuqorida aytganimdek, “Made in Uzbekistan” belgisi bilan emas, “Made in EAEU” belgisi bilan eksport qilinadi. Xorij bozorlari bu mahsulotni o'zbek mahsuloti deb emas, Ittifoq mahsuloti deb qabul qiladi va taniydi. Shu tariqa O'zbekiston EOIIga kiradigan bo'lsa, ko'ra-bila turib o'zini dunyo bozoridan begonalaydi, milliy eksporterlarning milliy qiyofasini yo'q qiladi.

SSSR paytida qishloqqa bir hojatxona qurish uchun ham Moskvaning ruxsatini olish kerak edi. O'zbekiston EOIIga kirsa, hojatxona qurish uchun Moskvadan ruxsat olmaydi, lekin uning loyixasini Moskvaning talablariga moslab chizishi va sertifikatsiyadan o'tkazishi shart bo'ladi. Bu – o'sha, eski ruxsatnomaning zamonaviyroq varianti! Chunki endilikda Moskvadan ruxsat emas, sertifikat kutiladi.

Milliy valyutamizni o'zimizning ehtiyojlardan kelib chiqib, o'zimiz emin-erkin muomalaga chiqarishimiz jonga tegib, so'mni Moskvaning ruxsati bilan muomalaga chiqarishni xohlayapsizmi? Unda EOIIga kiring!

Chunki EOII Shartnomasining 62-moddasi 1-bandida belgilanishicha, “Ittifoqqa a'zo davlatlarning iqtisodiyotlarini rivojlantirish maqsadida a'zo-davlatlar boshqa a'zolar bilan hamkorlikdagi harakatlarni ishlab chiqishni va amalga oshirishni ko'zda tutuvchi KELIShILGAN makroiqtisodiy siyosat olib borishadi”. Ushbu moddaga qistirilgan 14-ilovada a'zo mamlakatning makroiqtisodiy siyosati qanday usullar bilan “KELIShILIShI” aniq yozib qo'yilgan.

Davlat byudjeti parametrlari, byudjet defitsiti yoki profitsiti, pul emissiyasi – hamma hammasini Ittifoqning Iqtisodiy Komisiyasi bilan kelishgan holda belgilashga to'g'ri keladi. Qaysi o'zbek vaziriga yoki iqtisodchisiga, bankiriga yoki tadbirkoriga Moskvaga tobe'lik ma'qul kelsa, EOIIga kiraversin!

O'zbekiston hududidagi Xiva xonligi, Qo'qon xonligi va Buxoro amirligi hatto Chor Rossiyasi istilosi davrida ham oltin, kumush, bronza tangalar va qog'oz pullarni Oqposhshodan (Sankt-Peterburgdan) so'ramasdan, o'zi bilganicha chiqarishgan.

Hurmatli aptekachilar, dori preparatlarini import qiluvchi janoblar! O'zbekistonga olib kirayotganingiz har bir tabletkangizni Moskvadagi EOII Iqtisodiy Komissiyasining sertifikati va ruxsati bilan import qilishni istaysizmi? Unda, EOII sari olg'a!

Chunki EOII Shartnomasining 30- va 31- moddalari Ittifoq hududiga uchinchi mamlakatlardan (ya'ni Ittifoqqa a'zo bo'lmagan mamlakatlardan) dori-darmon import qilish uchun Iqtisodiy Komissiyadan litsenziya va sertifikat olishni talab qiladi. Bu ikki modda kichik iqtisodiyotli a'zo-davlatlarni faqat Rossiya va Qozog'istonda ishlab chiqarilgan medikamentlarni olishga majburlashga qaratilgandir. Shartnomaning 30- va 31-moddalari Ukrainada ishlab chiqarilgan sifatliroq va arzonroq preparatlarni bozordan siqib chiqarishga ham mo'ljallangandir.

Almisoqdan qolgan sovet planli iqtisodiyotiga qaytishni istagan iqtisodchilar bormi? Bor bo'lsangiz, ustingizdan anqiyotgan naftalin hididan hijolat chekib o'tirmang-da, qo'lingizga bayroq olib, EOII sari otlaning!

Ittifoq Shartnomasining 77-moddasi eski planli iqtisodiyotni tiklashga qaratilgan bo'lib, narhlarni davlat nazoratida ushlab turish amaliyotini reanimatsiya qiladi. Ko'chada XXI-asr, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki minimallashib borayotgan bir davr, shiddat bilan rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti, erkin narhlar, gurkirab ketayotgan elektron savdolar, bitkoinlar! O'zbekiston esa ana shu yo'ldan ketish o'rniga narhlarni davlat boshqaruvida ushlab turishni talab qilayotgan EOII nomli kolxozga kirmoqchi. “Case” traktorlarini uloqtirib, omoch tortayotgan buqalarga minish taraddudidamiz.

EOII Shartnomasiga ko'ra, Ittifoqqa a'zo mamlakatlar yana ko'plab sohalarda o'zaro kelishilgan yagona siyosat olib borishlari shart. Masalan, hatto davlat va mahalliy hokimiyatlar ehtiyojlari uchun qiladigan haridlarni ham, transport va naqliyot masalalarini ham, valyuta siyosatini ham Rossiya bilan kelishib amalga oshirishi lozim bo'ladi. O'zbekiston bu tashkilotga kiradigan bo'lsa, hattoki millatimizning intellektual mulkini (injenerlarimizning ixtirolarini, olimlarimizning kashfiyotlarini) ham Rossiyaga ulashishimizga to'g'ri keladi.

EOII ga kirishimiz bilan axborot mustaqilligimiz ham avtomatik ravishda Rossiyaning qo'liga o'tadi. Chunki Ittifoq Shartnomasining 23- va 24-moddalari Ittifoqqa a'zo davlatlarni milliy statistika va har qanday miliy axborotlarni EOII Komissiyasiga muntazam taqdim etib borishni talab qiladi. Masalan, 23-moddaning 3-bandida shunday deyilgan: “Davlat informatsion resurslarining va axborot tizimlarining samarali hamkorligini va muvofiqlashuvini ta'minlash maqsadida Ittifoqqa a'zo davlatlar axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida KELIShILGAN siyosat olib borishadi”.

Bu nima degani? Shu degani-ki, misol uchun, Kreml' rossiyaliklarni jahon internetidan uzib, suveren rus internet tarmog'ini yaratish ishlarini boshlaganini hisobga olsak, ertaga Kreml' O'zbekistondan ham jahon internetidan uzilib, suveren rus internet tarmog'iga ulanishni “iltimos” qila oladi. Bu vaziyatda Vavilon janoblari o'zbeklarga qarata: “Jahon Internetiga ulanib o'tirishlaring Ittifoqimizning yagona hududiga informatsion jihatdan tahdid solmoqda!” – deya o'shqira oladi. Chunki Ittifoq Shartnomasidagi 23-moddaning 3-bandi shuni talab qiladi. Chunki EOII Shartnomasiga ko'ra, unga a'zo davlatlarning hududlari yagona iqtisodiy va axborot hududi hisoblanadi.

Hayriyat-ki, hali Mirziyoev bu Shartnomani imzolagani yo'q. Lekin imzolashga yaqin turibdi.

EOII Shartnomasi hattoki yuzaki tahlil qilinsa ham, bu xujjat va umuman Ittifoq faqat Rossiya hamda Qozog'iston manfaatlari uchun tuzilganini payqash qiyin emas. Masalan, Shartnomaning 71-moddasini olaylik!

Bu modda Ittifoqqa a'zo davlatlarning birining hududidan ikkinchisiga kirib kelgan tovarlarni bilvosita soliqqa tortishni talab qiladi. Buning hech bir yomon tomoni yo'q, albatta. Lekin shu moddaning 2-bandida yozilishicha, bu turdagi soliq miqdori shu tovarni import qilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan milliy tovarga qo'llaniladigan soliqdan yuqori bo'lmasligi kerak.

Ya'ni, masalan, Qirg'iziston o'ziga Rossiyadan kirib kelgan tovarga o'zboshimchalik bilan bilvosita soliq qo'ya olmaydi. Bunday soliq miqdori qirg'iz tovarlariga qo'yilgan soliq miqdoridan oshirmasligi kerak. Shartnomaning ushbu bandi Qirg'izistonga o'xshagan ojiz iqtisodiyotlardagi ishlab chiqaruvchilarni (asosan o'rta tadbirkorlik vakillarini) ochiqdan-ochiq yo'q qilishga, bunday mamlakatlarni Rossiya va Qozog'iston mahsulotlarining bozoriga aylantirishga qaratilgan. O'zbekiston bu Ittifoqqa kiradigan bo'lsa, o'rta toifadagi o'zbek tadbirkorlarining sho'ri quriydi.

EOII degan qamoqxona aynan shu maqsadlarda qurilganini Ittifoqning antidemping choralaridan ham bilsa bo'ladi. Gap shunda-ki, Ittifoqning Iqtisodiy komissiyasi savdoni himoyalash uchun retroaktiv choralar qo'llash huquqiga ega. Aniqroq aytilsa, Komissiya o'zi lozim deb topgan import tovarlardan antidemping bojini undirish vakolatiga ega.

Antidemping boji – mamlakatga demping qo'llanilib (odatdagi narxidan yoki tannarxidan kam bahoda) kirib kelgan tovarlardan undiriladigan boj. Demping butun dunyoda qoralanadi. Biroq butun dunyoda antidemping surishtiruvini demping tovarni qabul qilgan mamlakatning o'zi o'tkazadi va uning natijalari bo'yicha antidemping bojlarini o'zi qo'llaydi yoki qo'llamaydi.

Evro-Osiyo Iqtisodiy Ittifoqida esa bu huquq faqat Ittifoqning Iqtisodiy komissiyasiga berilgan. Shuning uchun bu borada Komissiya hech kim bilan maslahatlashmasdan qaror qabul qilish huquqiga ega. EOII Shartnomasi antidemping surishtiruvini o'tkazayotganda komissiyaga EOIIdagi eng baland narhlardan (amalda – Rossiyadagi narhlardan) kelib chiqishni talab qiladi.

Oddiy tilda tushuntirilsa, Qirhizistonga uchinchi mamlaktadan (Ittifoqqa a'zo bo'lmagan mamlakatdan) hech qanday dempingsiz 100 dollarga kirib kelayotgan mahsulotning Rossiyadagi narhi 150 dollar bo'lsa, EOII Iqtisodiy komissiyasi Rossiyadagi narhdan kelib chiqib, bu mahsulotga 50 dollar miqdorida antidemping boji joriy qilishi mumkin.

Eng qizig'i shunda-ki, Qirg'izistonga kirib kelayotgan o'sha mahsulotdan olinadigan 50 dollarlik antidemping boji Qirg'iziston byudjetiga emas, Ittifoq kassasiga ketadi. Ya'ni mahsulotni respublika import qiladi, bojini esa amalda Rossiya oladi. Chunki EOII Shartnomasi Ittifoq g'aznasiga kelib tushgan to'lovlarni a'zo mamlakatlarning Yalpi Ichki Mahsuloti hajmidan kelib chiqib taqsimlashni taqozo qiladi.

Bugungi kunda EOII uchinchi davlatlardan (Ittifoqqa kirmagan davlatlardan) kelayotgan ayrim mahsulotlarga nisbatan qator antidemping va maxsus himoya choralarini qo'llayapti. Bu choralar qaysi mahsulotlarga nisbatan qo'llanilyapti?

Bunday mahsulotlar sirasiga gusenitsali traktorlar, yuk avtoshinalari, podshipnik, metallquymalari, po'lat quvurlar, limon kislotasi, oshxona anjomlari, elektrodlar, kelayotgan po'lat quvurlar, engil tijorat avtomobillari, chinni idishlar, g'alla kombaynlari kiradi.

Ushbu ro'yxatga e'tibor berilsa, huddi shunday mahsulotlar Rossiyada ham ishlab chiqarilishi esga tushadi. Lekin ular qimmatligi, yoqilg'i sarfi bois Ittifoq hududidan tashqarida (masalan, Germaniya yoki Yaponiyada) ishlab chiqarilgan mahsulotlardan orqada qoladi. Shuning uchun Rossiya “antidemping choralari” degan chiroyli shior ostida EOII hududini raqobatchilardan tozalamoqda va bu hududga o'z mahsulotlarini tiqishtirmoqda.

Qisqasi shu-ki, bu Ittifoq va uning shartnomasi asosan Rossiya va qisman Qozog'istonning manfaatlari uchun tuzilgan. Boshqalar uchun bu Ittifoq qamoqxonadan boshqa narsa emas. Oddiy qamoqxonada mahbuslarga kishan qamoqqa kirgach taqilsa, EOIIda hali kirmasidanoq, uning ostonasida taqiladi. Chunki EOIIga kirish Tartibiga ko'ra, Ittifoqqa atigi “kuzatuvchi bo'lib kelgan (hali a'zo bo'lmagan) davlatlar Ittifoq manfaatlariga zid harakatlarni amalga oshirishdan tiyilishlari kerak”ligi yozilgan.

O'zbekiston bu tashkilotga a'zo bo'ladigan bo'lsa, kuchli iqtisodiy inqirozlarga yuz tutishi mumkin. Birinchi navbatda, yirik davlat aktsionerlik jamiyatlari zarar ko'rishni boshlaydi. Keyingi bosqichda qo'shma korxonalar, o'rta va kichik biznes vakillari, ayniqsa, eksporterlar moliyaviy botqoqqa kira boshlaydi. Bu qadam O'zbekistonni asosan Rossiyaga va qisman Qozog'istonga iqtisodiy jihatdan qaram qilib qo'yadi. Respublika ulardan kela boshlaydigan ulkan import oqimining qurboniga aylanadi.

Evro-Osiyo Ittifoqiga a'zo bo'lish G'arbning Rossiyaga qarshi qo'llayotgan iqtisodiy jazo choralarini baham ko'rishni ham anglatadi. G'arb nima uchun Rossiyaga iqtisodiy sanktsiyalarni qo'llayapti? Abxaziya, Ukraina kabi qo'shnilariga nisbatan harbiy agressiya uyushtirgani uchun. Ya'ni Qrimni Rossiya tortib oladi, Donetsk va Luganskda Rossiya urush olovini yoqadi, lekin jazosini agressorning bir o'zi tortmaydi. Jazoni baham ko'rishga Qozog'iston, Belarus', Armaniston va Qirg'iziston ham boradi. Mana endi shu sirtmoqqa O'zbekiston ham oshiqmoqda.

Ikkinchi mutaxassiligim bo'yicha men oddiy iqtisodchi-bakalavrman. O'zbekiston hukumatida iqtisodiyot doktorlari ko'pligidan xabarim bor. Masalan, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov iqtisodiyot fanlari doktori, juda aqlli odam. Bir paytlar Markaziy bankda uning kuratorligidagi departamentda ishlaganman. 1997 yilda Islom Karimov konvertatsiyani yopganda faqat shu odam buning zararli oqibatlarini qo'rqmasdan tushuntira olgan. Lekin konvertatsiyani yopish tarafdorlari Karimovga ko'proq ta'sir o'tkazishgan, va buning natijasida konvertatsiya uzoq yillarga yopilgan. Bugungi kunda moliya va boshqa iqtisodiy vazirliklarda ham iqtisodchi olimlar ishlashyapti.

EOIIga kirish qanday iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini ular ham bilishadi. Men ko'rgan xatarlarni ular ko'rmasliklari mumkin emas. Lekin ular bu haqida Mirziyoevni ogohlantira olishadimi? Toshkent shahar hokimining iborasi bilan aytganda, prezidentga xatarlarni aytishga “dux”lari etadimi?

Men oddiy bir vatandosh, jurnalist, nazariyotchi iqtisodchi sifatida o'z vazifamni bajardim – xalqimni kelishi muqarrar balodan ogohlantirdim. Bu yozganlarim hukumatga etib boradimi yo'qmi, bilmadim.

Bobomurod ABDULLA,
mustaqil jurnalist

2020 yil 7 yanvar', Berlin

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube