O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Shabnam Olloshukurova: menga qanday tabletka yo ukol berishganini bilmadim

Shabnam Olloshukurova: menga qanday tabletka yo ukol berishganini bilmadim
10 Ocak 2020 - 16:29 'da yuklandi va 862 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, Xorazmda bir guruh norozilarning Toshkentga yurishini jonli efirga uzatib borishi ortidan ruhiy shifoxonaga yotqizilgan bloger Nafosat (Shabnam) Olloshukurova o'tgan yilning dekabr' oyida kasalxonadan chiqarilgan edi. Bi-bi-si blogerlik faoliyati uchun jazolangani ishonilgan Olloshukurova bilan suhbatda bo'ldi.

Bi-bi-si bilan suhbatda Shabnam o'zining, rasmiylar ta'kidlagandek, ruhiy xastalikka chalinmaganini aytadi.

U o'zini ruhiy shifoxonada majburan ushlab turilgan, deya hisoblashini bildiradi.

“Bu nafaqat o'zim, balki katta ko'pchilikning fikri – meni qasddan ushlab turishdi. Men hech qanday ruhiy kasallikka chalinmaganman”, ta'kidlaydi bloger.

‘Tashqi ko'rinishimga qarab xulosa chiqarishganʼ

Bloger uch oy umri ruhiy shifoxonada qanday o'tganini batafsil tasvirlashni istamaydi.

«Ammo bu vaqt yaxshi o'tdi, deb aytolmayman», qo'shimcha qiladi u.

Olloshukurovaning so'zlariga ko'ra, jismoniy qiynoqlar qo'llanilmagan bo'lsada, kasalxonada unga nisbatan ruhiy bosimlar o'tkazilgan.

«Menga majburlab ukollar qilishdi, dorilar ichirishdi», iddao qiladi bloger.

Biroq bloger ruhiy shifoxonada saqlangan vaqt davomida rasmiylar bir necha bor uning ahvoli qoniqarli ekani, unga nisbatan hech qanday ruhiy yoki jismoniy qiynoqlar qo'llanilmaganini ma'lum qilganlar.

Xususan, oktyabr' oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) o'rinbosari boshchiligidagi Xotin-qizlar qo'mitasi vakili, «Ezgulik» inson huquqlari tashkiloti rahbari, «Najot» huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari va sog'likni saqlash tizimidan psixiatriya sohasi ekspertlaridan iborat monitoring guruhi Shabnam Olloshukurovaning ahvolini o'rgangani xabar qilingan.

Ichki ishlar xodimi Shabnamni tergov davrida videoga olib tarqatgandiIchki ishlar xodimi Shabnamni tergov davrida videoga olib tarqatgandi

Ushbu ishchi guruh xulosalarini esa noyabr' oyida Ombudsman Ulug'bek Muhammadiev jamoatchilikka ochiqlangan va tashrif davomida Olloshukurovaning ruhiy holati nisbatan barqaror ekani va muloqot qila olishiga ishonch hosil qilinganini ma'lum qilgan.

Shuningdek, Ombudsman vrachlar tomonidan blogerga belgilangan dori vositalari orasida ruhiy faoliyatni pasaytirishga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarning yo'qligi aniqlanganini ham xabar qilgan.

Ammo Olloshukurova ing o'zi Bi-bi-si bilan suhbatda bunday rasmiy munosabatlar haqiqatdan yiroq ekanini ta'kidlaydi.

“Ular ahvolimni tashqi ko'rinishimga qarab, baholashgan bo'lsa ajab emas. Huquqlarimning toptalishi ahvolim yaxshiligini bildirmaydi”, deydi u suhbat davomida.

Shabnam Ombudsman o'rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh uni himoya qilish maqsadida kasalxonaga tashrif buyurgan, degan fikrda emasligini ochiqlaydi.

“Men huquqlarimni tushuntirilishi, oyoqosti bo'lgan huquqlarimni tiklab berilishini himoya qilish, deya tushunaman. Ular meni faqat ko'rib ketishdi. Bu esa men xabarbozlik, deya atagan bo'lar edim”, qo'shimcha qiladi u.

‘Hammasini Muhammad Solihga bog'lashmoqdaʼ

Olloshkurova Facebook’dagi sahifasi orqali 23 sentyabr' kuni adolat izlab Toshkentga, IIV vaziri bilan uchrashish uchun yaqinlari bilan Xorazmdan piyoda yo'lga chiqqan shoir va jurnalist Mahmud Rajabning harakatlarini yoritgan edi.

Jonli tarzda efirga uzatilgan videolarda u noma'lum ayollar tomonidan hujum bo'lganini aytgan.

Bloger norozilik namoyishlarini yoritib kelganBloger norozilik namoyishlarini yoritib kelgan

Shundan so'ng Xorazmda «Erk» partiyasi faoli, shoir va jurnalist Mahmud Rajab va asosan uning qarindoshlaridan iborat ekani aytilgan 20 kishidan ortiq namoyishchilar kuch bilan avtobusga o'tqazilib, noma'lum tomonga olib ketilgani xabar qilingan.

Keyinchalik Mahmud Rajab va Nafosat Olloshukurovalarning 10 sutkaga qamalgani ma'lum bo'ldi. Qamoq jazosini o'tagach, uning oilasiga berilmay, ruhiy shifoxonaga yotqizilgan.

U 10 sutkalik qamoq davomida o'zini Muhammad Solihga qarshi ko'rsatma berishga majburlashganini bildiradi.

“Qarindoshlari bilan najot istab yo'lga chiqqan Mahmud Rajab «Erk» partiyasidan. Mana shu sabab mening faoliyatimni ham asossiz ravishda Muhammad Solih bilan bog'lashga harakat qilishdi”, deydi bunday ko'rsatma bermaganidan so'ng ruhiy kasalxonaga majburan yotqizilganini ta'kidlagan bloger.

‘Hanuz xavf ostidamanʼ

Shabnam Olloshukurova murosasiz bloger sifatida tanilgan.

Buni 21 oktyabrda internetda Olloshukurovani so'roq qilish jarayoni aks etgan videodan ko'rish mumkin.

Qisqa video Olloshukurova hibsga olingan vaqti, ruhiy shifoxonaga yotqizilishidan avval yozib olingandek ko'rinadi.

Unda Shabnam ochlik e'lon qilganini bildiradi.

«Men sudning qaroridan noroziman. Menga qo'yilgan ayblovlar nohaqdan qo'yilgan. Men ochlik e'lon qildim», — deydi bloger.

Uni so'roq qilayotgan kamera ortidagi shaxs uning ochlik e'lon qilishi sog'ligi uchun zarar bo'lishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishini aytadi.

Qonuniy tarzda norozilik bildirish so'ralganda, Shabnam buning foydasi yo'qligi, hamda qonunlar va sud'yalarga ishonmasligini aytadi.

«Siz ochlik e'lon qilib o'z joningizga qasd e'lon qilishni ko'zlab turibsizmi?» deb so'raganida, Shabnam «zulmni to'xtatish uchun» boshqa iloji yo'qligini aytadi.

Bloger uning faoliyatini quvg'indagi muxolifat lideri Muhammad Solih bilan bog'lashga urinishganini aytadi
Bloger uning faoliyatini quvg'indagi muxolifat lideri Muhammad Solih bilan bog'lashga urinishganini aytadi

So'roq qilayotgan shaxs undan yana bir bor «Shu erda ochlik e'lon qilib joningizga qasd qilmoqchimisiz?» deb so'raydi.

Bunga javob bermay, sukut saqlagan Nafosatga «so'z bilan javob bering» deyiladi va u «ha» deya javob qaytaradi.

Shabnam ishini yaqindan kuzatgan, ismi-sharifi ochiqlanmasligini so'ragan hamkasbining Bi-bi-siga aytishicha, «Joningizga qasd qilmoqchimisiz?» deya qayta-qayta so'rash bilan ichki ishlar xodimlari Olloshukurovani ruhiy kasalxonaga yotqizish uchun asos izlashgan.

Blogerning o'zi ham Bi-bi-si bilan suhbatda 10 sutkalik qamoq jazosiga mahkum etilgan vaqtda ochlik e'lon qilgani uning ruhiy shifoxonaga yotqizilishi uchun bahona bo'lganini ta'kidlaydi.

Olloshukurova dekabr' oyida o'tgan Parlament saylovlaridan so'ng ozodlikka chiqarilgan.

Kuzatuvchilar bu vaqtga alohida e'tibor qaratishgan.

Bi-bi-si manbalarining ta'kidlashicha, mas'ullar bloger saylov o'tguncha ushlab turilishini, agar ozodlikka chiqarilsa, odamlarni ko'chaga chiqarish xavfi borligini aytishgan.

Bi-bi-si bilan suhbat davomida Olloshukurova nafaqat blogerlik faoliyatini yana davom ettirishi, balki, endilikda, inson huquqlari himoyasi bilan ham shug'ullanishni rejalayotganini ta'kidlaydi.

Biroq u ozodlikka chiqqanidan so'ng unga nisbatan kuzatuvlar boshlangani, o'zini xavfsiz his qila olmayotganini bildiradi.

Olloshukurova 6 yanvar' kuni Sog'likni saqlash vazirligi vakillari uni ruhiy shifoxonaga ro'yxatga qo'yish maqsadida Toshkentdagi uyiga kelganini da'vo qiladi.

“Ular kech soat oltilarda, men uyda yo'q paytim ota-onamning oldiga kelishgan.

Meni yana ruhiy shifoxonaga yotqizishmoqchi. Hali ham taqdirim xavf ostida, deya hisoblayman”, so'zlaydi bloger.

O'zini bosim ostida ekaniga ishonishiga qaramay, Olloshukurova inson huquqlari himoyachisiga aylanishni istayotgani va bu yo'lda rasmiylar bilan ziddiyatlar yanada kuchayishidan cho'chimasligini ma'lum qiladi.

«Rasmiylar bilan ziddiyatga, borishdan qo'rqsak, hech narsa qilmay, uydan chiqmasdan o'tirishimizga to'g'ri keladi», ta'kidlaydi bloger.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube