O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi vakillarini Adliya vaziri qabul qildi

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi vakillarini Adliya vaziri qabul qildi
10 Ocak 2020 - 19:35 'da yuklandi va 991 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, 10 yanvarda muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi Bosh kotibi Otanazar Oripov etkchiligidagi 5 kishilik guruhni O'zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qabul qilgan.

Uchrashuv davomida vazir “Erk” partiyasi vakillariga “Bu partiya tarixda qoldi” deya uqtirishga uringan.

“Erk”chilar fikricha, partiya nizomi 1991 yilning sentyabrida rasman qayd etilgan va u bekor qilingan emas.

Uchrashuvda qatnashganlardan biri, “Erk” partiyasi Markaziy kengashi a'zosi¸ qarorgohi Pragada joylashgan People in Need tashkilotining 2019 yilgi mukofoti sovrindori A'zam Turg'unov uchrashuv tafsilotlarini Ozodlikka gapirib berdi.

– Vazir Davletovning o'zi qabul qilib bizning fikrlarimnzni diqqat bilan eshitdi. O'zbekiston “Erk” demokratik partiyasi nizomi 1991 yilning 3 sentyabrida Adliya vazirligi tarafidan ro'yxatga olingan. Partiyani ëpish ë tugatish haqida sud qarori ë boshqa hujjat yo'q. Shu bois, biz vazirdan faoliyat uchun ruxsat so'radik. Ammo vazir 1991 yilgi hujjat o'z kuchini yo'qotgan degan ma'noda bizga e'tiroz bildirdi. Ammo eng muhimi – muxolifat bilan hukumat muloqotga kirishgani. O'zbekiston Adliya vaziri oxirgi marta 1997 yili “Erk” rahbariyati bilan uchrashgan edi. Muloqot qayta boshlanganini ma'qullayman.

Adliya vazirligidagi uchrashuvda “Erk” demokratik partiyasi Markaziy kengashi a'zolari Otanazar Oripov¸ Az'am Turg'unov¸ Salavot Umrzoqov¸ Hamidulla Nurmatov va Sanjarali Imomov qatnashgani ma'lum bo'ldi.

"Erk" partiyasi vakillari Adliya vzairligi binosi oldida
“Erk” partiyasi vakillari Adliya vzairligi binosi oldida

Ozodlik bilan suhbatda uchrashuv qatnashchisi Salavot Umrzoqov “jamiyatning muxolifatga ehtiëji kun tartibiga qo'yilgan paytdagi bu uchrashuv mamlakatning demokratiya sari o'zgaraëtganiga kichkina misol bo'lganini” ta'kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelganidan beri ilk marotaba O'zbekiston siyosatida muxolifatga yo'l berilishi haqida 2019 yilning 27 dekabrida gapirgan edi.

Mirziyoev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvda muxolifat O'zbekistonga qanday foyda keltiradi deya ritorik savol qo'ygan edi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat muhokama qilinmoqda. U bizga qanday foyda keltirdi? Men Prezident sifatida muxolifatga qarshi emasman. Biroq u o'zimizda paydo bo'lishi uchun muhit yaratishimiz kerak. Bu shaxslar xalqning dardini bilishi, ular bilan barcha muammolarni boshidan kechirishi va shu erning nonini eb, suvini ichishi kerak”, degan prezident Mirziyoev.

O'zbekiston prezidentining bu gaplari Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining kuzatuvchilari O'zbekistonda 22 dekabrdagi parlament saylovi nisbatan erkinroq o'tgan bo'lsa-da, tizimdagi o'zgarishlar muxolifatning o'rnini to'ldira olmagani aytganidan so'ng yangragan edi.

22 dekabr' kuni esa O'zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomov birinchi marta muxolifatdagi “Erk” va “Birlik” tashkilotlari nomini tilga olgan va ularning ro'yxatga olinishi mumkinligiga ishora qilgandi.

Prezidentning “shu erning nonini eb, suvini ichgan” muxolifat zarurligi haqidagi gapidan 13 kun o'tib Adliya vaziri “Erk” partiyasi guruhini qabul qildi. Bundan oldin “Birlik” partiyasi vakillari ham Adliya vazirligi boshqarma boshliqlari tomonidan qabul qilingan edi.

“Birlik” partiyasi Markaziy kengashi a'zosi Anvar Usmonovning Ozodlikka aytishicha¸”oxirgi marta 2019 yilning dekabrida “Birlik” vakillari arizasini Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i olib qolgan”.

O'zbekistonda 80- yillar oxirida “Erk” demokratik partiyasi , “Birlik ” xalq harakati kabi muxolif siyosiy tashkilotlar o'rtaga chiqqandi.

O'zbekiston mustaqillik deklaratsiyasi yozilishiga va uning Oliy majlis tomonidan qabul qilinishiga aynan shu partiyalar bosh qo'shgani aytib kelinadi.

1992 yilgi prezident saylovida “Erk” partiyasi raisi Muhammad Solih prezidentlikka nomzod sifatida 12 foiz ovoz olgani rasman aytilgandi.

1992 yilgi saylovdan keyin muxolifat liderlari birin-ketin xorijga ketishga majbur bo'lgandilar.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube