O’zbekiston Xalq Harakati

Sud'ya: “Jadidlar ham, Fitrat, Cho'lpon ham qamalgan, Akromjon bolam, irodali bo'l!”

Sud'ya: “Jadidlar ham, Fitrat, Cho'lpon ham qamalgan, Akromjon bolam, irodali bo'l!”
13 Ocak 2020 - 12:50 'da yuklandi va 1389 marta o'qildi.

SUD'Ya: “JADIDLAR HAM, FITRAT, ChO'LPON HAM QAMALGAN, AKROMJON BOLAM, IRODALI BO'L!”

Zarif Sultani (Zarif Sultani)dan : ESLATMA:

Bugun 2020 yilning 13 yanvar kuni, dushanba. 2017 yilning 13 yanvarida 6 oy davom etgan tergov hamda sudlovdan so'ng Akrom Malik ustidan hukm o'qilgan edi. Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi Muhabbat Xo'jaeva o'zi xohlamagan holda, ko'zida yosh va qalbida afsus ila yosh navoiyshunosni 6 yilga qamadi. U Akrom Malik ishi bilan ham, mahbusning o'zi bilan ham tanishgach, yosh shoirni o'g'lim deb atadi. Hukm o'qilgan majlisda: “Jadidlar ham, Fitrat, Cho'lponlar ham qamalgan, Akromjon bolam, irodali bo'l”, – degan. Akrom Malikning ota-onasiga esa: “Sabrli bo'linglar”, – deya olgan, xolos. Keyin xo'rsinib: “Juda aqlli bo'lsang ham qiyin ekan…” – degan.
Akrom Malik sudyaga: “Rahmat Sizga”, – degan. Sudya nega deb so'raganda: “Insoniylik uchun. Iqroringiz uchun”, – degan. Ushbu sudlov majlisida adabiyotshunoslar filologiya fanlari doktorlari Rashid Zohid, Abdumurod Tilavov, Olimjon Davlatov, Dilnavoz Yusupovalar ishtirok etganlar. Ular Akrom Malikni qat'iyat bilan himoya qilib, u jinoyatchi emas ekaniga guvohlik berganlar. Sud ulardan kafillik so'raganida kafolat beramiz deyishgan.
Akrom Malik o'sha paytda qamalgani sababli dars qoldirib o'qishdan chetlatilgan magistrant edi.

Shoir O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi 159-modda “Konstitutsion tuzumga tajovuz” hamda
244-modda “Jamoat xavfsizligiga tahdid solish” jinoyatlari bilan aybdor deb topilgan.

Akrom Malikka berilgan qamoq jazosi 2022 yil 6 avgust kuni tugaydi.
________________________________

Akrom MALIK

EY DO'ST

Ey men uchun qayg'urgan habib,
ey qalbimga muhibu hamroz,
tilarsanki, boshimga mening
erk quyoshi nurini sochib,
hurriyatdan yuzim porlasa.

Ey qalbimga bo'lgan musohib,
ey zulmga etgan e'tiroz,
bo'lsin Do'sting Allohim sening,
duolaring Arsh qadar uchib,
qabul bo'lgay Robbim xohlasa!

Ozodlikka topib munosib,
ismim aytsang, sendan iltimos:
bu qullardan aslo so'rmagin –
erk bering deb quyiga tushib,
hurriyatni tilanma aslo!

Tunda hamma uxlagan kezda
farishtalar bo'lib hamrohing
boshing qo'yib sajdaga, ey do'st,
nafsing etib Allohga taslim,
qolganingda Robbing-la tanho!

Simob kabi yoshlaring ko'zda,
olov kabi yonarkan ohing,
tillaringda sadoqatli so'z,
aytib bir bor men faqir ismin
iymon so'ra, so'ra sidq, taqvo.

Iymon ila yashasang toki,
mahkam tutsang taqvo arqonin
erkin yasha, mahkum bo'l yoki,
bo'lmas dilda zarra armoning.

Ey men uchun qayg'urgan Sizlar
ey nomimni aytgan do'stlarim,
duo qiling musaffo kezlar!

Ko'zlasam men, Arshni ko'zladim.
Duoingiz bo'lib ijobat,
Robbim etsa shoyad marhamat!

Unutmangki, duolar uzra
diydorimiz uzilmas hech vaqt.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube