O’zbekiston Xalq Harakati

Kuting, prezident “muxolifati” kelyapti!

Kuting, prezident “muxolifati” kelyapti!
16 Ocak 2020 - 18:27 'da yuklandi va 1991 marta o'qildi.

KUTING, PREZIDENT “MUXOLIFATI” KELYaPTI!

O'zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov shu yilning 10 yanvar' kuni “Erk” demokratik partiyasi Bosh kotibi Otanazar Oripov etakchiligidagi 5 kishilik partiya vakillari bilan uchrashdi.

Ma'lum bo'lishicha, uchrashuv “Erk” partiyasi a'zolariga “O'zbekiston hududida hech qanday “Erk” partiyasi mavjud emasligi va partiya faoliyatining tiklanishiga hech qanday huquqiy asos yo'qligi” haqida axborot berish bo'lgan.

Undan avval prezident Mirziyoev muxolifatga qarshi emasligi, biroq uni chetdan keltirilishiga yo'l qo'ymasligini bildirgan edi. Prezidentning ilk bor siyosiy muxolifat borligi haqida gapirgani, mamlakat ichkarisida uning faoliyatini tiklashga umidlar uyg'otdi.

“Eltuz” suhbatdoshi O'zbekistonlik siyosiy tahlilchi Anvar Nazir aslida hukumatning bu harakati tashqi yoki ichki muxolifatga yo'l ochilayotganini anglatmasligini aytadi:

“Bitta sistemaga oid bo'lmagan muxolifatning paydo bo'lishidan hozirgi tuzum manfaatdor emas. Davlatga tizimga yaqin bo'lmagan odamlar kerak emas. Biz buni uning amaliyotidan bilayapmiz. Bitta fakt keltiraman. Yuztadan oshiq nodavlat tashkilotlari ro'yxatdan o'tish uchun Adliya vazirligiga ariza topshirgan bo'lsa, umuman ijtimoiy g'oyalarga, fuqarolik jamiyatiga aloqasi yo'qlar o'tkazildi. Qolganlar ro'yxatdan o'tkazilmadi…”

Avvalroq Oliy majlis senati raisi o'rinbosari Sodiq Safoevning Vashingtondagiy yig'ilishda muxolifat demokratiyani mustahkamlash va ekstremizmning o'sishiga qarshi kurashda eng yaxshi vosita sanalishini aytgan edi. Anvar Nazirga ko'ra, bu fikr aslida to'g'ri, biroq populistik maqsad yo'lida yangramoqda.

“Sodiq Safoevning maqsadi Xalqaro maydonga chiqib, O'zbekistonning obro'yini ko'tarish. Uning “demokratik qiyofasi”ni o'zining gaplari bilan reklama qilish. Ko'p gaplari kulgiga sabab bo'ladi. Masalan, bir chiqishida kuch bilan hech narsani hal qilib bo'lmaydi, degan ma'noda gapirdi. Shundan so'ng huddi o'sha Sodiq Safoevning gaplariga zid hukumatning qarori chiqayapti.

Shavkat Mirziyoevning ichki va tashqi muxolifat haqidagi gaplarini oladigan bo'lsak. O'zbekistonda  “Erk” ham “Birlik” ham ichki muxolifat edi boshidan. Ularning tashqi muxolifatga aylanishida davlatning aybi bor. Muhammad Solih ham, Abdurahim Po'latov ham hech kimga kerakmas, deyishadi, lekin nimaga (ulardan) qo'rqishadi, agar o'zlarining kuchiga ishongan bo'lishsa? Agar davlat istasa, nodavlat tashkilotlar va siyosiy partiyalarning ro'yxatga olinishiga nima uchun ruxsat bermayapti?”

Anvar Nazirning fikrlariga ko'ra, bugungi xolatda biror muxolifat partiyasini ro'yxatga olish bilan ham ish bitmasligi mumkin. “Avval ot, keyin arava turadi. Axborot vositalari erkin bo'lishi kerak buning uchun. Xaqiqiy parlament yaratilishi kerak, mustaqil sud bo'lishi kerak. Bu siyosiy islohotlar bilan bog'liq”

Eslatib o'tamiz, muxolifatdagi «Birlik» Xalq harakati va «Erk» Demokratik partiyasi 1989-90-yillarda tashkil topgan bo'lib, O'zbekistonda mustaqillik va demokratiya o'rnatilishini talab qilib chiqishgan edi. Karimov hokimiyat tepasiga kelganidan keyin partiyalarning liderlari qatag'onga uchradi, mamlakatdan qochishga majbur bo'lishdi.

Manba: Eltuz.com 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube