O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mulozimlar: “EOII – O'zbekiston mustaqilligi ostiga qo'yiladigan bomba“.

Mulozimlar: “EOII – O'zbekiston mustaqilligi ostiga qo'yiladigan bomba“.
16 Ocak 2020 - 19:02 'da yuklandi va 1154 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qilish oldidan O'zbekistondagi barcha vazirliklar tayërlagan hisobotlar bilan tanishib chiqqan, degan O'zbekistondagi yirik vazirliklardan birining mulozimi 16 yanvarda.

Hisobotni tayyorlashda bevosita ishtirok etgan mulozimning ismini aytmaslik sharti bilan Ozodlikka bildirishicha¸ prezidentga taqdim qilingan hujjatda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) kirish istiqbollari va oqibatlari haqida ëzilgan.

Bundan tashqari Ozodlikda EOIIga kirish borasida o'zaro hamkorlik qadamlari uzil- kesil ma'qullangani aks etgan Rossiya -O'zbekiston ishchi guruhining uchinchi majlisi protokoli nusxasi bor.

Xizmat doirasida foydalanish uchun degan grifli bu hujjatlardan biri salbiy oqibatlardan ogoh qilsa, yana biri EOIIga kirish masalasida siësiy qaror qabul qilinganini anglatadi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan yuqori martabali mulozimning aytishicha¸ prezidentga taqdim qilingan hisobotlardan birida mamlakat EOIIga kirgan taqdirda milliardlab dollarlik iqtisodiy zarar ko'rishi fakt¸ raqam va diagrammalar bilan ko'rsatib berilgan:

“Biz hisoblab chiqdik. Xomaki va kamaytirilgan hisob-kitobimizga ko'ra, vazirligimiz yiliga yuzlab million dollar zarar ko'radi. Ayni holat bunday hisobotlarni tayyorlagan boshqa vazirliklarga ham xos. Ammo oliy rahbariyat siyosiy qaror qabul qilib bo'lgan. O'zbekiston EOIIga a'zo buladi. Bu O'zbekiston mustaqilligini tom ma'noda xavf ostiga qo'yadigan vaqt bombasiga o'xshaydi“.

Raqamlarda aks etgan oqibat

Mulozim o'zi tayërlashda ishtirok etgan hisobot nusxasini nashr qilmaslik sharti bilan Ozodlik muxbiriga ko'rsatdi.

Rus tilida ëzilgan bu hujjatda O'zbekiston EOIIga kirgan taqdirda olti kategoriya bo'yicha Rossiyaga qaram bo'lishi hisob-kitob va raqamlar bilan keltirilgan.

Hujjatga ko'ra¸ O'zbekiston ittifoqqa a'zo bo'lsa transport¸ tranzit ¸ishlab chiqarish¸ ëqilgi¸ iqtisodiy va siësiy erkinliklardan mahrum bo'lib Rossiyaga to'liq qaram xoliga keladi.

Ozodlikka gapirgan boshqa bir mulozim – O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlovchi va matbuotga gapirish vakiloti bo'lmagani uchun ismi sir qolishini istagan mulozimning Ozodlikka aytishicha¸ bunday hisobotlar ettita yo'nalishga aloqador vazirliklar tomonidan tayërlangan. Bular bojxona-tarif, byudjet, soliq¸ standartlash¸ qishloq xo'jaligi¸ mehnat migratsiyasi¸ energetika va transport soxalarini o'z ichiga oladi.

Bu xisobotlardan birini tayërlagan mulozimning aytishicha, hisobot topshirish muddatlari aniq belgilab berilgan:

– 2019 yilning 16 dekabrida EAESga kirish istiqbollari va oqibatlari haqida har bir soha buyicha hisobot tayyorlash buyurilgan.

Mulozimga ko'ra¸ aksar vazirliklar Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo'lgani ortidan yuzaga keladigan salbiy oqibatlar haqida ëzgan.

Ozodlik nashr qilmayotgan, ammo tanishib chiqqan hujjatlardan birida tibbiët sohasi ko'radigan zarar ko'lami aks etgan.

Hujjatdan anglashilishicha, ittifoqqa a'zo davlat Rossiya va Qozog'istonda ishlab chiqarilgan dori-darmon va tibbiy uskunalarni qimmat narxda sotib olishga majbur bo'ladi.

Chunki EOII Shartnomasining 30- va 31- moddalari Ittifoq hududiga uchinchi mamlakatlardan (ya'ni Ittifoqqa a'zo bo'lmagan mamlakatlardan) dori-darmon import qilish uchun EOII Iqtisodiy komissiyasidan litsenziya va sertifikat olishini talab qiladi.

Ozodlik suhbatlashgan mulozimga ko'ra¸ ittifoqqa a'zo bo'linsa Ukraina¸ Isroil ëki Germaniyadan dori olib kelishi to'xtatiladi:

– Oddiy bintni Ukrainadan arzonga olish imkoni bo'lsa ham, bu bint Rossiyadan qimmat narxga olinadi.

Mulozimga ko'ra¸ bu holatda O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirligi millionlab dollar zarar ko'radi.

Ozodlik tanishgan hujjatlarda keltirilgan dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra¸ O'zbekistondagi o'rta va katta biznes EOII ga a'zo bo'lingan taqdirda katta zarar ko'radi.

«Mamlakatga Rossiya va Qozog'istonda ishlab chiqarilgan qandolat va maishiy texnika vositalari olib kirilishi oqibatida respublikada bu mahsulotlarni ishlab chiqaradigan shirkatlar sinish ehtimoli juda katta» deyiladi hujjatda.

EOIIning yagona tarif siësati oqibatida O'zbekiston temir yo'l sohasida yiliga 130 million AQSh dollar miqdorida zarar ko'rishi hujjatlarda ëzilgan.

Shuningdek, «O'zbekiston temir yullari» o'ziga tegishli har bir sostav uchun EOIIdan muvofiqlik sertifikati olish uchun 70000-10000 AQSh dollari to'lashi lozim bo'ladi.

“O'zbekiston temir yo'llari”da EOII talabiga ko'ra o'rnatilishi shart bo'lgan 467 komplekt muvozanatlovchi qurilma o'rnatish eng kamida 258 mlrd. so'mga tushishi hujjatda aks etgan.

Ozodlik tanishgan hujjatlarda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, qurilayotgan yo'llarni va boshqa kommunikatsiyalarni sertifikatsiyalash huquqi faqat EOIIga oid bo'lishi aytiladi.

Ozodlik suhbatlashgan har ikkala mulozim EOIIga a'zo bo'lish G'arbning Rossiyaga qarshi qo'llayotgan iqtisodiy jazo choralarini O'zbekiston ham teng taqsimda o'z zimmasiga olishi borasida prezident ogohlantirilganini ta'kidladi.

O'zbekistonning EOIIga a'zo bo'lish masalalari ko'rilgan so'zlashuvdan xabardor uchinchi mulozim Ozodlik tanishgan hujjatlar mavjudligini tasdiqladi.

Logistika va tranzit sohalari bo'yicha ish olib boradigan bu mulozim EOIIga a'zo bo'lish siësiy jihatdan O'zbekistonga umuman kerak emasligi va iqtisodiy jihatdan noteng sheriklik ekanini aytdi::

– Umuman erga kirib ketamiz. Birinchidan O'zbekiston avtosanoati o'ladi. O'zbekistonning mashinasi bo'lmaydi. Temir yo'lda yuk va yo'lovchi tashish tariflari tushib ketib, bu sohaning vayron bo'lishiga sabab bo'ladi. “O'zbekiston temir yo'llari” oëq tirab qarshi turibdi. Ular eski tariflarda ishlab jahon banklaridan olingan kreditlarni ëpish uchun 8 yil muhlat so'rashdi. Rossiya tarafi bunga rozi emas. Transport logistika sohasini bilgan va umuman iqtisod past-balandidan habardor odam sifatida bu ittifoq umuman O'zbekistonga kerak emas deb aytaman.

Mulozimning aytishicha¸ prezidentga taqdim qilingan hisob-kitoblar “EOIIga kirish bilan bog'liq harajatlarni undirish” uchun tayërlangan.

Masala hal bo'lganmi?

Iqtisodchi Behzod Hoshimov 2019 yilning dekabrida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O'zbekiston 2020 yilda Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shilishini ma'lum qilgani haqida o'z Telegram-kanalida yozgan edi.

“Bugun Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VShE) talabalari bilan bo'lgan uchrashuvda O'zbekiston Evroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirishini tasdiqladi. Boshqa juda ishonchli manbalarga ko'ra, O'zbekiston Evroosiyo ittifoqiga kirishi 2020 yilning kuzida, Toshkentdagi MDH davlatlari sammitida e'lon qilinar ekan», deb yozgan edi Behzod Hoshimov o'z kanalida.

Iqtisodchi bergan bu xabar hozircha biror rasmiy manba tomonidan tasdiqlangani yo'q.

2019 yilning oktyabri boshida Oliy Majlis Senati raisi birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev rasmiy Toshkent EOIIga qo'shilish ehtimolini ko'rib chiqayotgani, yakuniy qarorga hali kelinmaganini aytgandi.

2019 yilning oktyabri boshida O'zbekistonda bo'lgan Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko prezident Shavkat Mirziyoev bilan muzokaralar chog'ida O'zbekistonning EOIIga qo'shilishi “mavzusiga bir necha marotaba qaytganliklari”ni aytgan edi.

O'shanda Rossiyadagi ayrim xabar agentliklari Matvienkoning “Mirziyoev qaror qabul qildi, O'zbekiston hukumati EOII qo'shilish masalasini ishlab chiqmoqda”, degan so'zlarini keltirgandi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Uzbek ;

    Mirzieev aklini eganmi ? Nima kilayapti Xalkdan suramasdan uzi oilasi bilan Rossiyaga borib yashasin juda xoxlaetgan bulsa ..Ajdodlarimiz kutgan 100 yillik mustakillikdan voz kechib Uzbekni buyniga yana buyinturuk ilmasdan Bu butun millatni Sotish bu Sotkinlik..

    18/01/2020 13:40
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube