O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bir sharafsiz…

Bir sharafsiz…
17 Ocak 2020 - 19:46 'da yuklandi va 2225 marta o'qildi.

BIR ShARAFSIZ…

Xitoy hukumati inson huquqlarida o'zi uchun ekzistentsial tahdidni ko'radi. Uning shu munosabat bilan qilayotgan sa'y-harakatlari esa global ko'lamda inson huquqlari uchun ekzistentsial tahdid bo'lib qolmoqda.

Bu haqda «H'yuman rayts uotch» (HRW) tashkilotining 14 yanvar' kuni taqdim etilgan yillik hisobotida aytib o'tilgan.

Unda yozilishicha, Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy liberallashuvga yo'l ochib bersa, hokimiyatga monopollik maqomini bosh berishidan cho'chib, «ruxsat berilmagan» har qanday tanqidni aniqlash va oldini olish maqsadida mamlakatda total davlat elektron nazoratining o'ta zamonaviy tarmog'ini va internet tsenzuraning nozik tizimini shakllantirgan.

Hisobotda Xitoydagi turkiy mamlakatlar, xususan, uyg'urlarning huquqlari buzilishi masalasida keng o'rin berilgan.

«Bugungi Xitoyda davlat bir vaqtning o'zida million nafar uyg'urni majburiy siyosiy qayta tarbiyalashga jo'natadi va qatag'onlarga qarshi chiqishga jur'at etgan har bir kimsani jazolaydi», deyiladi hujjatda.

Unda ta'kidlanishicha, 13 million musulmon (uyg'ur, qozoq va boshqa turkiy millatlar) yashaydigan Shinjonda aholi ustidan elektron kuzatuvning shu paytgacha misli ko'rilgan mash'um tizimi sinovdan o'tkazilgan.

Shinjonga markaziy hukumat tomonidan safarbar etilgan yuz minglab amaldor va partiya faollari o'zlariga biriktirilgan musulmon oilalarni muntazam nazorat qilib boradi.

Ularning XKPga «etarli daraja»da sadoqat ko'rsatmasligi aniqlanganda, darhol tegishli joylarga xabar etkaziladi.

Xitoy hukumati, hisobotda ko'rsatilishicha, butun Shinjonda raqamli kameralar o'rnatib, hududning musulmon aholisiga oid turli manbalardan olingan barcha ma'lumotlarni to'plashni amalga oshirmoqda.

«Olingan elektron ma'lumotlar asosida «qayta tarbiyalash»ning maqsadga muvofiqligi bo'yicha qaror qabul qilinadi.

So'nggi o'n yil davomida dunyo Shinjondagidek keng ko'lamdagi lagerlar tizimiga guvoh bo'lmagan. Bu lagerlarga qariyb million nafar musulmon noma'lum muddatga «siyosiy qayta tarbiyalash»ga jo'natilgan», deyiladi HRW hujjatida.

Buning oqibatida paydo bo'lgan «etimlar»ni mafkuraviy tarbiyalashga xizmat qiladigan bolalar uylari va maktab-internetlar tashkil etilgan.

«Ko'rinishidan, maksimum vazifa musulmonlarni diniy va etnik o'ziga xoslik hamda erkin siyosiy pozitsiyadan butunlay mahrum etishdir”, deyiladi hisobotda.

HRW Xitoydagi kabi davlatning aholini total kuzatuvi boshqa davlatlarni ham shunday yo'l tutishga ilhomlantirishidan tashvish bildirgan.

Xususan, Xitoyning bu tajribasi Qirg'iziston, Filippin, Zimbabveda qiziqish uyg'otayotganiga e'tibor qaratilgan.

Yuqoridagilarga qaramay, hujjatda aytilishicha, Xitoy dunyo hamjamiyatidan chetlatilgan davlatlar sirasiga kirmaydi. Aksincha, uning xalqaro hamkorlari juda ko'p, Xitoy rahbari esa hamma erda eng oliy darajada kutib olinadi.

Avtokrat rejimda qudratli resurslar mavjudligi oddiy xitoyliklarga davlatni boshqarishga birorta imkoniyat qoldirmaydi.

Shunday mudhish siyosat yuritayotgan Xitoyning ittifoqchilari ham talaygina.

Adolat haqqi-hurmati aytish kerakki, 2019 yil iyulda BMT inson huquqlari qo'mitasida ilk bor 25 davlat Xitoyning Shinjonda yuritayotgan siyosatidan xavotir bildirgan edi.

Eng qizig'i, qo'mitada mavjud tartibga ko'ra, birorta davlat qo'shma bayonotni o'qib berishga tayyorligini ko'rsatmadi.

Xalqaro maydondagi demarshlardan so'ng Xitoyning «Shinjondagi terrorizm va radikallashuvga qarshi kurashish choralari himoyasi»ga bag'ishlab tayyorlagan hujjatini 54 ta davlat imzoladi.

Bu davlatlar orasida inson huquqlarini buzishi bilan tanilgan Rossiya, Suriya, KXDR, M'yanma, Belarus', Venesuela va Saudiya Arabistoni kabilar bor edi.

57 ta davlatni birlashtirgan Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) Shinjondagi musulmonlar himoyasiga turishi kerakdek aslida. Ular M'yanmadagi roxin'ya musulmonlari qirg'ini vaqtida shunday birdamlik ko'rsatgan edi.

“Ammo Shinjon masalasida ular musulmon fuqarolarga g'amxo'rlik qilayotgani uchun Xitoyga minnatdorlik bildirdi”, deyiladi HRW hisobotida.

“Eltuz” tahririyatidan: Xitoy targ'iboti ta'siri mazkur mamlakatga safari uyushtirilgan o'zbek targ'ibotchi jurnalistlarini ham chetlab o'tmadi. 2019 yil avgustda “Sin'xua yangiliklari” nashri taniqli o'zbek publitsisti, O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi rahbari Muhammadjon Obidov Xitoy tomonining taklifiga ko'ra Shinjonga safar qilgani haqida yozdi.

Xitoyning iqtisodiy yutuqlariga oid balandparvoz taassurotlari bilan o'rtoqlashgan Muhammadjon Obidovning bildirishicha, “jahon hamjamiyati G'arb OAVlarining bu masalaga (uyg'urlarning millat sifatida yo'q qilinishi – tahririyatdan) bir tomonlama, yumshoqroq aytganda, noxolis yondashuvga asoslangan xulosalariga uchmasligi kerak.

«Tinchlik bor joyda taraqqiyot bor. Bu Xitoyning tinchlikni saqlash maqsadidagi tanlovidir», deb yozdi o'zbek jurnalisti hamda shu orqali til va madaniyat jihatdan o'zbek xalqiga eng yaqin bo'lgan uyg'ur millatiga qarshi Xitoyning ommaviy qatag'onlarini qo'llab-quvvatladi.

Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Uzbek ;

    Sharmandali sharafsiz elkasi yuk sotkin.

    18/01/2020 13:30
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube