O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston hamon yakkahokim rejim bo'lib qolmoqda, DXX vakolati keng – Human Rights Watch

O'zbekiston hamon yakkahokim rejim bo'lib qolmoqda, DXX vakolati keng – Human Rights Watch
18 Ocak 2020 - 21:15 'da yuklandi va 1227 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, Inson huquqlarini himoya qiluvchi nufuzli Human Rights Watch tashkilotining 2019 yil bo'yicha chiqargan hisobotiga ko'ra, Shavkat Mirziyoev inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni yaxshilash yo'lida uch yil ichida qator aniq choralarni ko'rdi, ammo siyosiy mahkumlar taqdiri, sudlardagi noqonuniy amallar, matbuot erkinligi, mulk daxlsizligi va qator boshqa sohalarda ahvol salbiyligicha qolmoqda.

«Ayni damda mamlakatda avtoritar (yakkahukmron) rejim saqlanib qolmoqda. Turmalarda minglab odamlar, asosan tinch e'tiqodlilar, adolatsiz ravishda qolishyapti. Davlat xavfsizligi idoralari hukumat tanqidchilarini ushlash bo'yicha keng vakolatlarni saqlab qolishyapti, mamlakatda hali ham haqiqiy siyosiy plyuralizm yo'q», deyiladi hisobotda.

Human Rights Watch yozishicha, 2016 yil sentyabridan beri siyosiy ayblar bilan qamalgan 50 kishi, xususan inson huquqlari faollari, jurnalistlar va muxolifat faollari ozod qilingan, hamda hukumat 2017 yil oxiridan beri 20 mingdan oshiq fuqaro dindorlarning “qora ro'yxat”idan chiqarilganini aytgan.

«Mahkumlarning ozod etilishi islohotlarga umid qilishga zamin yaratgandi, ammo hukumat hali ham bu odamlarning yuridik jihatdan oqlanishi, xususan adolatsiz hukmlarning bekor etilishi va zarur tibbiy muolaja olishiga imkoniyat yaratmagan. Bu o'ta muhim, chunki ko'plab sobiq mahkumlarning sog'lig'i jiddiy shikast ko'rgan”, deydi tashkilot.

Undan tashqari, hisobotga ko'ra, ekstremistik va boshqa siyosiy ayblovlarda ayblangan yana ming odam panjara ortida qolyapti. Ular orasida Akrom Malikov va Rustam Abdumannopov kabi olimlar, kinorejisser Mirsobir Hamidqoriev, fermer Aramais Avakyan, jurnalist Vladimir Kaloshin, diniy faol Ruhiddin Faxriddinov, harbiylar Ravshan Qosimov, Viktor Shin, Alisher Ochildievlar bor.

Human Rights Watch’ga ko'ra, Adliya vazirligi 2018-2019 yillarda nohukumat tashkilotlarni ro'yxatga olishni osonlashtirish va ularning faoliyati ustidan nazoratni susaytirishni e'lon qilgan, ammo bu sezilmagan.

“Adliya vazirligi hali bironta yangi inson huquqlari tashkilotini ro'yxatdan o'tkazmadi va A'zam Farmonov, A'zam Turg'unov va Dilmurod Saidovlarning “Adolatni qaror toptirish” nohukumat tashkiloti arizasi uch marta rad qilingan. Bu tashkilot jinoiy sud protsesslarini isloh qilish va adolatsiz hukm qilinganlarni oqlash ishlari bilan shug'ullanishi maqsad qilishi ko'zlangan”, deyiladi hisobotda.

Ayni damda, Human Rights Watch o'zining ham hamon O'zbekistonda ro'yxatdan o'tkazilmaganini eslatadi. Tashkilot 2017 yil avgustidan beri O'zbekistonga safar qilish va mustaqil ravishda surishtiruvlar o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritgan, ammo Oliy sudning 2011 yilda chiqargan qarori hali ham kuchda qolmoqda va Human Rights Watch ro'yxatdan o'ta olmayapti.

Tashkilot yozishicha, 2019 yilda O'zbekistonda shahar va tumanlarning me'moriy qiyofasini yaxshilash doirasida uylarning yoppasiga shoshilinch tarzda buzilishi ortidan jamoatchilik noroziligi oshgani kuzatilgan.

«Inson huquqlari bo'yicha xalqaro qonunlar talab qiladiki, jismoniy shaxslarning ko'chmas mulkining olib qo'yilishi yoki sotib olinishi ma'lum jarayonlar va munosib badal pulining to'lanishi bilan amalga oshirilishi kerak. Ko'chmas mulk zinhor-bazinhor o'zboshimchalik bilan olib qo'yilmasligi va uning egalariga asossiz bosim qilinmasligi kerak”, deydi hisobot.

Human Rights Watch hukumatning ba'zi amallari mulk egalarining keskin choralarga qo'l urishlariga sabab bo'lganini aytadi va o'tgan iyul' oyida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanida mulk egasi tomonidan hokim muovinining yoqib yuborilishi, hamda Xorazm viloyatining Urganch shahrida yo'lni to'sib olgan mulk egalarini militsiya va Milliy Gvardiya tomonidan tarqatishga urinishlar befoyda bo'lganini sanab o'tadi.

Hisobotda, shuningdek, majburiy mehnat va jinsiy ozchiliklar huquqlari sohasidagi ahvol qoralangan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube