O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

«Erk» bir chamalab ko'rdi

«Erk» bir chamalab ko'rdi
19 Ocak 2020 - 10:52 'da yuklandi va 1660 marta o'qildi.

O'zbekistonning birinchi muxolifatdagi partiyasi faollari Adliya vaziri bilan nimalar to'g'risida suhbatlashgani to'g'risida

O'zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 10 yanvar' kuni mamlakatda birinchi bo'lib ro'yxatdan o'tgan yagona muxolifatdagi «Erk» partiyasi faollarini qabul qildi va uchrashuvda mazkur siyosiy partiya guvohnomasi «o'z kuchini yo'qotgani»ni ta'kidladi. Bu — hozirda birorta ham muholifatchi siyosiy partiyaning yo'qligini anglatadi, garchi o'tgan yil dekabr' oyida prezident Shavkat Mirziyoev muxolifatdagi partiyalar faoliyat yuritishi mumkinligi, faqat ular mamlakat ichidan etishib chiqishi kerakligini ta'kidlagan bo'lsada.

Darhaqiqat, «Erk» bunday talablarga javob beradi: partiya 1990 yili O'zbekistonda tashkil topgan, 1991 yili rasman ro'yxatdan o'tgan. Ushbu omil prezident saylovida partiya nomidan nomzodning ishtirok etishiga imkon bergan. «Erk» partiyasining raisi Muhammad Solih u paytlar Islom Karimovga nisbatan raqib nomzod bo'lgan, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra saylovda 12,4 foiz ovoz olgan. Keyinchalik Solih hukumat o'tkazgan bosim va tayziqlar tufayli mamlakatni tark etishga majbur bo'ladi, partiya ro'yxatdan o'chiriladi va uning a'zolari nolegal faoliyat yuritishga majbur bo'ladilar.

Adliya vaziri bilan bo'lgan uchrashuv tafsilotlarini partiyaning Bosh kotibi Otanazar Oripov «Farg'ona»ga gapirib berdi.

— Adliya vaziri bilan uchrashishga qanday erishingiz?

— Bu kutilmaganda oson kechdi: ikki kun oldin vazir qabuliga yozildik va u bizni qabul qildi. U har haftaning juma kuni soat uchdan beshgacha odamlarni qabul qiladi. Suhbat deyarli bir soatga cho'zildi.

— Uchrashuvga qanday maqsadlar bilan bordingiz, nimalarga erishmoqchi bo'ldingiz?

— Asosiy maqsad — partiyamiz legitimligini asoslovchi guvohnomani yangilash uchun ariza topshirish edi. Mavjud guvohnoma 1991 yili 3 sentyabrda Adliya vazirligi tomonidan berilgan va o'sha paytdagi vazir Bobur Malikov tomonidan imzolangan edi. Aytish lozim, u hozir AQShda istiqomat qiladi. Arizada partiyamizning qonuniyligini asoslovchi yangi hujjat berilishi so'ralgan.

— Nega endi aynan hozir partiyangiz tan olinishiga erishmoqchisiz?

— Respublika siyosiy hayotida ishtirok etish va keyinchalik prezident saylovida qatnashish (rejadagi keyingi saylovlar 2021 yil dekabrda bo'lib o'tishi lozim. — «Farg'ona» izohi), va biz uchun muhim bo'lgan narsa — partiya raisi Muhammad Solihning Vatanga qaytishini maqsad qilganmiz.

— U O'zbekistonga qaytmoqchimi?

— Albatta. Lekin Vatanga qaytishi uchun avvalo uni reabilitatsiya qilish lozim. Daxlsizlik kafolatisiz, turgan gap u qaytmaydi.

— Adliya vazirligiga tashrifingiz Solih tomonidan uyushtirilgan, shunday desak bo'ladimi?

— Ha, aynan u Adliya vazirligiga borishimizni taklif qildi. Ariza matnini ham birgalikda yozdik. Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomovning «Erk» va «Birlik» mamlakatga qaytishi, saylovlarda ishtirok etishi mumkinligi va buning uchun hech qanday to'siq yo'qligini aytgandan so'ng bunga harakat qildik. Keyin, prezident ham shunga o'xshash gaplarni aytgandi.

— U mamlakat ichkarisidagi muxolifat haqida so'z yuritgandi. Turkiyada etakchisi yashayotgan tashqi muxolifatni nazarda tutmagan bo'lishi kerak.

— Avvalgi prezident Islom Karimovning raqibi aynan Solih edi. Hozirgacha uning O'zbekistonga qaytganidan so'ng xavfsiz yashashiga ishonch yo'q.

— Deyarli bir soat davomida vazir bilan nimalar haqida suhbatlashdingiz?

— U O'zbekistonda endi «Erk» partiyasi yo'qligini bizlarga uqtirishga harakat qildi.

— Buni nima bilan asosladi?

Muhammad Solih . «Farg'ona» fotosurati

Dastlab hech narsa bilan va biz buni Islom Karimovcha yondoshuv ekanini tushundik. Biz vazirdan partiyamiz nima uchun yo'q qilingani, guvohnomamizni bekor qilishga doir birorta qaror bor-yo'qligini so'radik. Zero, buning uchun Konstitutsiya bo'yicha Oliy sudning qarori bo'lishi kerak. U shunday dedi: «Oradan qancha vaqt o'tdi, partiya raisi, uning jinoyatlari to'g'risida qancha gaplar bo'lgan». Darhaqiqat, Muhammad Solihni 1999 yil fevralgi portlashuvlarni tashkillashtirganlikda ayblab sirtdan sudlashgan.

Biz bu faktning isbotlanmagani aytib, qarshilik qildik. Lekin, Solih hayotiga bir necha marta suiqasd uyushtirilgani sir emas.

Keyin Ruslanbek Davletov partiyamiz 1993 yili qayta ro'yxatdan o'tmaganini aytdi. Rostdan ham biz u payt qayta ro'yxatdan o'tish uchun ariza bermaganmiz. Buning o'rniga Konstitutsiyaviy sudga ariza berib, unda Vazirlar Mahkamasining partiyalarni qayta ro'yxatdan o'tkazish qarori Konstitutsiyaga qarshi ekani bois uni bekor qilinishini so'raganmiz.

— 1993 yili nimaga asoslanib shunday qaror qabul qilingandi?

— O'shanda respublikadagi barcha uyushmalarni qayta ro'yxatdan o'tkazish farmoyishi chiqqan. Bularning barchasi «Erk»dan qutulishga bo'lgan urinishlar edi. Bizlar buni tushungan holda, qayta ro'yxatdan o'tishga oid arizani bermadik.

— Nega endi qarorni Konstitutsiyaga qarshi, deb hisoblaysiz?

— Chunki, bunday aralashuv Konstitutsiyada ham, boshqa qonunlarda ham ko'rsatilmagan. Bu bilan barcha hujjatlarni qaytadan rasmiylashtirishimizga to'g'ri kelardi va bizlarga yo'l berishmaydi, degan xavotir yo'q emasdi.

— Konstitutsiyaviy sud qanday munosabat bildirdi?

—Undan hech qanday javob ololmadik. Bu galgi uchrashuvimizda Adliya vaziri Vazirlar Mahkamasining mazkur farmoyishini bekor qiluvchi birorta qaror qabul qilinmaganini aytdi.

Shunda biz “Erk”ning legitimligini tan olmaslik vazirning shaxsiy pozitsiyasi emas, yuqoridan berilgan buyruq ekanini tushundik.

— Yana nimalar to'g'risida gaplashdingiz?

— Amaldagi mavjud partiyalar to'g'risida. Men ularning birortasida siyosiy g'oyalar yo'qligi bois, siyosatdan yiroq ekanini aytdim. Masalan, O'zbekistonning eng muhim muammolaridan biri — ishsizlik, gastarbayterlar. Gastarbayterlikdan qutulish g'oyasini qaysi partiya ilgari suryapti? Aslida, barcha partiyalar hokimiyatga intiladi, chunki, hokimiyat xalqdan tortib olingan resurslar ustidan hukmronlik qilish vakolatiga ega. Bunga qarshi vazir hech narsa demadi. Arizamizga rasman javob berish jarayonida uning muammolarga bo'lgan munosabati o'zgaradi, o'z yondoshuvi bo'ladi, deb o'ylayman.

Vazir — madaniyatli inson, uchta oliy ma'lumotga ega.

— Uning yuqori hokimiyatdan ayri holda o'z yondashuvi bo'lishi mumkinmi?

— Shuning uchun suhbat yakunida undan avvallari partiyamizga nisbatan adolatsiz munosabatlar bo'lganligini o'z rahbariyatiga tushuntirishini so'radim. Siz haqiqat qaror topishi uchun kurashingiz kerak, dedim. Ha, biz adolat uchun kurashamiz, dedi.

— Mehnat migratsiyasini tilga oldingiz. Bu masala partiyangiz dasturida aks etganmi?

«Erk» partiyasi a'zolari Adliya vazirligi binosi oldida. Ozodlik.org sayti fotosurati

— Ha, er muammosi qatori aks etgan. Konstitutsiyaning 55-moddasini bekor qilish (« Er, er osti boĭliklari, suv, ŭsimlik va haĭvonot dunësi hamda boshqa tabiiĭ zaxiralar umummilliĭ boĭlikdir, ulardan oqilona foĭdalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir») va unga xususiy mulk to'g'risida tushuncha kiritish kerak, deb o'ylayman.

Hozirgi kunda O'zbekiston resurslari va tabiiy boyliklarini aholining besh foizigina boshqarmoqda. Barcha boyliklar — ularning qo'l ostida. Bunday holat albatta o'g'irlikka yo'l ochadi. Shuning uchun men bu hokimyatni kleptokratiya («o'g'rilikka moyillar» hokimiyati) deb atayman. Karimov aytgandi, hozirgi prezident ham hokimiyat xalqni boqishi kerakligi to'g'risida gapiradi. Bu to'g'rimi? Aslida boylik xalqqa tegishli bo'lishi kerak. Amalda esa u xalqdan tortib olingan.

— 25 yil ichida partiyangiz nimalar bilan shug'ullandi?

— Bu davr mobaynida bizlar besh martagina s'ezd o'tkazoldik, oxirgisi 2003 yili bo'lib o'tdi.

— Bundan chiqdiki, hukumat s'ezdlar o'tkazishingizga imkon bergan ekanda?

— Imkon berdi, lekin bor vositalarni ishga solib bizlarni bo'lib tashlamoqchi bo'ldi. U Muhammad Solihni rahbarlikdan chetlatish uchun o'z odamlarini tayyorlab, safimizga kiritdi. Biroq, bu ishning uddasidan chiqolmadi.

Hozirda tashkiliy ishlar olib borilmayapti. Biz, jumladan, Adliya vaziridan s'ezd o'tkazishimizga imkon berishini so'radik. Agar raislik yoki Bosh kotiblikka o'z nomzodingiz bo'lsa, mayli, kimni saylashni s'ezd hal qilsin, dedik. Bu savolga u javob bermadi.

— «Birlik» partiyasi bilan aloqangiz bormi?

— Partiya a'zolari bilan munosabatda bo'lamiz, lekin AQShda yashayotgan uning raisi Abdurahim Po'latov bilan aloqalarimiz unchalik yaxshi emas.

— Demak, partiyalaringiz bir-biriga nisbatan muxolifatda ekanda, shundaymi?

— Deyarli shunday. Po'latov va Solih birga ishlolmaydilar.

— «Birlik» O'zbekistonda ro'yxatdan o'tmoqchimi?

— O'tmoqchi, lekin qanday yo'l bilan, buni bilmayman.

— Adliya vazirligiga tashrifdan so'ng partiyangizning rejalari qanday?

— Reglament bo'yicha arizamizni bir oy muddat ichida ko'rib chiqib, javob berishlari kerak. Javobga qarab keyingi harakatlarimizni belgilaymiz.

Sid Yanishev

Manba: fergana.news

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube