O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bloger Shabnam: M. Solihga qarshi ko'rsatma olish uchun yalang'och qilib qiynashdi!

Bloger Shabnam: M. Solihga qarshi ko'rsatma olish uchun yalang'och qilib qiynashdi!
20 Ocak 2020 - 16:37 'da yuklandi va 1852 marta o'qildi.

O'tgan oy ruhiy kasalxonadan chiqarilgan Nafosat (Shabnam) Olloshukurova 18 yanvar' kuni O'zbekistondan chiqib ketdi.

Olloshukurova o'zini qayta ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo'rqib vatanni tark etish va xorij davlatidan qochqinlik so'rashga qaror qilgan.

Shabnam Ozodlik bilan suhbatda Xorazmdagi qamoqxonada payti xorijdagi muxolifat etakchilaridan biri Muhammad Solihga qarshi ko'rsatma olish maqsadida o'zini qiynashganini iddao qildi. Ozodlik bilan suhbatda bloger xususan¸ o'zini qip-yalang'och qilib, echintirib, sochidan sudrab urishganini hikoya qildi.

Hozircha Shabnam Olloshukurova iddaolari bo'yicha huquq-tartibot idoralaridan izoh olish imkoni bo'lmadi.

“Yana ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo'rqdim”

Shabnam Olloshukurova Ozodlik bilan 20 yanvar' kungi suhbat chog'ida o'zini yana ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo'rqib, O'zbekistonni tark etganini aytdi:

– Meni uch marta ruhshunoslar so'rab keldi. Uyda bo'lmaganim uchun ular meni olib keta olishmadi. Ular “sog'ligini tekshirmoqchimiz”, degan bahona bilan kelishdi. Lekin kechki soat 6 da kelishadimi, sog'ligimni tekshirish uchun? Men qo'rqqanim uchun O'zbekistondan chiqib ketdim.

“Yalang'och qilib, echintirib, sochimdan sudrashdi” Shabnam Olloshukurova Ozodlik bilan suhbatda o'z qo'rquviga asos bo'lgan voqealar¸ xususan¸ shu paytgacha sir saqlab kelgan Xorazm IIBsi hibsxonasida qo'llanilgan qiynoqlar haqida gapirdi.

– Mahmud Rajabning ko'chaga chiqishida Muhammad Solih va Do'stnazar Xudoynazarlarning qo'li borligi, ular yurtda to'ntarish qilishmoqchi bo'lishayotgani to'g'risida ko'rsatma berishimni so'rashdi. Men ularga bunga Muhammad Solihning aloqasi yo'q, qanday bunday ko'rsatma beraman¸ dedim.

Ular “Biz senga qanday ko'rsatma berishni o'zimiz aytamiz” deyishdi. Rozi bo'lmaganim uchun menga nisbatan kuch qo'llashdi. Birinchi kuni baqirib, qo'rqitib, tahdid qilishdi. “Butilka tiqaman”¸ deyishdi.

Ikkinchi sutkada avvaliga kaltaklashdi. Sochimdan sudrab, qornimga urishdi. Uchinchi sutkada echintirishdi. Hammasi erkaklar edi. Muhammad Solihga qarshi ko'rsatma berishimni talab qilishdi. Men rozi bo'lmadim. Keyin ruhiy kasalxonaga tashlashdi.

“Qiynoqlarni oshkor qilsam, haqiqiy jinni qilib qo'yishlarini aytishdi”

Shabnamning aytishicha, undan qamoqxonadagi qiynoqlarni oshkor qilmaslik talab qilingan:

– Birinchidan¸ blogerlik faoliyatimni butunlay to'xtatishimni talab qilishdi. Ikkinchidan, qamoqxonada bo'lgan gaplarni oshkor qilsam, meni haqiqatdan jinni qilib qo'yishlarini aytishdi. Bu gaplarni O'zbekiston ichkarisida aytishga qo'rqqandim.

Manba: “Ozodlik” radiosi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Ko'pchilik qatori men ham Nafosat(Shabnam)ning sarguzashtlarini kuzatib borayapman. To'g'risini aytsam, avvallari men Shabnam to'g'risida: “Zayniddin Asqarovga o'xshagan va o'zidan qahramon yasamoqchi bo'layotgan imonsiz nusxa bo'lsa kerak”, degan fikr bor edi.
    Vtanni, shirin-shakar qizchalarini tark qilganidan keyin u haqda surishtirdim.
    Nafosatning otasini ozroq taniyman, ularning uyi bizning uyimizdan birnecha yuz metr nariroqda, 105 deb nomlanadigan mahallada edi. Ya'ni biz uzog'roq qo'shni yashardik. Men Xorazmni tark qilgan paytda Shabnam 10-15 yoshli qizaloq bo'lgan.
    Bog'otdagi men surishtirgan odamlarning aytishiga qaraganda, Nafosatning o'ziyam, ota-onasi ham yomon odamlar emas.
    I.Karimovning iborasi bilan aytganda, engil va lazzatli hayot ishqida ketdi, deb bo'lmaydi Nafosatni. Harqanday lazzatli hayot, hatto Vatan ham shirin-shakar farzandlar diydoriga teng kelaolmaydi. Buni farzandi borlar, ayniqsa onalar yaxshi bilishadi.

    26/01/2020 19:40
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube