O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonlik bloger Shabnam Olloshukurova: O'zbekistondan ketmasam, o'ldirishardi

O'zbekistonlik bloger Shabnam Olloshukurova: O'zbekistondan ketmasam, o'ldirishardi
22 Ocak 2020 - 1:44 'da yuklandi va 1414 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, O'zbekistonlik bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova o'lim tahdidlari ostida vatanni tark etganini aytgan.

Bu borada bloger Facebook ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qilgan.

Uning Bi-bi-si O'zbek Xizmati bilan suhbatda ta'kidlashicha, agar jim yurmasa, amaldorlar uni o'ldirish bilan tahdid qilishgan.

Tanqidiy chiqishlari ortidan oldin ma'muriy qamoq jazosiga hukm qilingan va ruhiy kasalxonaga majburan yotqizilgan ikki go'dakning onasi hatto o'z bolalarini ham olib ketolmaganini aytadi.

Shabnam Olloshukurova hozir qaerda va unga qarshi aynan qanday tahdidlar qilingan degan savollar bilan qiziqdik:

Xorazmlik blogerga nisbatan qo'llanilgan jazo choralari aynan O'zbekiston o'zgarayotganini aytayotgan pallaga to'g'ri kelmoqda.

Shavkat Mirziyoev prezident bo'lishi bilan mamlakatni butunlay isloh qilishini aytgan va so'z erkinligi ham bo'g'ilmasligini ta'kidlagandi.

Darhaqiqat, O'zbekistondagi qator vebsahifalar va blogerlar mamlakatdagi muammolar haqida gapira boshlashgan.

Xususan, ishsizlik, chetda ishlaayotgan migrantlar, mardikor ayollar, ta'lim va tibbiyotdagi abgor ahvol, o'rta bo'g'indagi korruptsiya, mamlakat va xalqqa zarar etkazayotgan qonunlar haqida yozilmoqda.

Ammo Shabnam Olloshukurova bilan kechgan so'nggi voqealar esa aytilayotgan islohotlarni barcha amaldorlar ham birdek quvvatlayotganini savol ostiga tashlashi mumkin.

Mirziyoev O'zbekistonidan ketayotganlar

Prezident Mirziyoev 2016 yildan beri diniy va siyosiy erkinliklar ta'minlanishini va keng ko'lamda iqtisodiy islohotlar olib borilishini aytib keladi.

Ayn paytda, diniy mavzularda yozadigan qator bloger va faollar huquq tartibot idoralariga chaqirilgan va ba'zilari ma'muriy qamoq jazolariga ham hukm etilgandi.

2018 yil oxirida esa hijobni himoya qilgan imom Fazliddin Parpiev O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lganini aytgandi.

Shunisi ham borki, Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelishi bilan uzoq yillar davomida O'zbekistonga qaytolmagan, qidiruvda bo'lgan va yoki shunchaki kelishdan qo'rqib yurgan o'zbekistonliklarning ham vatanga yo'llari qayta ochildi.

Biroq ayrim muxolifat vakillari va hukumat tanqidchilari hano'z O'zbekistonga kela olishmaydi.

Prezident Mirziyoev muxolifatga yo'l berilishini, ammo chetdan keladigan muxolifatga yo'l yo'qligini urg'ulagan.

Shavkat Mirziyoev O'zbekistonni dunyoga ochish va qo'shnilar bilan aloqalarni musthamkamlashga katta e'tibor beradi.

Haqiqatan ham Ovir yoki chetga chiqish vizasi bekor qilindi, qo'shnilar va o'nlab davlatlar bilan vizasiz tizim joriy etildi, valyuta konvertatsiyasi boshlandi va majburiy mehnatga chek qo'yish yo'lida keskin qadamlar qo'yilishi aytildi.

Britaniyadagi The Economist nashri esa O'zbekistonni hatto “2019 yil mamlakati” deb e'tirof etdi.

Biroq tanqidchilarga ko'ra, mamlakatda Sovet Ittifoqidan hamda Islom Karimov davridan meros qolgan shafqatsiz boshqaruv usullari, qiynoqlar va fuqarolarning konstituitson huquqlari buzilishiga hamon to'liq chek qo'yilgani yo'q.

Ko'pchilik kuzatuvchilar iqtisodiy islohotlar monopolistlarga xizmat qilayotgani, mulk daxlsziligi buzilayotgani, korruptsiyaga qarshi kurash samarali bo'lmayotgani, sud mustaqilligi savol ostida qolayotgani va ijroiya hokimiyat (hokimliklar) ish usulida feodalcha unsurlar saqlanib qolgani haqida ham aytadilar.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube