O’zbekiston Xalq Harakati

Bir uyum tuproq

Bir uyum tuproq
23 Ocak 2020 - 17:29 'da yuklandi va 3043 marta o'qildi.

BIR UYuM TUPROQ

Maqola tayyor, lekin uni komp'yuterda terib chiqishga yo'tal va isitma halal berayapti. Irodamni to'plab,yozishga boshladim. Yunusobodda, bugun erta bilan taxminan soat 7:00larda issiq suv berilishi to'xtab qolgan. Mana, soat 15:00 ham bo'ldi-ki, xabar yo'q. Avariya emish, ko'lamini bilmayman, TChSJ raisimiz aytishicha, tez bitadigan ish emas ekan, lekin odamlar ishlashyapti emish. Ularga omad va quvvat tilagan holda, Feysbukdosh do'stlarga kichkinagina bir ish haqida gapirib berishga qaror qildim, bugungi avariyaga bevosita aloqasi bor. O'zi kichkina ish bo'lsayam, oqibati katta!

Yaqinda bir santexnik bilan gaplashib qoldim. Katta yoshli odam, suyagi shu ishda qotgan. Men unga Internet sahifalarida ko'rganim – katta diametrli suv quvurini aytib berdim:

– Kuvur ichida loy bo'lsa kerak, uyum-uyum bo'lib yotibdi. Ustini po'panak bosib, rango rang bo'lib ketgan. Lopatkani shundoq sanchib, to'latib-to'latib chiqarib tashlasa bo'ladi. Qarang, loyqa suvdan qanaqa cho'kmalar qolar ekan.

Santexnik miyig'ida kuldi, keyin bir sirni oshkor qildi. Aytishicha, issiq suvmi, sovuq suvmi, quvurlarini almashtirayotganda, suvni to'xtatishgani bilan, baribir qaerdandir sizib chiqib, payvand qilinadigan joyga oqib kelaverar ekan. Bu ahvolda payvandlab bo'lmaydi, albatta, suv esa to'xtamayapti. Nima qilish kerak?

Shunda payvandchilar suv yo'lini to'sish uchun quvur ichiga bir necha lopatka quruq tuproq tashlab qo'yishar ekan. Suv tuproq uyumini ivitib, payvandlanadigan joyga etib kelgunicha santexniklar quvurning past qismini payvandlab olishar ekan. Shundan keyin sizib chiqayotgan suv havfli bo'lmay qolar ekan.

O'sha kuni men o'zim uchun kashf qilgan yangilik shundan iborat. Endi, uni FBda yozib, ovora bo'lishga, odamlarni ovora qilishga arziydimi? Buning uchun quvur ichida bo'ladigan talo-to'pni bir tasavvur qilib ko'raylik. Kuchli suv oqimi boyagi tuproqni o'ynatib yuboradi va loyqa suvni odamlarning kvartiralariga olib kiradi. Jo'mraklar va quvurlar devoriga yopishadi. Bundan ahvol bir emas, bir necha marta takrorlanaversa, u yog'ini tasavvur qilavering.

Bu ishda santexniklarni ayblab bo'lmaydi, ular qo'lidan kelgan ishni bajarishdi. Lekin suv idoralari rahbarlaridan o'pkalasak, arziydi. Quvur ichiga tuproq to'kib qo'yish noiloj bir tadbir ekan, nima uchun o'sha tuproq uyumi quvur ichida qolib ketishi kerak? Uni olib tashlash mumkin edi-ku! Rahbar deganlarning aqli shunaqa ishlarga etmasa, nima qilib rahbar bo'lib o'tiribdi?

Qudrat Do'stmuhammad

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube