O’zbekiston Xalq Harakati

Shayton qiyofasidagi “huquq himoyachilari”

Shayton qiyofasidagi “huquq himoyachilari”
28 Ocak 2020 - 11:03 'da yuklandi va 2663 marta o'qildi.

ShAYTON QIYoFASIDAGI “HUQUQ HIMOYaChILARI”

Ushbu makon va fazodan iborat ikki ko'lamli, kecha, bugun, ertadan iborat uch o'lchamli vaqtinchalik panoh topgan qo'nalg'amizda hamma narsaning ibtidosi va intihosi mavjuddir. Boshlangan narsa albatta tugaydi. Hayotga o'lim nuqta qo'yadi. Har qanday jinoyat ishiga esa oxir oqibat qozi, zamonaviy tilda aytadigan bo'lsak sud'ya o'z hukmi, ajrimi bilan nuqta qo'yadi. Buni qarangki 2016 yilning aprel' oyida Toshkent viloyati Qibray tumani prokuraturasi tomonidan M.Zaxidov, S.Dovudxo'jaevlarga nisbatan startga chiqarilgan jinoiy ish ham oylar mobaynidagi uzoq sarsongarchilik, sargardonlikdan, pauzalardan, chekinishlardan so'ng charchab, horib, yarimjon bo'lib yil deganda finishga etib keldi. Bunga albatta allaqachon nuqta qo'ysa bo'lardiyu, ammo nimagadir bu holat 2017 yilning aprel' oyiga kelib butkul bo'lmagan o'z xotimasini topmoqda. Nima bo'lganda ham hechdan ko'ra hech bo'lgani, to'lajon emas yarimjon ham balki maquldir.

Hayot biz o'ylagandan ham qiziq nazarimizda. Necha milliard odam bu dunyodan issiz ketganini yoki ketishini kim ham bilardi. Bilishni ham iloji bo'lmasa kerak.Yig'lab kelib, yig'latib ketgiztiradigan bu foniy va boqiy dunyoda, eng oliy sud bo'lmish vijdon sudi oldida vaqti soati kelib ko'pchilik javobi bera olmasligi aniq va tiniqdir. Chunki biz bir-birimiz uchun javobgar bo'lgan muhitda yashamoqdamiz. Kimnidir xatolari, aybi, yoki jinoyatlarini ko'rib turib uni oldin olmaganimiz, chora ko'rmaganimiz uchun o'sha qatori javobgar bo'lamiz. Chunki hammamiz bir-birimiz uchun bir millat, bir halq bo'lganimiz, bir vatanda yashaganimiz uchun ma'suldirmiz. Bo'lmasa bir millat, xalq bo'lishni, vatanda yashashni bu o'lchamli dunyoda keragi yo'q edi. Bu dunyoda shu sabab hamma ishlar ezgu-maqsadlar uchun amalga oshriladi. Balki o'tgan asrning 96-yilida O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasi shunday ezgu niyatlar yo'lida tuzilgan, millatni, xalqni ma'rifat yo'liga etaklashni o'z oldiga maqsad qilib tuzilgandir. Axir orzuga ayb yo'q deyishadiku. Ammo ming afsuski bularning hammasi bir odamning, ya'ni “akademik jinoyatchi” M.Zaxidovning kasofati birlan sarob bo'lib chiqdi.

Ma'lumki har qanday nodavlat tashkiloti o'z mohiyatiga ko'r demokratiya maktabi bo'lib, xalq va hokimiyat o'rtasidagi ko'prik sifatida fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski demokratiya maktabi bo'lmishO'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasi jinoiy unsurlarning to'daboshisi M.Zaxidov boshchiligidagi jinoiy uyushma a'zolari tomonidan demokratiya maktabiga emas, balki buzug'unchilik maktabiga aylantirildi. Albatta bunda “olimlarning olimi” M.Zaxidovning jinoiy uyushma rahabari siftidagi xizmatlari beqiyosdir. Uning buzuq qarashlariga, jinoiy harakatlariga qarshi chiqqanlar badnom qilindi, qo'mitadan chetlashtirildi. Natijada uning atrofida yot desa yotadigan, tur desa turadigan, chizgan chizig'idan chiqmaydigan sadoqatli ko'ppaklargina qoldi xolos. Qo'mita turli firibgarlar, tovlamachilar va jinoiy unsurlarning minbariga aylandi. Bu minbardan turib ular inson huquqlarini himoyachilarimiz deya ko'ksiga urgan va mandat taqdim qilgan holda sanab sanog'iga etib bo'lmaydigan g'ayriqonuniy ishlarni sodir etishdi. Buni birinchilardan bo'lib “donolarning donosi” M.Zaxidov boshlab berdi.

Garchand O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasi Ustavining 3.1-bandiga muvofiq qo'mitaning umumiy majlisi yiliga bir marta o'tkazilishi, 3.3-bandiga muvofiq qo'mita raisi umumiy majlis tomonidan 1 yil muddatga saylanishi ko'zda tutilgan bo'lsada, 2013 yilning fevraliga qadar 17 yil mobaynida biron marta ham unga rioya qilinmagan. Bunga rioya etishni taalab qilganlar esa yomonotliq qilingan, hamda qo'mitadan g'ayriqonuniy ravishda chetlashtirilgan. Tom ma'noda demokratiya maktabi bo'lmish ushbu nodavlat, notijorat tashkilotda “Yuliy Tsezar'”bo'lmish M.Zaxidovning totalitar tizimi, uning diktaturasi yaratilgan. U doim ko'ksiga urganicha bu bizniki bo'lishi kerak bo'lgan qo'mitani, meniki deyishdan charchamasdi. Yillar mobaynida hech kim uning mushugini pisht deya olmagan. Nainki ushbu shaxs atrofidagi jinoiy hamtovoqlari bilan qo'mitani butkul o'zlashtirib olgan holda ko'plab jinoyatlarni sodir etish uchun zamin yaratib bergan. Bularni bayon qilish uchun bitta kitobni beti kamlik qiladi. Biz tomonimizdan buning tasdig'i sifatidagi ko'plab materiallar isbot sifatida sud tergovi davrida sudga taqdim etildi. “Allomai zamon” M.Zaxidovning ushbu qilmishlari natijasida qo'mita parchalanib umumiy rahbarlik tizimi ishdan chiqqan, hech kim hech kimni tanimas va tan olmas, viloyat bo'limlari ham ot o'rning toy bosadi deganidek M.Zaxidovga o'xshash shaxslardan shakllangan edi. Albatta bu bizga qo'mitaga a'zo bo'lib kirgan 2012 yil mart oyidan boshlab ma'lum bo'ldi. Nima qilib bo'lsa ham vaziyatni o'nglash davr taqozosi edi. Buni jimitdekgina anglab etishga majbur bo'lgan M.Zaxidov bu borada o'z xudbinligini yig'ishtirib islohotlar uchun darcha ochib berganidan foydalanib qisqa muddat ichida bank hisob raqamini ochishga, qo'mita uchun ofis olishga, bir qancha viloyatlarda bo'limlarning faoliyatini tiklashga erishildi.

Shulardan biri qo'mitaning Toshkent viloyati bo'limi bo'lib, unda rais J.Xolmatovdan boshqa a'zosi yo'q edi. Uning qonun doirasidagi o'n kishidan iborat a'zolari shakllantirildi. J.Xolmatovga bo'limning muhri, shtampi, guvohnomasi, ustavini jamoaga topshirish vazifasi yuklatildi. Lekin J.Xolmatov tomonidan bo'limning muhri, shtampigina topshirildi xolos. Qolganlarini esa yo'qolgan deya topshirgani yo'q. Buni qarangki o'sha paytda men 2008 yildan beri tashkilot a'zosi bo'lganman deb dastlabki tergov va sudda karillagan jinoyatchi S.Dovudxo'jaev na erda, na ko'kda bor edi. Lekin qisqa muddat ichida barcha viloyatlarga chiqib ahvolni o'nglashni imkoni bo'lmadi. Andijon viloyatida M.Otaxonovning “oilaviy sindikatiga” chek qo'yildi. Men M.Otaxovni 2005 yil Andijon voqealari davrida himoya qilgan bo'lib, minnat emasu ham unga yaqinlariga ancha xizmatim singan buni o'zi ham, yaqinlari ham e'tirof etishib qiyomatli do'stlik va'da qilishgan edi. Lekin ming afsuski bularni inobatga olgani yo'q. Navoiy viloyatida uning sobiq raisi tomonidan sandiqqa bisot qilib tashlab qo'yilgan qo'mitaga tegishli barcha ashyolar olinib, yangi rahbariyatga topshirildi. Qolganlariga esa qo'l uzatishga ulgura olmadik. Tabiiyki ushbu ijobiy ishlar kimgadir yoqmasligi tayin edi. Bu birinchilardan bo'lib jinoyatchi M.Zaxidov, uning gumashtalariga yoqmaganini esa tushunitirishni hojati bo'lmasa kerak. Dekabr' oyiga kelib ustavga muvofiq yilda bir marta o'tkaziladigan umumiy yig'ilishni o'tkazish lozimligi aytilganda esa ularning afti doska lattadek bujmayib qarshilikni boshlab yuborishdi. Tashkilotning muhri, shtampi, guvohnomasi ofisdan olib ketilib, uni bekitish harakatiga tushildi. Bunga biz yo'l qo'ymadik. Fevral' oyiga kelib ijara haqi qimmat bo'lgani tufayli H.Olimjon metrosi yonida joylashgan ofisimizdan Buyuk Ipak yo'li metrosi yonida joylashgan yangi ofisga ko'chib o'tishga majbur bo'ldik. Shu jarayonda idorada mavjud bo'lgan barcha ashyolar, bizga berilgan yaroqsiz stol-stullardan tashqari yangi ofisga olib kelindi. Bu jarayonda bo'limning Toshkent viloyati bo'limi raisi J.Xolmatov ham ishtirok etdi. Shunday bo'lishiga qaramay to'ridan go'ri yaqin ushbu qariya, yillar mobaynida bizni o'g'riga chiqarib ko'plab tuhmatona arizalarni yozishdan charchimadi. U endi charchadim deganda esa estafetani bizni tashkilotga aloqasi bo'lmagan S.Dovudxo'jaev olib tuhmat mashinasi yangi quvvat bilan ishlay boshladi.

Ustav talablaridan kelib chiqib, hamda jinoyat ishlari bo'yicha Yangiyo'l tumani sudining 16.02.2011 yildagi hukmi ijrosini ta'minlash maqsadida, ko'pchilik qo'mita a'zolarining talabiga ko'ra 2013 yilning 12 fevralida umumiy yig'ilish o'tkazilib, qonun va qo'mita ustaviga mutloq rioya etmaganligi bois jinoyatchi M.Zaxidov va uning gumashtalari qo'mitadan chetlashtirildi. Ushbu sud hukmiga ko'ra jinoyatchi M.Zaxidov O'zbekiston Respublikasi JK.ning 189-Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish,190-Faoliyat bilan litsenziyasiz shug'ullanishmoddalari doirasida aybdor deb topilib 9.043.000 so'mlik jarimaga tortilgan hamda 3 yil muddatga mansabdorlik vazifalarida ishlashdan mahrum etilgan edi.

Uning o'zini tili bilan aytganda diplom sotgan edi. Dastlabki tergovda tergovchi nima uchun ilgari sudlangansiz degan savoliga bu shaxs dimlom sotganman deya javob bergan edi. Uboshchiligidagi jinoiy guruh Yangiyo'l shahrida Moskva davlat servis universitetni bo'limini g'ayriqonuniy ravishda ochgan holda, qanchadan qancha yoshlarga soxta diplomlar berib ularning kelajagini barbod qilishgan edi. U esa na sud hukmiga, na umumiy yig'ilish qaroriga bo'ysunmay qo'mitaga tegishli ashyolarni berishdan bosh torta boshladi. Bizning turli tashkilotlarga yuborgan arizalarimiz esa ijobiy samarasini bergani yo'q. Ular esa tushib bo'lgan qing'ir yo'lidan qaytishni hohlashmas edi. Bizning muoammoni tinch yo'l bilan etish yo'lidagi barcha urinishlarimiz esa besamar bo'lib chiqaverdi. Ustiga ustak qo'mitani rahbari etib saylangan Xorazm viloyati bo'limi raisi Ravshan Gapparov M.Zaxidovning do'q-po'pisalaridan “suzma” qilib qo'ydi shekili bir ketganicha qaytib kelmadi. Uning qatoridan qo'mitaning Jizzax viloyati bo'limi raisi Z.Razzoqov, Navoiy bo'limi raisi D.Axadov ko'p o'tmay mustahkam joy oldi. Ular o'zlarining ikkiyuzmalachiligini yashirib o'tirishgani yo'q. Faqat qo'mitaning Andijon viloyati rahbari A.Dadaboev fuqarolik jasoratini ko'rsatgan holda oxirigi daqiqagacha yonma yon turib berdi. Toshkent viloyati bo'limi raisi “general” A.Maxmudov esa boshqaruv kengashi a'zosi S.Ikromov bilan faqat butilka ichida uchrashib shakarguftorlik bilan mashg'ul bo'lishdi. Oqibatda M.Zaxidov va uning son-sanoqsiz laychalari oldida bir o'zim qolgan edim. Ular siyohi qurimasdan turib ketma- ket arizalar tashlar, intrenet sahifalarida meni badnom qiluvchi materiallar tarqatar, ifloslikning barcha ko'rinishlaridan foydalanishar edi.

Ularning safi kengaysa kengayar ediki ammo toraymas edi. Eng qizig'i ularning hech birining qo'mitaga mutloqo aloqasi bo'lmasada uni nomidan chiqish qilishar edi. Shulardan biri o'zini qo'mitaning Andijon viloyati bo'limi raisi deb e'lon qilgan S.Zaynobiddinov edi. Uni yaxshi tanirdim. 2005 Andijon voqealarida uni o'zini (O'zbekiston Respublikasi JK 139 — moddasi 3 — qismining «g» bandi, 139 — moddasi 3 —qismining «a, g» bandlari, 159 —moddasi 3 —qismining «b» bandi, 244’— moddasi 3 —qismining «a, v» bandlari, 2442 — moddasining 1 —qismi bilan ayblangan) va o'g'lini himoya qilishga to'g'ri kelgan edi.U bilan Zanigotadagi turmada 2006 yil adashmasam fevralida uchrashgan edim. Shunda u menga cheksiz minnatdorchilik bildirib umrbod unitmasligini aytgan edi. Albatta u meni “unitmagan” holda internet olamida bir-biridan ajoyib “sovg'alar” hadya eta boshladi. Zaxar solmoq erur kasbi ilonning degan aqidaga rioya qilgan holda e'tibor ham qilmadim. Respublika muhri bir siqim jinoiy guruh a'zolari qo'lida bo'lganligi tufayli ular duch kelgan itni ham , eshakni ham duch kelgan lavozimga tayinlab qo'yishar edi. Vaholanki qo'mita nodavlat tashkiloti, hamda amaldagi qonunlarga muvofiq hech kim buyruq chiqarilib rahbar sifatida tayinlanmaydi, balkim tegishli xudud a'zolari tomonidan saylanadi. To'rt yil ular bilan bir o'zim kurashishimga to'g'ri keldi. 2016 yilga kelib yonimga qo'mitaning Toshkent viloyati raisi etib saylangan Sobirjon Ergashev qo'shilib yukim engillashgandek bo'ldi. Nainki u professional yurist, sadoqatli safdosh sifatida adolat yo'lida hech kimdan qo'rqmay, yuqoridagi “suzmachilarga” o'xshab ortga qaytgani yo'q. Birgalikdagi harakatlarimiz natijasida esa M.Zaxidov va uning laychasi S.Dovudxo'jaev o'zlari qazigan chuqurga qulashdi.

Jinoyatchi M.Zaxidov o'zining jinoiy hamtovog'i S.Dovudxo'jaevga amalda mavjud bo'lgan Toshkent viloyati bo'limi muhrini, shtampini yo'qolgan deb toptirgan holda, bo'limning yangi muhr, shtampini yasattirib berganidan, u esa bundan foydalanib turli tashkilotlarga tuhmatona shikoyatlarni yozishni avj oldirganidan so'ng ularning bu “qahramonliklariga” chek qo'yishga majbur bo'ldik. Axir bir elkada ikki bosh, bir qo'lda o'nta barmoq qanday qilib bo'lishi mumkin! Taxt va tobutning egasi bo'lmaganidek hech bir narsaning hokimi mutlaqi bo'lmaydi. Bu tashkilot hech kimning, shu jumladan M.Zaxidovning xususiy mulki emas. U tor doiradagi kazzoblarning manfaati uchun emas balki millat, xalq, vatan manfaatlari uchun xizmat qilish shartdir. Bizning huquqimiz bilan birgalikda burchimiz ham mavjuddir. Eng aosiy burchlarimizdan biri amaldagi qonunlarga so'zsiz bo'ysunishdir. O'zini “inson huquqlarini himoyachisiman” deb dunyoga jar solgan, ammo o'zi qonunlarga mutloq bo'ysunmayotgan bu shaxslardan nima kutish, qanday o'rnak olish mumkin? Kimnidir chekiga ularning ushbu noqonuniy qilmish qidirmishlariga nuqta qo'yish tushishi tabiiy edi. Buni aynan bizni chekimizga tushganidan esa sira norozi emasmiz. Nainki ozgina bo'lsada jamiyatimizga in qurib olgan ushbu illatlarga befarq qarab turmay imkoniyat doirasida chora ko'rishga erishdik. Ularning millat, xalq, vatan, demokratiya manfaatlariga etkazgan zararlarini hech bir o'lchov birligi bilan o'lchab bo'lmaydi. Iborali aytganimizda ular ming bir marta “Sibir'” qilishga arzigulik ish qilishgan. Lekin nima bo'lganda ular shu millat, xalq, vatan vakili. Shu vatan bizniki. Kulsak ham o'zimiz kulamiz, kuysak ham o'zimiz kuyamiz. O'zaro nizolar kelishuv yo'li bilan allaqachon hal qilinsa bo'lardiyu, lekin ulardagi xudbinlik hamma narsadan ustun keldi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tumani sudi tomonidan sudlanuvchilar M.Zaxidov va uning jinoiy hamtovog'i S.dovudxo'jaevlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JK.ning 227—moddasi:Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast etkazish yoki ularni yashirish o'sha harakatlar:a) pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan bo'lsa; 228—moddasi:Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish.Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish; 2-qismi o'sha harakatlar:b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa; 3-qismi:hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish;2441-moddasi 1-qismi:Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish-diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, qirg'in solishga yoki fuqarolarni zo'rlik bilan ko'chirib yuborishga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash doirasidagi jinoyat ish materiallari o'z yakuniga etib, 23 dekabr' 2016 yilgi hukmga ko'ra sudlanuvchi S.Dovudxujaev O'zR JK.ning 227;228; 244-1-moddalari doirasida aybdor deb topilib, unga jarima jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi doirasidagi ayblov faqat S.Dovudxo'jaevga tegishli bo'lib, bu aqidaparast boshiga shlyapa kiyib, qo'lida tasbeh ushlaganicha o'zini xudojo'y qilib ko'rsatadigan, hatti-harakatlariga, labziga javob bera olmaydigan, xamelonga o'xshab turli qiyofaga kira oladigan bir irkit shaxs edi. Uni ko'p marta insofga chaqirib to'g'ri yo'lga solishni imkoni bo'lmadi.

Dastalabki tergovda ming marta pushaymon bo'lib, nohaq jabr etkazibman deb uzr so'radi. Sud boshlangandan yana labzidan qaytdi. Sudning oxirida yana pushaymon bo'ldi, uzr so'radi. Apellyatsiyaga kelganida yana labzidan qaytdi. So'ng yana tuhmatlarini boshlab yubordi. Qisqasi bu irkit shaxsning ta'rifini men bermay, siz eshitmang. Nahotki O'zbekistonning, millatning, xalqning kuni ushbu irkit aqipdarastlarga qolgan bo'lsa. O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasi sobiq raisi sudlanuvchi M.Zaxidov esa qochib ketganligi tufayli, shu kundagi sud ajrimiga ko'ra jinoyat ishining bir qismi alohida ish yurituvga ajratilib qidiruv e'lon qilindi. Jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tumani sudining 23.12.2016 yilgi ajrimiga ko'ra O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasi nodavlat notijorat tashkilotiga tegishli bo'lgan va hozirgi kunda M.Zaxidovda saqlanayotgan muhr, shtamp va guvohnomalar O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasi nodavlat notijorat tashkiloti(fuqaroviy da'vogar) ga, ya'ni menga qaytarib berilishi belgilandi. Qidiruv natijasida ushlangan sudlanuvchi M.Zaxidovga jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tumani sudining 04.01.2017 yilgi ajrimiga asosan amnistiya akti qo'llanilib jinoyat ishi tugatildi. Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instantsiyasi 04.04.2017 yildagi sud majlisida jinoyat ishlar bo'yicha Yunusobod tumani sudining 23.12.2016 yildagi hukmi, ajrimlarini o'zgarishsiz qoldirdi..

Shunday qilib M.Zaxidov boshchiligidagi jinoiy uyushma a'zolarining yana bir qora qilmishlariga nuqta qo'yildi. Nainki u boshchiligidagi jinoiy guruh a'zolari uzoq yillar mobaynida amaldagi qonunlar va qo'mita ustaviga mutloq rioya qilmay ko'pdan ko'p g'ayriqonuniy ishlarni sodir etishgan. M.Zaxidov esa bu sohada ularga namuna va ibrat bo'lgan.

Ming afsuski sud ijrochilari Mirobod tumani bo'limi tomonidan ijro uchun yo'naltirilgan Toshkent shahar Yunusobod tumani sudining 23.12.2016 yildagi O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasining muhri, shtampi, guvohnomasini menga, ya'ni fuqaroviy da'vogarga olib berilishi borasidagi ajrimi bajarilgani yo'q. Ularning ushbu g'ayriqonuniy harakatlari esa yuqori turuvchi organlar tomonidan faqat qo'llab quvvatlandi xolos. Mening qonuniy talablarim esa hech kim tomonidan inobatga olinmadi. Bu orada jinoyatchi M.Zaxidov ham bandalikni bajo keltirdi. Tashkilotning barcha yuridik atributlari uning jinoiy sheriklari bo'lmish “safdoshlari”da qolib ketdi.Ushbu qonunsizlik seriali qancha davom etar ekan o'ylab o'yiga etib bilmaydi kishi!!!

Rivoyat qilishlaricha kimdir mashhur sarkarda Iskandarning qabri ustiga borib “Kim Iskandar deb chaqirganda, er ostidan men Iskandarman, men Iskandarman” degan minglab hayqiriqlar kelgan ekan. Xuddi shunga o'xshab jinoyatchi M.Zaxidovning kasofati tufayli “O'zbekiston inson huquqlarining raisi va o'rinbosari, a'zosi kim deyilsa, minglab men raisman, rais o'rinbosariman, ekspertman, a'zosiman” degan hayiqiriqlar er ostidan emas, er ustidan kelgan holda hammani aqlini shoshirib qo'yishi hech gap emas ekan. Bunga men shohidlik berishim mumkin. Gohida uylanib qolaman odamizotga nima etmaydi axir?

Hamma narsa etishi mumkin ekanu lekin adolat, vijdon etishmas ekan. Qaysidir qurbaqa faqat vaqirlab botqoqga boshlasa, bir to'da kalamushlar esa hammayoqni tekis kemirib o'z inlariga sig'may Marsga uchib ketishga raketa qidirayotgan bo'lsalar, qaysidir eshak esa otga minib olib eshakligini namoyon qilsa, qaysidir bit esa o'z atrofiga bit va kanalardan iborat to'dasini yig'ib olib qon so'rish bilan mashg'ul bo'lishsa, millatning yo'lchi yulduzlari ibrat ko'rsatib xalqni xaq yo'liga boshlash o'rniga, o'zlari nohaqlik poydevorini mustahkamlash bilan band bo'lsalar, jafokash millat, xalq bu aro va qaro yo'lda qayga boradi?

Kimdan najot oladi? Boy berilgan vaqtni, imkoniyatni qanday ortga qaytaramiz? Endi ortga qaytarishni iloji ham, imkoni ham yo'q. Bizning birdan bir qiladigan ishimiz bu ma'lunlarning hammasidan ogoh bo'lishdir. Shayton qiyofasidagi millatfurushlardan, xalqfurushlardan, vatanfurushlardan, “soxta demokratlardan”, “soxta inson huquqi himoyachilaridan” ogoh bo'lishimiz, har bir vijdonli insonning farzi va qarzi bo'lishi lozimdir. Shundagina biz ularni kimlarnidir timsolida tarix sahifasida takrorlanishini oldini olgan, hamda vatan taraqqiyotiga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.

2012-2020- Toshkent

O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisi o'rinbosari
Ruhiddin Komilov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube