O’zbekiston Xalq Harakati

Oydin Solih bilan birga

Oydin Solih bilan birga
07 Şubat 2020 - 21:15 'da yuklandi va 1367 marta o'qildi.

(Suratda: Oydin Solih Vilnyus (Litva) shahrida baynalminal konferentsiyada. 2011 yil)

OYDIN SOLIH BILAN BIRGA
(Xotiralar)

Oydin Solih ustozim bilan “Haqiqiy Tibbiyot” kitobini nashrga tayyorlashimiz taxminan bir yil davom etdi.

Haftada 5 kun, sabohdan xufton namozigacha – namoz uchun tanaffusdan tashqari – uzluksiz ishladik.

Keyingi nashlarni tayyorlashda ham ayni intizom va diqqat-e'tibor bilan ishladik va bu jarayon 3-4 oy davom etardi. Shu darajada diqqat-e'tibor qilar edik-ki, masalan 8 ta so'z bilan ifoda qilish mumkin bo'lgan jumlani avvalgi nashrda 11 so'z bilan yozgan bo'lsak uni tuzatardik.

Albatta, yangi o'zgarishlarga ko'ra ilova bilgilar ham qo'shar edik.

Ustoz karohat vaqtlarida (quyosh chiqishi, qiyomda turishi va botishi vaqtlariga berilgan nom, dinimizda bu vaqtlarda namoz o'qish makruhdir) kompyuterda ishlashni xush ko'rmagani uchun, shom nomoziga azon aytilishiga 45 daqiqa qolganda kompyuterlarimizni yopib, yurishga chiqar edik.

Bu yurishlarda zikr qilardik yoki Payg'ambar afandimiz, sahobalar, ma'naviyati yuksak zotlar haqida suhbat qilardik. Bir kuni shunday suhbat qilar ekanmiz ikkimiz ham tuyg'ularimizga berilib ko'zlarimiz yoshlandi. “Mandiling (salfetka) bormi?”, deb so'radi Ustoz. Yonimizga sumka olmaganimiz uchun cho'ntaklarimni kovladim, g'ijimlangan bir mandil chiqdi. “Oz ishlatilgan bir dona bor”, dedim. “Ber”, dedi…

So'ngra “oz ishlatilgan” so'zi ikkimizga ham juda kulguli tuyuldi va kula boshladik.

O'sha kundan keyin mandilning nomi oramizda “oz ishlatilgan” bo'lib qoldi. Zotan ikkimiz ham bir mandilni bir marta qo'llanib tashlab yuborolmasdik. Isrofdan juda ham qo'rqardik.

Bugun ham sumkamda “oz ishlatilgan”, yana bir marta ishlatilishni kutayotgan mandillar bor.

Xadicha Misga (Hatiçe Misge) Vilnyus (Litva). 2011

Oydin Solih kitobi bilan ham, yashash tarzi bilan ham ko'p narsani o'rgatdi.

Bu ikki bo'limda uch muhim bilgi bor.

Karohat vaqtlarida kompyuter, mobil telefon ishlatish yanada noxush, bu soatlarda zikr bilan mashg'ul bo'lmoq kerak.

Ikkinchisi isrofni eng kichik narsalarda ham e'tiborsiz qoldirib bo'lmasligidir.

Uchunchisi, gaplashganda ham, yozganda ham so'zni isrof qilmasligimiz kerak, chunki vaqt juda muhimdir.

Hech kimni ortiqcha mashg'ul qilishga hakkimiz yo'q.

“O'zlikka Qaytish Lager”larida shaxsiy fotosuratlar yordamida Oydin Solih bilan kechirgan xotiralarimizni so'zlab berayapmiz. Uning nuqtai nazaridan hayotimizda muhim bo'lgan narsa nima, ustuvor narsa nima, eng muhim xavotirimiz nima bo'lishi kerak, bu murakkab hayot ichida qanday istiqomatda qolamiz, ruhiy holimizni qanday sobit tutamiz va mutmain qalbga qanday sohib bo'lishimizni etkazishga urunayapmiz.

Lagerga qo'shilishni istaganlardan iltimosimiz Oydin Solih falsafasi bilan bog'liq, uni qo'llash bilan bog'liq, hijoma, zuluk terapiyasi va boshqa mavzular bilan bog'liq aqlingizga kelgan, sizni sizni qiziqtirgan barcha savollaringizni yozsangiz.

Istaymizki, lagerdan ayrilarkan barcha savollaringiz javobini topsin.

Maqsadimiz, jismonan va zehnan sog'lom bo'lishning yo'lini topish; bolalarimiz to'g'ri odatlarga ega bo'lishlari uchun usullar ishlab chiqish; aloqalarimizni Allohning rizosiga mos shaklda qurish va davom ettirish va tezlik bilan o'zgarayotgan dunyoda o'rnimizni to'g'ri aniqlash uchun fikr almashish; qiymatli qatnashchilarimizdan bilmaganlarimizni o'rganib, biz bilan ayni qayg'ularni tashigan go'zal insonlar bilan go'zal do'stliklar qurish…

Xadicha Misga (Hatice Misge)

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube