O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Harakatsiz” Timsohning harakatlari

“Harakatsiz” Timsohning harakatlari
17 Şubat 2020 - 11:42 'da yuklandi va 1308 marta o'qildi.

“HARAKATSIZ” TIMSOHNING HARAKATLARI

Chet ellik siyosatchilardan biri Xitoyni maysalar orasida pisib, to'nka kabi qimir etmay, o'z zamonini kutib yotgan timsohga qiyos qilgan edi. Aholisi qariyb bir yarim milliardga yaqinlashib qolgan bu bahaybat timsoh Markaziy Osiyodagi davlatlar yonida fursat poylab yotar ekan, uni mutlaqo harakatsiz yotibdi, deyish xato bo'lar edi.

Bu timsohning harakatsizligi haqdagi majoz, ko'proq bu maxluq harakatga kelganida yuz beradigan ofatlarga nisbat berib aytilgani shubhasizdir. Ya'niy, Xitoyning bugun dunyoda tutayotgan mavqei, uning kelajakda egallashi mumkin bo'lgan mavqei oldida harakatsizlikday gap. Bugun yo erta, dunyo kommunistik-imperialistik g'oya bilan sug'orilgan bu davlatdan nima kutish mumkinligini sarhisob qilishga majbur bo'ladi.

Hozircha esa, G'arb va Markaziy Osiyo jumhuriyatlaridagi avtoritar rejimlar, turli xushomadlar bilan Xitoyning ko'nglini olishga, uning ko'nglini yumshatishga urunmoqdalar. U bilan turli yo'nalishlarda – siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bitim va kelishuvlar imzolamoqdalar. Va halidanoq, ko'p jihatlarda unga turli imtiyozlar yaratmoqdalar. Markaziy Osiyodagi Qirg'iziston va Tojikiston kabi davlatlar esa, o'z hududlaridan kattagina bo'laklarni Xitoyga bera boshladilar. Bu hali “harakatsiz timsoh”ning qozonayotgan g'alabalari. Ammo Xitoy ekspansiyasi faqat Markaziy Osiyodagi ba'zi hududlarni egallab olish bilangina cheklanib qolayotgani yo'q. Bugun Xitoy Markaziy Osiyo xalqlarining eng muhim huquqlaridan biri – erkin informatsiya olish huquqlariga ham rahna sola boshladi.

Kuni kecha Xalqaro VVS radiosi Xitoy hukumatiga O'zbekiston va mintaqadagi o'zbeklar uchun mo'ljallangan VVS radiosining o'zbek eshittirishlari dasturini bo'g'ayotgani uchun keskin ravishda norozilik bildirdi. VVS radiosi o'tkazgan tadqiqotlarga ko'ra, shu yilning 1 sentyabridan boshlab, bir Xitoy radiostantsiyasi VVS radiosi o'zbek eshittirishlariga qarshi kuchli signallar yuborib, uning eshittirishlarini bo'g'a boshlagan. Mutaxassislar fikricha, bunday signallar faqat “radio bo'g'uvchi” stantsiya faoliyati mahsuli bo'lishi mumkin – stantsiya tinimsiz bitta qo'shiqni takrorlamoqda. VVS radiosi olgan ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning bu harakati hozir xitoyliklar Shinjon deb atayotgan Sharqiy Turkistondagi o'z ozodligi uchun kurashayotgan uyg'ur xalqiga qasd o'laroq amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, ikki qardosh turk lahjasi – uyg'ur va o'zbek tillari bir-biriga juda yaqin bo'lib, Xitoy xukumati VVS radiosining erkin ovozini uyg'urlarning ham eshitishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.

Xullas, Xitoy, uning kelajakda qilishi mumkin bo'lgan ulkan harakatlari nazarda tutilib, “harakatsiz” deya atalayotgan paytida ham u bugun Markaziy Osiyo davlatlaridan ko'ra ancha harakatchanroq ko'rinmoqda. Rus hukumati Sibirni xitoyliklar egallab olayotgani haqdagi tashvishlarini yashirayotgani yo'q. Ammo shunga qaramay, rus hukumatining Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni yaxshilash bilan birga, u yoqdan kelayotgan migratsion oqim natijasida shakllanayotgan Sibirning demografik qiyofasini ilgarigi shaklda saqlab qolishga bo'lgan urunishlari hech qanday natija bermayapti. Bunday jarayon, kichikroq ko'rinishda bo'lsa ham, Qirg'iziston va Qozog'istonda ham kuzatilmoqda.

Hatto qozoq ommaviy axborot vositalari va mahalliy aholi – qozoqlarning xitoylik ishbilarmonlar tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgani, tahqirlanayotgani haqida ham yoza boshladi.

Tinch ekspansiya – Xitoy uchun bashorat qilinayotgan eng real taraqqiyot yo'llaridan biri bo'lib qolmoqda. Ba'zan, Xitoyning “tinch ekspansiyasi”si haqida gapirayotgan mutaxassislar, bu farazni faqat bu ulkan davlatning boshqacha, agressiv shaklda eskpansiya yo'liga o'tishi mumkinligini yashirish uchungina aytayotganday tuyuladi. Haqiqatan ham, minglab yadroviy qurollarga ega, qariyb bir yarim milliardga yaqinlashib qolgan aholisi bor bu davlatning keskin bir harakat qilishi nafaqat mintaqada, balki, butun dunyoda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.

Hozircha esa, harakatsiz ko'ringan Xitoy, Markaziy Osiyodagi postkommunistik rejimlar uchun unchalik xatarli ko'rinmayapti.

Chunki, hozircha bu timsohning nafsi “bor-yo'g'i” bir necha ming gektarlik – Markaziy Osiyo diktatorlari tili bilan aytganda – “unumsiz er”larni olish, mintaqadagi ozgina iqtisodiy va siyosiy imtiyozlarga ega bo'lish va ba'zan bu erdagi xalqlar uchun berilayotgan erkin radiolar ovozini bo'g'ib turish bilangina kifoyalanmoqda. Darvoqe, yaqinda Qirg'izistonda qirg'iz mirshablari o'qidan halok bo'lgan olti kishi, aynan qirg'iz hukumati tarafdan “unumsiz” deb atalayotgan mana shu erlar uchun jonlarini qurbon qilgan edilar.

Maqsud Bekjon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube