O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Isyonchi” polkovnik Mahmud Xudoyberdievning O'zbekistondagi askarlari Toshkent hukumatidan pasport so'ramoqda

“Isyonchi” polkovnik Mahmud Xudoyberdievning O'zbekistondagi askarlari Toshkent hukumatidan pasport so'ramoqda
18 Şubat 2020 - 10:07 'da yuklandi va 877 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha,  O'tgan haftada o'zlarini polkovnik Mahmud Xudoyberdievning O'zbekistondagi “jangovar birligi” a'zolari deb tanishtirgan 50 ëshlardagi 2 nafar etnik o'zbek “huquqiy maqomi muallaq ekanini aytib”¸ Toshkentdagi inson huquqlari tashkilotidan ërdam so'ragan.

Ikki haftacha muqaddam ayni shunday so'rov bilan yana 5 nafar “Xudoyberdiev askari” Toshkentdagi advokatlik byurosiga murojaat qilgan edi. Ulardan biri advokatlik shirkati ërdamida “yashash va ishlash huquqini beruvchi hujjat”ga ega bo'lgan¸ qolgan 4 kishining ishi esa ko'rib chiqilmoqda.

Ro'yxatlarda yo'q…

Ozodlik muxbiri huquqiy maqom olish uchun inson huquqlari tashkilotidan ko'mak so'ragan ikki harbiy bilan o'tgan haftaning ikki kuni davomida uchrashdi.

Havfsizlik sabablariga ko'ra, ismlari sir qolishini so'ragan bu ikki suhbatdosh Mahmud Xudoyberdiev batal'onida faoliyat yuritaëtgan¸ ammo “hujjatlari hal bo'lmagan” 50 ta oilaga mansub 100 kishilik ​ (askarlar oilasi bilan) guruh nomidan gapiraëtganini ta'kidladi.

Ularning aytishicha¸ ayni kunlarda Xudoyberdiev “askar”lari Angren va Jizzaxdagi harbiy qismlar shaxsiy tarkibidadir; 2005 yilgacha Farg'ona viloyatining Quvasoy tumanidagi harbiy qismda ham “Xudoyberdiev askarlari” bo'lgan.

Tojikistonda turli jinoyatlarda ayblanib “isënchi” deb aytiladigan, ammo tor harbiy doiralarda professional qo'mondon sifatida ko'riladigan 55 yashar harbiy polkovnik Mahmud Xudoyberdievning o'zi¸ Ozodlik suhbatlashgan ikki nafar harbiy iddaosiga ko'ra¸ shu kunlarda Jizzaxdagi maxsus harbiy qismda xizmat qilmoqda.

2018 yili Tojikiston rasmiylari Xudoyberdievning Turkiya hududida ekanini bildirgan¸ shundan beri Xudoyberdievning qaerda ekaniga oid ma'lumot chiqmagan edi.

Rasmiy Dushanbe Xudoyberdievni qoralab chiqqani ortidan u qidiruvga berilgan. Ammo Xudoyberdievning aybdorligi borasida sud hukmi mavjud emas. Polkovnik Xudoyberdievning qo'l ostida xizmat qilgan askarlardan ba'zilari (taxminan 15 – 20 kishi) esa, Tojikistonda sudlanib, ozodlikdan mahrum qilingan.

Tojikistonda qidiruvga berilganlar ro'yxatida Xudoyberdiev ham bor
Tojikistonda qidiruvga berilganlar ro'yxatida Xudoyberdiev ham bor

Askarlarning bir qismi huquqiy muallaq qolmoqda

O'zini “Xudoyberdiev askarlari” vakili deb tanishtirgan ikki o'zbek 1998 yili O'zbekistonning Uzun va Sariosië tumanlari orqali Tojikistondan kirib kelganini aytadi.

Ular iddaosiga ko'ra¸ Mahmud Xudoyberdiev bilan birga O'zbekistonga 180 ta oila kelgan¸ ularning umumiy soni 250 kishi bo'lgan.

Kelganlarning bir qismi 1998 yilgacha Tojikiston Mudofaa vazirligidagi alohida jangovar qurolli guruh jangchilari bo'lgan.

Ozodlik ikki kun davomida suhbatlashgan harbiylarning aytishicha¸ shu kunlarda O'zbekiston Mudofaa vazirligi va DXX chegara qo'shinlarida faoliyat olib borayotgan yuz nafar “Xudoyberdiev askari”ga O'zbekiston vatandoshligi berilgan. Ayni paytda¸ qolgan 100 dan ortiq odam pasportsiz va yashash huquqisiz muallaq holatda qolgan. “Xudoyberdiev askarlari”ning bir qismi Rossiya Federatsiyasida yashayotganini Tojikiston rasmiylari 2018 yilda rasman bildirgan.

Ozodlik bilan suhbatda “Xudoyberdiev askarlari” o'z bolalari katta bo'lgani va uylanib turmush qurishi uchun hujjat zarurligini aytishdi.

Shu paytga qadar hatto o'rta ta'lim ham olmagan bu bolalarning otalari o'z kuratori bo'lgan DXX mulozimlarining amalga oshmay kelaëtgan va'dalaridan charchaganini bildirdi.

Ozodlik avvalroq “Xudoyberdiev batal'oni” deb atalgan guruh a'zolaridan bir necha nafari bilan suhbatlashgan, ulardan biri Ozodlikka soxta o'zbek pasportini ko'rsatdi va bu “hujjat” bilan O'zbekistonni tark eta olmasdan yurganini” aytgandi. Ozodlik gaplashganlardan yana biri esa¸ sobiq MXX guvohnomasini taqdim etgandi.

Isënchiga aylangan polkovnik

Mahmud Xudoyberdiev 1998 yilgacha Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning sodiq safdoshlaridan biri bo'lgan.

Mahmud Xudoyberdiev
Mahmud Xudoyberdiev

Ba'zi siësatshunoslarga ko'ra¸ mamlakatdagi fuqarolik urushi davrida Xudoyberdievning tojikistonliklar orasidagi obro'si Rahmonnikidan ancha baland bo'lgan. Uni hatto “haloskor polkovnik” deb atashgan. Urush tugagach, u yirik harbiy qo'shilmalardan biriga qo'mondonlik qilgan.

Tojikistondagi fuqarolar urushi haqidagi ko'plab maqolalar muallifi¸ urush paytida “Charog'i ro'z” gazetasida ishlagan Mirzo Salimovning iddaosiga ko'ra, “Mahmud Xudoyberdievning qo'li¸ fuqarolar urushining boshqa liderlariniki kabi, qonga botgan”:

– Men o'zimda bor bo'lgan hujjatlarga tayanib, uning va grajdanlar urushidagi boshqa xarbiylarning bir nechta begunoh odam o'limida aybdor ekanligini tasdiqlay olaman.

Tojikistondagi 1990- yillardagi fuqarolar urushi paytida Mahmud Xudoyberdiev bilan qarama-qarshi jabhada bo'lgan jurnalist va siësatchi Dodojon Atoullaev Ozodlik bilan suhbatda boshqacha fikrni bildirdi:

«Grajdanlar urushida qaxramonlar bo'lmaydi. Chunki xalq ikki lagerga bo'linadi. Shu bois polkovnik Xudoyberdiev tojikistonliklarning bir qismi uchun Che Gevara kabi shonli qahramon¸ yana bir qismi uchun xalq dushmanidir. Shaxsan men uchun Mahmud Xudoyberdiev boshqa askarlar kabi siësatchilar intrigasining qurbonidir. Agar urush bo'lmaganida edi, Xudoyberdiev sharafli qo'mondon bo'lib etishgan bo'lardi».

1997 yilda Tojikistonda hukumat va muxolifat o'rtasida imzolangan tinchlik bitimini tan olmagani ortidan Xudoyberdiev va prezident Rahmon o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqqandan keyin¸ polkovnik mamlakatni tark etgan. Uning o'shandan beri, asosan, O'zbekiston hududida yashab kelaëtgani aytiladi.

“Hech kim xat ëzmaydigan polkovnik”…

1998 yilda Mahmud Xudoyberdiev kam sonli qurolli guruhi bilan Tojikistonning Xo'jand viloyatidagi ba'zi ma'muriy binolar va Chkalovsk aeroportini ishg'ol qilgan¸ ko'p o'tmay bu isyon hukumat qo'shinlari tomonidan bostirilgan edi.

Uch kunlik bu ishg'ol haqida turli iddaolar mavjud. Rasmiy Dushanbe iddaosiga ko'ra, Xudoyberdiev O'zbekistonning Zomin tumanidan bostirib kirgan. Prezident Rahmon o'shanda O'zbekiston tomonini ushbu isyonda qo'li borlikda ayblagan edi.

O'sha davrdagi Imomali Rahmon nazoratidagi matbuot Xudoyberdievning etnik mansubligiga urg'u berib unga “titul millat dushmani” degan ërliq ëpishtirgani haqida Ozodlik suhbatlashgan tojik muxolifati vakillari gapirib berdi.

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Xo'jand ishg'oli paytida 4 harbiy o'lgan va marodyorlik holatlari qayd qilinmagan.

O'sha paytda Tojikiston muntazam armiyasi tomonida O'zbekiston chegarasiga qadar siqib chiqarilgan Xudoyberdiev jangchilari qo'shni davlatda panoh topgani aytiladi.

Mahmud Xudoyberdiev
Mahmud Xudoyberdiev

Bir-biridan mustaqil turli manbalarga ko'ra, Xudoyberdiev va uning askarlari 1998 yildan boshlab O'zbekiston Mudofaa vazirligi tarkibida faoliyat ko'rsata boshlagan. Ammo bu ma'lumot hozirgacha rasman e'tirof etilmagan.

2000- yillar boshidan sobiq prezident Islom Karimov o'limigacha O'zbekiston va Tojikiston munosabatlarining keskinligicha qolishi sabablaridan biri¸ kuzatuvchilarga ko'ra¸ Mahmud Xudoyberdievning O'zbekiston hududida ekanidir.

Karimovdan qolgan ziddiyatli meros

Karimov olamdan o'tganidan so'ng iqtidorga kelgan Shavkat Mirziëev uchun “Xudoyberdiev batal'oni” ziddiyatli meros sifatida ko'rildi.

Xudoyberdiev bilan shaxsan tanish bo'lgan Tojikiston sobiq muxolifati vakiliga ko'ra, polkovnik Xudoyberdiev¸ Johar Dudaev kabi sovet davrida shakllanib¸ keyinchalik dala qo'mondoniga aylangan harbiylar sirasiga kiradi.

U afg'on mujohidlari bilan bo'lgan qonli janglar ishtirokchisi sifatida SSSRning “Qizil bayroq” ¸”Mardlik uchun” ordenlari va harbiylar orasida qadrlanadigan “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan.

2018 yilda Xatlon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Iskandar Solehzoda rasmiy Toshkentdan olingan ma'lumotga tayanib, polkovnik Xudoyberdievning O'zbekiston hududini tark etganligini aytgan edi.

2018 yilning iyulida rasmiy Dushanbe “Mirziëev sharofati bilan Xudoyberdiev tahdidi bartaraf bo'lgani” haqida baënot berdi.

Bundan oldin Tojikiston sobiq Bosh prokurori Bobojon Boboxonov o'z idorasi ko'plab og'ir jinoyatlarda ayblangan Mahmud Xudoyberdievning ekstraditsiyasini so'rab, bir necha marta O'zbekistonga rasmiy murojaat qilgani, ammo hech qanday javob olinmaganini aytgan edi.

Ayni baënotida Boboxonov 2018 yilda Mahmud Xudoyberdiev tarafdorlaridan 500 dan ortiq kishi aniqlanib, ro'yxatga olingani¸ ulardan 36 nafari qidiruvga berilganini ham ma'lum qilgan edi.

2018 yil kuziga kelib O'zbekiston Mudofaa vazirligiga yaqin mulozim Ozodlikka rasmiy Toshkentning polkovnik Xudoyberdievni Tojikistonga bermagani va berish rejasi ham bo'lmaganini aytgan.

O'zbekiston mudofaa vazirligini 1991 yildan 1997 yilgacha boshqargan Rustam Ahmedovga yaqin harbiyning 14 fevralda Ozodlikka aytishicha¸ Xudoyberdievning Tojikistonga berilishiga qudratli general¸ MXX sobiq raisi¸ senator Rustam Inoyatov jiddiy qarshi bo'lgan.

Ozodlik suhbatlashgan ikki nafar “Xudoyberdiev askari” ham shu kunlarda ular faoliyatini DXX muvofiqlashtiraëtganini ochiqladi.

O'zbekistondagi ayrim mustaqil huquq himoyachilari Mahmud Xudoyberdiev askarlari 2005 yilgi Andijonda yuz bergan isënni qurolli bostirishda ishtirok etgani to'g'risida o'z vaqtida bayonot bergan edi. Ammo o'tgan 15 yil davomida voqea biror guvohi xalqaro inson huquqlari tashkilotlariga bu haqda rasman ko'rsatma bergan emas.

Ozodlik suhbatlashgan “Xudoyberdiev askarlari” 2005 yili Andijonda o'tkazilgan xarbiy amaliëtda qatnashmaganligini aytdi. Ular iddaosicha¸ bu “afsona” rasmiy Toshkent tarafidan ataylab muammoni o'zidan chalg'itish uchun to'qilgan.

Ozodlik gaplashgan harbiylarga ko'ra¸ “Xudoyberdiev batal'oni” asosan chegaralarni qo'riqlash¸ narkotrafikka qarshi kurashish va mamlakat janubiga suqilib kirmoqchi bo'lgan islomiy ekstremistlar xurujini bartaraf qilish bilan professional” shug'ullanib keladi.

Biz 22 yil O'zbekiston qurolli kuchlari safida xizmat qilib¸ shu mamlakat harbiy qudratiga hissa qo'shdik. Evaziga orden emas¸ oddiygina istiqomat qilish huquqini beradigan hujjat so'rayapmiz” ¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan “Xudoyberdiev jangchilari”.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube