O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Soqol va hijob qo'rquvi – Xitoy uyg'urlarni nega qamoq-lagerlarga tashlamoqda

Soqol va hijob qo'rquvi – Xitoy uyg'urlarni nega qamoq-lagerlarga tashlamoqda
18 Şubat 2020 - 20:02 'da yuklandi va 601 marta o'qildi.

SOQOL VA HIJOB QO'RQUVI – XITOY UYG'URLARNI NEGA QAMOQ-LAGERLARGA TAShLAMOQDA

Bi-bi-si Xitoy Shinjon bo'ylab qurilgan maxsus lagerlarda saqlanayotgan yuz minglab musulmon uyg'urlarga qanday muomala qilayotgani borasida hozirga qadar “eng to'liq tasavvur”ni beruvchi hujjat bilan tanishdi.

Hujjatda uyg'urlar Sharqiy Turkiston deb ataydigan g'arbiy Shinjon viloyatida yashovchi uch mingdan ortiq odamning shaxsiy ma'lumotlari keltirilgan.

137 betdan iborat elektron jadvalda ular hayotining eng yopiq tomonlari batafsil tasvirlanadi.

Ayrim ismlarning yonida u yoki bu shaxsning necha vaqt namoz o'qishi, qanday kiyinishi, kim bilan gaplashishi va u hamda oilasi o'zlarini qanday tutishiga oid ma'lumotlar berilgan.

Xitoy hukumati vakillari shu yo'l bilan mamlakat terrorchilik va ekstremizga qarshi kurashayotganini urg'ulashmoqda.

Ushbu hujjat o'tgan yili xalqaro tadqiqotchi-jurnalistlar konsortsiumiga Shinjon lagerlari faoliyatiga doir yirik ma'lumotlarni taqdim etgan ayni manba tomonidan sizdirilgani aytiladi.

Xitoyning Shinjondagi siyosati bo'yicha eng ko'zga ko'ringan ekspertlardan, Vashingtondagi kommunizm qurbonlari xotirasi jamg'armasi katta xodimi, doktor Edrian Zenzning ishonishicha, sizdirilgan hujjat haqqoniy.

“Bu muhim hujjat Pekin an'naviy diniy e'tiqod uchun faol taqib qilayotgani va jazolayotgani borasida hozirgacha men ko'rgan eng qat'iy dalillarni o'z ichiga oladi”, deydi u.

Hujjatda tilga olingan lagerlardan biri “4-sonli o'quv markazi”dir. Amerikalik ekspertning ishonishicha, Bi-bi-si jurnalistlari o'tgan yili Xitoy hukumati uyushtirgan press-tur chog'ida ayni shu markazni borib ko'rganlar.

Sizdirilgan hujjat Bi-bi-si jurnalistlari qo'lga kiritgan ko'pgina ma'lumotlarini tasdiqlaydi.

Bi-bi-si lavhasida shaxslarga oid ma'lumotlar ularning xavfsizligi maqsadida tahrir qilingan.

Elektron jadvalda 311 kishiga oid ma'lumotlar – ularning muxtasar tarjimai holi, diniy qarashlari hamda yuzlab qarindoshlari, qo'shnilari va do'stlari bilan munosabatlari keltirilgan.

Oxirgi ustun hukm uchun qoldirilgan: agar bu shaxs lagerda saqlanayotgan bo'lsa, ozod qilinishi kerakmi? Bordi-yu hali ozodlikda bo'lsa, lagerga yuborilishi kerakmi?

Agar ro'yxat haqqoniy bo'lsa, u Xitoy rasmiylarining uyg'urlar lagerlarda shunchaki qayta tarbiyalanmoqda, degan da'volarini rad etadi.

Doktor Zenz o'zining Journal of Political Risk internet nashridagi maqolasida hujjatni batafsil tahlil qiladi.

Uning ishonishicha, hujjat lagerlar qanday maqsadda tashkil etilganini ochiqlaydi.

Jadval u yoki bu odamni lagerga yuborish haqida ko'rsatma berayotganlarning qanday o'ylashini tushunishga yordam beradi, deb hisoblaydi doktor Zenz.

Unga ko'ra, hujjat lagerlar tizimining “mafkuraviy va ma'muriy mikromexanikasidir”.

Ro'yxatda 598-o'rinda kelgan 38 yoshli Halcham ismli ayol birgina sabab – bir necha yil avval hijob o'ragani tufayli lagerga yuborilgan.

Bu o'tmishdagi “gunohi” uchun jazoga tortilish hollaridan faqat bittasi.

Shinjondagi "qayta tarbiyalash markazi"ning sim to'siqlar bilan o'ralgan devori bo'ylab ishchilar yurib bormoqda. 2018 yil, 4 sentyabrShinjondagi “qayta tarbiyalash markazi”ning sim to'siqlar bilan o'ralgan devori bo'ylab ishchilar yurib bormoqda. 2018 yil, 4 sentyabr

Hujjatda nomlari keltirilgan boshqa odamlar xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaat qilishlari ortidan hibsga olingan.

Bundan anglashiladiki, Pekin xorijga chiqish niyatining o'zini radikallashuv belgisi, deb ko'radi.

66 raqami ostida nomi keltirilgan 34 yashar erkak – Memettoxti, garchi o'ziga berilgan tavsifnomada “alohida xavf tashkil etmaydi” deb yozilgan esa-da, aynan shu sabab bilan lagerga yuborilgan.

239-o'rindagi Nurmemet esa, “havolaga bosib, tasodifan xorijiy vebsaytga kirib qolgani uchun” qayta tarbiyalash markaziga joylashtirilgan, deyiladi hujjatda.

Unda Nurmemetning boshqa qilmishi haqida ma'lumot yo'q.

Ro'yxatdagi 311 kishining barchasi Xo'tan shahri yaqinidagi Shinjon-Uyg'ur mintaqasiga qarashli Qoraqosh tumani yashovchilari.

Viloyat aholisining 90 foizidan ko'pini uyg'urlar tashkil qiladi.

Asosan, Islomga e'tiqod qiladigan uyg'urlar tashqi ko'rinishlari, til va madaniyat jihatidan markaziy osiyoliklarga yaqin.

Oxirgi o'n yilliklarda millionlab xan xitoylarining Shinjonga erlashtirilishi uyg'urlar orasida etnik tanglik va ijtimoiy-iqtisodiy yakkalanish hissini kuchaytirgan.

Bu hissiyotlar vaqti-vaqti bilan tarqoq zo'ravonlik hollarining kelib chiqishiga etaklagan.

Pekin qattiqqo'l xavfsizlik choralari bilan javob qaytargan.

Xuddi shu bois ham uyg'urlar, boshqa musulmon ozchiliklar – qozoqlar va qirg'izlar singari Xitoyning hibs qilish kampaniyasi nishoniga aylanishgan.

BBC

Doktor Zens “Qoraqosh ro'yxati” deb nom bergan hujjat,uning fikricha, Xitoy hukumati din va e'tiqodning har qanday ko'rinishini “ishonchsizlik belgisi” deb ko'rayotganiga dalolat qiladi.

Bu “ishonchsizlik”ka qarshi kurashish uchun davlat uyg'urlarning shaxsiy hayotiga kirib borish yo'lini topishi kerak edi.

Uyg'urlarni ixotalash kampaniyasi boshlangan 2017 yil boshida “qishloq ishchi guruhlari” deb atalgan partiya vakillari uyg'ur jamoasi orasidagi kafiyatlarni o'rgangan.

Bu guruhning har bir a'zosi bir necha oilaga biriktirilgan – qaramog'i ostidagi oilalarga tashrif buyurib, ular bilan do'stlik aloqalarini o'rnatishgan va har bir oiladagi “diniy muhit” borasida hisobotlar tayyorlaganlar.

Masalan, uyda nechta Qur'on nushasi borligi va xonadon mansublari necha marta namoz o'qiyotgani haqida.

Qo'lga kiritilgan ro'yxat aynan shu ma'lumotlar odamlarni lagerga yuborish uchun asos qilib olinganini tasdiqlamoqda.

Hujjat Pekin butun boshli oilalarni lagerga yuborishda kollektiv javobgarlik tamoyilidan kelib chiqayotganini tasdiqlaydi.

Hujjatning har bir bandidagi 11-ustunda figurantning qarindosh-urug'lari hamda u gaplashadigan oddiy odamlar sanab o'tilgan.

Har bir qarindosh yoki do'stning yonidan u qanchalik namoz o'qishi, qayta tayyorlash markazi yoki xorijda bo'lib-bo'lmaganiga oid kichik qayd o'rin olgan.

Ro'yxatdagi barchaning xorijda yashaydigan qarindoshlari bor. Aftidan, ro'yxatga “ishonchsizlik”ning aynan shu jihatiga ega odamlar kiritilgan.

179, 315 va 345-bandlarda 65 yoshli Yusup ismli shaxsga tavsifnoma bor.

Yusupning, – deyiladi unda, – ikki qizi bor. Ular “2014 va 2015 yillarda hijob va chodir o'rashgan”. Uning o'g'li siyosiy Islomga moyil, “oilasi esa xan xitoylariga qarshi kayfiyatda”.

Yusup “o'qishni davom ettirish”ga hukm qilingan. Bu shuni anglatadiki, Yusup faqat o'zining harakatlari tufayli emas, balki oilasining “ishonchsizligi” tufayli ham hali lagerda o'tiradi.

Partiyaning “qishloq ishchi guruhlari” to'plagan ma'lumotlar Shinjondagi “Qo'shma amaliyotlar platformasi” (Joint Operations Platform – IJOP) deb atalgan yirik axborot tizimiga borib tushadi.

IJOP da politsiyaning mintaqadagi kuzatuv va boshqa faoliyatiga doir ma'lumotlar saqalanadi.

Yirik xavfsizlik kameralari va har bir mintaqa yashovchisi yuklab olishi shart bo'lgan mobil ilovalardagi ma'lumotlar ham xuddi shu markazga boradi.

Doktor Zenzning aytishicha, IJOP sun'iy intellekt yordamida bu ulkan axborotlar orasidan o'zaro tutashadigan nuqtalarni topib, ishchi guruhi a'zolarining telefoniga shubhali shaxslarning ism-sharifi va manzillari yozilgan “push-bildirgi”larni yuborish imkoniga ega.

Masalan, “tasodifan xorjiy saytga kirib qolgan” erkak IJOP ma'lumotlar bazasidan tanib olingan bo'lishi mumkin.

Biroq har doim ham murakkab texnologiyalarga ehtiyoj yo'q. Ro'yxatdagi 88 kishi “ishonchsiz” deb belgilangan. Hujjatdan anglashilishicha, bu keng qamrovli tushuncha odamlarni lagerga yuborish uchun yagona asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Ushbu “ishonchsizlik” tushunchasi, doktor Zenz nazarida, Xitoyning lagerlar tizimi jinoyat sodir etganlar uchun emas, balki o'zi shubhali deb hisoblagan butun-boshli etnik guruh uchun tashkil etilganini anglatadi.

Rasmiy Pekinning uqtirishicha, Shinjonda “din erkinligini hurmat va himoya qiladigan” qonunlar ishlamoqda.

Rasmiylarga ko'ra, qayta tayyorlash dasturi “terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash” maqsadlariga xizmat qiladi va ularga faqat shu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslargina tushadi.

Adrian Zenz
Adrian Zenz sizdirilgan hujjat tafsilotlarini o'rgangan

Ammo “Qoraqosh ro'yxati” buni rad etadi. Unda insonni lagerga mahkum etadigan ko'plab sabablar keltirilgan.

Bu fuqarolik, oila, do'stlar, xorijda yashaydiganlar bilan aloqalar va “ishonchsizlik” kabi omillarning omuxtasi bo'lishi mumkin.

Agar ro'yxatga ishonilsa, uyg'urlar eng ko'p Xitoyning oilani rejalashtirish qonunini buzganliklari uchun lagerga tushadilar.

Aftidan, Pekin nazarida, ko'p bolalilik uyg'urlarning o'z milliy an'analarini Xitoyning dunyoviy qonunlaridan ustun qo'yishlarining birinchi belgisidir.

Xitoy hukumati Shinjondagi amallarini ekstremizm tahdidiga qarshi tezkor harakat dasturining bir qismi sifatida oqlaydi.

“Qoraqosh ro'yxati”da haqiqatan ham bu kabi jinoyatlar bot-bot uchraydi. Kamida olti kishi terrorchilik harakatini sodir etgani yoki unga qasd qilgani uchun lagerga tushgani aytilgan. Yana ikki kishi taqiqlangan videolarni tomosha qilganliklari uchun.

Ammo hujjatni tuzuvchilarni diniy e'tiqod masalasi ko'proq qiziqtiradi.

100dan ortiq joyda u yoki bu oiladagi “diniy muhit” haqida so'z boradi.

Hujjatning haqqoniyligini tekshirish mushkul, chunki unda na muhr va na imzo bor.

Manbaning aytishicha, ushbu ro'yxat boshqa maxfiy hujjatlar bilan bir qatorda Shinjonda o'tgan yili tarqalgan.

Oxirgi ro'yxatdan tashqari, barcha hujjatlarni uyg'ur qochqini xorijdagilarga etkazgan.

O'tgan yili birinchi maxfiy hujjatlar g'arb ommaviy axborot vositalarida paydo bo'lganidan so'ng, qochqin o'zining Amsterdamga tanishi, Osiyo Abdulahab ismli uyg'ur ayolga ro'yxatni ham taqdim etgan.

Abdulahab Bi-bi-siga hujjatning haqqoniyligini aytdi.

Osiyo Abdulahab
Osiyo Abdulahab qanchalik xavfli bo'lmasin, gapirishga qaror qilgan

“Hujjatlarda muhr bor-yo'qligi muhimmas. Bu hayotda bor, tirik odamlar haqidagi ma'lumot” – deydi u. “Bu boshqa hech qanday holatda matbuotga sizishi imkonsiz bo'lgan odamlarning shaxsiy ma'lumotlari. Xitoy hukumati bu soxta, deb aytolmaydi”.

Xitoy tashqarisidagi ko'plab uyg'urlar qatori, Abulahab ham “qayta tarbiyalash” dasturi boshlanganidan so'ng Shinjondagi oilasi bilan aloqani yo'qotgan.

U ro'yxatni qator xalqaro ommaviy axborot vositalari, jumladan, Bi-bi-siga bergan. O'zining aytishicha, bundan boshqa tanlovi bo'lmagan.

“Albatta, meni yaqinlarim, do'stlarimning xavfsizligi tashvishga soladi, – deydi u. – Ammo hamma o'z oilasini o'ylab, sukut saqlayversa, bu jinoyatlar davom etaveradi.

O'tgan yil oxirida Xitoy barcha uyg'urlar “o'qishni bitirishgani” va ozodlikka chiqishganini aytgan.

Shu bilan birga, Xitoy hukumati vakilining aytishicha, tayyorgarlikdan o'tishni istagan sobiq va yangi “talabalar”ni o'qitish maqsadida ayrim lagerlar ochiq qoladi,

“Qoraqosh ro'yxati”dagi odamlarning 90 foizi ozod qilinganlar yoki ozodlikka chiqishga tayyorlanayotganlar sifatida qayd etilgan.

Ammo doktor Zenzning aytishicha, qayta o'qitish lagerlari katta qismi maxfiyligicha qolayotgan yirik qamoqxona tizimining bir qismi, xolos.

Shinjon
Shinjondagi lagerlardan birining tashqarisi

Ro'yxatdagi yigirmadan ortiq odamning ozodlikka chiqarilgach, “sanoat parklarida ishlashi” tavsiya etilgan.

Ular bu tavsiyani bajarmasliklari qiyin bo'ladi, hozirda Xitoy majburiy mehnat lagerlarini tashkil etayotgani, uyg'urlarning “yorug' kelajak” ma'nosidagi nihoiy taqdiri ana shu lagerlarda hal bo'lishi aytilmoqda.

Ro'yxatda qayd etilgan ikkita holatda lagerdagi muddat oddiy qamoq muddati bilan nihoya topgan.

Bu Xitoy qamoqxonalar tizimi so'nggi yillarda bor kuchi bilan ishlayotganini ham anglatadi.

Hujjatda nomlari keltirilgan qarindoshlarning ko'pchiligi uzoq muddatli qamoq jazolariga mahkum etilgan. Ayrim hollarda shunchaki, namoz o'qiganlari uchun.

Ro'yxatdagilardan birining otasi “qalin soqol qo'ygani va diniy adabiyotlarni o'rganish bo'yicha guruh tashkil etgani” uchun besh yillik qamoqqa hukm qilingan.

Ulardan birining qo'shnisi esa “chetdagilar bilan internetda gaplashgani uchun” 15 yilga qamalgan.

Yana bir kishining akasi “telefonida xoinlarning suratini saqlagani” uchun 10 yilga hukm qilingan.

Doktor Zenzning aytishicha, hozirda Xitoy lagerlarni yopgan-yopmagani unchalik muhim emas.

“Ro'yxat bizga hokimiyat tizimining zehniyati, ruhiyatini namoyish qiladi”.

“Ko'ryapmizki, xuddi avvalgidek, hozir ham mintaqaning ijtimoiy hayotida “jodugar ovi” kayfiyati hukm surmoqda”, -deydi amerikalik ekspert.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube