O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ko'ngilchan doktor

Ko'ngilchan doktor
22 Şubat 2020 - 16:18 'da yuklandi va 1073 marta o'qildi.

KO'NGILChAN DOKTOR

Kecha psixologmi, ruhshunosimi, bilmadim, ishqilib… Boshim aylanib Xalqaro psixologiya markaziga borib qolgandim, mutaxassis ayol men bilan 3 soatlar suhbatlashibdi….

Rosti… 3 soat o'tirganimizni ikkimiz ham sezgan emasmiz…

Do'xtirni ko'ngli bo'sh ekan…

Men bilan suhbat jarayonida ikki bor ko'ziga yosh qalqidi, yig'lab oldi….

“Ko'rishganimizdan beri jilmayasiz? Shuncha savdolarni ko'ribsiz, nega yig'lamaysiz?” so'radi u…

Onam rahmatlik, 94 yoshida olamdan o'tganlar… Bizni, 10 bolani voyaga etkazish uchun hadsiz zardob yutganlar… Biroq, turmush yuki shunchalar zalvorli bo'lgan bo'lsa-da, men umrim davomida onamning ko'zida mung ko'rgan bo'lishim mumkin, biroq, deyarli yosh ko'rmaganman. Eng og'ir pallalardayam ko'zidagi yoshni ko'rsatmaslikka tirishganlar. Biz, bolalariniyam “Ko'zingni siydigini oqizma?” deb koyirdilar.. “Bilasanmi nega, chunki Xudoyimni “Eyman degan og'izga osh beraman, yig'layman degan ko'zga yosh beraman” degan va'dasi bor…Bu dunyoda sen o'zingni tutib turolmasang, hech kim senga chetdan turib tirgak bo'lolmaydi” derdilar…

Bu Karnegining falsafasiga to'g'ri keladi. Biroq onam ingliz yoki rus tilini bilmasdi, Karnegini ham o'qimagan. Bor yo'g'i 3 sinf ma'lumotiga ega bo'lgan. Islomiy aqidalar asosida tarbiya ko'rgan. Bu voqea Karnegining falsafasi bizda, O'rta Osiyoda “Yaxshi niyat- yarim davlat”, ‘Yaxshi gapgayam yomon gapgayam farishtalar omin deydi”, “Tilasang butun tila” kabi mazmundagi maqollar ortidan bir necha asrlarki yashab kelayotganidan dalolat. Mening tanamda onamning qoni bor. Gohida ko'z-yosh qilib turaman, ammo ko'z yoshimni atrofdagilarga ko'rsatmayman. Ojizligimni odamlar, raqiblarim, ayniqsa, bolalarim ko'rishini istamayman… Raqiblar sevinsa, farzandlarim ko'z yoshimdan iztirb chekadi, ruhi tushadi, o'zlariga ishonchi o'ladi… Ko'z yoshimning foydasidan zarari ko'pligini bila turib qo'lga qo'lro'molcha olivolish… Bilmadim. Kim qanday tushunadi… Bu narsa menga ma'qul emas” dedim… Eee, bu soha mutaxassislarining biram savoli ko'pakaneeey… Umrimda ilk bor bu soha mutaxasisi qabulida bo'lishim…. Umringda o'yingga kelmagan savollari bilan shoshirib qo'yisharkan…

Men o'zi hazilkashman… Qo'pol hazillar qilaman… Xayrlasha turib, eshikkacha kuzatib kelgan mutaxassisga “Aqlingiz bo'lsa, menga ” Aqldan ozgan” degan diognoz qo'ying” deb kuldim. “Bizda, O'zbekistonda bizni sog' deyishmaydi. Qarindoshlarim, do'stlarim, organ odamlari ham “Aqlingni eganmisan?! ” deb qarshi olishadi…

“Hech kimsan! Na zaring, na zo'ring bor! Qo'lingdan olamni o'zgartirish kelmasligini bila turib o'z joningni, bolalaring jonini xatarga qo'yish!… Qalam bilan qudratli hukumatga qarshi borish… Tentagam bu ishga qo'l urmaydi!” deya ta'na qilishadi… Bu dunyoda sog' odam biz qilgan ishga qo'l urmaydi” dedim.

Menga qo'shilib tabassum qilib qo'ygan ko'ngli bo'sh do'xtirning qaroqlarida yana yosh aylandi.

Malohat Eshonqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube