O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekistonni Evrosiyo blokiga qo'shish uchun Rossiya propagandasi

O'zbekistonni Evrosiyo blokiga qo'shish uchun Rossiya propagandasi
23 Şubat 2020 - 22:20 'da yuklandi va 1041 marta o'qildi.

Moskva etakchisi hisoblangan EvroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqiga O'zbekistonni kiritish maqsadidagi diplomatik sa'y-harakatlari istalgan natijani bermayotgandek ko'rilayotgan vaqtda Rossiya o'zining ommaviy axborotlari vositalari orqali boshlagan kampaniyasi ish berishiga umid qilmoqda, deb hisoblashadi VVS Monitoring ekspertlari.

Ayni vaqtda Bosh vazir Abdulla Aripov EvroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi(EOII)ga a'zolik masalasiga to'xtalgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Mahalliy veb-nashrlarning xabarlariga ko'ra, Bosh vazir Abdulla Aripov 17 fevral kuni Toshkentda Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko'rgan fuqarolar bilan uchrashgan.

Internet nashrlarining Bosh vazir Abdulla Aripovdan iqtibos keltirishicha, “Rossiyada ishlayotgan 2,2 million fuqaromizning har biri oyiga, eng kamida, 100 dollarga yaqin patent to'laydi. Bir yilda 1000 dollarga yaqin pul ketadi. Agar EOIIga a'zo bo'lsak… To'g'ri, bu kimgadir yoqar, kimgadir yoqmaydi. Hozir siyosatdonlar ko'payib ketdi “Mustaqillikni berib qo'yyapmiz” deydigan. Mustaqillikni kimga berib qo'yamiz, kimga? Mustaqillikning berib qo'yilishini nimada ko'ryapsizlar, degan savolni beradigan odamning o'zi yo'q. Hukumat bu masalani yaqinda parlamentga olib chiqadi. Parlament ko'rib chiqsin”.

Bundan oldin Prezident Shavkat Mirziyoev Evrosiyo blokiga kirishning O'zbekiston va foyda va zararlari o'rganilayotganini aytgandi.

“Bu masalani bir yildan beri o'rganyapmiz. Bu masalani eng avvalo xalqimizning manfaatlari, ularning orzu-istaklariga tayanib hal qilamiz. Deputatlar va senatorlar ushbu masalani atroflicha o'rganib, xulosalar berishni o'z zimmalariga olishlari lozim. Deputatlar qo'liga qalam olib, masalaning ijobiy va salbiy tomonlarini o'rgansin. Ularning aytgani bo'ladi. Ma'qul desa — ma'qul, noma'qul desa — noma'qul bo'ladi”, degan Prezident Mirziyoev.

VVS Monitoring kuzatishlariga ko'ra, Rossiya nazoratidagi barcha veb-saytlar O'zbekistoning EvrazESga kirishining ijobiy tomonlarini yoritishga “zo'r bermoqda”, salbiy jihatlari haqida og'iz ochilayotgani yo'q.

EvroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zo bo'lib kirsa O'zbekiston yutajagi haqidagi maqolalar O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan rus tilidagi veb-saytlarda ham ahyon-ahyonda e'lon qilib turilipti.

VVS Monitoring xizmati xabar qilishicha, Rossiya hukumati nazoratidagi “Rossiya Segodnya” media agentligiga qarashli “Sputnik” nashri ushbu mavzu borasida muntazam maqolalar e'lon qilib kelmoqda, sharhlovchilariga minbar taqdim etmoqda. “Sputnik” o'zining Markaziy Osiyo tillaridagi veb-saytlari tarmog'iga ega, rus tilidagi maqolalarni “Sputnik-O'zbekiston” va “Sputnik-Tojikiston” Internet nashrlari o'z tillariga tarjima qilib e'lon etayapti.

Moskva Davlat Universiteti tasarrufidagi Ia-centr.ru veb-nashrining asosan EOII mavzusidagi tahliliy maqolalarni chop etayotgani, ba'zan Sputnik maqolalarini ko'chirib bosishi xabar qilinadi.

“Balki ashaddiy Kremlparast veb-sayt deb Vesti.uzni atash mumkindir”, deb yozadi VVS Monitoring. Rossiyaning “Roskomnadzor” media regulyatori tasarrufi ostidagi Vesti.uz ancha keskin ohangdagi maqolalari bilan tanilgani eslatiladi.

Kampaniya qanday boshlandi?

2016 yili O'zbekiston yangi hokimiyati qudratga kelganidan buyon mamlakatning EvroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zo bo'lib kirishi mavzusi bot-bot ko'tarilib keladi. 2019 yili Prezident Shavkat Mirziyoev o'z iqtisodiy siyosatida eksport va xorijiy investitsiyalarga e'tibor kuchaytirgani ortidan Rossiyaga tegishli ommaviy axborot vositalarida ushbu mavzuni yoritish ko'paygani kuzatilgan.

2019 yil 2 oktyabrida Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko O'zbekistonga kutilmaganda tashrif buyurdi, Toshkentdagi muloqotlardan keyin Prezident Shavkat Mirziyoev O'zbekistonning EvroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zoligi ustida bosh qotirayotgani, yil oxirigacha O'zbekistonning bu boradagi ilk qadamlarini ko'rishga umid qilayotgani haqida e'lon qildi.

Matvienko xonim bayonotidan keyingi ikki hafta mobaynida O'zbekistonning EvrazESga a'zoligi haqidagi maqolalar soni rosa ko'paydi.

10-11 noyabr kunlari Moskvada joylashgan tadqiqot markazi va diskussiya forumi – Valday Klub Samarqandda tadbir uyushtirdi, unda EvroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi mavzusi bosh mavzulardan biri bo'ldi.

Shu munosabat bilan O'zbekistondagi ayrim rus veb-saytlari ham EvrazESga a'zolikning afzalliklari haqida maqolalar e'lon qildilar. Misol uchun, Podrobno.uz “Ekspertlar EOIIga a'zolikdan O'zbekiston ko'radigan olti nafni atadilar” deb sarlavhalangan maqola bosdi.

Maqolalar shakllari

Rossiya veb-saytlari EOII mavzusidagi rivojlanishlar haqidagi xabarlarni tarqatish bilan birga turli ekspertlarning nuqtai nazarlarini e'lon qilib kelishadi. Bu ekspertlarning aksari Evraziya tadqiqot loyihalalariga bosh qo'shgan ekspertlar hisoblanadilar. Ular ko'pincha O'zbekiston EOIIdan a'zolikdan topadigan turli foydalarni urg'ulaydilar.

“Hozirgi paytda O'zbekistonning EOIIga integratsiyasi Jahon Savdo Tashkilotiga qo'shilish jarayoniga nisbatan ko'proq foydaliroq… JSTga a'zo bo'lish yo'lida Rossiyaning uzoq yo'lni bosib o'tishiga to'g'ri kelgan va o'zining iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilishda Toshkentga Moskva o'zining boy tajribasi bilan turli sohalarda ko'maklashishi mumkin”, deyiladi Ia-centr.ru sayti 30 oktyabrda e'lon qilgan maqolada.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo'lgan ko'plab ekspertlarning shunga o'xshash mazmundagi maqolalari bosildi, bu maqolalarda salbiy oqibatlar kamdan-kam muhokama qilindi. Ayrim maqolalarda a'zolikning foydalari ochiqdan-ochiq targ'ib qilinmasa-da, ittifoqqa qo'shilish to'g'ri qaror degan fikrni o'quvchiga uqtirishga intilish kuzatildi.

Masalan, Ia-centr.ruda 23 oktyabrda e'lon qilingan maqolada Altinay Alieva O'zbek migrantlari Rossiyada ishlash ruxsatnomasini qo'lga kiritish uchun har oy anchagina mablag' sarflayotganlari haqida yozdi. “EOII a'zolari bo'lgan mamlakatlargina bu to'lovlardan qutulishi mumkin. Armaniston, Belarus, Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolarining Rossiyada ishlashlari uchun ish ruxsati talab qilinmaydi”, deyiladi maqolada.

Veb-saytlar EOIIga qarshi da'volarga nisbatan munosabatlar ham bildirib, himoya argumentlari bitilgan maqolalarni ham bosganlari kuzatildi. Misol uchun 5 sentyabrda “Sputnik” siyosiy ekspert Sergey Rekedadan iqtibos keltirdi, u ittifoqning a'zo bo'lmagan mamlakatlar uchun ham ko'plab savdo va boshqa shartnomalari bilan ochiqligi haqida gapiriladi. “Ushbu shartnomalar EOII haddan ziyod siyosiylashtirib yuborilayotgani va “postsovet mamlakatlarni qayta sovetlashtirishga” harakat qilinayotgani haqidagi ayblovlar asossizligini isbotlaydi”, deydi ekspert.

Ushbu uslubda maqola e'lon qilgan Vesti.uz O'zbekistonning bir qarorga kelishini kutishda Moskvaning sabri tugab borayotganini yozgan. “Bu Evropa emas. Hamma narsa yoki juda tez bo'lishi kerak, yoki umuman bo'lmasligi kerak”, degan rossiyalik tadqiqotchi Timofey Borodachyov fikrlari keltirilgan.

“O'zbekiston EvroOsiyo so'qmog'idan burildi”

Media kampaniyaning o'rtasida Prezident Shavkat Mirziyoev O'zbekistonning blokka to'la a'zo bo'lib kirmasligi, balki kuzatuvchi bo'lib kirishi haqida e'lon qildi.

Prezident bayonoti Rossiyaning o'sha kunlardagi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi bo'lib turgan Sergey Lavrov bilan muzokaralaridan bir necha kun o'tib yangradi. O'z navbatida janob Lavrov Rossiya O'zbekistonning EvroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan munosabatlari mustahkamlanishidan manfaatdor ekanini aytdi.

Aftidan Prezident Mirziyoevning ushbu bayonoti Vesti.uzni g'azablantirdi, veb nashr bir haftaning ichida uchta nuqtai nazarni e'lon qildi.

“O'zbekiston EvroOsiyo so'qmog'idan burildi” deb sarlavha qo'yilgan maqolada O'zbekiston rahbarining qarori G'arbga og'ayotganining alomati bo'lishi mumkinligi aytiladi. “Aftidan Mirziyoev G'arb bosimi ostida qolgan, bu narsa uni erkin va aniq tanlov qilishdan to'sayapti…”, deyiladi 24 yanvarda e'lon qilingan maqolada.

EvroOsiyo Ittifoqiga a'zolik foyda va zararlari

Ittifoqqa a'zolikni yoqlab chiqayotganlarning fikricha, O'zbekiston hammasidan ham ko'ra Rossiyada ishlab pul topayotgan O'zbek migrantlarining moliyaviy va boshqa sharoitlari yaxshilanishidan manfaat ko'radi.

O'zbek eksportchilari uchun yangi bozorlar ochilishi va yanada kengroq sarmoya imkoniyatlari paydo bo'lishi a'zolik afzalliklari ekani aytiladi.

Tanqidchilar fikricha, EvroOsiyo Ittifoqiga qo'shilish bilan O'zbekistonning Rossiyaga iqtisodiy qaram bo'lib qolish xavfi mavjud, chunki Rossiya ushbu blokda etakchi kuch hisoblanadi.

Shuningdek bu tashkilot Sobiq Sovet Ittifoqini “qayta tiriltirish”ga urinish degan xavotir bildiriladi.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube