O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Shavkat Mirziyoev oilasining sulolaviy mojarolari

Shavkat Mirziyoev oilasining sulolaviy mojarolari
25 Şubat 2020 - 14:14 'da yuklandi va 1269 marta o'qildi.

Quyidagi maqola telegra.ph saytida e'lon qilingan. “Eltuz” bu maqola tarjimasini e'tiboringizga havola etmoqda. Iddao va taxminlar ustiga qurilgan bu maqola jamoatchilik uchun ëpiq qolaëtgan birinchi oila sirlariga taalluqli bo'lgani bois o'zbek ijtimoiy mediasi o'quvchilarida qiziqish uyg'otdi. Shaffoflikdan uzoq va korruptsiya hamda nepotizm alomatlari taxmin qiliniadigan birinchi oila haqidagi bu maqola “Eltuz” nashri nuqtai nazarini ifoda qilmaydi. Ammo jamiyat o'zlarini boshqaraëtgan guruh haqida oz bo'lsa ham bilish huquqiga ega. Xuddi shu qarashdan kelib chiqib, bu maqolani e'tiboringizga havola qilamiz. Maqoladagi iddaoning umri uzun ë qisqa bo'lishi O'zbekiston prezidentining Turkiyaga 19 fevral' kungi safarida kichik kuëv tan soqchilar boshlig'i sifatida ko'rinishi ë ko'rinmasligiga bog'liq.

 

Shavkat Mirziyoevning kichik kuyovi Otabek Umarov 2019 yil dekabr' oyi o'rtalaridan boshlab Instagramda ko'rinmay qoldi. Buni Internet foydalanuvchilari ham yaqqol sezishdi.

U O'zbekiston Prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlayotgan bo'lishiga qaramay, yaqin-yaqingacha ommaga o'z hayotini ochiq tarzda namoyish etish bilan mashg'ul bo'ldi.

Erka kuyov “yoshlik – oltin davr”dagi hayotini, qimmatbaho avtomobillarda o'tkazgan poygalarini, bundan tashqari, mashhur insonlar hurmati uchun yozilgan shohona dasturxonlarni emin-erkin ko'z-ko'z qildi. Afsuski, uyushtirgan avtomobil' poygasi paytida baxtsiz hodisa ham ro'y berdi.

Hozirgi kunda Otabek Instagram sahifasini faqat O'zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilgan roliklar bilan to'ldirmoqda. Ehtirosli postlaridan so'ng bu holat go'yo davlat to'ntarishidan keyin bo'ladigan, doimiy ravishda ko'rsatiladigan televizion tasmalarni yodga tushiradi.

“Oqqush ko'li” raqsi

Otabek Umarov yaqinda bir yo'la ikkita jahon chempioni kamarini qo'lga kiritgan bokschi Murodjon Ahmadalievni taqdirlash marosimida ham ko'rinmadi.

An'anaga ko'ra, shu paytgacha barcha yirik sport tadbirlari Otabekning shaxsan ishtiroki ostida bo'lib o'tardi. Biroq mazkur tadbirda uning yo'qligini hech kim payqamadi, hamma shod-xurram edi.

Bayram kechasini ko'tarinki ruhda o'tkazish ishlari bilan Boks federatsiyasi raisi Saken Po'latov shug'ullandi. Chempionga Saken Po'latov homiyligida sotib olingan kvartira va avtomobil' mamlakat prezidenti nomidan topshirildi.

Saken Po'latov

Ehtimol Otabek Umarov birinchi shaxsning tansoqchisi vazifasini hamda Triatlon federatsiyasi va Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasida egallab turgan rais lavozimlarini Turizm bo'yicha davlat qo'mitasi rahbari lavozimiga o'zgartirish mavridi keldi, degan qaror qabul qilgandir. Aslida esa bunday qarorga ancha jiddiy sabablar turtki bergan bo'lishi ham mumkin.

O'tgan yil Shavkat Mirziyoev oilasida “mojarolar o'chog'i” yili sifatida yodda qoladi. Prezidentning oilasi eng daromadli biznesning siqib suvini ichib, nihoyat bir-birining mulkiga chang sola boshladi.

Umar Mavlonov chapda

Ikki kuyovning “malaylari” va “yollangan biznesmenlari” bir-birlari bilan tez-tez to'qnashmoqda, bu esa ularning to'daboshilarini g'azablantirmoqda.

Tobora kuchayib borayotgan avtoritet Otabek Umarov voris roliga da'vo qilmoqda. Hatto uning jamoadoshlari nimalardir haqida ochiq-oydin gapira boshlashdi. Umarovning odamlari ko'pgina lavozimlarni, jumladan, sport federatsiyalaridagi mas'ul mansablarni egallay boshladilar.

Aziz Komilov

Otabek xorijliklar orasida faqat Shavkat Mirziyoevning barcha davlat tashriflariga hamroh bo'lgani uchun emas, balki sport federatsiyalariga rahbari hamda Instagramda faol foydalanuvchi, o'zi bilan bog'liq voqea-hodisalarni muntazam ravishda yoritib boruvchi shaxs sifatida ham mashhur bo'ldi.

Federatsiyaning ilg'or rahbarlari dunyoga mashhur sportchilar akkauntlaridagi repostlar hisobiga Umarovni targ'ib qilishdi. Faol ishtirokchilar orasida Umar Mavlonovga tegishli (landan3) akkauntni alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq.

Umar – sobiq dzyudochi. U Dzyudo federatsiyasi rahbari Aziz Komilov bilan yaqin aloqa o'rnatgan, shuningdek, arab shayxlari va dunyo miqyosida nufuzli sportchilar bilan bog'liq barcha masalalarda asosiy vositachi hamdir.

Xorijdagi ko'chmas mulk ob'ektlari va banklardagi hisobraqamlar aynan uning nomiga rasmiylashtirilgan. Londonda yashovchi Umar Mavlonov bitimdan keyingi manfaatdor shaxs Oybek Tursunovga tegishli bo'lgan arab kompaniyasi nomiga Hayat-Tashkent mehmonxonasini qayta ro'yxatdan o'tkazish jarayonida ishtirok etdi. Biroq hozirda ular ham sukut saqlashmoqda. Bu real haqiqat!

Otabek Umarovning kundan-kunga oshib borayotgan obro'yi vorislik mavqeidan umidvor bo'lgan prezidentning katta qizi Saida Mirziyoevani, shuningdek, biznesning barcha talablarini ta'minlash bo'yicha asosiy nomzod bo'lmish prezidentning katta kuyovi Oybek Tursunovni bezovta qila boshladi.

Ular Otabek o'zini “birinchi oila” a'zosi emas, balki alohida shaxs sifatida ko'rsata boshlaganidan qattiq xafa bo'ldilar. Natijada Otabekning shaxsiy OU7 brendini va oltin gerb tushirilgan kiyimlari tarixini chiroyli qilib eslatishga o'tdilar.

Botir Tursunov – mamlakatning kulrang kardinali

Shu tariqa, Otabek Umarovning nufuzini tushirib, uni prezident Mirziyoevning ko'zidan uzoqroq qilish rejalari takomillashtirildi. Ushbu strategiya Oybek Tursunovning otasi va akasi Botir va Ulug'bek Tursunovlar tomonidan ishlab chiqildi.

Bu ikki qahramon va ularga sherik bo'lmish kichik Tursunov rafiqasi Saida bilan birgalikda O'zbekistonning haqiqiy hukmdorlari hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda, ular har qanday fikrlarni ilgari suradigan va Shavkat Mirziyoevni boshqaradigan odamlar hisoblanadi.

O'sha futbolka…

Mirziyoevning sabr-toqati Por'ening (Habib Nurmagomedovning so'nggi jangidagi raqibi) maykasiga oid voqealardan keyin tamoman tugadi. Klubda Otabek Umarov 100 ming dollarga sotib olgan futbolka paydo bo'ldi. Klassik “Troya oti”. Hozirgi kunda Otabek o'zining ushbu futbolka tufayli qanday mashhur bo'lganini yaxshi anglaydi.

Sovg'a qiluvchi negadir avvalgidek do'st sifatida ko'rinmasdi. Ushbu sovg'ani O'zbekiston prezidenti adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovdan qabul qilib olgan Otabek qaynotasi tarbiyalab voyaga etkazgan kadr hamisha “birinchi oila”ga tobe bo'ladi, deb ishonardi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov

Biroq u yangidan kelgan odam ushbu oila uchun omadli odam bo'lganini inobatga olmadi, demak Zaynilobiddin unga xizmat ko'rsatmaydi. Natijada Otabek Umarovning pozitsiyalariga darz ketdi. U endi asosiy tansoqchi sifatida ishlamaydi.

Hayr Otabek…

Bundan tashqari, Komil Allamjonov Saida bilan tandemda maydonga tusha boshladi. Gulnora Karimovaning yosh avloddan kelajakda unumli foydalanishga qaratilgan elektoral bazaga jalb qilish stsenariysi ayni Allamjonov boshchiligidagi yangi fond doirasida amalga oshirilmoqda.

Moliya va kuch ishlatar bloklarni boshqaradigan Tursunov klanining (Markaziy bank, Uzkard, Kapitalbank, APEX Insurance, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va militsiya) tashabbuslarini ikki kuyovga a'zolik badallarini ko'paytirish o'rniga bitta oila a'zolari bilan do'st bo'lishni afzal ko'rguvchi va xavfsiz deya hisoblaguvchi oligarxlar qo'llab-quvvatlashdi.

Jahongir Ortiqxo'jaev

Ayni paytda “Abu Saxiy”ga tegishli materiallar nashrga tayyorlanmoqda. Unda ushbu ishlarga oid sxemalar bo'yicha barcha manbalar batafsil bayon qilinadi. Eng muhimi, hozirgi kunda ushbu bozor kimga tegishli?

Kelajakka razm solgan holda aytish mumkinki, Timur Tillaev anchadan beri bu ishlarga aloqador emas. So'nggi uch yil ichida hamma boylik kuyovlardan birining cho'ntagiga tushmoqda. Anig'i, kimning cho'ntagiga?

Aziz Bakiev
Maqola muallifi

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube