O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov va DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev ustidan hukm o'qildi

Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov va DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev ustidan hukm o'qildi
25 Şubat 2020 - 18:22 'da yuklandi va 897 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha,  25 fevral' kuni O'zbekiston Harbiy sudida O'zbekiston sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov va DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev va uning o'rinbosari Jahongir Igamov ustidan hukm o'qilgan.

Bu haqda O'zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan uchala sobiq amaldor ustidan ëpiq o'tkazilgan sud hukmiga ko'ra¸ Otabek Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

(O'zbekiston qonunlariga ko'ra, ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.)

Sudlanuvchi O. Murodovga nisbatan jazo chorasini belgilashda sud O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Xususan, sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko'ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida etkazilgan zarar to'la qoplanganligi e'tiborga olindi”¸ deyiladi Oliy sud xabarida.

25 fevral' kungi sud hukmi bilan O'zbekiston sobiq Bosh prokurori¸ DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaevga 19 yil, uning o'rinbosari bo'lib ishlagan Jahongir Igamovga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, ularning har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog'liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

25 fevral' kungi mahkama hukmi Ixtiër Abdullaev va Jahongir Igamov ustidan chiqarilgan birinchi hukm emas.

2019 yilning 27 sentyabrda O'zbekiston Harbiy sudi Ixtiyor Abdullaev va “u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a'zolari”ga nisbatan ayblov hukmi e'lon qilgan va jinoiy uyushma tuzganlikda aybdor topilgan Ixtiyor Abdullaev 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Ayni mahkamada DXX raisining sobiq o'rinbosari Jahongir Igamov 16 yillik qamoqqa hukm qilingan edi.

45 yashar Otabek Murodov O'zbekiston tarixidagi eng ësh Bosh prokuror sanaladi. 2018 yil 31 yanvar' kuni Bosh prokuror Ixtiër Abdullaev DXX raisi etib tayinlanishi ortidan Murodov Bosh prokuror etib tayinlangan edi. Ikki yildan kamroq muddat ichida Otabek Murodov O'zbekiston prokuratura tizimini jamoatchilik va matbuot uchun ochgan liberal rahbar sifatida e'tibor qozondi.

2019 yil 21 iyun' kuni O'zbekiston Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan prezident Shavkat Mirziyoev 3-darajali davlat adliya maslahatchisi Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma'lum qilgan edi.

Ayni shu chiqishida prezident¸ aybsizlik prezumptsiyasi va sudlar mustaqilligi printsipiga zid ravishda¸ bu amaldorlarning uzoq muddatga qamalishini va'da qilgan edi.

Murodov ustidan borgan tergov jaraëniga yaqin Toshkent mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ tergov va mahkama davomida Murodovga qo'yilgan ayblarning aksariyati o'z tasdig'ini topmagan.

Murodovga qarshi ko'rsatma olish uchun o'nlab odam¸ xususan¸ tadbirkorlar so'roq qilindi. Ammo uning Bosh prokuror sifatida pora olganiga oid ayblovlarning deyarli birortasi tasdig'ini topmadi”¸ dedi Ozodlikka shaxsi ochiqlanmasligini so'rab gapirgan Toshkent mulozimi.

Shavkat Mirziëev hokimiyatga kelganidan beri O'zbekiston sobiq Bosh prokurorlaridan uchtasi jinoiy javobgarlikka tortildi.

Ilsom Karimov davrida Bosh prokuraturani 15 yil boshqargan Rashitjon Qodirov 2019 yilning 26 iyun' kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi hukmi bilan 10 yilga ozodlik mahrum etildi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube