O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mav'iza

Mav'iza
26 Şubat 2020 - 17:26 'da yuklandi va 1121 marta o'qildi.

MAV'IZA

Turk shayxlaridan biri shayx Ne'matulloh Berlindagi masjidlardan birida turklar bilan ikki-uch soat suhbat qurib o'tirib birdan so'rab qoldi:

– Boshqalar qani? Nega ozchiliksiz?

– Boshqalar aroqxonada.

– Meni birortangiz o'sha aroqxonaga boshlang.

Kishilar shayxni aroqxonaga boshlab borishdi. Shayx aroqxonaga kirib:

– Assalomu alaykum ey mujohidlar!-deb salom berdi.

U erdagi turklar:

– Bu erda mujohidlar yo'q. Qanaqa mujohidlar?!-deya ajablanishdi.

Shayx:

– Sizlar Turkiyada yurish-turishingiz, maishatingizni tashlab islomiy ismlaringiz bo'lmish Ahmad, Muhammad, Xalil, Ibrohim kabi ismlaringiz bilan Germaniyaga safar qildingiz. Ana shu ismlaringizning o'zi insonlarga islomni eslatadi. Bu bir jihoddir.

Ikkinchidan Turkiyada ota-onalaringiz va farzandlaringizni tashlab halol rizq topish ilinjida bu erlarga keldingiz. Bu ham jihoddir.

Uchinchidan, agar ajdodlaringiz Usmoniylarning mujohid bo'lishganini inobatga olsak siz ularning davomchilarisiz. Demak mujohidlarsiz. Men Madinai Munavvaradan sizga Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan mujda olib kelayapman. U zot: “Kim La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh” desa jannatga kiradi”, deganlar. Alloh taolo siz sababli menga ajr beradi.

Shunda u erdagi barcha yigitlar iymon kalimasini baralla aytishdi.

Shayx yana dedi:

– Men uzoq yillardan beri masjidlarda kishilarga va'z qilib kelaman. Biz sizni ziyorat qilishga burchli edik. Insonlarning huzuriga kelib ularni haq dinga da'vat qiladigan nabiylarning chaqirig'ini sizga etkazishimiz lozim edi.

Kishilar yig'lay boshlashdi. Ular: “Ey shayx! O'tiring, gapiring! “, deyishdi.

Shayx Ne'matulloh dedi:

“Birga o'tirishning ma'nosi haromda sheriklikdir. Nima bo'lganda ham hozir siz jannat ahlidansiz. Men boshqa joylarga borib suhbat qilishim lozim”.

Ular shayxdan yana gapirishini talab qilishdi. Shayx:

“Qachongacha gapiraman. Siz hozir oxiratdagi jannatni qo'lga kiritdingiz. Men sizni dunyodagi jannatga ya'ni, masjidga chaqirmoqchiman”, dedi.

Ular:

“Biz qanday masjidga boramiz. Ba'zilarimiz junub bo'lsak?”, deyishdi.

Shayx:

“Junublar masjid hammomida g'usl qiladi. Suv sovuq. Ammo siz mujohidlarsiz dedim-ku! Mujohidlar sovuq suvdan qo'rqmaydi”.

Ulardan qattiq mast bo'lganlarni hushyorroqlari etaklab olishdi. Ular bir-birlarini shijoatlantirib masjid tomon yurishdi. Shayx masjidga qirq kishini olib bordi. Ularning ba'zilari masjidga kirdi, ba'zilari tashqarida kutib turdi. Shayx ularni quyidagi ma'nodagi oyat bilan ichkariga chaqirdi:

“Ey o'z jonlariga isrof qilgan bandalirim! Allohning rahmatidan noumid bo'lmang. Albatta Alloh barcha gunohlarni mag'firat qiladi. Albatta Uning o'zi o'ta mag'firatli va o'ta rahmli zotdir”. Zumar surasi- 53.

Bir necha yillar o'tdi. Taxminan uch yillardan so'ng shayx Ne'matulloh masjidi Nabaviyda o'tirganlarida oldilariga bir salla, choponli va soqolli bir turk kishi keldi. Shayxga qarab:

– Ey shayx Ne'matulloh! Meni tanidingizmi?-dedi.

Shayx:

– Nega tanimasligim kerak? Men butun Turkiyani aylanib suhbat qilganman. Biror-bir men borgan masjidning imomi bo'lsangiz kerakda, dedi.

U kishi dedi:

– Men sizni yaxshi taniyman. Ammo siz meni ming yilda ham tanimaysiz. Men Berlindagi aroqxonadan eng keyin chiqqan kishiman. Meni ikki kishi sudrab olib chiqqan edi. O'shanda siz mening boshimni silab “sening Allohning oldida qiymating bor. U seni o'z uyida qabul qilayapdi” degan edingiz. O'shanda mast edim. Ammo sizning gapingizni anglaganman. Masjid tashqarisida kayfim tarqashini kutib turganman. So'ng g'usl qildim, namoz o'qidim, Allohga tavba qildim. O'shandan beri namoz va boshqa ibodatlarni kanda qilmayman. Xotinim ham hijobga kirdi. Birga umraga keldik. Taqdir ekan, siz bilan ko'rishdik, alhamdulillah!

Bundan ham qizig'i, shayx Ne'matulloh bir qimorxonaga kirib u erdagilarga: ” Sizlarda payg'ambarimiz sallollohu alayhi va sallamning va sahobalarning sifatlari bor. Chunki sizlar tun allamahal bo'lgan bo'lsada uxlamasdan ular kabi bedorsiz” deganida hamma qimorni tashlab yig'lab shayx bilan masjidga borgan edi.

Alloh taolo aytadi:

“Robbingning yo'liga hikmat va yaxshi mav'iza bilan da'vat qil. Va ular ila go'zal uslubda munozara qil. Albatta Robbing o'z yo'lidan adashganlarni o'ta bilguvchi, va hidoyat topguvchilarni ham o'ta bilguvchidir”. Nahl surasi-125.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube