O’zbekiston Xalq Harakati

Qur'ondagi «tasavvuriy devor»

Qur'ondagi «tasavvuriy devor»
05 Mart 2020 - 11:55 'da yuklandi va 1182 marta o'qildi.

QUR'ONDAGI «TASAVVURIY DEVOR»

Adan ko'rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-mandab bo'g'ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani) bilan Oq (O'rta er) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) bo'g'ozida ikki dengiz suvi bir biriga aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan Kusto ham Qur'oni Karimning ilohiy mo'jiza ekanligini tan oldi.

Qur'oni karimning Ar-rahmon surasida zikr qilingan “barzah” nima o'zi?

Yoki Furqon surasidagi “xijran maxjuro” dan murod nima?

Dengizshunos olimlar “barzah” haqida nimani kashf qildilar?

﴿مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ * بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَا يَبْغِيَانِ * فَبِأَيِّ آَلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴾

U ikki dengiz (daryo)ni bir biri bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.Bas, (ey ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! (Ar-rahmon surasi 19-21-oyatlar)

Ali (roziyallohu anhuning): “Hali Qur'oni Karimda tafsir qilinmagan oyatlar bor”, degan mashhur so'zlaridan kelib chiqib, ulamolar o'sha “barzah” ning tafsirida qiyin ahvolga tushib, hayron bo'ldilar.

Qaerda o'sha “barzah”?

Qizil dengiz bilan Hind okeani o'rtasidagi to'siq qaerda?

O'rta er dengizi bilan Qora dengiz tutashgan Bosfor bo'g'ozidagi to'siq qaerda?

Atlantika okeani bilan O'rta er dengizi tutashgan Gibraltar bo'g'ozidagi to'siq qaerda?

﴿وَهُوَ الَّذِي مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ هَذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ وَهَذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخاً وَحِجْراً مَحْجُوراً﴾

(Alloh) ikki dengiz (daryo)ni bunisi juda chuchuk, unisi juda sho'r qilib oqizib qo'ygan va ularning o'rtasida to'siq va puxta parda qilib qo'ygan zotdir (Furqon surasi 53-oyat).

Diqqatni tortadigan narsa shuki, xar bir dengizning o'zgarmaydigan barqaror sho'rlik darajasi bo'ladi. Dengizlar bir biriga qo'shilib turishiga qaramay, ular ko'paymaydi ham kamaymaydi ham…

Shuningdek, har bir dengizning o'zgarmaydigan zichligi, tezligi, harorati va rangi bor.

Agar bir inson samolyotda Bob al-mandab, yoki Gibraltar bo'g'ozlari ustidan parvoz qilsa, bir dengizning ikkinchisidan boshqacha ekanligini ko'radi.

Dengizshunos olimlar Qizil dengizning suv zarralarini o'rganib chiqib, uning suvlari o'z xarakati davomida Bob al-mandab bo'g'ozidagi “tasavvuriy devor” bo'lib turgan to'siqqa etib kelgach, yana ortiga qaytib ketishini kuzatganlar. Bu holat Hind okeani bilan Qizil dengizida, O'rta er dengizi bilan Qora dengizda hamda O'rta er dengizi bilan Atlantika okeanida ham kuzatilgan.

Aslida “barzah” devor emas, egilib – bukiluvchi elastik ekanligi, dengiz suvlarining to'qnashuvi to'lqinsimon xarakatdan iboratligi kuzatildi.

﴿بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَا يَبْغِيَانِ * فَبِأَيِّ آَلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ﴾

(Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.Bas, (ey ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! (Ar-rahmon surasi 20-21-oyatlar)

Ikki sho'r dengizning o'rtasida to'siq bor. Shuningdek, biri chuchuk, yana biri sho'r dengizning o'rtasida ham to'siq va puxta parda bor.

Amerikadagi ayrim daryolarning tezligi bir soniyada 300000 kubmetrdan oshadi. Ularning dengizgacha bo'lgan oraliq masofasi 80 km bo'lib, Atlantika okeaniga suvini quyadi. Daryolardan oqib kelayotgan chuchuk suv dengizga qo'shiladi, lekin ular aralashib ketmaydi. Chunki ularning o'rtasida bir birini oshib o'tishga imkon bermaydigan وَحِجْراً مَحْجُوراً puxta parda bor. Oyati karimadagi “puxta parda” dan chuchuk suvda yashaydigan baliqlar sho'r suvga, shuningdek, sho'r suvdagi baliqlar ham chuchuk suvgv kirmasliklari nazarda tutilgan.

Ushbu oyatlar Allohning buyukligiga dalolat qiladi. Dengizlar bir birlariga qo'shilib tursada, aralashib ketmaydi.

Siz bir idishga bir kosa sho'r suv bilan bir kosa chuchuk suvni aralashtirmasdan solishga qodirmisiz?!

Yoki aralashib ketgan bu ikki suvni bir biridan ajratib bera olasizmi?!

Yoki idishdagi aralashib ketgan suvni faqat chuchuk qisminigina icha olasizmi?!

Albatta, bu inson toqatidan tashqaridagi narsalardir.

Arab tilidan Avazxo'ja Baxromov tarjimasi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube