O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Rassomning asari

Rassomning asari
14 Mart 2020 - 12:31 'da yuklandi va 527 marta o'qildi.

Ko'raëtganingiz bu asar muallifi talantli rassom do'stim Shavkat Muzaffardir.

Asarni Chexiyada yashaydigan o'zbekistonlik olim sotib olib uyiga osib qo'ydi. Bu rasm osilganiga 4 yil bo'ldi. Rasm uyni bezab yaxshi ijobiy fazo yaratgan. Mehmonlar ko'zini ham quvnatib turibdi.

Usta rassomning original rasmini sotib olib uyni bezatish haqiqiy boy odamlar o'ziga ravo ko'radigan lyuks mashg'ulot.

O'zbekistondagi rassomlar bilan gaplashib ko'ring. Ular kamida 8 ëki 9 yil rassomlikka o'qishgan. Oldin biror to'garakda 3 yil keyin Ben'kov bilim yurtida 4 yil keyin rassomlik institutida 5 yil o'qishadi. Ammo shundan keyin ham hamma rassom bo'lib etishavermaydi. Tasviriy san'at asari uzoq mashaqqatli tajriba mahsuli bo'lgani uchun ham qimmat turadi. Shu bilan birga rasm sotib olish bu aksar xolda yaxshi investitsiyadir.

Bir misol aytsam. 1991 yilda 1500 sovet so'miga sotib olingan O'zbekiston xalq rassomi Volkov asarining narxi bugun bir million AQSh dollariga xalqaro auktsionlarda sotilmoqda.

1993 yili ukam Qudrat bilan rahmatli ustozim Chingiz Ahmarovning uyiga ziëratga bordik. “Rossiya” mehmonxonasidan sal narida yashardi ustoz. Chingiz aka ukam Qudratga rasmlarini ko'rsatib “sotib olmaysanmi” dedi. Tabiatan xushfe'l ukam “Pulim oz” dedi hijolat bo'lib. Ustoz bo'lsa “O'sha oz pulga ham sotib olaver” dedi. Qudrat qo'lidagi plastik paketga joylangan pullarni ustozga uzatdi. Ustoz sanamasdan pulni bir qismini olib qolganini qaytarib berdi. Rasm orqasiga ko'mir bilan ukam Qudratni olqishlovchi gaplarni ham ëzib berdi. Bugun Chingiz Axmarov asari juda qimmat turadi.

Eslasangiz Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyidan ham Axmarov asarlari chiqqan edi. Dunëda olmos¸ dur va mujavxarlardan ham qimmat turadigan narsa bu rassomning asaridir. Bu dunëda shuncha yil yashab men bilgan eng yaxshi¸ eng aqlli mehribon va ayni damda tuproq kabi hoksor odamlarning rassomlar ekaniga amin bo'ldim.

Kecha buxorolik rassom do'stlarim Muzaffar Abdullaev va Zelimxon og'a Saidjonov ko'rgazma qilganini FBda ko'rib ular uchun sevindim. Sizlarni sevaman jo'ralarim. Yaxshiyam borsiz bu dunëda. “Mayli yursangiz ham dunëni kezib¸ uzun sochingizga tushsa hamki oq. Bir o'tinch bor beringiz chizib onamiz suvratin O'zbekistonni.” Shoir Abdulla Oripov ëzgan she'r ma'nosi shunday edi. (Aynan esimda yo'q) Ustozlarim Orif Muinov (marxum) Isfandiër Haydarov¸ Omon Aziz¸ Yanis Salpinkidi¸ Shavkat Abdusalomov sizlarga ta'zim va olqish. Rassom do'stlarimning hammasi uchun taalluqli bu gaplar. Omon bo'lingizlar.

Shuhrat Bobojon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube