O’zbekiston Xalq Harakati

Iqror

Iqror
14 Mart 2020 - 18:08 'da yuklandi va 1268 marta o'qildi.

 

IQROR

Xalqim kambag'almas,
xalqim juda boy.
Faqat qaroqchisi – bordir bir to'da.
Qani, qaerlarda?
shaffof degan joy,
Men kazzoblardan – bezibman juda.

Boyliging ko'p asli, ey ona yurtim.
Cho'ntaging – o'marar ko'p kissaburlar.
Quruq so'zlar bilan rosa avraydi –
Qachon odam bo'lur –
insof qilgurlar?

Eskini yomonlab, yangini maqtab,
Bo'lmagan dek o'zi – o'sha zamonda.
“Hammasi yaxshi der”
vijdonin xo'rlab,
Mansab va jonini, saqlar omonda.

Shoirlari “zo'rdir” mening yurtimning,
Mashhurlikka tashna – xushvaqt yuradi.
Yozarlari “epchil” mening yurtimning,
Och xalqning ko'zidan – yuzin buradi.

Jo'mardlar sanoqli,
Bahodirlar kam.
Sotqinlar ko'paydi, xijolat dorlar,
Qo'g'irchoq teatri – etmoqda davom,
Sahnada maddohlar – laganbardorlar.

Televizorida-ku, dardi yo'q nido,
Mantiqsiz nolalar mudom jaranglar.
Mening yozganlarim emas – muammo,
Qachon zafar quchar?
sharafsiz janglar…

Kimdir ikki qo'ldan sado chiqarar,
Nohaq chalinadi – ayovsiz qarsak:
Olamon “yolg'on”dan yuzin burgan kun,
G'alaba kuni deb – quvonsam kerak.

Mening xalqim boydir, kambag'al emas,
Sabri ulkan uning, shudir boyligi.
Lekin – haqiqatga ishongi kelmas,
Tugamas, xalqimning hotamtoyligi…

Fevral' 2020
© Muallif Abduvohid Suvonov.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube