O’zbekiston Xalq Harakati

15 mart – Fayzulla Xo'jaev otilgan kun

15 mart – Fayzulla Xo'jaev otilgan kun
15 Mart 2020 - 16:12 'da yuklandi va 798 marta o'qildi.

15 MART – FAYZULLA XO'JAEV OTILGAN KUN

O'zbekiston kalimasini tarixga kirgizib, bu davlatning ilk rahbari bo'lgan Xo'jaev siymosini tarixdan o'chirishga urinish keyingi yillarda izchil tus olgani kuzatiladi. Buxoroda Fayzulla Xo'jaevning marmar haykali va ëdgorlik lavhasi olib tashlangan.

Fayzulla Xo'jaev 1938 yil 15 martda 42 ëshida Kreml' buyrug'i bilan otib o'ldirilgan edi. U 1937 yilda taniqli sovet arboblari Buxarin va Rikov bilan birgalikda hibsga olindi va AQSh josusi sifatida 1938 yil Moskvada otib tashlandi.

1965 yil Moskva mahkamasi Xo'jaev ishini ko'rib chiqib, uni Stalin qatag'oni qurboni deb topdi va uni o'limidan so'ng oqladi. Fayzulla Xo'jaev Turkistonni birlashtirish tarafdori edi.

Kreml' bu g'oyaga tish-tirnog'i bilan qarshi bo'lgani bois, Xo'jaev “Katta Buxoro” g'oyasini ilgari surib, dunë xaritasida O'zbekistonni mavjud qildi.

Millionlarni millat uchun sarflagan mard Fayzulla Xo'jaev taniqli mutafakkir Fitrat bilan birgalikda 1916 yilda “Ësh buxoroliklar” jadid harakati etakchisi sifatida Buxoroda namoyish uyushtirib, mamlakatda demokratik qadriyatlarni kafolatlaydigan konstitutsiya joriy qilinishini talab qilgan edi.

Bu harakati uchun Fayzulla Xo'jaev Amir Olimxon tarafidan o'limga hukm qilindi. 1920 yilda amirlik barham topganidan keyin Fayzulla Xo'jaev Buxoro Respublikasiga rahbarlik qildi. Fayzulla Xo'jaev 1925 yilda O'zbekiston Bosh vaziri (Sovnarkom raisi) bo'ldi.

Rotatsiya asosida 1925 yilda SSSR ijroqo'mi raisi bo'ldi. Fayzulla Xo'jaev bir guruh ësh o'zbeklarni Germaniyaga o'qishga yubordi. Bugun Moskva arxivlarida saqlanaëtgan hujjatlarga ko'ra, Fayzulla Xo'jaev ularning o'qishi uchun mablag'ni ayamagan, talabalar ahvolidan shaxsan o'zi xabar olib turgan.

Sovet hukumati 1922 yildayoq Germaniyaga o'qish uchun yuborilgan buxorolik yoshlarni Moskvaga qaytarishga uringan. Xo'jaev bunga qarshi bo'lgani hujjatlarda aks etgan.

Muinjon Aminovning 1938 yil 28 yanvarda bo'lib tergovdagi ko'rsatmasidan:

“1922 yil Kuybishev (Valerian Kuybishev) men va Fayzulla Xo'jaevdan ularning (talabalarning) qaytarilishini, Moskvada o'qitilishini talab qildi. Xo'jaev qat'iy rad javobini berdi. So'ng Umar Faxriev degan kishini xat bilan Germaniyaga jo'natdi va u erda ta'lim olayotgan buxorolik talabalarga: “Sovet eriga qaytmay turinglar”, deb topshiriq berdi” kabi fikrlarni o'qiymiz.

Xorijda qolib o'qishini davom ettirgan, keyinchalik Turkiyada qo'nim topgan 14-16 nafar sobiq talabaga Xo'jaev Burxonov orqali moddiy yordam ko'rsatib turgan. U Germaniyadagi Olimjon Idrisiy, millioner Amin Sulaymon, savdogar Eydel'man bilan aloqada bo'lib, turkistonlik talabalarga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatib turishni ushbu shaxslardan so'ragan.

Qilichevning yozishicha, Fayzulla Xo'jaev xorijda yashovchi Mustafo Cho'qaevni (1890-1941 yillar) moddiy jihatdan ta'minlash uchun turli yo'llar bilan uning nomiga tilla va pul yuborib turgan.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube