O’zbekiston Xalq Harakati

Dabusiyning ilmiy jasorati

Dabusiyning ilmiy jasorati
16 Mart 2020 - 17:25 'da yuklandi va 708 marta o'qildi.

DABUSIYNING ILMIY JASORATI

Islom manbashunoslari “O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda musulmon olamida hanafiya mazhabining ikkita katta ilmiy markazi vujudga keldi. Bu ilmiy markazlardan biri IX-X asrlarda Buxoroda, ikkinchisi X-XI asrlarda Samarqandda yuksak darajada rivoj topdi”, deb ma'lumot beradilar.
Qadimshunoslar ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro hanafiya mazhabi ilmiy markazining vujudga kelishi musulmon olamida ulug' alloma sanalgan Muhammad ibn Hasan Shayboniyning shogirdi, buyuk faqih Abu Hafs Kabir va u tarbiyalab etishtirgan olimlar bilan bog'liq bo'lsa, Samarqand ilmiy markazining asos solinishida Imom al-Buxoriy, Imom ad-Dorimiy, Abu Mansur Moturidiy kabilarning xizmatlari katta bo'lgan. Bu ikkita ilmiy markazdan islom olamida mashhur bo'lgan bir necha minglab allomalar etishib chiqqanlar. Ular orasida Abu Hafs Kabir O'rta Osiyoda fiqh ilmiga asos soldi, Imom Buxoriy hadis ilmining sultoni darajasiga etishdi. Abu Mansur Moturidiy sunniylikda kalom maktabini yaratdi. Burhoniddin Marg'inoniy fiqh ilmining qonunlarini hujjatlashtirib berdi. Abu Bakr Kolobodiy tasavvufning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Bularning bari islom ilmining taraqqiy etishiga xizmat qildi. Shu davrda har ikki ilmiy markazning eng yaxshi an'analarini davom ettirgan ulug' allomalardan biri, buyuk faqih, vatandoshimiz Abu Zayd Dabusiy bo'ldi.
Uning nomi tarixiy asarlarda Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ibn Iso al-Qoziy ad-Dabusiy deb keltiriladi. Ismidagi Abu Zayd Ubaydullo allomaning kunyasi va nomini anglatsa, Dabusiy nisbasi uning tug'ilgan joyi ma'nosini bildiradi. Muarrixlar qadimiy bitiklarida u tug'ilgan joy Dabusiyani goh qishloq, goh qal'a, goh shahar deb tilga oladilar. Abu Bakr Muhammad Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida “Hali Buxoro shahri vujudga kelmagan, lekin qishloqlardan ba'zilari paydo bo'lgan edi. Nur, Harqonrud, Vardona, Tarnovcha, Safna va Isvona o'sha qishloqlar jumlasidandir. Podshoh turadigan katta qishloq Boykand edi. Dabusiy katta qal'a bo'lib, shahar deb shuni atar edilar”, deb ma'lumot beradi. Boshqa bir muarrix Iyso ibn Muso Abu Ahmad Buxoriy o'unjor “Buxoro tarixi” asarida “Dabusiya o'z arkiga, shahristoni va rabotlariga ega, o'nlab madrasalari mavjud ilm shahri edi”, deb yozadi. Haqiqatan ham, Samarqand va Buxoro shaharlari oralig'ida, hozirgi Paxtachi tumani hududida, Zarafshon daryosi sohilida joylashgan Dabusiyaning 160 gektardan oshiq xarobalari uning qadimda nihoyatda ulug'vor shahar bo'lganligini ko'rsatadi. Bo'lg'usi alloma ana shu shaharda hijriy 367, milodiy 978 yilda dunyoga keladi. Dastlabki ta'limni Dabusiyadagi ilm dargohlarida oladi. Keyin ta'limni Samarqand va Buxoro madrasalarida davom ettiradi. Fiqh ilmini mukammal o'rganadi. Bu borada u ikki buyuk faqih – Abu Bakr Muhammad ibn Fazl Buxoriy va Abu Ja'far ibn Abdullo Ustrushoniy o'ziga ustozlik qilganini alohida ehtirom bilan e'tirof etadi.
Abu Zayd Dabusiy islom olamida fiqh, usul, xilof, jadal va tasavvuf ilmlari bo'yicha nihoyatda iqtidorli alloma sifatida ulug'langan. U ilmning bu sohalarida ko'plab asarlar yaratish bilan cheklanib qolmadi. Fanning yangi tarmoqlarini, yo'nalishlarini kashf qildi, fiqh ilmini yanada yuksak darajaga ko'tardi, uni yangi hayotiy xulosalar bilan boyitdi. Shuning uchun uning ilmiy iqtidori, salohiyati barcha davrlarda ko'plab olimlar tomonidan tan olingan. Muarrixlarning “Vafoyot ul-a'yon”, “Toj ut-tarojim”, “Javohir ul-muziya”, “Favoid ul-bahiya” kabi asarlarida keltirilishicha, u har doim Buxoro, Samarqand, Dabusiya shaharlarida mashhur va taniqli olimlar bilan fanning turli sohalarida munozaralar olib borgan. Bu munozaralarda, bahslarda g'olib bo'lgan. Munozaralarda yangi fikrlarni, g'oyalarni o'rtaga tashlagan. U fiqh sohasida ilmiy yo'nalishdan tashqari amaliy faoliyat bilan ham shug'ullangan. Buxoroda qozilik qilgan. Musulmon olamida mashhur bo'lgan Buxoroning etti qozisi (quzzoti sab'a)dan biri hisoblangan. Hanafiya mazhabidagi faqihlar Dabusiyni nafaqat quzzoti sab'aning vakili deb, balki uning raisi deb ulug'laganlar. Shu sababli allomaning nomiga “al-Qoziy” nisbasi doimo qo'shib aytilgan. Bu nom uning shaxsiga nisbatan ehtirom bilan birga buyuk faqihligini ham bildirgan.
Ilm-fan olamida allomaning o'nta asari haqida ma'lumot etib kelgan. Ularning aksariyati fiqh ilmiga – islom qonunshunosligiga bag'ishlab yozilgan. Bular orasida “Ta'sis un-nazar” (“Qarashlarni asoslash”), “Taqvim ul-adilla” (“Dalillarni baholash”), “Kitob ul-asror fil-usul val-furu'” (“Fiqh ilmi asoslari va tarmoqlari sirlari haqida kitob”), “Al-amad ul-aqso” (“Eng olis maqsad”) deb nomlangan asarlari alohida ajralib turadi. Bu asarlarning nodir qo'lyozmalari dunyoning turli kutubxonalari xazinalarida saqlanib qolgan. Ulardan ikkitasi “Ta'sis un-nazar” va “Taqvim ul-adilla” bugungi kunda mukammal holda nashr qilingan. Qolgan ikki asarining ayrim qismlari chop etilgan. Bulardan tashqari, allomaning “Xizonat al-hudo” (“Hidoyat xazinasi”), “Sharh al-Jami' al-kabiyr” (“Jami' al-kabir”ning sharhi”), “Al-anvor fi usul al-fiqh” (“Fiqh asoslarini ochuvchi nurlar”), “An-nuzum fil-fatovo” (“Fatvolardagi tartib-qoidalar”), “Tajnis ud-Dabusiy” (“Dabusiyning tartib va tasnifi”), “At-ta'liqa” (“Hoshiya”) kabi asarlari nomlari turli manbalarda ko'rsatilgan, lekin qo'lyozmalari shu paytgacha topilmagan. Shu bilan birgalikda uning munozara va tasavvuf ilmiga oid asarlari bo'lganligi haqida ma'lumotlar ham bor. Ammo hozircha bu asarlarning nomi ham, o'zi ham mavjud emas. Shunga qaramay mavjud asarlarining o'zi allomaning ilm-fan olamidagi nufuzi yuksak bo'lganligini ko'rsatadi.
Abu Zayd Dabusiy O'rta Osiyo faqihlari orasida o'ziga xos yangi ilmiy asoslar yaratgan va teran falsafiy tafakkuri bilan shuhrat qozongan alloma hisoblanadi. U asarlari orqali fanning usul ul-fiqh (huquqshunoslik asoslari), ilm ul-xilof (qiyosiy huquqshunoslik), furu' ul-fiqh (huquqshunoslik tarmoqlari) va tasavvuf ilmi sohalarida katta yangiliklar yaratdi. Alloma “Ta'sis un-nazar” (“Qarashlarni asoslash”) asarida huquqshunoslikning o'ziga qadar o'rganilmagan “ilm ul-xilof” (qiyosiy huquqshunoslik) deb atalgan qismi xususida so'z yuritadi. U asarida bir huquqiy masala yoki muammoni o'rtaga tashlaydi. Uni hal qilishda faqihlar turli fikrlar, g'oyalarga asoslanganliklarini ko'rsatib beradi. Natijada bir huquqiy muammoni hal qilishda ko'plab faqihlar, turli fiqhiy maktablar vakillari, har xil mazhablar allomalari o'rtasida bir-biridan farq qiluvchi qarashlar, ixtiloflar yuzaga kelganligini aniqlaydi. U ixtilofli masalalarni 8 qismga ajratadi. Fiqhiy masalalar yuzasidan kelib chiqqan ixtiloflarni, qarama-qarshiliklarni 84 ta umumiy qoida asosida tartibga soladi. Har bir qoidani amaliy masalalar bilan izohlaydi. Boshqacha aytganda, u ilm ul-xilof (qiyosiy huquqshunoslik)ning ilmiy nazariyasini ishlab chiqadi va bu fanning asoschisiga aylanadi. Abu Zayd Dabusiydan keyin fiqh sohasida “xilof ilmi”dan allomalar nihoyatda ko'p foydalanishgan. Buyuk faqih Burhoniddin Marg'inoniy “Hidoya” asarini yaratishda bu ilmni o'ziga asos qilib olganligini ehtirom bilan yozadi. Qiyosiy huquqshunoslik dunyo ilmida XX asrning ikkinchi yarmiga kelganda alohida fan sifatida e'tirof etildi va rivoj topdi. Bularning bari vatandoshimiz ulug' allomaning ming yillar ilgari yaratgan ilmiy nazariyasining hayotbaxshligini ko'rsatadi.
Allomaning fiqh ilmidagi yana bir muhim kashfiyoti “usul ul-fiqh” (huquqshunoslik asoslari) sohasida ishlab chiqqan yangi ilmiy yo'nalish bilan bog'liq edi. Ma'lumki, shariatda qonunlar islomning asosi bo'lgan Qur'oni Karim, hadislar, fatvolar va boshqa manbalardan mantiqiy hukmlar chiqarib olish natijasida belgilangan. Bu fiqh ilmida naqliy rivoyatlar asosida hukm chiqarish, deb atalgan. Usul ilmi ana shunday hukmlar chiqarish uchun asos, metod vazifasini bajargan. Abu Zayd Dabusiy esa hukm chiqarishda naqliy rivoyatlar bilan birga aqliy rivoyatlardan ham foydalanish yo'llarini yaratgan. Ya'ni har bir hukmni islomiy manbalardan tashqari hayotda ro'y bergan voqea-hodisalar, muammolar mohiyatini chuqur o'rganish, tahlil qilish orqali chiqarishga erishgan. Bu usul ilmini, huquqshunoslik asoslarini boyitishga, uni yangilashga, islom qonunlarini esa hayotiy asosda mukammallashtirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, alloma fiqh ilmiga qiyos usulini, qonunlarni va qonunlar uchun asos bo'lgan voqeliklarni qiyosiy o'rganish jarayonini ham olib kirdi. Natijada ilm ul-xilof (qiyosiy huquqshunoslik)ni usul ul-fiqh (huquqshunoslik asoslari)ning bir qismi deb belgiladi. “Taqvim ul-adilla” asarida qiyos usulining imkoniyatlarini, unga oid barcha muhim va murakkab atamalar, qonun-qoidalarni izohlab berdi. Bu borada alloma o'zidan oldin o'tgan faqihlarning fikrlarini ilmiy jihatdan isbotladi yoki rad qildi. Allomaning bu ilmiy fikri nafaqat usul ilmi rivojida tub burilish yasadi, balki o'z davri uchun ilmiy jasorat ham edi. Shu bois arab allomasi Ibn Xaldun “Hanafiy imomlaridan Abu Zayd Dabusiy qiyos bo'yicha barchadan ko'ra keng ko'lamli asarlar yaratdi, bu ilmga tegishli bo'lgan barcha bahs-munozaralarga yakun yasadi. Uni birinchi bo'lib ilmiy asos bilan qurollantirdi. Bu jasorat tufayli usul ul-fiqh ilmi mukammal darajaga ko'tarildi, unga tegishli masalalar echimini topdi, qoidalar tartibga keltirildi. Alloma musulmon olamida fiqh ilmining peshqadamlaridan biriga aylandi”, deb yozgan edi. Keyingi davr allomalarining barchasi Dabusiyning usul ilmidan foydalangan holda asarlar yaratdilar. XX asrning atoqli tadqiqotchisi Karl Brokkel'manning fikricha, endilikda dunyo huquqshunosligi rivoji asosida ham alloma kashf etgan usul ilmi qoidalari muhim manba bo'lib xizmat qilmoqda.
Tarixdan ma'lumki, davrlar o'tishi bilan islom dinida turli firqalar, mazhablar yuzaga kelgan. Bu firqalar, mazhablar vakillarining qarashlarida har xilliklar, hatto o'zaro ziddiyatlar, ixtiloflar paydo bo'lgan. Jumladan, islomiy ilmlar – hadis, kalom, tafsir, usul ul-xilof, usul ul-fiqh va boshqa shu kabi sohalarda yaratilgan asarlarga firqalar, mazhablar nuqtai nazaridan baho berilgan. Ya'ni biror alloma hanafiya mazhabi vakili bo'lsa, uning asari hanafiylar tomonidan ulug'langan, shofi'iylar, molikiylar tomonidan esa tan olinmagan yoki bu asar tanqid qilingan. Islom olamida kamdan-kam allomalar asarlari bilan barcha mazhablar vakillarining e'tirofiga sazovor bo'lgan. Ana shunday e'tirofga sazovor bo'lganlardan biri Abu Zayd Dabusiy hisoblanadi. Alloma merosining tadqiqotchilari, uning asarlari barcha mazhab vakillari uchun doimiy qo'llanma vazifasini o'taganini ta'kidlaydilar. Xususan, shofi'iy mazhabi vakili alloma Abdulkarim as-Sam'oniy Dabusiyni o'ziga ustoz deb qaraydi. Uning “Taqvim ul-adilla” asaridan foydalanib “Qavoti' ul-adilla” (“Qat'iy dalillar”) asarini yaratadi. Yoki allomaning “Kitob ul-asror fil-usul val-furu'” asari Ispaniyaning Andalusiya hududlarigacha etib borgan. Andalusiyalik tasavvuf olimi Ibn al-Arabiy Bag'dod shahriga kelib, Dabusiyning asarlaridan nusxa ko'chirib Shimoliy Afrika – Mag'rib mamlakatlariga olib borib tarqatganligi uning islom olamida mashhurligidan dalolat beradi. Yoxud arab faylasufi Ibn Rushd asarlarida Dabusiyning ilmiy g'oyalari ta'siri yaqqol namoyon bo'ladi. Uning asarlari deyarli barcha mazhablar vakillari tomonidan sharhlangan. Bularning bari ulug' ajdodimizning musulmon dunyosida ulug' alloma sifatidagi nufuzini ko'rsatadi.
Tarixiy bitiklarda ulug' allomaning XI asrning 30-40 yillari oralig'ida hayotdan ko'z yumganligi va Buxoroda imom Abu Bakr Tarxon maqbarasi yaqinida dafn etilganligi haqida ma'lumot beriladi. O'sha davrda allomaning vafoti ilm ahli o'rtasida nihoyatda katta yo'qotish deb baholangan. Tadqiqotchi Xalil al-Malisning yozishicha, Abu Zayd Dabusiyning “Taqvim ul-adilla” asari qo'lyozmalaridan birining hoshiyasida allomaga Abu Ali ibn Sinoning yozgan marsiyasi saqlanib qolgan. Arab tilida bitilgan mazkur marsiyada “Agar butun koinot ko'ksini yirtib, qo'llari bilan yuziga urib, qon yig'lab motam tutgan kishidek tasavvur qilinsa ham Qozi Abu Zaydga munosib aza tutish haqqi ado qilinmagan bo'lardi”, degan fikr bildirilgan. Marsiyada allomaga bunday yuksak ehtiromning ko'rsatilishi va bu ehtirom buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino tomonidan bildirilishi ulug' vatandoshimiz, fiqh ilmining sultoni Abu Zayd Dabusiyning ilm-fan olamidagi xizmatlari beqiyos ekanligini ko'rsatadi. Uning ilmiy merosini tadqiq etish, o'rganish, alloma xotirasini abadiylashtirish avlodlar uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi.
Kamol MATYoQUBOV
facebook.com
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube