O’zbekiston Xalq Harakati

1928 yilning Ramazon oyi

1928 yilning Ramazon oyi
16 Mart 2020 - 17:27 'da yuklandi va 788 marta o'qildi.

1928 yilning ramazon oyida ro'zalarimizni tutib, eson-omon hayitga etdik. Ruslar qo'lga olishi mumkinligiga qaramay, hayit namozini o'qish uchun tevarakdagi qishloq va mahalla odamlari eski jomega oqib kela boshladi. Bir necha og'aynilar bilan birga sahar turib jomeni tartibga keltirdik. Joynamoz o'rniga to'n va po'stinlarimizni erga yoydik. Sakson yoshlardagi bir mulla minbarga chiqib xutba o'qishni boshlagan payti qirq nafarga yaqin rus askari qo'lida miltiqlar bilan kelib jamoatga tashlandi. Odamlarni qo'ndoq bilan urib masjiddan tashqariga chiqardilar. Bir necha askar sakson yoshli mullani erga yotqizib o'lgunicha kaltakladi.

Rus askarlari g'alayonga kelgan xalqni to'xtatish uchun oldin havoga o'q otdi. G'azabimiz bosilmas, qo'limizga ilingan narsani askarlarga qarata otardik. Vaziyat keskinlashib borayotganini ko'rgan rus askarlari jamoatga qaratib o't ochdi.

Taxminimcha, besh kishi o'ldi, yigirma kishi yaralandi.

Bu voqea ro'y bergan chog'da yonimda bo'lgan jon do'stim Abdullajon og'ir yaralandi. Uning yonida turgan rus askarlari hech kimni o'lgan va yaralanganlarga yaqinlashtirmasdi. Biroz vaqt o'tgandan keyin askarlar ketdi. Shu zahoti Abdullajonning yoniga yugurdim. Og'zidan qon kelar va to'xtovsiz shahodat kalimasini o'qirdi. Qon qardoshim, jon jigarim qo'llarimda jon berdi. O'sha paytda birgina narsani – qo'limda qurol bo'lishini istardim. Jamoat hayit namozini o'qiy olmay uyiga tarqaldi. Bayram bo'lishiga qaramay ko'chada zog' ham yo'q edi.

Hayit namoziga imomlik qilish uchun kelgan mullani hech kim boshqa ko'rmadi. O'likmi-tirikmi, sog'mi-kasalmi – bilolmadik.

Abdulhamid Ko'charning “Qullikdan hurlikka” (Esaretten Hürriyete Bir Türkistanlının Hatıraları) kitobidan

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube