O’zbekiston Xalq Harakati

Ahmedov Bahodir Majidovich yohud Madaniyat Vazirligi tizimining korruptsion sxemalari haqida. 2-qism

Ahmedov Bahodir Majidovich yohud Madaniyat Vazirligi tizimining korruptsion sxemalari haqida. 2-qism
16 Mart 2020 - 20:52 'da yuklandi va 1353 marta o'qildi.

AHMEDOV BAHODIR MAJIDOVICh YoHUD MADANIYaT VAZIRLIGI TIZIMINING KORRUPTsION SXEMALARI HAQIDA. 2-qism

Korruptsiya shunday bir illatki bugungi kunda hammani vahima solayotgan koronavirus yoki “COVID-19” deb atalayotgan, dunyoda o'zining iqtisodiy salohiyati, ilm-fan texnika yutuqlari bilan maqtanayotgan “man” degan qudratli davlatni o'z iskanjasiga olishga qodir virusnining xuddi o'zi.

Qarangki bir oy muqaddam Xitoyda boshlangan bu virus qisqa fursatda er sharini aksariyat qismini egallay olishni uddaladi.

Xuddi shu kabi korruptsiya ham jamiyatning o'z iskanjasiga oladigan dahshatli illatki, u virus inson organizmini kemirsa, korruptsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlarini toptaydi, bozor munosabatlariga to'sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashuviga olib keladi, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm kabi illatlarga “doya”lik qilib xavf ko'lamini kun sayin oshirib boradi.

Koronavirus bilan O'zbekistondagi korruptsiyaning yagona farqi virus inson organizmida tezda bo'y ko'rsatsa, tizimdagi korruptsiya uzoq muddat tizim ichida yashab, kemirib birdan qulatadi.

Biz avvalgi safar korruptsiyaga qulog'igacha botgan Madaniyat vazirligi haqidagi ayrim tafsilotlar bilan o'rtoqlashgandik. Avvalgi maqola so'nggida biz Madaniyat vazirligi tizimidagi korruptsiya haqidagi faktlarni oshkor qilishda davom etishimizni aytgandik. Va'daga muvofiq biz davom etamiz. Shunday qilib…

Ahmedov Bahodir Majidovichdan so'ng Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatr direktori Maxmud Mo'minovich Murodov vazirlik kursisini egalladi. Qisqa fursat vazirlikka rahbarlik qilgan davrida Murodov teatr aktyorlari, umuman vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda ishlovchi, respublikaning boshqa viloyatidan kelgan xodimlarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo'yish evaziga pora olishni maksimal nuqtaga chiqardi.

Bundan avvalgi Ahmedov Bahodir vazirlik paytida ham propiska evaziga “o'lpon” olish amaliyoti mavjud edi, lekin Murodov buni o'ziga xos trendga chiqardi. Bunga sabab Murodov vazirlikda bundan boshqa qaysi yo'nalishlardan “daromad” olishni bilmas edi. Tizimni kushandasi bo'lgan “uddaburon”lar bu haqda yo'nalish berishni xohlamasdi. Ahir kim ham eb turgan nonini yarimta qilishni xohlardi deysiz.

Shu tariqa Mahmud Murodovning vazirlikdagi sarguashti ko'pga cho'zilmadi, u yana avvalgi joyiga qaytarildi. Shunday qilib… Sayfullaevning “katta sahna”ga qaytishi. Baxtiyor Sayfullaevni madaniyat va san'at sohasiga aloqasi bor odam borki uni tanimagan va u haqda eshitmagan. Sayfullaev haqida eski avlod vakillari, masalan 90 yillarda oliygohda shu sohada o'qigan kishilar uni ustoz deb bilishadi. Biroq uning, ta'lim sohasidagi 2012-2017 yillarda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida tahsil olgan yangi avlod vakillari u haqidagi fikrlari pozitiv deb bo'lmaydi.

Talabalar orasida uning familiyasini qismatiga nisbat berib Sayfullaev “Seyf-pullaev” pulni seyfga joyla degan masxaromuz nom bilan ham yaxshi tanishadi. Aytganlarimiz quruq gap bo'pqolmasligi uchun uning rektorlik davridagi ayrim kirdikorlariga qisqa misol keltirib o'tamiz.

Madaniyat va san'at institutida kirish imtxonlarini asosini ijodiy imtxonlar tashkil qiladi. Bu shunday jarayonki imtxon komissiyasi bo'ladi kirasiz, komissiyadan boshqa guvox bo'lmaydi, imtxon topshirasiz 1 balldan 76 ballgacha bo'lgan ballardan birini sizga qo'yib berishadi bu butun institutga kirish uchun to'plashingiz kerak bo'lgan ballning teng yarmi demakdir. 2015-2016 yillarda ijodiy imtxon uchun bitta talaba minimal 1000 (ming) dollardan 5000 (besh ming) dollargacha pora berishga majbur bo'lgan.

Bilaks ballar sun'iy ravishda pasaytirilib kirish imkoniyatlar qisqarishi muqarrar edi. Madaniyat va san'at institutiga rektor bo'lib yurgan kezlarida Sayfullaev eng ishonchlilardan o'ziga xos komanda tuzgan.

Komandaning sobiq mohir o'yinchilaridan beri Madaniyat va san'at instituti qoshidagi madaniyat xodimlarining malaka oshirish markazi direktori Otabek Xasanov edi. Bugun Otabek Xasanov Prezident boshqaruv akademiyasida bo'lajak hokim va rahbarlarga siyosatshunoslik, boshqaruv san'at fanlaridan dars berib kelmoqda.

Qiziq, siyosatshunoslik darsliklarida korruptsiyani siyosiy ahloqsizlik deb malakalansa, sobiq korruptsioner (balki hozir ham) murabbiylik qilgan hokimi rahbarlardan nimani kutish mumkin?!

Sayfullaev ana shu tariqa korruptsion faoliyatini vazirlikka rahbar bo'lib kelgan zahoti davom ettirdi. Buning uchun albatta unga eng ishonchlilardan saralangan komanda kerak edi. Sayfullaev komandasi a'zolarining majburiyati har qanday poraxo'rlik, korruptsion sxemalardan keladigan “daromad”ni vazirni “kurs”ga qo'ygan holda o'zlashtirish va evaziga vazir ajratgan ulushga rozi bo'lish.

Madaniyat vazirligidagi sobiq vazir Sayfullaevning komandasi quyidagilardan tarkib topgan:

1. Yigitali Ochilov – Madaniyat vazirligi ishlar boshqarmasi boshlig'i. Asosiy vazifasi byudjetdan moddiy-texnika bazasidan ajratiladigan mablag'larni “imi-jimi”da “tuya” qilishdan iborat. Qo'shimcha vazifasi yoz oylarida ishonchli abiturientlarni topib, pulini olib vazir orqali ularni xojatini chiqarish.

2. Shaxlo Abdullaeva – Madaniyat vazirligi Muzeylarning rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i. Asosiy vazifasi muzeylar qurilishlaridan keladigan “otkat'”larni nazorat qilish, sayyohlar ko'p tashrif buyuradigan muzeylarni pul tushumlarini ma'lum qismini Sayfullaev “hamyoni”ga yo'naltirish.

3. Farruh Botirov – vazir yordamchisi. Asosiy vazifasi vazir orqali bitirishi kerak bo'lgan har turdagi ishlarni moddiy manfaat evaziga amalga oshirishda vositachilik qilish.

4. Azimova Aziza – Kadrlar boshqarmasi boshlig'i. Asosiy vazifasi egallab turgan lavozimidan kelib chiqadi.

Sayfullaev bugungi kunda senatga “ketgan” bo'lsada, sobiq vazirning komandasi haliham vazirlikda o'z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar, Sayfullaevga kun ora vazirlikda bo'layotgan jarayonlar, amaldagi vazir Ozodbek Nazarbekovning qabul qiladigan qarorlarini muhokama qilib vazirlikdagi Sayfullaev ta'sirini saqlab qolishga urinmoqda. O'tgan va bugungi maqolalarni umumlashtirib xulosa qilinsa, Bahodir Ahmedov va Baxtiyor Sayfullaevning gumashtalari bu vazirlikda faoliyatini to'xtatmas ekan, amaldagi vazir Ozodbek Nazarbekovga qarshi sabotajlar, uning qabul qiladigan to'g'ri qarorlarga qarshiliklar to'xtamasligi turgan gap. Biz jamoamiz bilan ularning kirdikorlarini fosh etishda davom etamiz.

Sarvar Piskentiy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube