O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ergash, nuuu…

Ergash, nuuu…
18 Mart 2020 - 12:42 'da yuklandi va 968 marta o'qildi.

ERGASh, NUUU…

(Hikoyamas, bo'lgani…)

Ergash o'lipti…

Hamma O'zbekistonda koronaviurs vahmasiyu, bozor davrasi tashvishida… Go'yoki, och qolib ketgudek. Men esa bahorning iliq tunlarida kelgan mash'um xabar to'lkinida cho'kib ketayotgandek bo'laman.

Oldin shirin eslangan, yillar changida belangan eski xotiralar endi ma'yus…

O'tgan asrning (qarang-a, o'tgan asr deydigan ham bo'lib qoldik, klassiklarmidikki? ) etmishinchi yillari oxiri, saksonchi yillar boshi…

Vuzgorodokda ijodkor talabalarga ma'lum va mashxur №2 yotoqxonaning ikkkinchi qavatida timqora qosh, timqora ko'z, suluvdanda-suluv, Buxoroning shoira qizi barno yigitga elanadi

– Ergash, nuuu…

Hali student bo'lmagan biz abuturientlar eshik tirqishidan bir nimalarni ko'rmoq bo'lamiz, dillarimiz shirin entikib, Ergashga ham havas, ham… muhabbatga, o'tkinchi ishqqa baxillik bilan qaraymiz. Keyin… oqshomga yaqin sakson beshinchining to'rtinchi qavatiga ko'tarilib, ko'hna o'lkaning g'arib qishloqlaridan Toshkent tomon och chumchuqdek donga uchib kelgan, hali qiz labi ta'mini bilmagan bo'z yigitlarga-bizlarga ko'zlari yonib, biroz nopisanddek gapiradi:

-She'rlari zo'r! O'zi undan-da zo'r!

-Ha-a-a…

-Uhhh!

-Eeee… opqochma!

-Uchinchi kursda o'qirkan, to'rt yosh katta bo'lsa… nima qipti? Mopasanning suygani o'zidan 16 yosh katta bo'lgan!

Ana, Bunin ham studenligida… Eseninni o'kiganmisizlar o'zi?!

Ergash ishqlar daryosini tasvirlab ketadi, quyuq sochlarini g'alati silab qo'yadi.

Mopasanni, Bunindan o'rischa o'qiganimiz «Alleya lyubvi»sini eslab, tamshangandek bo'lamiz, «Azizam»da yonamiz… Eseninga o'xshagimiz keladi.

Ham havas, ham suluv qizga ichki bir o'smirlik baxilligi, qizg'anish va sog'inchlik ishq to'lqinida angrayamiz, chunon epkinamizki, adog'i yo'q…

Qishloqdagi uyimda rangi uniqayotgan adyolga burkangancha yaqin xotiralarni yodga keltiraman, hali buzilmagan sandali kuli oyog'imga tegadi, iliq…

O'tgan qishning sovuqcha kunida Toshkentga kelib, oqshomda har doimgidek Ergashga telefon qildim.

-Qaerdasiz? Hozir etib boraman, nima olib boray?…

Yarim soat o'tar-o'tmas, qo'lida xalta, turkman elchixonasi oldida paydo bo'ladi.

-Uyga kirmaymiz, hammasi shetda,-xaltani shaldiratib qo'yadi Ergash.

-Xop.

Yo'lak bo'ylab, talabalik davrimizda «Birinchi muhabbatim»ni shirin xirgoyilab bergan qizni xotirasi hurmatiga har doimgidek «Golubaya kupala»ga qarab yuramiz.

-Obba Ravshaney! Jo'ra, zap ish qilasizda kelib-ketib, a biz… hechki bu qurilish-turmushlardan bunday ortib… -chuqur xo'rsinadi u. Mehribon, yillar osha soddalik ingan oldingi quv ko'zlari manga sog'inchlik qaraydi, Qobilni so'raydi.

-Telefon qildingizmi, kelmadimi?-atrofga alangladi.

– Band ekan, majlisga chaqirishipti, shofyori aytdi. Ketaverarkanmiz, bo'shasa, o'zi telefon qilarkan.

-Kemaydi, telefonam qilmaydi, katta odamni majlisi ko'p. Endii…Bahorni sog'indingizmi? Kelyaptimi o'zi, yomg'iri yo'q-ku?-mug'ombirona tirjayadi. Keyin jiddiy tortib, bugungi tashvishlar, ichki turizm haqida gapiradi.

-Turizmni rivojlantirish kerak, jurnallar olib keldim. Xujand ham Qo'qonga qarardi, bir yurtni bolalarimiz. Bizga qo'shiling, hali yana birlashamiz, topishmasak bo'lmaydi. Ko'proq kelib turing, ishlaylik. Zap ish qilgansiz lekin, Bi-Bi-Siga o'tib!

-Bi-Bi-Simas, «Amerika ovozi»!

-Farqi nima, hammasi bir go'r! Xammalaring…-to'xtab qoladi u.

-Dushmanmizmi?

-Unaqamasdaa jo'raa. Dushman dedimmi?- sog'inchga yo'g'rilgan va yana bir nima tashvishlarga ko'milgan ko'z bilan menga tikiladi:

-Yuring, …ni eslaylik.

O'sha kunlari «Moviy gumbazlar» ta'mirdaydi. Atrofi o'ralgan joydan har doimgi joyimizni topib, qaysi bir quruvchi qoldirib ketgan kombenzon bilan changlarni tozalagan bo'lamiz, joyimizni ajratib, xaltani bo'shatamiz. Menam uyda shosha-pisha tova qizdirib pishirganim, hali sovumagan «To'xtaniyoz ota» kolbasalarini, syr, baliq va to'g'ralgan piyozni paketdan chiqaraman.

-Himmm. Piyozni… yaxshi qilibsiz. Sakson beshinchi obshejitni seksiyalarida 15 tiyinlik qatiq bilan a?…- xo'rsinadi Ergash. Keyin aylana to'g'ralgan piyoz parraxalarini negadir barmoqlari bilan yoyadi, bir nima izlagan bo'lib, alaxsiydi. Menga o'ylanib qaraydida

-Ravshan, siz mani gaplarimgayam, anuvilargayam xafa bo'lmang. Amerikani ming yomonlamasin, mag'zava ag'darib yanisalar ham, o'zini panda tutsalaram hammasi ko'kcha qog'ozga, o'sha tepakal bobosiga nomoz o'qiydi, orzusi o'sha bari muttahamlarni! Qani, oling!-deydi shaxd bilan. Keyin qoraygan osmonga, daraxtlarga qararqan, eslaydi

-Anavi erdagi daraxt kesilib ketipti, yodingizdami, «…bizlar yongan parcha shu'lamiz, daraxtlarga ism bitamiz»… Sizniki kelmagandi-a?-mug'ombirlik bilan kulib qaraydi.-Hozir qaerdayikin, nevara qarab yurgandir, katta qilib? Aloqa bormi, Telegram, Imo deganlari? Silani topmaganlaring yo'q-ku.

-A yooo, bari qop ketti. Hammasi… «Hammasi tugadi, bari o'tganlar, Umidim qabriga gulxan yoqqanlar»,- Gulchapchap deb nomlaganimiz …dan yod aytdim.

-Haaa… qanday bo'lib yodingizda qolipti? O'zingiz yozganni o'zingiz bilmasdingizu,-kuladi u. Keyin eski bugungi ulug'lardan ulushini eslab, birdan achchig'i keladi

-Siz to'g'ri qilasiz! Bosing, bosing gazni! Qizag'ar… Amerikadan qaytib kelib, maqtab yotiptiyu! Esingizdami, chirigan imperializmni qanaqa yomonlardi,- mashhur davru-davronni tilga olib, yanib qo'yadi.

– Ha endiii, maylida, yurtni yulduzi bo'lsa u. Ustoz bo'lsa, aytgani aytganda,-deyman kulib.

– Bitib ketdi qistaloq! …ni o'ldirib yubordi!- alam bilan el suygan shoirni eslaydi. – Bilarmidingiz? Sizlar bilmagan narsa yo'q-ku.

-Haaa… qo'yavering. Ertaga «Kamolon»ga boramizmi?

-Iee?! Sizni ziyoratgohingiz «Chig'atoy»diku? Nima adashyapsiz? …ni esladingizmi? O'shaginani o'ligiyam Toshkanda qolib ketdie! E, sanaqa er topganni! Markazlik bilan markazda nom chiqararmush, tarixda qolarmush. Tsentr kerak ekan. mana, yoyoyoyotipti ko'karib! Mayli, mayli, xo'mraymang, oboraman! Boramiz!!!- ko'kat solib dimlangan baliqni bo'laklab turib, Buxoroni eslatdi.

-Labi hovuzdagi mo'ysafedni topdingizmi?

-Yoooo, Sevara… kelsangiz, birga izlaymiz deyapti,- deb kuldim.

– Aaa, umi? Topolmaydi. Siz yaxshisii… Xivaga boring, cholni… Boboni o'sha erda o'ldirishgan.

Qirq yil oldingi angrayishim takrorlandi.

-Nima deyopsiz o'zi? U chol… bobo qoptimi? Qanaqa o'ldirish?

-E, Ravshan, «Quyosh hammaga bir nur sochadi» dermidingiz? Ayttim-qo'ydimda, oling!

-Yooo, Ergash! Yana kimni o'ldirishdi?

-Heee! «Otasi o'lmagan kim bor, Onasi o'lmagan kim bor?» Hammani! Hammamizni o'ldirishyapti, so'yishyapti! Yolg'onmi gapim?! Barimizni etimcha qilishdi, tirqiratishyapti, borimizni shilishyapti! Siz o'zi… Nega jimsiz?! Sizlarga mumkin-ku!

Ergash bilan gapimiz qochgandek, u Men bo'lgandek, Men esa U…

-Muxammadjon akani…

-O'ldi! Ha, yaxshi odam edi, bo'shatishib xato qilishdi, Stalinga amal qilib, Stalinni eslashmadie! Portlashlardan keyin o'g'li qamalib ketgandi. Kasofat!-karton stakanni bo'shatib, baliqdan gazak qilarkan Ergash qalin qoshlarini ko'tarib, «yana kimni eslaysiz» degandek menga tikildi.

-Turkistonni ko'taraman degan…

-Obbooo! A uyam ketti, qozoqda hozir. Xotinini o'qlog'ida yurgandir. Lekin siiz… Xo'janddan kelib Turkiston deysiz? Ochangizni ko'rsatishmaydimi?

-«Debate o svobode»chi? Yuriptilarmi?- ustozni esga olaman.

– Beee! Domlani jin urarmidi, qip-qizil kommunistku! Bulbullari sayragan!

-Haaa… bir aytishib edi. Maylida, sayragani durust, «Bog'larida gullar chaman» bo'lsa.

Ergash kuladi.

-Oling! Xotinni dastidan uyda tunamagan shoirlar uchun!-Ergash aroqni negadir sekin icharkan, to'lqin sochini barmoklari bilan tarab qo'ydi. Olamiz.

Eski shaharni, Sog'bon ko'chadagi kichkina hovli, Akrom, Ro'ziboy, Olloyor, O'lmas aka, Eshqobil akalarni esladik.

-O'shanda juhudni uyida nima bo'lgandi? O'lmas aka nemischa she'r o'kirmidi anunga?Derezani nega sindirgandilaring o'zi?-Ergash bir nimalarni eslagandek g'alati qaradi. Keyin yana saksoninchi yillarda yangi qurilgan to'qqiz qavatli yatoqxonada Qashqadaryoning bo'lajak nomdor shoira qizi bilan bo'lgan xira suhbatni eslaymiz.

– …ustozini er qilganda … aka o'lmasdi! Bu qiz qishloqda gap bo'lsa, qirq kun bo'lardi. Zato … aka bilan yashardi, ana, bugun unaqalar bolalab ketishdiyu!

-To'g'ri!

-… akayam qishloqqa qaytmasdi! O'lmasdi, o'lsayam… Toshkentda o'lardi, keyin ko'mishardi-da, o'sha qishloqqa! Nima topdi tappidan boshqa?! O'zi… Gulchapchapga o'xshagan erkak qiz qolmadi bu erda. Manga qarang, qizingiz bormi?

-Bor.

-Bo'lsaaa… Ochil Tog'aevning aytganlarini qilasizmi?

– Yo'q! O'zini tanlagani bo'ladi, lekiiin… Xudoni o'zi domlani yo'liga solyapti chog'im.

-Aaaa, ana ko'rdizmi?! Siz baribir «tog'ani o'g'li»siz. Siz balooo!… «Tepakal»ni bekorga berishmaydi.

O'zimni maqtalgandek tuyib, o'ng'aysizlanaman, Ergashga yov qarayman…

O'sha davrlarda nomi endi chiqayotgan xipcha, bugun dong'i ketgan sanamlardan, teleyulduzlardan, yana bir-ikki eski «jindi»lardan, bugungi bevalardan so'zlanamiz, surpasi yupqaligicha o'lib ketgan zo'rlarga karton stakan urishtiramiz.

-Manga qarang, buuu… Amerika yana nimani boshlayapti? Turkistonni odam qiberarmidi?

– Nimani boshlarkan?-o'zim bilmagan birnimani anglagim keladi…

Gurungimiz ayni qiziganda bir yigit keldi, bu erdan surish kerak ekan. Turamiz.

-Ravshan, ketdik, «Navoiy»ga boramiz, shetdagisi etar. A san bo'lsang, odobni o'rgan mishiqi! Kim katta qilgan sani?- Ergash yigitga xezlandi.

-Yuring, hammasi joyida, unga tirkalmang, atrof o'ralgan, aslida kirishimiz to'g'rimasdi,-dedim uni bosib.

-Nimasi to'g'rimasdi, nimasi to'g'rimasdi? Gulchapchapga nima derdik keyin?

Kulib yubordim, boyagi qorovullik qilgan yigitga qaradim, u ham qiziqsinib turgan ekan.

-Amaki, shoirmisizlar? Qanaqa bomjlar kirdiyikan deb biroz kuzatdim, she'r o'qiysizlarmiey?

-Biroz shunaqaroq.

-Unaqa bo'lsaaa… Rauf Parfini tanirmidilaring?…

Yigitga astoydil qiziqib qaradim.

-Bu Rauf akani so'rayapti-ku Ergash. O'zimiznikilardanga o'xshaydi.

Engashib, paketlarni taxlayotgan do'stim boshini ko'tardi.

-Bilsa, o'qisinchi. Qani o'qi, yaramas mishiqi!- u yigitga olayib, juda yanib qaradi.

Vodiyni bolasiga o'xshaydi. Biroz iymandi, picha o'ylandida, qo'y ko'zlarini qisgancha mahzun o'qiy boshladi, ovozi shirali ekan.

Chiqmasmi quyosh balqib
Boqmasmi qodir xudo!
Alvido, ona xalqim,
Alvido ey, alvido.
O'zbekmomo avlodi,
O'zota o'g'lonlari,
Rost bo'ldi yurak dodi,
Qonlarga to'lg'onlari.
Dengizi qurib bitdi,
Daryolari oqmasmi,
Nahot bizni er yutdi,
Qodir xudo boqmasmi?
Turkistonni bo'ldilar,
Parchalandi bemajol.
Ustimizdan kuldilar
Ul yovuzlar bemalol.
Chiqmasmi quyosh balqib…

Ergash kalovlanib utirdi, turdi, yana utirdi.

-Saaan, manga qara, yaxshi bolaga o'xshaysan, ich buni!- Ergash aroq quyilgan qog'oz stakanni yigitga uzatdi.

-Amaki, men ichmayman. Bu – harom!

-Harom?! Gulchapchapni daraxtini kim kesdi?! Nimaga chinorlarimizni yiqitdilaring?! Maydoningni boshimga uramanmi man? Balki, anu chiroyli qizlarni qo'lidagilar ham haromdir? Halol nima qoldi o'zi?!-Ergashniki tutdi.

-E, amaki, men kesmadim, yaqinda kelganman Toshkentga,- qorovul yigit hadiksirandi, atrofni nomigagina o'ragan chodir osha o'tgan-ketganlarga qaray boshladi.

-Yaqinda kepti, buzilmapti hali bu bola,-Ergash ozg'in yigitni elkasidan tutgancha o'ziga qaratdi.

-Parfini tanigan… ichadi!

Yigit unga tik qarab turdida, tuyqus stakanni ko'tarib, ichib yubordi. Rostdanam o'rganmagan shekilli, o'qchidi, ko'zlari yoshlanib ketdi, o'zini tutib jilmaydi. O'ng yuzida qiz bolaga o'xshab, kulgichi bor ekan.

– San bolaa, manga qara, vodiyga qayt, bu erda pachog'ing chiqib ketadi, tandir somsa pishirsang ham kuning o'tadi. Bu erda… bu erda somsangga go'sht tugul, otquloq ham tegmaydi sanga, tushunyapsanmi?…
Ergash yana bir nimalar demoqchi bo'ldi, g'udrandiyu, yigitchani elkasiga qoqib qo'rkan, chap qo'li bilan ko'ksidan itardi.

– Sanga javob, ketaver! Bizam ketamiz, yuring Ravshan, hali Gulini eslashimiz kerak… Yo'q, to'xta! Ey, menga qarachi,-ketayotgan yigitni chaqirarkan, qo'limdagi paketlarni yulqigandek oldi. Yoniga kelib qolgan yigitchaga tutdi

-Qani, mana bularni ol! Ol deyapman sanga! Puling bormi?

Javobini kutmasdan, kurtkasidan bir nechta ellik mingtalik pullarni oldi, dovdiragan yigitni shimi cho'ntaklariga tiqdi.

-Uyingga qayt, mol boq, teplitsa qil, uy sol, xotin ol, bola tug'dir, o'g'il bo'lsin. Lekin… Otini Ergash qo'yma! Endi Ergashlardan qo'rboshi chiqmaydi. Bor endi, ketaver! Ket dedim!!!

Ergash bir zum tin oldi, yo'laklardan chodir osha cho'chinqirab qarayotganlarga e'tibor bermagancha, meniyam yoddan chiqarib, katta yo'lga chiqib ketdi.

Birdaniga oldingi uchrashuvimizda o'ziga so'ragan olti tonna tsement yodimga tushdi. Ergash uni so'ramadiku? Qurilish kilayotgandi, nima bo'ldiyikin?…

Ortidan tikilib qoldim. Nazarimda Ergash elkasida olti tonna tsementni orqalab ketayotgandek edi…
Ergash o'lipti…

O'lmading do'stim, uzoq xotiralarimizda, jo'ralik yodimizda bir umr yashaysan Ergash!..

Siz Ergashni tanirmidingiz?… Allaev familiyasi…

Ravshan Shams

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube